×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ADAMANT tabletkalari 100 mg N10

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Амантадин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Kwality Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:
- Dream Pharma MChJ
ATX kodi:
- N04BB01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Amantadin gidroxlorid – 100 mg;

Yordamchi moddalar: Mikrokristallik tsellyuloza-102, A turidagi natriy kraxmal glikolyat (tiner), povidon, izopropil spirti, A turidagi natriy kraxmal glikolyat (dezintegrant), tozalangan tal'k, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Qobiq tarkibi: Metilenxlorid, izopropil spirti, makrogol-6000, gipromelloza, tozalangan tal'k, sariq rangdagi temir oksidi bo'yog'i, titan dioksidi (E171 bo'yog'i).

Сhiqarilish shakli 

Tabletkalar 100 mg dan. 10 ta tabletkadan kontur uyali o'ramlarda. Bitta kontur uyali o'ram tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Parkinsonizm va viruslarga qarshi vosita, tritsiklik simmetrik adamantilamin.

Glutamat NMDA retseptorlarini bloklaydi va shu bilan birga, dopamin yetishmovchiligi fonida rivojlanadigan, kortikal glutamat neyronlarining neostriatumga haddan tashqari qo'zg'atuvchi ta'sirini kamaytiradi. Amantadin qora substantsiyaning NMDA retseptorlarini bostirib, ulardagi Ca2+ ning kirishini kamaytiradi, bu esa neyronlarning yo'q qilinishi ehtimolini kamaytiradi.Ko'pincha mushaklarning taranglashiga ta'sir qiladi (uyushishi va bradikinez). 

Gripp A virusining hujayra ichiga kirib borishiga to'sqinlik qiladi.

Ichga qabul qilingnandan so'ng, oshqozon-ichak traktidan to'liq so'riladi. Qon plazmasidagi Cmax ga 5 soatdan keyin erishiladi. Siydik bilan chiqariladi. T1/2 qismi 30 soat bo'lgan amantadin gidroxloriddan farqli o'laroq, amantadin sul'fatning T1/2 qismi 12-13 soatni tashkil qiladi.

Barcha dori vositalari singari, amantadin gidroxlorid tabletkalari nojo'ya ta'sirlarga ega bo'lishi mumkin, ammo ular hammada ham kuzatilmaydi. Ushbu ta'sirlar ko'pincha yengil o'tadi va bir necha kunlik davolanishdan so'ng yo'qolishi mumkin. Agar nojo'ya ta'sirlar og'ir o'tsa yoki bir necha kundan ortiq davom etsa, shifokoringiz yoki farmatsevtingizga murojaat qiling.

Agar sizda ushbu alomatlardan biri paydo bo'lsa, darhol shifokoringizga yoki eng yaqin shifoxonaga murojaat qiling:

• Bosh aylanishi yoki ko'ngil aynishi;

• Hushidan ketish;

• Konvul'siyalar (talvasalar).

Agar sizda amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishda quyidagi yoki boshqa muammolar mavjud deb hisoblasangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtingizga murojaat qiling:

Tez-tez uchraydigan nojo'ya ta'sirlar (<1/10):

• To'piqlarning shishishi;

• Teridagi qizil dog'lar.
 
Umumiy nojo'ya ta'sirlar (>1/10):

• Xavotir

• Uyqu bilan bog'liq muammolar

• Haddan tashqari hayajonlanish 

• Mushak og'rig'i

• Bosh og'rig'i

• Tez yoki tartibsiz yurak urishi

• Сharchoq his qilish

• Gallyutsinatsiyalar

• Yomon tushlar ko'rish

• O'rindan turganda qon bosimining pasayishi. Bu bosh aylanishi yoki hushdan ketishga olib kelishi mumkin.

• Og'iz qurishi

• Nutq buzilishi

• Ishtaha yo'qolishi

• Ko'rishning xiralashishi

• Ko'ngil aynishi

• Diqqatni jamlashda qiyinchalik

• Ich qotishi

• Asabiylashishi

• Terlash

• Depressiya

Kamdan kam uchraydigan nojo'ya ta'sirlar (<1/1000):

• Sarosimaga tushish

• Dezorientatsiya (qaerda ekanligizni bilmaslik)

• Fikr yoki hatti-harakatlarning buzilishi, masalan, paranoid hissi

• Konvulsiyalar

• Harakatlanish qiyinchiligi

• Xavfli neyroleptik sindromi (XNS). Mushaklaringizda issiqlik va qattiqlik his etishingiz mumkin.

• Diareya

• Teri toshmasi

• Qichishishi yoki qizarish kabi qo'z muammolari

• Quviq boshqaruvini yo'qotish. Sizda siyish qiyinlashishi yoki siyish istagi to'satdan paydo bo'lishi mumkin.

Eng kam uchraydigan nojo'ya ta'sirlar (<1/10 000):

• Nafas qisilishi yoki to'piqlarning shishishiga olib keladigan yurak muammolari.

• Leykotsitlar sonining kamayishi, bu infektsiyalar ehtimolini oshiradi.

• Jigar faoliyatini ko'rsatadigan qon testlaridagi o'zgarishlar.

• Quyosh nuriga nisbatdan sezgirlik.

Ayniqsa bolalarda g'ayritabiiy darajada past tana harorati kuzatilishi mumkin (35°C dan past).
Yuqoridagi nojo'ya ta'sirlardan birortasi bezovta qilsa yoki bir necha kundan ortiq davom etsa yoki ushbu yo'riqnomada qayd etilmagan nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtingizga murojaat qiling.  
Shifokor retsepti bo'yicha.

Agar quyida ko'rsatilgan holatlardan biri sizga tegishli bo'lsa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevtingiz bilan maslahatlashing:

• Jigar yoki buyrak kasalliklari mavjud bo'lsa.

• Bemor kassalik tarixida yurak yoki qon tomirlari bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lsa.

• Xozirda yurak bilan bog'liq muamolar yoki yurak yetishmovchiligi mavjud bo'lsa (nafas qisilishi yoki to'piqlarning shishishiga olib keladigan yurak muammolari).

• Shizofreniya yoki dimentsiya kabi kassaliklar mavjud bo'lsa. Ko'z bosimi kuchaysa (glaukoma).

Agar yuqoridagilardan birortasi sizga tegishli ekanligiga shubhangiz bo'lsa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevtingiz bilan maslahatlashing.

Grippdan davolangan bemorlarda, ayniqsa bolalarda, tana harorati g'ayritabiiy darajagacha past bo'lishi mumkin (35°C dan past). Bunday hollarda, darhol sizni davolovchi shifokoringizga murojaat qiling va Amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni to'xtating.

Amantadin gidroxloridni ovqat i ichimlik bilan qabul qilish

Davolanish paytida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish man etiladi.

Amantadin gidroxlorid tabletkalarini bir stakan suv bilan qabul qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida

Homiladorlik davrida yoki homiladorlikni rejalashtirayotganda, amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilish mumkin emas. 

Emizish davrida amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilish mumkin emas, chunki dori vositasi sut orqali o'tib, bolaga ziyon yetkazishi mumkin.

Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin, shifokoringiz yoki farmatsevtingiz bilan maslahatlashing.

Avtoulovni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri 

Amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilgan bemorlarda ko'zning xiralashi yoki bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Agar siz preparat ta'siri ostida bo'lsangiz, ta'sir yo'qolguncha mashina haydamasligingiz yoki mexanizmdan foydalanmasligingiz kerak.

Amantadin gidroxlorid tabletkalarining ba'zi tarkibiy qismlari haqida muhim ma'lumotlar

Ilgari sizda ba'zi shakarlarga nisbatan murosasizlik borligi aniqlangan bo'lsa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Amantadin gidroxlorid dofaminergik preparatdir. Bu asab tizimiga, shu jumladan miyaga, impul'slar yuboradigan ba'zi kimyoviy moddalar darajasini oshirishi mumkinligingi anglatadi. Amantadin gidroxlorid tabletkalari quyidagi hollarda qo'llaniladi:

• Mushaklarning nazoratini yaxshilash va mushaklarning taranglanishini, titroqni va bradikineziyani kamaytirish orqali Parkinson kasalligini davolashda;

• Og'riqni kamaytirish uchun o'rab oluvchi temiratki davolashda;

• Gripp infektsiyasining ma'lum bir turini oldini olish yoki davolash uchun (Gripp A).

Amantadin gidroxlorid tabletkalarini quyidagi holatlarda qo'llamang:

• Agar sizda amantadin gidroxloridga yoki preparatning yordamchi tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik bo'lsa.

• Agar sizda epilepsiya kabi tutqanoq (konvul'siyalar) bo'lsa.

• Oldin oshqozon yoki ingichka ichak yarasidan og'rigan bo'lsangiz.

• Jiddiy buyrak kasalligingiz bo'lsa.

• Homilador bo'lsangiz yoki homilador bo'lishni istasangiz.

• Emizish davrida.

Agar siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz sotiladigan dori vositalarini, qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtingizga xabar bering. Ba'zi dori vositalalning birga ishlatilishi sog'liqga ziyon yetkazishi mumkin.

Xususan, agar siz quyidagi dori vositalaridan birini qabul qilayotgan bo'lsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtingizga xabar bering: 

• Antixolinergiklar - (Parkinson kasalligini davolashda ishlatiladi), masalan, protsiklidin.

• Antispazmolitiklar - (oshqozon yoki boshqa turdagi spazmlarni davolashda ishlatiladi), masalan, giotsin. 

• Levodopa - Parkinson kassalligini davolashda qo'llaniladi.

• Neyroleptiklar - (muayyan kasalliklarda buzilgan fikrlash qolibiliyati, his-tuyg'ular va hatti-harakatlarni yaxshilash uchun ishlatiladi), masalan, xlorpromazin, galoperidol. 

• Diuretiklar (suv tabletkalari) - (tanada suvni ushlab turishni kamaytirish va yuqori qon bosimini pasaytirishda ishlatiladi) masalan, gidroxlortiazid, amilorid va triamteren kabilar.

Agar siz qayday dori vositalarni qabul qilayotganingizni bilmasangiz, sizni davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtingiz bilan maslahatlashing.

25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, yorug'likdan va issiqdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. 

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Plyonkali qobiq bilan qoplangan, och-sariq rangli, dumaloq shaklli, ikki qavariq, ikkala tomondan silliq tabletkalar.
Har doim Amantadin tabletkalarini Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Shubxangiz paydo bo'lgan holda, ular bilan maslahatlashing.

Amantadin gidroxlorid tabletkalarini ichka qabul qilish kerak.

Tabletkalar suv bilan butunlay yutiladi.

Odatdagi doza quyidagi hollarda o'zgaradi:

Parkinson kassalligini davolashda

• Kattalar: birinchi hafta davomida kuniga 1 ta tabletkadan (100 mg). Keyinchalik Sizning davolovchi shifokoringiz dozani kuniga 2 ta tabletkagacha (200 mg) oshiradi.  Ba'zi hollarda kunlik doza 4 ta tabletkagacha (400 mg) oshirilishi mumkin.

• 65 yoshdan katta bemorlar: sutkada 1 martada 1 ta tabletka (100 mg).

O'rab oluvchi temiratkini davolashda

• Doza 14 kun davomida kuniga 2 tadan tabletkani (200 mg) tashkil etadi. Agar og'riq davom etsa, shifokoringiz davolanish kursini yana 14 kunga oshirishi mumkin.

Gripp (gripp A) infektsiyalariga qarshi

• Kattalar: kuniga 1 tabletkadan (100 mg).

• 65 yoshdan katta bemorlar: kuniga 1 tabletkadan (100 mg).

• 10-15 yoshdagi bolalar: kuniga 1 tabletkadan (100 mg).

• 10 yoshgacha bo'lgan bolalar: shifokor tavsiyalari bo'yicha.

• Grippni oldini olishda: amantadin gidroxlorid tabletkalarini profilaktika zarur bo'lgan vaqt davomida qabul qilish kerak. Odatda 6 haftagacha.

• Grippni davolashda: amantadin gidroxlorid tabletkalarini 4-5 kun davomida qabul qilish kerak.

• Agar sizda buyrak muammosi bo'lsa, shifokoringiz kichikroq dozani tavsiya qilishi mumkin.

Amantadin gidroxlorid tabletkalarini tavsiya qilingandan ortiq qabul qilganinigizda:

Agar Siz tasodifan tabletkalarni tavsiya qilingandan ortiq qabul qilgan bo'lsangiz yoki kimdir sizning doringizni qabul qilgan bo'lsa, darhol davolovchi shifokoringizga xabar berishingiz yoki eng yaqin tezkor yordam bo'limiga murojaat qilishingiz kerak. Qolgan tabletkalarni yoki bo'sh idishlarni shifokoringizga ko'rsating.

Amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo'lsangiz:

Xavotir olmang. Bitta dozani qabul qilishni unutgan bo'lsangiz, eslaganinigiz zahoti, keyingi dozani qabul qilish vaqti kelmagan bo'lsa, boshqasini qabul qiling. So'ng qabul qilishni oldindagidek davom eting. O'tkazib yuborilgan dozani to'ldirish uchun ikki martali dozani qabul qilmang.

Amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni to'xtatganingizda:

Amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni to'satdan to'xtatmang, chunki kassalik alomatlari kuchayishi mumkin.

Agar siz amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni to'xtatmoqchi bo'lsangiz, shifokoringizga murojaat qiling, u sizga dozani asta-sekin kamaytirish bo'yicha maslahat beradi.

Neyroleptiklarni (ruhiy kasalliklarni davolashda ishlatiladi) qabul qilayotganda, amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni to'xtatsangiz, sizda bir qator alomatlar paydo bo'lishi mumkin, jumladan:

• Isitma

• Terlash  

• Yurak urish tezlashishi

• Mukshaklar taranglashishi (harakat cheklanishi)

• Quviq nazoratini yo'qotish (sizda to'satdan siydik chiqarish istagi paydo bo'lishi mumkin).

Agar sizda ushbu alomatlardan biri paydo bo'lsa, darhol shifokoringizga murojaat qiling.

Ba'zi bemorlar ushbu dori vositasi, bir necha oy davomida muntazam ravishda qabul qilingandan keyin, ta'sirini yo'qotishini sezishlari mumkin. Bu holda shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Qo'shimcha savollar bo'lsa, Sizni davolovchi shifokor yoki farmatsevtingiz bilan maslahatlashing.

Agar siz Amantadin gidroxlorid tabletkalarini tayinlangandan ortiq qabul qilgan bo'lsangiz:

Agar Siz tasodifan tabletkalarni tavsiya qilingandan ortiq qabul qilgan bo'lsangiz yoki kimdir sizning doringizni qabul qilgan bo'lsa, darhol davolovchi shifokoringizga xabar berishingiz yoki eng yaqin tezkor yordam bo'limiga murojaat qilishingiz kerak. Qolgan tabletkalarni yoki bo'sh idishlarni shifokoringizga ko'rsating.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ADAMANT tabletkalari 100 mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ADAMANT tabletkalari 100 mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ADAMANT tabletkalari 100 mg N10 dori vositasi Kwality Pharmaceuticals Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ADAMANT tabletkalari 100 mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ADAMANT tabletkalari 100 mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PK MERS infuziya uchun eritma 500ml 200mg/500ml N2
Narh: 619 000 so'mdan Batafsil
PK MERS tabletkalari 100mg N30
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
PK MERS infuziya uchun eritma 500ml 200mg/500ml N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9