×
×
  • Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
бетаметазона дипропионат
Farmakologik guruhlari:
- глюкокортикостероид+ кератолитическое средство
Ishlab chiqaruvchi:
- АО «АКРИХИН
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- D07ХС01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DERMAZOL shampun 100ml 2% Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
39 000 s`om dan
MENOVAZIN eritma 40ml Avisenna, ООО O'zbekiston
2 340 s`om dan
AKIDERM krem 10g Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
LAMIZIL DERM gel 15g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
Yaroqlilik muddati (oy) 3 года
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sirtga qo'llash uchun surtma 0,05 % + 3 %.

15 yoki 30 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir Tuba tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: betametazon dipropionat (betametazon dipropionat mikronlashtirilgan) 100% moddaga qayta hisoblanganda – 0,064 g, bu 0,05 g betametazonga ekvivalent; salisil kislotasi (salisil kislotasi mikronlashtirilgan) 100% moddaga qayta hisoblanganda – 3 g;

yordamchi moddalar: suyuq parafin, vazelin.
Akriderm SK – ta'sir etuvchi moddalar – betametazon dipropionat va salisil kislotasini o'zida saqlaydigan kombinasiyalangan preparat.

Betametazon dipropionat – sintetik ftorlangan glyukokortikosteroid (GKS) bo'lib, yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, shishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirini toraytiruvchi ta'sir etadi.

Salisil kislotasi keratolitik ta'sirga ega bo'lib, betametazonning teriga singishiga yordam beradi. Bakteriostatik va ayrim fungisid ta'sirlarga ega.

Faol tarkibiy moddalarining birgalikdagi ta'siri qichishish, yallig'lanish, eritema va og'riq kabi simptomlar ifodalanishining tez pasayishiga olib keladi.

Preparat terapevtik dozalarda teriga qo'llanilganida moddaning qonga transdermal so'rilishi kam bo'ladi. Okklyuziya bog'ichlari qo'llanilishi, yallig'lanish va teri kasalliklari betametazonning transdermal so'rilishini oshiradi, bu tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfi oshishiga olib kelishi mumkin.
Teri va teri osti to'qimalar tomonidan buzilishlar: tez-tez – achitish, qichishish, yallig'lanish, og'iz qurishi, follikulit, gipertrixoz, aknesimon toshmalar, husnbuzar, gipopigmentasiya, teleangiektaziyalar, perioral dermatit, allergik kontaktli dermatit, teri maserasiyasi, teri qurishi, ko'p terlash, ikkilamchi infektsiyalar.

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: ko'rish noaniqligi.

Endokrin tizim tomonidan buzilishlar: uzoq muddat qo'llanilganida va terining katta sohalariga surtilganida, asosan, bolalarda glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo'ya ta'sirlari – gipokaliemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari qobig'i funktsiyalarining qaytuvchi susayishi, Itsenko-Kushing sindromi belgilari paydo bo'lishi mumkin.

Agar sizda yo'riqnomada qayd etilgan nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa yoki ular og'irlashsa yoxud siz yo'riqnomada qayd etilmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga ma'lum qiling.

Agar Akriderm SK preparati qo'llanilganida teri yallig'lanishi yoki allergik reaktsiyalar belgilari paydo bo'lsa, davolashni to'xtatish kerak. Zamburug'li yoki bakterial infektsiya birga paydo bo'lgan holatda tegishli terapiya buyurilishi kerak.

Preparatning ko'zga va shilliq qavatlarga tushishidan, shuningdek anogenital sohada, terining keng shikastlangan, ayniqsa, terining butunligi buzilgan sohalarida qo'llanilishidan saqlanish kerak. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda faqat tibbiy kuzatuv ostida qo'llanilishi mumkin. Bolalar mahalliy GKS qo'llanilganida tana yuzasi maydonining bola vazniga nisbatan katta o'lchamga egaligi, buning oqibatida preparatning yuqori absorbtsiyasi tufayli gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyalari susayishi xavfiga kattalarga nisbatan ko'proq moyil bo'ladilar. Mahalliy qo'llanilish uchun GKS qabul qilgan bolalarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyalari pasayishi, Itsenko-Kushing sindromi, o'sish kechikishi, tana vazni o'sishining etarlicha emasligi va bosh miya ichki bosimining oshishi haqida ma'lum qilingan. Bolalarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyalari susayishi plazmada kortizol darajasi pastligi va adrenokortikotrop gormoni stimulyasiyasiga javob yo'qligi bilan aniqlanadi. Bosh miya ichki bosimining oshishi liqildoqning do'ppayib qolishi, bosh og'riqlari, ko'rish nervi diskining ikki tomonlama shishishi bilan namoyon bo'ladi. Preparat bolalarda qo'llanilganida yoki yuz

terisi shikastlanishlarini davolash uchun foydalanilganda davolanish 5 kundan oshirilmasligi kerak. Preparatning okklyuziya bog'ichlari ostida qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. Uzoq muddatli qo'llanilganda, terining keng yuzalariga surtilganida yoki okklyuziya bog'ichlari ostida foydalanilganda GKS va salisil kislotasining tizimli absorbtsiyasi bo'lishi mumkin. Preparat bilan uzoq muddatli davolanilganda uning bekor qilinishini asta-sekin amalga oshirish tavsiya etiladi.

Akriderm SK oftalmologiyada qo'llanilish uchun mo'ljallanmagan. GKS tashqi qo'llanilganida ko'rish qobiliyati buzilishi paydo bo'lishi mumkin.

Agar pasientda ko'rish noaniqligi yoki ko'rish qobiliyatining boshqa buzilishlari kabi simptomlar bo'lsa, pasient ko'rish qobiliyati buzilishi ehtimoliy sabablarini baholash uchun oftalmologga yo'naltirilishi kerak, ushbu sabablar orasida katarakta, glaukoma va Markaziy seroz xorioretinopatiyasi (MSX) kabi kam hollarda uchraydigan kasalliklar bo'lishi mumkin, bu kasalliklar haqida tizimli va tashqi ta'sirli GKS qo'llanilganidan so'ng ma'lum qilingan.

Giperkeratoz bilan birga kechuvchi dermatozlarni mahalliy davolash: psoriaz, cheklangan va diffuz neyrodermit, qizil yassi temiratki, ekzema, disgidrotik dermatit, ixtioz va ixtiozoform o'zgarishlar.

  • Betametazonga, salisil kislotasiga, preparatning boshqa tarkibiy moddalariga yuqori sezuvchanlik.

  • Pushti rang husnbuzarlar, akne, perioral dermatit.

  • Bakterial, virusli yoki zamburug'li teri infektsiyalari.

  • Surunkali vena etishmovchiligi holatida trofik yazvalar, jarohatlar.

  • Teri o'smalari.

  • Postvaktsinal teri reaktsiyalari.

  • Perianal va genital qichishish.

  • 2 yoshgacha bo'lgan bolalar.

  • Homiladorlik (katta dozalarda uzoq muddat davolash).

  • Ko'krakdan emizish davri.

  • Ehtiyotkorlik bilan

    12 yoshgacha bo'lgan bolalar, jigar etishmovchiligi, uzoq muddat davolash, terining katta sohalariga qo'llash, okklyuziya bog'ichlari qo'llanilishi.



    Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.



    15 dan 25oS gacha bo'lgan haroratda.

    Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

    Yarim tiniq, oqdan sarg'ish tusli oq rangligacha bo'lgan surtma. Kuchsiz o'ziga xos hidi bo'lishi mumkin.
    Sirtga qo'llanadi. Akriderm SK terining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun qo'yiladi.

    Qo'llashning boshqacha tez-tezligi kasallikning og'irligiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi.

    Engil hollarda surtmani odatda kuniga bir marta qo'llash etarli; og'irroq shikastlanishlarda tez-tez qo'llash kerak bo'lishi mumkin.

    O'tkir dozaning oshirib yuborilish ehtimoli kam, biroq, preparat haddan ziyod va davomli qo'llanganida giperkortisizm belgilari bilan birga kechuvchi surunkali doza oshirib yuborilishi mumkin: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po'stlog'i faoliyatini qaytuvchi susayishi, Kushing sindromini paydo bo'lishi. Davolash: Muvofiq simptomatik davolash ko'rsatilgan. Surunkali toksik ta'siri holida preparatni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi.
    Homilador ayollarda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo'llashning xavfsizligi aniqlanmagan; bu guruh dori preparatlarini homiladorlik davrida buyurish, faqat potentsial foydasi xavf ehtimolidan yuqori bo'lgan holdagina oqlangan. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo'llash mumkin emas. Glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo'llash ularning ona sutida paydo bo'lishiga sababchi bo'lishi mumkinligi aniqlanmagan, shuning uchun emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak. Preparatning transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri xususiyatlari Preparatning transport vositasini yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o'rganilmagan.
    Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

    QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

    AKRIDERM

    AKRIDERM

    Preparatning savdo nomi: Akriderm

    Ta‘sir etuvchi modda (XPN): betametazon

    Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem.

    Tarkibi:

    100 g krem quyidagilarni saqlaydi:

    faol modda:  betametazon dipropionati 100% moddaga qayta hisoblaganda – 0,064 g, bu 0,05 g betametazonga ekvivalentdir;

    yordamchi moddalar:

    metilparagidroksibenzoati          – 0,2 g,

    qattiq parafin                                – 9 g,

    vazelin                                             – 3 g;

    propilenglikol                            – 5 g;

    suyuq parafin                                  – 18 g;

    emulsiyalangan mum                       – 7 g;

    dinatriy ededati                            – 0,1 g;

    natriy sulfiti                             – 0,05 g;

    tozalangan suv                                 – 100 g gacha.

    Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli krem.

    Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.

     

    Farmakologik xususiyatlari

    Farmakodinamikasi

    Akriderm  – sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, ekssudasiyaga qarshi, tomirlarni toraytiruvchi, qichishishga qarshi va antiproliferativ ta‘sir ko‘rsatadi. Leykositlarni to‘planishini, lizosomal fermentlar va yallig‘lanish mediatorlarini yallig‘lanish o‘chog‘ida ajralib chiqishini tormozlaydi, fagositozni susaytiradi, tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish shishini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

    Teri yuzasiga surtilganda, preparat ob‘ektiv simptomlarni (eritema, shish, lixenifikasiya) yaqqollligini kamaytirib, yallig‘lanish o‘chog‘ida tez va kuchli ta‘sir ko‘rsatadi.

    Farmakokinetikasi

    Preparatni terapevtik dozalarda teri ustiga qo‘llanganida, qonga ta‘sir qiluvchi moddaning transdermal so‘rilishi juda oz. Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash betametazonni transdermal so‘rilishini oshiradi, bu tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshishiga olib keladi.

    Qo‘llanilishi

    • atopik dermatit;
    • allergik kontakt dermatit;
    • ekzema (turli shakllari);
    • kontakt dermatit (shu jumladan kasbiy) va boshqa noallergik dermatitlar (shu jumladan quyosh va nur dermatitlari);
    • hasharotlar chaqqandagi reaksiyalar;
    • psoriaz;
    • bullyoz dermatozlar;
    • diskoidli qizil yugurik;
    • qizil yassi temiratki;
    • ekssudativ ko‘p shaklli eritema;
    • turli etiologiyali teri qichishishlarida qo‘llaniladi.

    Qo‘llash usuli va dozalari

    Sirtga qo‘llanadi. Akriderm terining shikastlangan sohasiga yupqa  qilib, kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun qo‘yiladi, biroz ishqalanadi. Terining qalinroq sohalariga (masalan bilak, kaft va tovonga), hamda preparat yengil artiladigan joylarda, Akriderm kremini ko‘proq surtish xam mumkin. Davolashning davomiyligi samaradorligi va davolashni o‘zlashtirilishiga bog‘liq va odatda kamida 4 haftani tashkil qiladi. Yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash  mumkin.

    Akriderm krem kasallikning o‘tkir yallig‘lanish bosqichini, shu jumladan terining xo‘llanadigan shikastlanishini davolash uchun ham qo‘llaniladi.

    Agar klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashxisni aniqlash kerak.

    Nojo‘ya ta‘sirlari

    Odatda, kuchsiz namoyon bo‘ladigan xarakterga ega.

    Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida achishish, ta‘sirlanish, terini quruqligi, follikulit, gipertrixoz, striyalar, aknesimon toshmalar (“steroidli” xusnbuzar), gipopigmentasiya, terini qichishishi, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit kuzatilishi mumkin. Davomli qo‘llashda, shuningdek okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida – terining maserasiyasi, ikkilamchi infeksiya, terining atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangiektaziya, ko‘p terlash, purpura kuzatiladi. Tananing katta yuzalariga qo‘yilganida, asosan bolalarda glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo‘ya ta‘sirlarini (giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini qaytuvchi susayishi, Isenko-Kushing sindromining ko‘rinishlari) paydo bo‘lishi mumkin.

    Yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish kerak.

    Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

    Betametazonga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

    Teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, oddiy gerpes, vaksinasiyadan keyingi teri reaksiyalari, ochiq jarohatlar, boldirning trofik yaralari, rozasea, oddiy xusnbuzar, teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma, laktasiya davri va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

    Ehtiyotkorlik bilan

    Uzoq muddat qo‘llanganida yoki katta yuzalarga qo‘yilganida: katarakta, qandli diabet, glaukoma, tuberkulyoz.

    Dorilarning o‘zaro ta‘siri

    Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

    Maxsus ko‘rsatmalar

    Preparatni yuz terisiga, uzoq muddat sirtga qo‘llash tavsiya etilmaydi, sababi rozasea, perioral dermatit va akne rivojlanishi mumkin. Davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.

    Akriderm kremi oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat ko‘zning shilliq qavatiga tushsa, katarakta, glaukoma, ko‘zning zamburug‘li infeksiyalari va gerpetik infeksiyalarning xurujlari rivojlanishi mumkin.

    Davomli davolashda, preparatni terining katta yuzalariga, shuningdek qo‘ltiq osti chuqurchasiga va chov burmalariga qo‘yilganida, okklyuzion bog‘lov ishlatilganida, glyukokortikosteroidlarning tizimli so‘rilishi kuzatilishi mumkin.

    Bolalarga 1 yoshdan boshlab, preparat faqat qat‘iy ko‘rsatmalar va shifokorning nazorati ostida buyuriladi, chunki betametazon bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin. Preparat katta yuzalarga va/yoki okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llanganida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi faoliyatini susayishi va giperkortisizm simptomlari rivojlanishi mumkin, o‘sish gormonini ekskresiyasini pasayishi, bosh miya  ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin.

    Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

    Homilador ayollarda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan; bu guruh dori preparatlarini homiladorlik davrida buyurish, faqat potensial foydasi, mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina oqlangan. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas.

    Emizish davrida preparatni qat‘iy ko‘rsatmalar asosida qo‘llash mumkin, biroq bunda preparatni emizish oldidan sut bezining terisiga qo‘yish mumkin emas.

    Transport vositalarini boshqarish va yuqori konsentrasiyali e‘tiborni va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan boshqa potensial xavfli turdagi faoliyat bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri.

    Ta‘sir qilmaydi.

    Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

    Dozani oshirib yuborilishi

    Dozani o‘tkir oshirib yuborilishining ehtimoli kam, biroq, preparat haddan ziyod va davomli qo‘llanganida giperkortisizm belgilari bilan kechuvchi dozani surunkali oshirib yuborilishi: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini qaytuvchi susayishi, Isenko-Kushing sindromining ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.

    Davolash: preparatni bekor qilish tavsiya qilinadi va zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

    Chiqarilish shakli

    0,05% li sirtga qo‘llash uchun krem.

    15 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

     

    Saqlash sharoiti

    15oS dan 25oS gacha haroratda.

    Yaroqlilik muddati

    4 yil.

    Dorixonalardan berish tartibi

    Reseptsiz.

    Ulashish:

    Fikr qoldirish
    Baho:
                  
    Matnni kiriting

    Ismingiz
    Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

    Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

    Savol qoldirish

    Mulohazalar

    Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
    Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
    Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
    Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g dori vositasi АО «АКРИХИН tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
    Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
    Akriderm SK krem 0.5%+3% 15g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

    Другие формы препарата
    AKRIDERM SK maz 15g
    AKRIDERM GENTA maz 15g
    AKRIDERM GENTA maz 30g
    AKRIDERM SK maz 30g
    AKRIDERM GK maz 15g
    AKRIDERM GK maz 30g
    Akriderm SK
    • A
    • B
    • D
    • E
    • F
    • G
    • H
    • I
    • J
    • K
    • L
    • M
    • N
    • O
    • P
    • Q
    • R
    • S
    • T
    • U
    • V
    • X
    • Y
    • Z
    • Ch
    • Sh
    • 0-9