Mayqo‘rg‘on ko‘chasi, 80-uy, Yunusobod 6-mavze
YopiqMo'ljal: AQSh elchixonasi
Planbaby Clinic ko'p tarmoqli tibbiyot markazi butun oila uchun terapiya, nevrologiya, pediatriya, urologiya, ginekologiya, ultratovush diagnostikasi yo'nalishlarida keng ko'lamli tibbiy xizmatlarni taklif etadi. U 2022-yil fevral oyida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ochilgan. Hozirda klinikada 6ta bo‘lim mavjud bo‘lib, ularda yuqori texnologiyali uskunalar yordamida xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Lekin shunga qaramay, u uzluksiz rivojlanishni davom ettirad, xizmat turlarini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilash ustida ish olib boradi. Planbaby Clinic har bir bemorga g'amxo'rlik va e'tibor berishga intiladi. Planbaby Clinic shifokorlari Klinikada 150 dan ortiq xodim ishlaydi. Tibbiyot xodimlari ilg‘or tibbiy texnologiyalardan foydalanadigan yuqori tajribaga ega mutaxassislardan iborat. Bemorlarga endokrinolog, urolog, jarroh, ginekolog, reproduktolog, terapevt, nevropatolog, pediatr mutaxassisliklari bo‘yicha tajribali shifokorlar konsultatsiyalar o‘tkazadi. Planbaby Clinic xizmatlari Klinika diagnostika, davolash, reabilitatsiya va kasalliklarning oldini olish kabi turli xil xizmatlarni taklif etadi. Siz kattalar va bolalar nevropatologiyasi, endokrinologiya, ginekologiya, urologiya va boshqa yo'nalishlar bo'yicha ko'rikdan o'tishingiz, yuqori malakali shifokorlardan maslahat olishingiz mumkin. Yaponiyaning ALOKA ishlab chiqaruvchisi ultratovush apparatlari o'rnatilgan. Ular va tajribali ultratovush tekshiruvi mutaxassislari tufayli klinikada aniq ultratovush diagnostikasi amalga oshiriladi.
Parazitologiya, Pediatriya, Trikologiya, Urologiya, Endokrinologiya, Ginekologik klinikalar, Kosmetologiyalar, Andrologiya, Dermatologiya, Kardiologiya, Nevrologiya, Neyropatologiya, Neonatologiya, Nefrologiya, Otolaringologiya
So'rovingiz muvaffaqiyatli jo'natildi. Sizga imkon qadar tezroq bog'lanamiz