Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
AYoLLAR UChUN
«MinoX 2» –ayollarda kuchli soch to’kilishini davolash uchun ishlab chiqilgan losyon-sprey. Yangi soch o’sishini rag’batlantiradi.
Yumshoq ta’sir etuvchi losyon-sprey, ayollarda kuchli soch to’kilishiga qarshi kurash uchun mo’ljallangan. Tarkibidagi 2%li ta’sir etuvchi modda-minoksidin (pirrolidinil diaminopirimidin oksid)– ayollarda soch to’kilishiga to’sqinlik qiladi, va umumiy nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarmay, yangi soch o’sishini kuchaytiradi.
Ta’rifi
Tashqi qo’llash uchun, sprey shaklidagi losyon, shaffof, och yashil rangli suyuqlik.
Soch to’kilishini davolash uchun vosita. Soch to’kilishini to’xtatadi, androgenetik allopetsiya (erkaklar turidagi soch to’kilishi) bo’lgan erkaklar va ayollarda, diffuzli telogen allopetsiyasi bo’lgan va tug’ruqdan keyingi sochlar to’kilishi bo’lgan ayollarda sochlar o’sishini rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Mavsumiy soch to’kilishida samarali ta’sir etadi.
Ayollarda minoksidin erkaklarga nisbatan yuqoriroq samarali bo’lishini ko’rsatgan. Erkaklar uchun Minox boshning orqa qismida (tepasida) soch to’kilganda, ayollar uchun – o’rtadagi soch orasi sohasida soch to’kilganda eng samarali bo’ladi. Shuningdek bemorning yoshiga (40 yoshgacha) va uning kasalligi uzoqligiga bog’liq bo’lishi ham kuzatiladi: kasallikning davomiyligi 3-5 yil bo’lganda eng yaxshi ta’sir etadi, kasallikning davomiyligi 10 yoshgacha bo’lgan bemorlarning ko’p qismida, hamda bosh tepasi sohasida, 10 sm dan oshmagan o’lchamdagi soch to’kilgan joyi bo’lib, soch to’kilgan joyining markazida 100 tukli va terminal sochlar bo’lganda ijobiy ta’sir kuzatilgan. 10-12 yil davomidagi allopetsiyadan keyin shikastlangan uchastkalarda sochlarni o’stirishi mumkin bo’lgan yashovchan follikulalar deyarli qolmaydi, shuning uchun minoksidinning samarasi pasayadi.
Dori vositalari, nurlanish, ovqatlanishning yetishmovchiligi (temir, A vitamini va boshqalar yetishmovchiligi), qattiq tortilgan soch («ot dumi», «o’ram» va boshqalar) tufayli yuzaga keladigan soch yo’qolishining oldini olmaydi.
Yangi sochlar o’sishining birinchi belgilari losyonni 2-3 oy davomida sutkasiga 2 marta qo’llanishidan keyin kuzatiladi. Ta’sirining kuchli ifodalanishi va boshlanishi har xil bemorlarda turlicha bo’lishi mumkin. Minoksidinning maksimal ta’sir etishi 12-14 oydan keyin namoyon bo’ladi. Minoksidin qabul qilish to’xtatilganidan keyin yangi sochlarning o’sishi to’xtaydi.
Androgenetik va diffuzli allopetsiyaga uchragan bemorlarda sochlar o’sishini rag’batlantiruvchi sifatida minoksidinning aniq ta’sir etish mexanizmi ma’lum emas. Minoksidin moddasi (pirrolidinil diaminopirimidin oksid) kaliy kanallarini faollashtiruvchi guruhga mansub. Kaliy kanallarini faollashtiruvchilar – sochlar yo’qolishining oldini olishi va hatto yo’qolgan sochlarni qaytarishi mumkin bo’lgan nogormonal vositalarning yagona guruhidir. Muntazam qo’llashda minoksidin vazodilatatsiyalovchi ta’sir ko’rsatadi. Nazorat qilingan klinik tadqiqotlarda minoksidinning tashqi qo’llanishidan keyin normal bosimda ham, yuqori arterial qon bosimli bemorlarda ham minoksidinning so’rilishi bilan bog’liq bo’lgan umumiy nojo’ya ta’sirlari qayd etilmagan. Minoksidin – soch to’kilishi muammolarini hal qilish uchun yangi avlod mahsulotidir. Preparatning ta’siri butun jahonda ma’lum Minoksidilning ta’siriga o’xshash, lekin kichikroq molekulyar tuzilmasining hisobiga minoksidinning o’tkazuvchanligi ko’proq, demakki, barqaror natijasi ham tezroq namoyon bo’ladi.
Preparatlar tarkibida faol moddaning turlicha dozalari bor – 2% va 5%. Odatda, ayollarga minoksidinning 2% miqdori, erkaklarga - 5% miqdori bo’lgan preparatlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Minoksidin tomir devori hujayralarining kaliy kanallarini faollashtiradi (ochadi), follikulalarga majmuiy ta’sir etishni ta’minlaydi:
· tomir kengaytiruvchi ta’siri hisobiga soch follikulalarining tabiiy oziqlanishini yaxshilaydi,
· digidrotestosteron (DGT) ta’sirini neytrallashtiradi,
· follikullarning digidrotestosteronga (DGT)sezgirligini kamaytiradi,
· yangi sochlar o’sishini rag’batlantiradi,
· sochning hayot tsikli bosqichlarining almashuviga bevosita ta’sir etadi (ko’pchilik follikulalar degradatsiya va turg’unlik bosqichidan o’sish bosqichiga o’tadi).
· soch o’sish bosqichini uzaytiradi, sochlarni mustahkamlaydi
Qichitqi o’t ekstrakti. Qichitqi o’t ildizidan olingan ekstrakt kuchli antiandrogen faolligiga ega bo’lib, DGT hosil bo’lishini bloklaydi, ikkita asosiy fermentni — 5-alfa-reduktaza va aromatazani ingibirlaydi, ularning soch piyoziga salbiy ta’sirini neytrallashtiradi, metabolizm jarayonlariga ta’sir etib, prostata bezining hujayralari proliferatsiyasini kamaytiradi, prostata bezi kattalashuvining kuchayishini tormozlaydi, bezdagi yallig’lanish jarayonlarining oldini oladi.
«Minox» losyoni tarkibida qichitqi o"t ekstrakti o’stirilgan sochlarning qalinligi va pigmentatsiyasi ortishiga ko’maklashishi lozim. C, K, B2 vitaminlari, karotin, pantoten kislotasi, xlorofill, kaliy, kaltsiy, oltingugurt, temir tuzlari, shakarlar, oqsillarning miqdori soch ildizlarini kerakli vitaminlar va minerallar bilan oziqlanishini ta’minlaydi.
Qo’llash uchun ko’rsatmalar
• Erkaklarda va ayollar androgenetik allopetsiyasi tufayli yuqori intensivlikdagi soch to’kilishi,
• Gormonal buzilishlar natijasida, masalan, qalqonsimon bez kasalliklari oqibatida, tug’ruqdan keyin, homiladorlikka qarshi gormonal vositalarni bekor qilishdan keyin yoki noto’g’ri vositalarni qabul qilish natijasida yuqori intensivlikdagi soch to’kilishi (diffuzli soch to’kilishi),
• Asabiy stresslar, antibiotiklar, neyroleptiklar, antidepressantlar va bir qator boshqa dorilarni uzoq qabul qilish, jarrohlik operatsiyalari, o’tkir yuqumli va og’ir surunkali kasalliklar, organizm uchun hayotiy muhim elementlar yetishmagan parhezlar oqibatida yuqori intensivlikdagi soch to’kilishi (diffuzli soch to’kilishi).
• Yangi soch o’sishini rag’batlantirish uchun.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
• Homiladorlik va sut emizish davrida.
• 18 yoshgacha shaxslarda qo’llanishi.
• Losyon-spreyi terining achishayotgan joylariga (qizarish, yallig’lanish, yuqumli kasallik, bosh terisining og’riqli bo’lishi (jumladan quyoshdan kuyishda)) surtish tavsiya etilmaydi).
• Minoksidinga yuqori sezgirlik holatida ehtiyotlik bilan qo’llanadi.
• Ushbu vosita faqat soch qoplamini tiklash zarur bo’lgan joylarga surtiladi. Uni tananing boshqa joylariga, shilliq pardalariga, ko’zga tegishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Kerakmas joyga tekkan holatida ko’p miqdordagi suv bilan yuvish lozim.
• Purkash paytida spreydan nafas olishga yo’l qo’ymang.
Faqat tashqi qo’llash uchun. Qo’llashdan avval chayqatilsin. Losyon-spreyni muammoli zonalarga kuniga 2 marta bosh terisining quruq, toza joylariga purkash uchligi yordamida (6-7 marta bosish), bosh terisiga maksimal yaqin masofadan (0,5-1 sm), eritmaning sochlarga tegshishiga yo’l qo’ymagan holda surtish kerak. O’rtacha sutkalik dozasi 2 ml ni tashkil etadi. Yuvishni talab etmaydi. «MinoX 5» losyon-sprey 4-8 hafta qo’llanganidan keyin 90% hollarda soch to’kilishi boshlandi. Ko’z bilan bemalol ko’rinadigan birinchi natijaga (yangi sochlar o’sishi) 3-4 oydan keyin erishiladi, minoksidinning maksimal ta’siri 12-14 oydan keyin namoyon bo’ladi.
Kerakli ta’siriga erishilganidan keyin surtishlarning sonini kuniga 1 martagacha qisqartirish mumkin.
Bolalarda qo’llanishi
«Minox» losyon-sprey 18 yoshgacha shaxslarda qo’llanmaydi.
Dermatologik reaktsiyalar: ortiqcha dozasi holatida - gipertrixoz (tanadagi sochlarning keraksiz o’sishi, jumladan ayollarning yuzida soch o’sishi). Faol moddasining dozasi kamaytirilganda yoki preparat bekor qilinganda ortiqcha sochlar asta-sekin yo’qoladi. Ayrim hollarda bosh terisining sochli qismida qizarish, qichishish paydo bo’lishi, sho’ralashi mumkin.
Qo’llashning boshlanishida soch to’kilishi kuchayishi mumkin - minoksidin ta’sirining birinchi belgilari. Bu vaqtincha holat davolash boshlanganidan keyin 2-6 hafta o’tganda kuzatiladi va asta-sekin, 2 hafta davomida, to’xtaydi. Minoksidin follikulalardagi metabolizmni tezlashtiradi: telogen bosqichi kamaydi, soch o’sishi bosqichi yaqinlashadi va uzayadi (bu vaqtincha holat).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ayrim hollarda preparatga o’ta sezgirlik bo’lganda – arterial gipotenziya, shishlar bo’lishi mumkin.
O’ta katta doza berilishi holatlari aniqlanmagan. O’ta katta doza berilgan holda standart simptomatik davolash o’tkazilishi lozim.
Teriga bir vaqtning o’zida minoksidin va tarkibida tretinoin, antralin/ditranol bo’lgan (terining himoya funktsiyasining o’zgarishini keltirib chiqaradigan) tashqi qo’llanadigan preparatlar surtilganda, minoksidinning so’rilishi kuchayishi mumkin. Fizioterapevtik muolajalar (darsonval) minoksidin so’rilishiga ko’maklashadi.
Boshqa preparatlar bilan mos tushmasliklar aniqlanmagan.
Alohida ko’rsatmalar
Umumiy nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lganda (ko’krak sohasining orqasidagi og’riqlar, yurakning qattiq urishi, bosh aylanishi, AQB ning pasayishi, tana vaznining to’satdan ortishi, 2 haftadan ortiq davom etgan qo’l va oyoqlarning shishlari), shuningdek surtilgan joyida qizarish va achishish bo’lganda, minoksidinning sutkalik dozasini kamaytirish lozim. Bir haftadan keyin yoki kamroq dozasi bilan davolashni davom ettirish, yoki bekor qilish va zarur bo’lganda tegishli davolashni tayinlash lozim.
Ba’zi bemorlarda minoksidin qo’llanishidan keyin sochning rangi va tuzilishi o’zgarishi kuzatiladi.
Bunda maxsus ko’rsatmalar mavjud emas.
TM «Minox» losyon-spreyning ayollarga homiladorlik va ko’krak sutini emizish davrida ta’siri yetarlicha o’rganilmaganligi sababli, uning qo’llanishi tavsiya etilmaydi.
Losyon, shaffof, rangsiz yoki och yashil rangli. Polietilen flakonlar (1), dozatorlar bilan yopilgan (1), karton quticha (1), yo’riqnoma (1).
0-25C haroratda saqlansin. To’g’ri quyosh nurlari tushishidan asrang. Ochiq alanganing yonida purkamang. Bolalarga bermang.
Yaroqlilik muddati 2 yil. O’ramda ko’rsatilgan sanasidan keyin ishlatilmasin.
Dorinomasiz.
OOO «Faktor Treyding Grupp» .
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.