Винатурин BABY

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Vinaturin BABY

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: «Vinaturin baby»

Chiqarilish shakli: Sirop

Tarkibi (bir flakon - 100 ml sirop tarkibida):


Faol moddalar

1

Exinatseya ekstrakti

1,33 g.

2

Do‘lana ekstrakti

1,33 g.

3

Dorivor kalendula ekstrakti

1,33 g.

4

Qizil miya ekstrakti

1,33 g.

5

Gingko biloba ekstrakti

1,33 g.

6

Oltin tomir ekstrakti

1,33 g.

7

Namatak ekstrakti

1,33 g.


Yordamchi moddalar

Shakar kukuni, etanol, distillangan suv 100 ml ga yetgunicha


Ta’rifi: Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop. Ta'mi tarkibidagi o'simliklar jamlanmasiga xos.

Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o‘simliklar ekstraktlaridan tayyorlangan immunitetni mustahkamlovchi BFQ.

Farmakologik xususiyatlari:

Dorivor giyohlar ekstraktidan tayyorlangan «Vinaturin baby » preparati tarkibida makro - va mikroelementlar (temir, selen, kalsiy, kumush, kobalt, marganec, magniy, ruh va boshqa.), vitaminlar (vitamin C va B gruh vitaminlarga boy), organik kislotalar (shovul, olma, limon, qahrabo) saqlaydi. «Vinaturin baby » immunitetni mustahkamlab, yallig`lanishga qarshi ta'sirga ega. «Vinaturin baby » preparati organizmni viruslarga, bakterialarga va zamburug`larga nisbatan chidamliligini oshiradi.

Qo'llanilishi:

- O’RVI larni oldini olish va tuzalish davrini qisqartirish uchun;

-Tez – tez kasal bo’luvchi bolalarda kasallanishni oldini olishda;

-Immunitetni pasayishi bilan kechuvchi surunkali kasalliklarda;

-Uzoq vaqt antibiotiklar bilan davolashda qo‘shimcha davo vositasi sifatida;

Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar:

Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Yakka tarzda belgilanadi.

Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichiladi.


Yosh

Bir martalik miqdor

Kuniga

1 yoshdan 3 yoshgacha

1,25 ml

3 mahal

3 yoshdan 6 yoshgacha

2,5 ml

3 mahal

6 yoshdan 12 yoshgacha

5 ml

3 mahal

12 yoshdan boshlab va kattalarda

5-10 ml

3 mahal


Kurs davomiyligi 30 kun. Zarurat tug‘ilganda 7 kunlik oraliq bilan kursni qaytarish mumkin. Kursning davomiligini shifokor tomonidan o'zgartirilishi mumkin.

Nojo‘ya ta’siri:

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Maxsus ko'rsatmalar: «Vinaturin baby » preparatini qo'llashdagi maxsus ko'rsatmalar yo'q.

Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi:

Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri:

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli: Dorivor o‘simliklar ekstraktlaridan tayyorlangan sirop 100 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qoshiq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li etmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +4°C dan +25°C dan baland bo'lmagan haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlilik muddati: 2 yil. Yaroqlilik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkin emas.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston