29 900 s`om dan
Dorixonalardan izlash38 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish31 000 s`om dan
Bron qilish
1 flakon tibbbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
D3 vitamini va uning metabolitlari qonda kalьtsiy va fosfatlarning fiziologik kontsentratsiyalarini tutib turishda ishtirok etadi. Ular paratgormon bilan birga me'da-ichak yo‘llarida kalьtsiyni so‘rilishini, buyrak kanalchalarida kalьtsiy reabsorbtsiyasini va suyak to‘qimasida osteoklastlarning faolligini oshiradi. Kalьtsiyning tegishli darajasini tutib turish sababli osteoblastlar tomonidan sintez qilinadigan suyakning hujayralararo moddasini mineralizatsiyasi amalga oshadi. Qonda kalьtsiyning tegishli darajasini tutib turish ham nerv-mushak o‘tkazuvchanlik uchun muhim ahamiyatga ega.
A va D3 vitaminlarining birga ta'siri D-VDR vitaminining steroid retseptorlari bilan RXR (9-tsis-retinol kislotasining retseptori) va RAR (retinol kislotasi) retinoidlar retseptorlari bilan dimerizatsiyasi oqibatida hosil bo‘lgan geterodimerni mavjudligi bilan bog‘liq. VDR-RXR geterodimerlari yordamida A va D3 vitaminlari transkriptsiya jarayonlarini rag‘batlantiradi va birga organizmda ko‘pgina jarayonlarni boshqarib, oqsil sintezi uchun javobgar xuddi shu genlarning ekspressiyasiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shu orqali 40 dan ortiq oqsillar sintezi, shu jumladan epidermis, keratin, muguzlangan hujayralar oqsili, shuningdek hujayralarni o‘sishini boshqaruvchi ornitin-dekarboksilazani boshqarishi isbotlangan. D vitamini retseptori agar 9-tsis-
retinol kislotasi retseptori bo‘lmasa, D3 vitamini bilan birikuvchi fragmentlar bilan bog‘lanmaydi.
A va D3 vitaminlari birga geterodimer retseptorlari orqali o‘zlarining ta'sirini boshqaradi, xujayralar proliferatsiyasi va differentsiatsiyasiga shunday ta'sir ko‘rsatadi va shuning uchun teri kasalliklarini davolashda qo‘llanadi. A va D3 vitaminlari majmuasini qo‘llashga ko‘rsatma bo‘lib psoriaz, T-limfomaning o‘tkir shakli, follikulyar keratoz hisoblanishi mumkin.
D3 vitaminini me'da-ichak yo‘llarida so‘rilishi o‘t kislotalari ishtirokida, asosan ingichka ichakda passiv diffuziyada amalga oshadi. Yuborilgan dozaning 50 dan 80% gachasi so‘riladi.
Plazmada D3 vitamini jigarda sintezlanadigan spetsifik bog‘lanadigan oqsil bilan kompleks shaklida jigarga tashiladi. Jigarda D3 vitamini 25 holatda gidroksil guruhini qo‘shilishiga uchraydi va tizimli qon oqimiga takroran ajralib chiqadi, u yerda spetsifik alьfa-2-globulin bilan bog‘langan shaklda bo‘ladi. D3 vitaminini metabolik faollashishi asosan buyrak va jigarda amalga oshadi. D3 vitaminining yakuniy mahsuloti – kaltsitriol kislotasi siydik bilan chiqariladi.
Tana vaznini kamayishi.
Ruhiyatni buzilishi
Depressiya, ruhiy buzilishlar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Bosh og‘rig‘i.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Poliuriya, nefrolitiaz.
Shuningdek quyidagilar kuzatilishi mumkin: og‘izni qurishi, qonda va/yoki siydikda kalьtsiy darajasini oshishi, to‘qimalar kalьtsinozi, bosh aylanishi, ta'sirchanlik, duduqlanish, sochlarni to‘kilishi, terini qurishi, qorinda og‘riq, anemiya, teri osti to‘qimasi shishi va suyak-bo‘g‘imda og‘riq.
Vitaminlar bekor qilingandan keyin odatda ushbu simptomlar to‘liq o‘tib ketadi.
A vitaminini qo‘llashni davom ettirish jigarni shikastlanishi sababchisi bo‘lishi mumkin.
Noxush nojo‘ya ta'sir holatlari haqida xabar berish
Biron-bir nojo‘ya og‘irlashgan yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya ta'sirn paydo bo‘lgan xolatlarda, ular haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar berish kerak. Tibbiyot xodimlari gumon qilinayotgan barcha nojo‘ya ta'sirlar haqida xabar berishlari kerak.
Nojo‘ya ta'sirlar haqidagi bunday xabarlar tufayli, preparatni qo‘llashning xavfsizligi haqida to‘liq ma'lumot to‘plash mumkin bo‘ladi.
Buyrak-tosh kasalligi bo‘lgan shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatni qo‘llashda A vitaminiga boy ovqatlarni ko‘p miqdorda qabul qilish mumkin emas (masalan, jigarni).
Uzoq vaqt davomida qo‘llanadigan vitaminlarning juda yuqori dozalari yoki preparatning zarb dozalari surunkali A va/yoki D3 gipervitaminozi sababchisi bo‘lishi mumkin.
Tiazid diuretiklarni va boshqa diuretiklarni qabul qilayotgan immobilizatsiya qilingan patsiyentlarga, buyrak-tosh kasalligi, yurak kasalliklari bo‘lgan va yurak glikozidlarini qabul qilayotgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatni qo‘llash vaqtida qon va siydikda kalьtsiy va fosfatlarning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. D3 vitamini va kalьtsiy, fosfor va magniyning yuqori dozalarini bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Tug‘ilganida oldingi liqildoqning o‘lchamlari kichik bo‘lgan emizikli bolalarda preparatni alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Akvadetrim plyus benzil spirti saqlaydi. Dori vositasi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zaharlanish va o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini chaqirishi mumkin.
teri va shilliq qavatlarning kasalliklari (shu jumladan psoriaz, ixtioz, onkologik kasalliklar fonidagi dermatozlar) ni yordamchi davolashda qo‘llanadi.
- xolestiramin,
- kolestipol,
- neomitsin (ichga qabul qilganda),
- mineral moy.
Bunday xolatlarda A vitaminining dozasini oshirish talab etilishi mumkin.
Shuningdek orlistatni qo‘llash ham A vitaminini so‘rilishini kamayishi sababchisi bo‘lishi mumkin.
• Peroral kontratseptivlar plazmada A vitaminining kontsentratsiyasini oshiradi.
• A vitaminini boshqa retinoidlar bilan birga qo‘llash uning toksikligini oshishiga olib kelishi mumkin.
• 50 000 XB dan yuqori A vitaminining yuqori dozalari tetratsiklin bilan majmuada bosh miya ichki gipertenziyasi sababchisi bo‘lishi mumkin.
• Preparatni alkogolь bilan bir vaqtda qo‘llash gepatotoksik ta'sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
• Alyumin saqlovchi antatsid preparatlarni uzoq vaqt D3 vitamini bilan majmuada qo‘llash qonda alyumin kontsentratsiyasini va oqibatda – alyuminni suyak to‘qimasiga toksik ta'sirini oshishiga olib kelishi mumkin.
• Magniy saqlovchi antatsid vositalarni va D3 vitaminini bir vaqtda qo‘llash, ayniqsa yondosh surunkali buyrak yetishmovchiligida gipermagnezemiyaga olib kelishi mumkin.
• D3 vitamini va fosfor saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash giperfosfatemiya ko‘rinishlari xavfini oshiradi..
Sovutgichda saqlanmasin, muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
4 xaftalik davrdan oshgan emizikli chakaloklar va bolalar - sutkada 2 tomchidan buyuriladi.
Usmirlar va kattalar - sutkada 2 tomchidan buyuriladi.
Homiladorlar va emizikli ayollar - sutkada 2 tomchidan buyuriladi.
Qo‘llash usuli
Ichga qabul qilish uchun.
Preparat bir qoshiq suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.
Izoh: 1 tomchi 580 XB A vitamini va 290 XB D3 vitamini saqlaydi.