×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKTRAPID suspenziya 10ml 100ME/ml

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Daniya
Faol modda:
Инсулин растворимый [человеческий генно-инженерный]
Ishlab chiqaruvchi:
- Ново Нордиск А/С
Distribyutor:
- ООО Medilife-Farma
ATX kodi:
- A10AB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

AKTRAPID PENFILL inyeksiya uchun eritma 3ml 100ME/ml N5 Ново Нордиск А/С Daniya
GALVUSMET tabletkalari 1000mg N60 НОВАРТИС ФАРМА Belarusiya
INSUFOR tabletkalari 1000mg N30 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
36 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AKTRAPID suspenziya 10ml 100ME/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

“MAꞋQULLANGAN”

OꞋZBEKISTON QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AKTRAPID®

ACTRAPID

 

Preparatning savdo nomi: Aktrapid®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): odam insulini

Chiqarilish shakli: in‘eksiya uchun eritma 100 XB/ml 10 ml. 10 ml dan preparat kauchuk disk bilan berkitilgan, alyumin qopqoqcha bilan yopilgan, 1 sinf gidrolitik shisha flakonlarda. 1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tarkibi:

1 ml eritma saqlaydi

Faol modda: odam gen-injenerli insulini 100 XB (3,5 mg),

Yordamchi moddalar: rux xloridi, gliserin (gliserol), metakrezol, natriy gidroksidi va/yoki xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Qandli diabetni davolash uchun vositalar. Insulinlar va tez ta‘sir qiluvchi analoglari.

ATX kodi: A10AV01

 

Farmakologik xususiyatlari

Aktrapid® – Saccharomyces cerevisiae shtammini ishlatish bilan rekombinant DNK biotexnologiyasi usuli bo‘yicha ishlab chiqarilgan qisqa ta‘sir qiluvchi preparat. Qonda glyukozaning miqdorini pasayishi insulinni mushak va yog‘ to‘qimalarining insulin reseptorlari bilan bog‘lanishidan so‘ng, uning xujayra ichki tashilishini oshishi va bir vaqtning o‘zida jigar tomonidan glyukozani ishlab chiqarilish tezligini pasayishi bilan bog‘liq.

Giperglikemiyasi (plazmadagi glyukozaning konsentrasiyasi > 10 mmol/l) bo‘lgan jiddiy jarroxlik aralashuvini o‘tkazgan jadal davolash bo‘limidagi pasientlarda (204 pasient qandli diabet bilan va 1344 pasient qandli diabetsiz) Aktrapid® preparatini vena ichiga yuborish yordamida, plazmadagi glyukozaning konsentrasiyasini normallashishi (4,4-6,1 mmoll/l gacha), o‘lim ko‘rsatkichini 42% ga (8% o‘rniga 4,6%) pasaytirish imkonini berdi. Aktrapid® preparatining ta‘siri yuborilganidan keyin yarim soat davomida boshlanadi, maksimal samara 1,5-3,5 soat davomida namoyon bo‘ladi, bunda ta‘sirining umumiy davomiyligi taxminan 7-8 soatni tashkil qiladi.

 

Farmakokinetikasi

Insulinning qon oqimidan yarim chiqarilish davri bor yo‘g‘i bir necha minutni tashkil qiladi. Insulin preparatlarining ta‘sirini davomiyligi asosan so‘rilish tezligiga bog‘liq bo‘lib, ular bir necha omillarga bog‘liq (masalan, insulinning dozasi, yuborish usuli va yuborish joyi, teri osti yog‘ qavatining qalinligi va qandli diabetning turi). Shuning uchun insulinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari ahamiyatli darajada inter- va intra- shaxsiy tebranishlarga moyil.

So‘rilishi

Insulinning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) teri ostiga yuborilganidan keyin 1,5-2,5 soat davomida erishiladi.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan yaqqol bog‘lanishi kuzatilmaydi, insulinga antitelolardan tashqari (ular mavjud bo‘lgan hollarda).

Metabolizmi

Odam insulini insulinaza yoki insulinni parchalovchi fermentlar, shuningdek, ehtimol protein-disulfid-izomeraza ta‘siri ostida parchalanadi.

Odam insulini molekulasida bir nechta parchalanish (gidroliz) sohalari mavjudligi taxmin qilinadi; ammo parchalanishi oqibatida hosil bo‘ladigan metabolitlarining hech biri faol emas.

Chiqarilishi

Yarim so‘rilish davri (T1/2) teri osti to‘qimalaridan so‘rilishi tezligi bo‘yicha aniqlanadi. Shunday qilib, T1/2 insulinni plazmadan chiqarilishi me‘yori emas (insulinni qon oqimidan T1/2 atigi bir necha minutga teng), ko‘proq so‘rilish me‘yoridir. Tadqiqotlar T1/2 taxminan 2-5 soatni tashkil qilishini ko‘rsatdi.

Bolalar va o‘smirlar

Aktrapid® preparatining farmakokinetik profili qandli diabeti bo‘lgan 6-12 yoshli bolalar, shuningdek o‘smirlarning (13-17 yosh) oz sonli guruhida (18 odamda) o‘rganilgan. Garchi olingan ma‘lumotlar cheklangan hisoblansada, ammo ular Aktrapid® preparatining farmakokinetik profili bolalar va o‘smirlarda kattalardagiga o‘xshash ekanligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga turli yosh guruhlari orasida Smax kabi ko‘rsatkich bo‘yicha farqlari aniqlangan bo‘lib, bu yana bir bor dozani shaxsiy ravishda tanlash kerakligini ko‘rsatdi.

Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Xavfsizligining farmakologik tadqiqotlari, dozani takroriy yuborishdagi toksikligining tadqiqotlari, genotoksikligining tadqiqotlari, kanserogen potensiali va reproduktiv sohasiga toksik ta‘sirini o‘z ichiga olgan klinika oldi tadqiqotlar davomida odam uchun spesifik xavfi aniqlanmagan.

 

Qo‘llanilishi

Qandli diabetni davolash

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat teri ostiga va vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.

Preparatning dozasi pasientning ehtiyojiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi.

Odatda insulinga bo‘lgan ehtiyoj 0,3 dan 1 XB/kg /sutkani tashkil qiladi. Insulinga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj insulinga rezistent bo‘lgan pasientlarda (masalan, jinsiy balog‘atga yetish davrida, shuningdek semizligi bo‘lgan pasientlarda) yuqori va insulinni qoldiq endogen hosil bo‘lishi bo‘lgan pasientlarda past bo‘lishi mumkin.

Preparat ovqat qabul qilish yoki karbonsuvlarni saqlovchi yengil ovqatlanishdan 30 minut oldin yuboriladi.

Aktrapid® qisqa ta‘sirli insulin hisoblanadi va ta‘siri uzaytirilgan insulin bilan majmuaviy ishlatilishi mumkin.

Aktrapid® odatda teri ostiga qorin old devori sohasiga yuboriladi. Agarda qulay bo‘lsa in‘eksiyalarni son sohasiga, dumba sohasiga yoki yelkaning deltasimon mushagi sohasiga ham qilish mumkin.

Preparat qorin old devori sohasiga yuborilganida boshqa sohalarga nisbatan tezroq so‘rilishga erishiladi. Agarda in‘eksiya tortilgan teri burmasiga amalga oshirilsa, preparatni tasodifan mushak ichiga yuborish xavfi kamaytiriladi. Igna teri ostida kamida 6 sekund qolishi kerak, bu dozani to‘liq yuborilishini kafolatlaydi. Lipodistrofiyani rivojlanishini oldini olish uchun in‘eksiya joyini anatomik soha chegarasida o‘zgartirish kerak.

Mushak ichiga ham in‘eksiya qilish mumkin, ammo faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.

Aktrapid®ni shuningdek vena ichiga yuborish mumkin va bunday muolajalarni faqat tibbiyot hodimi amalga oshirishi mumkin.

Flakonlardagi Aktrapid®ni faqat ta‘sir birligida insulin dozasini o‘lchash imkonini beruvchi shkala o‘rnatilgan insulin shprislari bilan ishlatish mumkin.

Preparatni qo‘llash va yuborish bo‘yicha batafsil tavsiyalarga rioya qilish kerak (“Pasientga berish kerak bo‘lgan Aktrapid®ni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga qarang).

Dozani to‘g‘rilash

Yo‘ldosh kasalliklar, ayniqsa infeksion va isitma bilan kechuvchi kasalliklar odatda organizmning insulinga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Preparatning dozasini to‘g‘rilash shuningdek pasientda buyraklar, jigarning yo‘ldosh kasalliklari, buyrak usti bezlari, gipofiz yoki qalqonsimon bezning faoliyatini buzilishlari bo‘lganida talab qilinishi mumkin.

Dozani to‘g‘rilashning zarurati shuningdek pasientning jismoniy yuklamani yoki odatdagi ovqatlanish tartibini o‘zgarishida ham paydo bo‘lishi mumkin. Pasientni insulinning bir turidan boshqa turiga o‘tkazishda dozani to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Insulinni qo‘llashda eng ko‘p uchraydigan nohush ko‘rinish gipoglikemiya hisoblanadi. Klinik tadqiqotlar, hamda iste‘molchilar bozoriga chiqarilganidan keyin preparatni qo‘llash jarayonida gipoglikemiyani paydo bo‘lishi tez-tezligi pasientlar populyasiyasi, preparatni dozalash tartibi va glikemiyani nazorat qilish darajasiga qarab o‘zgarishi aniqlangan (“Alohida nojo‘ya reaksiyalar ta‘rifi”ga qarang).

Insulin bilan davolashning boshlang‘ich bosqichida refraksiyani buzilishi, shishlar va yuborish joyida reaksiyalar (og‘riq, qizarish, eshakemi, yallig‘lanish, qontalashishlar, in‘eksiya joyida shish va qichishishni o‘z ichiga oluvchi) paydo bo‘lishi mumkin. Odatda bu simptomlar vaqtinchalik xarakterga ega. Glikemiyaning nazoratini tez yaxshilanishi “o‘tkir og‘riqli neyropatiya” holatiga olib kelishi mumkin va u odatda qaytuvchidir. Karbonsuvlar almashinuvi nazoratini keskin yaxshilanishi bilan insulin bilan davolashni jadallashishi, diabetik retinopatiya holatini vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin, ayni vaqtda glikemiyaning nazoratini uzoq muddatli yaxshilanishi diabetik retinopatiyani rivojlanib borish xavfini pasaytiradi.

Nojo‘ya ko‘rinishlar ro‘yxati jadvalda keltirilgan.

Klinik tadqiqotlar davomida olingan quyida keltirilgan ma‘lumotlarga asoslangan hamma nojo‘ya samaralari MedDRA va a‘zolar tizimiga muvofiq rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha guruhlarga taqsimlangan. Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligi quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000) va ma‘lum emas (mavjud ma‘lumotlar asosida baholash imkoni yo‘q).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas – eshakemi, teri toshmalari
Juda kam – anafilaktik reaksiyalar*
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar Juda tez-tez – gipoglikemiya*
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas – periferik neyropatiya (“o‘tkir og‘riqli neyropatiya”)
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas – refraksiyani buzilishi
Juda kam – diabetik neyropatiya
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas – lipodistrofiya*
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar Tez-tez emas – yuborish joylaridagi reaksiyalar
Tez-tez emas – shishlar

* “Alohida nojo‘ya reaksiyalar ta‘rifi”ga qarang

Alohida nojo‘ya reaksiyalar ta‘rifi:

Anafilaktik reaksiyalar

Juda kam uchraydigan yoyilgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (shu jumladan, tarqalgan teri toshmalari, qichishish, terlash, me‘da-ichak tizimini buzilishlari, angionevrotik shish, nafas olishni qiyinlashishi, yurakni tez urishi, arterial bosimni pasayishi, shuningdek xayot uchun potensial xavfli bo‘lgan hushdan ketish/yo‘qotish) qayd qilingan.

 

Gipoglikemiya

Gipoglikemiya ko‘proq uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishi hisoblanadi. Agarda insulinning dozasi insulinga bo‘lgan ehtiyojga nisbatan juda ham yuqori bo‘lganda, u rivojlanishi mumkin. Og‘ir darajali gipoglikemiya hushdan ketish va/yoki tirishishlar, bosh miyaning faoliyatini vaqtinchalik yoki qaytmas buzilishlari yoki hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Gipoglikemiya simptomlari, odatda to‘satdan rivojlanadi. Ularga “sovuq ter”, teri qoplamalarini oqarishi, yuqori charchoqlik, asabiylik yoki tremor, xavotirlik hissi, g‘ayritabiiy charchoqlik yoki holsizlik, orientasiyani buzilishi, diqqatni jamlashni pasayishi, uyquchanlik, yaqqol ochlik hissi, ko‘rishni buzilishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va yurakni tez urishi kirishi mumkin.

Lipodistrofiya

Lipodistrofiyani rivojlanishini kam hollari haqida xabar berilgan. Lipodistrofiya preparatni yuborish joyida rivojlanishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Odam insulini yoki bu preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Insulinga bo‘lgan ehtiyojga ta‘sir qiluvchi qator dori vositalari mavjud.

Peroral gipoglikemik preparatlar, monoaminooksidaza ingibitorlari, angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari, karboangidraza ingibitorlari, noselektiv beta-adrenoblokatorlar, bromokriptin, sulfonamidlar, anabolik steroidlar, tetrasiklinlar, klofibrat, ketokonazol, mebendazol, piridoksin, teofillin, siklofosfamid, fenfluramin, litiy preparatlari, salisilatlar insulinning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytiradi.

Peroral kontraseptivlar, glyukokortikosteroidlar, tireoid gormonlar, tiazid diuretiklar, geparin, trisiklik antidepressantlar, simpatomimetiklar, o‘sish gormoni (somatropin), danazol, klonidin, sekin kalsiy kanallari blokatorlari, diazoksid, morfin, fenitoin, nikotin insulinning gipoglikemik ta‘sirini susaytiradi.

Beta-adrenoblokatorlar gipoglikemiyaning simptomlarini niqoblashi va gipoglikemiyadan keyingi tiklanishni qiyinlashtirishi mumkin.

Oktreotid/lanreotid organizmning insulinga bo‘lgan ehtiyojini oshirishi ham, kamaytirishi mumkin.

Alkogol insulinning gipoglikemik samarasini kuchaytirishi yoki kamaytirishi mumkin.

Nomutanosiblik. Aktrapid®ni faqat mutanosibligi ma‘lum bo‘lgan birikmalarga qo‘shish mumkin. Ayrim preparatlarni (masalan, tiollar yoki sulfitlarni saqlovchi preparatlar) insulin eritmasiga qo‘shilganida uni degradasiyasini chaqirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning dozasi yetarli bo‘lmasligi yoki davolashni to‘xtatish, ayniqsa 1 tur qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda giperglikemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Odatda giperglikemiyaning birinchi simptomlari asta-sekin, bir necha soat yoki kunlar davomida paydo bo‘ladi. Chanqoqlik hissi, tez-tez siyish, ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, terini qizarishi va qurishi, og‘izni qurishi, ishtahani yo‘qolishi, shuningdek og‘izdan aseton hidi kelishi giperglikemiyaning simptomlari hisoblanadi. 1 tur qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda giperglikemiya muvofiq davolanmasa, diabetik ketoasidoz – potensial letal hisoblangan holatga olib kelishi mumkin.

Gipoglikemiya

Agarda pasientning ehtiyojiga nisbatan insulinning juda katta dozasi yuborilgan bo‘lsa, gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.

Ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborish yoki rejalashtirilmagan jadal jismoniy yuklama gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin.

Karbonsuvlar almashinuvi kompensasiyalanganidan keyin, masalan, jadallashtirilgan insulin bilan davolashda pasientlarda ular uchun xos bo‘lgan gipoglikemiyaning darakchi simptomlari o‘zgarishi mumkin, bu haqida bemorlar xabardor qilinishlari kerak. Odatdagi darakchi simptomlar qandli diabet uzoq muddat davomida kechishida yo‘q bo‘lishi mumkin.

Pasientlarni insulinning boshqa turi yoki boshqa ishlab chiqaruvchi – kompaniya insuliniga o‘tkazish faqat tibbiy nazorat ostida amalga oshirilishi kerak. Konsentrasiya, ishlab chiqaruvchi, turi, shakli (odam insulini, odam insulini analogi) va/yoki tayyorlash usuli o‘zgarganida, insulinning dozasini o‘zgartirish talab qilinishi mumkin. Aktrapid® preparati bilan davolashga o‘tkazilayotgan pasientlarda ilgari qo‘llangan insulin preparatlariga nisbatan dozani o‘zgartirish yoki in‘eksiyalar tez-tezligini oshirish talab qilinishi mumkin. Aktrapid® preparati bilan davolashga pasientlarni o‘tkazishda dozani to‘g‘rilashning zarurati bo‘lsa, bu birinchi dozani yuborishdayoq yoki davolashning birinchi haftasi yoki oylarida amalga oshirilishi mumkin.

Insulinning boshqa preparatlari bilan davolashdagi kabi yuborish joyida reaksiya rivojlanishi mumkin, bu og‘riq, qizarish, eshakemi, yallig‘lanish, qontalashishlar, shish va qichishish bilan namoyon bo‘ladi. In‘eksiya joyini bir anatomik sohada muntazam o‘zgartirish simptomlarni kamaytirish yoki bu reaksiyalar rivojlanishini oldini olishiga yordam beradi. Reaksiyalar odatda bir necha kundan to bir necha xafta davomida yo‘qoladi. Ayrim hollarda yuborish joylarida reaksiya sababli, Aktrapid®ni bekor qilish talab qilinishi mumkin.

Soat mintaqasini o‘zgarishi bilan bog‘liq safar oldidan pasient davolovchi shifokori bilan maslahatlashishi kerak, chunki soat mintaqasini o‘zgarishi, pasient boshqa vaqtda ovqat qabul qilishi va insulinni yuborishi kerakligini bildiradi.

Infuziya uchun eritmalarga Aktrapid® preparatini qo‘shishda infuzion tizimi tomonidan so‘riladigan insulin miqdorini oldindan bilib bo‘lmaydi, shuning uchun Aktrapid®ni uzoq davom etuvchi insulinni teri osti infuziyalarida (UDEITI) ishlatishga ruxsat etilmaydi.

Tiazolidindion guruhi preparatlari va insulin preparatlarini bir vaqtda qo‘llash

Insulin preparatlari bilan majmuada tiazolidindionlar bilan pasientlarni davolashda, ayniqsa bunday pasientlarda dimlangan yurak yetishmovchiligini rivojlanish xavf omillari mavjudligida, dimlangan yurak yetishmovchiligini rivojlanish hollari haqida xabar berilgan. Buni pasientlarga tiazolidindion va insulin bilan majmuaviy davolashni buyurishda hisobga olish kerak. Bunday majmuaviy davolashni buyurishda dimlangan yurak yetishmovchiligining belgilari va simptomlari, tana vaznini oshishi va shishlarni mavjudligini aniqlash uchun pasientlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kerak. Pasientlarda yurak yetishmovchiligining simptomlarini yomonlashishi hollarida tiazolidindion bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Pasientlarning diqqatni jamlash va reaksiya tezligi gipoglikemiya vaqtida buzilishi mumkin, bu qobiliyatlar zarur bo‘lgan vaziyatlarda (masalan, avtomobilni boshqarish yoki mashina va mexanizmlar bilan ishlash) xavf tug‘dirishi mumkin. Avtomobilni boshqarishda gipoglikemiyaning rivojlanishini oldini olish uchun choralar ko‘rishni pasientga tavsiya qilish kerak. Bu rivojlanayotgan gipoglikemiyaning darakchi simptomlari bo‘lmagan yoki yaqqolligi pasaygan yoki gipoglikemiyaning epizodlari tez-tez bo‘lgan pasientlar uchun ayniqsa muhim. Bunday hollarda avtomobilni boshqarish va bunday ishlarni boshqarish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik vaqtida insulinni qo‘llash bo‘yicha cheklashlar mavjud emas, chunki insulin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tmaydi. Yetarli darajada aniq tanlanmagan davolash hollarida rivojlanishi mumkin bo‘lgan gipoglikemiya ham, giperglikemiya ham homilani rivojlanish nuqsonlarini rivojlanishi va homilani ona qornida nobud bo‘lishi xavfini oshiradi. Diabeti bo‘lgan homilador ayollar butun homiladorlik davrida nazorat ostida bo‘lishlari kerak, ularda qondagi glyukozaning miqdorini kuchaytirilgan nazoratini amalga oshirish kerak; bunday tavsiyalar homiladorlikni rejalashtirilgan ayollarga ham taalluqli.

Homiladorlikning birinchi uch oyligida insulinga bo‘lgan ehtiyoj odatda kamayadi va ikkinchi va uchinchi uch oyliklarda asta-sekin oshadi.

Tug‘ruqdan keyin insulinga bo‘lgan ehtiyoj odatda homiladorlikkacha bo‘lgan darajagacha tez qaytadi.

Shuningdek emizish davrida Aktrapid® NM preparatini qo‘llash uchun cheklashlar mavjud emas. Emizikli onalarda insulin bilan davolashni amalga oshirish bola uchun xavf tug‘dirmaydi. Ammo ona uchun Aktrapid® preparatini dozalash tartibi va/yoki parhezni to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin.

Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Vena ichiga yuborish uchun Aktrapid® 100 XB/ml preparatini 0,05 XB/ml dan 1 XB/ml gacha bo‘lgan konsentrasiyalarda odam insulinini saqlovchi, 40 mmol/l konsentrasiyadagi kaliy xloridi qo‘shilgan natriy xloridining 0,9% eritmasi, dekstrozaning 5% va 10% eritmasi kabi infuzion eritmalardagi infuzion tizimlari qo‘llanadi; vena ichiga yuborish uchun tizimda polipropilendan tayyorlangan infuzion qopchalar ishlatiladi; bu eritmalarning turg‘unligini xona haroratida 24 soat davomida saqlaydi.

Garchi bu eritmalarning turg‘unligini ma‘lum vaqt davomida saqlasada, boshlang‘ich bosqichda infuzion qopcha tayyorlangan materialda insulinning ozgina miqdorini so‘rilishi aniqlanadi. Infuziyani amalga oshirish davomida glyukozaning qondagi miqdorini nazoratini amalga oshirish kerak.

Agarda insulin preparatlari muzlatilgan bo‘lsa, ularni ishlatish mumkin emas.

Agarda insulin tiniqligini va rangsizligini yo‘qotgan bo‘lsa, uni ishlatish mumkin emas.

Aktrapid® ni insulinni uzoq muddatli teri ostiga infuziyasi uchun insulin nasoslarida qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Insulinning dozasini oshirib yuborish uchun zarur bo‘lgan ma‘lum doza aniqlanmagan, ammo agarda pasientning ehtiyojiga nisbatan insulinning juda yuqori dozalari yuborilsa gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.

– Yengil gipoglikemiyani pasientning o‘zi glyukoza yoki qand saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlarini ichga qabul qilib bartaraf qilishi mumkin. Shuning uchun qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga qand saqlovchi mahsulotlarni o‘zlari bilan olib yurishlari tavsiya qilinadi.

– Og‘ir darajali gipoglikemiyada, pasient xushni yo‘qotganida glyukagonni 0,5 mg dan 1 mg gacha mushak ichiga yoki teri ostiga (o‘rgatilgan odam yuborishi mumkin), yoki glyukoza eritmasini vena ichiga (faqat tibbiyot hodimi yuborishi mumkin) yuborish kerak. Shuningdek, agarda glyukagon yuborilganidan keyin 10-15 minut o‘tgach pasient xushiga kelmagan hollarda glyukozani vena ichiga yuborish kerak. Xushiga kelganidan keyin gipoglikemiyani qaytalanishini oldini olish uchun pasientga karbonsuvlarga boy ovqatni qabul qilish tavsiya qilinadi.

 

Saqlash sharoiti

2oS–8oS haroratda (sovutkichda), ammo muzlatgich yonida uzoqroq saqlansin. Muzlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalash uchun flakonni karton qutida saqlansin.

Ochilgan flakon uchun: 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda 6 hafta davomida saqlansin. Sovutgichda saqlash tavsiya qilinmaydi. Ortiqcha issiqlik va yorug‘lik ta‘siridan saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

30 oy

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

 

 

 

Pasientga berish kerak bo‘lgan Aktrapid®ni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

Aktrapid®ni qo‘llash mumkin emas:

  • Insulin nasoslarida.
  • Agarda Sizda odam insuliniga yoki Aktrapid® preparatining tarkibiga kiruvchi har qanday komponentlariga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa.
  • Agarda Sizda gipoglikemiya boshlanayotgan bo‘lsa (qonda qand miqdorini pastligi).
  • Agarda himoya qopqoqchasi mavjud bo‘lmasa yoki zich yopilmagan bo‘lsa. Har bir flakon plastik himoya qopqoqchasiga ega. Agarda yangi flakonda himoya qopqoqchasi shikastlangan bo‘lsa, flakonni dorixonaga qaytarib bering.
  • Agarda preparatni saqlash sharoitlari buzilgan bo‘lsa yoki u muzlatilgan bo‘lsa.
  • Agarda insulin tiniqligini va rangsizligini yo‘qotgan bo‘lsa.

 

Aktrapid® ni qo‘llashdan oldin

  • Siz insulinning to‘g‘ri turini qo‘llayotganingizga ishonch hosil qilish uchun yorlig‘ini tekshiring.
  • Himoya qopqoqchasini olib tashlang.

 

Qo‘llash usuli

Aktrapid® teri osti in‘eksiyalari uchun mo‘ljallangan. Har safar anatomik soha chegarasida in‘eksiya joyini o‘zgartiring. Bu in‘eksiya joyida zichlashish va yara hosil bo‘lishi xavfini kamaytirishga yordam beradi. In‘eksiya uchun eng yaxshi joylar qorin old devori, dumba sohasi, son va yelkaning old yuzasi hisoblanadi. Agarda insulin qorin old devori sohasiga yuborilsa, u tezroq ta‘sir qiladi.

Aktrapid® shuningdek shifokorning qat‘iy nazorati ostida vena ichiga yuborilishi mumkin.

Agarda faqat Aktrapid® yoki Aktrapid®ni uzoq ta‘sirga ega insulin bilan aralashtirish zarurati bo‘lsa Aktrapid® preparatini qanday yuborish kerak

  • Ta‘sir birligida insulin dozasini o‘lchash imkonini beruvchi shkala o‘rnatilgan insulin shprisidan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling.
  • Insulinning kerakli dozasiga muvofiq miqdorda xavoni shprisga torting.
  • Shifokor yoki hamshira Sizga bergan yo‘riqnomaga rioya qiling.
  • Insulinni teri ostiga yuboring. Shifokoringiz yoki hamshira tavsiya qilgan in‘eksiya qilish texnikasini qo‘llang.
  • Insulinning dozasini to‘liq yuborilganiga ishonch hosil qilish uchun ignani teri ostida kamida 6 sekund tutib turing.

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKTRAPID suspenziya 10ml 100ME/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKTRAPID suspenziya 10ml 100ME/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKTRAPID suspenziya 10ml 100ME/ml dori vositasi Ново Нордиск А/С tomonidan Daniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKTRAPID suspenziya 10ml 100ME/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKTRAPID suspenziya 10ml 100ME/ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AKTRAPID PENFILL inyeksiya uchun eritma 3ml 100ME/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Daniya
  • Faol modda: Инсулин растворимый [человеческий генно-инженерный] ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ново Нордиск А/С
  • Vakil: ООО Medilife-Farma
XUMULIN REGULYAR inyeksiya uchun eritma 10ml 100ME/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Инсулин растворимый [человеческий генно-инженерный] ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Флаконы.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AKTRAPID PENFILL inyeksiya uchun eritma 3ml 100ME/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Daniya
  • Faol modda: Инсулин растворимый [человеческий генно-инженерный] ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ново Нордиск А/С
  • Vakil: ООО Medilife-Farma
Другие формы препарата
AKTRAPID PENFILL inyeksiya uchun eritma 3ml 100ME/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Daniya
  • Faol modda: Инсулин растворимый [человеческий генно-инженерный] ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ново Нордиск А/С
  • Vakil: ООО Medilife-Farma
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9