Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Preparatning savdo nomi: «Glistin»
Chiqarilish shakli: Kapsula
Tarkibi: (bitta kapsulani tarkibidagi faol moddalar)
№ |
Faol moddalar |
|
1 |
Qovoq urug‘i ekstrakti |
60 mg |
2 |
Baland boyli andiz ekstrakti |
50 mg |
3 |
Dala choy ekstrakti |
20 mg |
|
Yordamchi moddalar |
|
Kraxmal 50mg, Magniy stearat 5mg. |
Tavsifi: Kapsula ichakda eruvchi jelatinli qobiq bilan qoplangan och -havo rangdan oq ranggacha.
Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan gijjaga qarshi vosita.BFQ.
Farmakologik xususiyatlari: Kukurbitin oqsilini katta miqdori gijjalarni falaj qilib defikatsiya jarayonida ularni ichak devoriga mahkamlanishlariga yo‘l qo‘ymaydi. «Glistin» ichak peristiltikasini yaxshilaydi va gelmintlarni ichakdan chiqarib yuboradi. Ich yumshatuvchi ta'siri sababli ich yumshatuvchi preparatlarni birgalikda qo‘llashga ehtiyoj yo‘q. Safro xaydovchi ta'sir ko‘rsatadi. Qovoq urug‘i gijjaga qarshi xususiyatidan tashqari odam organizizmiga yaxshi oziqlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Rux va omega - 3 yog‘ kislotalarga boy.
Farmakokinetikasi: Preparatni farmakokinetikasi haqida ma'lumot etarli emas.
Qo'llanilishi:
- Askaridoz – qo‘zg‘atuvchi Ascaris lumbricoides (askarida)
- Enterobioz – qo‘zg‘atuvchi Enterobius vermicularis (ostritsa)
- Geminolipidoz – qo‘zg‘atuvchi Hymenolepsis nana (pakana gijja)
- Lyamblioz – qo‘zg‘atuvchi Lamblia intestinalis (lyambliya),
Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar: Preparatni bir yoki bir nechta komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Qo'llanish usuli va dozalari: (kompleks davolash tarkibida)
- 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarda 2 kapsuladan 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichishga 5 kun davomida. 3 kunlik interval bilan 3 kurs davomida qaytarish.
- 6 yoshdan 12 yoshgacha bolalarda 3 kapsuladan 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichishga 5 kun davomida. 3 kunlik interval bilan 3 kurs davomida qaytarish.
- 12 yoshdan katta bolalarga va kattalarda 4 kapsuladan 3 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin ichishga 5 kun davomida. Davolanish 3 kunlik interval bilan 3 marotaba takrorlanadi.
Davolash davomiligi shifokor tavsiyasiga ko'ra o‘zgartirilishi mumkun.
Nojo'ya ta'siri: Allergik reaktsiyalar ehtimoli bor.
Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi: Xozirgi kungacha me'yordan ortiq ist'emol qilingani haqida ma'lumot yo'q.
Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri: Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.
Maxsus ko'rsatmalar: Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi shifokor bilan maslaxatlashgan xolda amalga oshiriladi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo’llanilishi shifokor ko’rsatmasi bo’yicha tavsiya etiladi, davolovchi shifokor tomonodan qo’llash bo’yicha yo’riqnomaga qatiy amal qilgan holda foyda va zararli tomonlarini inobatga olib buyuriladi.
Chiqarilish shakli: Tabiy xom ashyodan tayyorlangan preparat kapsulalar blister ichida 10 donadan. qutida 40 ta kapsula. Himoyalovchi golografik karton yorliqli o'ram, qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.
Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +4 ºC dan +25ºC gacha haroratda saqlanadi.
Yaroqlik muddati: 2 yil.
Yaroqlik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkun emas.
Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.