Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Preparatning savdo nomi: «GINGINORM»
Chiqarilish shakli: Nastoyka
Tarkibi (150 ml dagi faol komponentlar):
№ |
Faol moddalar |
Miqdori |
1 |
Baland bo'yli andiz ekstrakti |
2,0 g. |
2 |
Limon o't ekstrakti |
2,0 g. |
3 |
Qalampir yalpiz ekstrakti |
2,0 g. |
4 |
Moychechak ekstrakti |
2,0 g. |
5 |
Timyan ekstrakti |
2,0 g. |
6 |
Mavrak ekstrakti |
2,0 g. |
|
Qo’shimcha moddalar: Etanol, shakar kukuni, distillangan suv – 150 ml. bo’lguncha |
Ta’rifi:
Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli nastoyka. Ta'mi tarkibidagi o'simliklar jamlanmasiga hos.
Ta'siri:
«Ginginorm» Dorivor o'simlik ekstraktlaridan tayyorlangan anteseptik vosita . – BFQ. Antibakterial, fungisid va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Mahalliy immunitetni mustahkamlovchi va trofikasini yaxshilovchi ta'sir ko'rsatadi.
Farmakoterapevtik guruhi:
Boshqa turdagi mikrobga qarshi, parazitlarga va gijjaga qarshi vosita
Qo'llanilishi:
- Stomatologiyada chayish uchun (og`iz bo`shlig`idagi yallig`lanishlarda);
- LOR a`zolarida bo’shliqlarni yuvish uchun (burun, tomoq va tashqi quloqdagi yallig`lanishlarda);
- Kolaproktologiyada mikroklizma ko'rinishida (to`gri ichaklarda yallig`lanish hollarida);
- Ginekologiyada (urogenital a`zolarini yallig`lanishli hollarida);
- Ichishga ichaklarda shartli patogen va patogen floraning oshib ketishi bilan bog’liq disbiotik holatlarni oldini olishda.
Qo'llash usuli va dozalari:
Tashqi va ichish uchun qo'llaniladi. Iste'mol qilishdan avval chayqatilsin va quyidagi nisbatlarda suv (qaynagan iliq suv yoki distillangan suv) bilan qo'shimcha aralashtirilsin:
-shilliq qavatlarga ishlov berishda 1 qism preparat 5 qism suvga;
-teri qoplamlariga ishlov berishda 1 qism preparat 3 qism suvga.
Ichish uchun quyidagi miqdorda tavsiya qilinadi: Ichishdan oldin 1qism preparat 10 qism suv bilan aralashtirilsin.
6 yoshgacha 1,25- 2,5 ml dan ichish uchun kuniga 3 mahal,
6-12 yoshda 2,5-5 ml dan ichish uchun kuniga 3 mahal.
12 yosh va undan kattalarda ichish uchun 5-10 ml dan kuniga 3 mahal.
Preparat ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.
Kurs davomiyligi 7-14 kun.
Nojo'ya ta'siri:
Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida). Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
Preparatni bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi:
Preparatni me'yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.
Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri:
Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli:
Dorivor o'simlik ekstraktlaridan tayyorlangan nastoyka 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram; (2) Dozator-qopqoq; (3) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.
Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati:
Preparat bolalar qo'li etmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanishi kerak.
Saqlanish muddati: 2 yil. Yaroqlilik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkin emas.
Dorixonadan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.