×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Akvadetrim Vitamin D3 tomchilari 10ml 15000ME/ml

Kategoriya:
- Vitaminlar
Faol modda:
холекальциферол (витамин Д3)
Ishlab chiqaruvchi:
- «ПОЛЬФАРМА» АО
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- A11CC05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 54 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
45 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N5 Novell Pharmaceutical Laboratories Indoneziya
56 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 ml preparatdan kafolat halqasiga ega buraluvchi qopqoqcha bilan berkitilgan va tomchi dozatori bo‘lgan to‘q shisha flakonlarda. Flakonga yorliq yopishtirilgan. 

1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.


1 ml (taxminan 30 tomchi) eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 15 000 XB kolekalьtsiferol 

yordamchi moddalar: makrogol glitserilritsinoleat, saxaroza, dinatriy fosfat dodekagidrat, limon kislotasi monogidrati, arpabodiyon xushbo‘yi, benzil spirti, tozalangan suv. 


D vitaminining asosiy roli kalьtsitonin va paratgormon bilan birgalikda kalьtsiy metabolizmi va fosfatlar almashinuvini boshqarishdir. 

D3 vitamini antiraxit omil hisoblanib, qalqonsimon oldi bezlarning normal faoliyat yuritishi uchun muhimdir. D vitamini ta'sir ko‘rsatuvchi eng muhim a'zolar va tizimlar bo‘lib ichak, buyraklar va suyak-mushak tizimi hisoblanadi. Ichakda D vitamini Ca2+ ioni va fosfatlar so‘rilishini faollashtiradi, buyraklarda ionlarning qayta so‘rilishiga yordam beradi, suyak to‘qimasida mobilizatsiya qiladi va mineral tuzlarning yig‘ilishiga yordam beradi. Kalьtsiy ionlarining miqdori muvofiq mushak tonusi, nerv impulьslarining uzatilishi va qonning quyilishini ta'minlovchi muhim biokimyoviy jarayonlarga ta'sir ko‘rsatadi.

Ovqatda D vitaminining tanqisligi, uning so‘rilishining buzilishi, kalьtsiy ionlarininng yetishmovchiligi, jigar kasalliklari, ayrim dori preparatlarini qabul qilish, shuningdek quyosh nurlari ta'sirining bo‘lmasligi bolalar organizmning jadal o‘sish davrida raxit, kattalarda esa osteomalyatsiya rivojlanishiga olib keladi.

Raxit profilaktikasi uchun D vitaminini qabul qilish ko‘pchilik go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar uchun zarurdir. Osteoporoz tez-tez kuzatiladigan postmenopauzadagi ayollar, gormonal o‘zgarishlar tufayli, D vitaminining sutkalik dozasini oshirishlari kerak. 

D3 vitamini ishqoriy fosfatazani faollashtiradi. Raxitni davolash davrida ishqoriy fosfataza faolligining pasayishi D vitaminini to‘g‘ri qo‘llanayotganligining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. D vitaminiga shaxsiy ehtiyojni ta'minlashda, organizmga vitamin tushishining barcha manbalarini inobatga olish kerak.


D vitaminining me'da-ichak yo‘llarida so‘rilishi o‘t kislotalari ishtirokida, asosan ingichka ichakda passiv diffuziya orqali amalga oshadi. Qabul qilingan dozaning 50 dan 80% igacha so‘riladi. So‘rilgandan so‘ng jigar va buyraklarda gidroksilizatsiya sodir bo‘ladi, natijada D vitamining faol shakli – kalьtsitroil hosil bo‘lib, o‘ziga xos zardob oqsil-tashuvchilar (2-globulinlar) ishtirokida nishon to‘qimalarga (ichak, suyaklar, buyraklar, qalqonsimon oldi bezlari) uzatiladi. Qondagi yarim chiqarilish davri bir necha kunni tashkil qiladi va buyrak kasalliklari holatida uzayishi mumkin. D vitamin iva uning metabolitlari asosan o‘t suyuqligi bilan chiqariladi. D vitamini metabolizmining yakuniy mahsuloti – kalьtsitriol kislotasi esa siydik bilan chiqariladi.
Ichakda D3 vitamini yog‘li eritmalarga nisbatan suvli solyubilizatlar orqali yaxshiroq so‘riladi va suvli eritmadagi vitaminning katta miqdori jigarda to‘planadi.
Bolalarda suvli eritma qo‘llanilgandan so‘ng, yog‘li eritma qabul qilgandagiga nisbatan, qon zardobida D vitamini miqdorining tezroq ortishi kuzatiladi va kalьtsiyning kattaroq kontsentratsiyalariga erishiladi.
Kolekalьtsiferol platsentar to‘siqdan o‘tadi va ko‘krak suti bilan ajraladi. 

Preparatning tavsiya qilingan dozalari qabul qilinganda nojo‘ya ta'sirlar deyarli paydo bo‘lmaydi. Kam hollarda (≥ 1/10 000 dan <1/1000 gacha) kuzatiladigan D3 vitaminiga yuqori sezuvchanlikda yoki uzoq vaqt davomida juda yuqori dozalar qabul qilinganda gipervitaminoz D deb ataluvchi zaharlanish yuzaga kelishi mumkin.

Gipervitaminoz D simptomlari:

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar:

- Qonda kalьtsiy kontsentratsiyasining oshishi 

Moddalar almashinuvi va ovqatlanishning buzilishlari:

- giperxolesterinemiya, tana vaznining yo‘qotilishi, kuchli chanqoq, ko‘p terlash.

Ruhiyatning buzilishi:

- libidoning pasayishi, depressiya, psixotik buzilishlar

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

- bosh og‘rig‘i, letargik uyqu

Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar:

- kon'yunktivit, yorug‘likdan qo‘rqish

Yurak tomonidan buzilishlar:

- yurak ritmining buzilishi

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar:

- arterial gipertenziya

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

- og‘iz qurishi, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, pankreatit

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

- transaminazalar faolligining ortishi

Skelet-mushak va birlashtiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar:

- mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, mushaklar kuchsizlanishi 

Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: 

- uremiya, poliuriya, buyrak-tosh kasalligi, siydikda kalьtsiy kontsentratsiyasining oshishi

Umumiy va kiritish joyidagi buzilishlar: 

- teri qichishishi, burundan suvli ajralma ajralishi, gipertermiya, to‘qimalar kalьtsinozi. 

Nojo‘ya reaktsiyalar holatlari haqida xabarlar 

Dori preparati muomalaga chiqarilgan so‘ng gumon qilinayotgan nojo‘ya ta'sirlar holatlari haqida xabar berish kerak. Bu dori preparatining foyda/xavf nisbatini monitoring qilish imkonini beradi. Tibbiyot xodimlari gumon qilinayotgan barcha nojo‘ya reaktsiya holatlari haqida xabar berishlari shart. 


Preparat ko‘rsatilgan dozaga muvofiq qo‘llanishi kerak, quyidagi hollarda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur:

• Patsiyent immobilizatsiyasida;

• Patsiyent tomonidan tiazid diuretiklar qabul qilinganda;

• Patsiyentda yurak xastaliklari mavjud bo‘lganda;

• Patsiyent tomonidan angishvonagul glikozidlari qabul qilingan holatda;

• Agar patsiyent ayol homilador yoki emizayotgan bo‘lsa;

• Agar patsiyent bir vaqtda kalьtsiyning yuqori dozalarini qabul qilayotgan bo‘lsa; bolalarga D vitaminining sutkalik ehtiyoji va yuborish usuli shaxsiy tarzda tanlanadi va, ayniqsa, hayotining ilk oylarida davriy tekshiruvlarda tekshirib turiladi;

• Tug‘ma kichik o‘lchamdagi old liqildoqli go‘daklarda.

D vitamini 1000 XB dan yuqori bo‘lgan sutkalik dozada uzoq vaqt qabul qilinganda, qon zardobi va siydikda kalьtsiy miqdorini nazorat qilib turish kerak. 

D3 vitaminining uzoq vaqt davomida qo‘llanilgan juda yuqori dozalari yoki zarba dozalari surunkali gipervitaminoz sababi bo‘lishi mumkin.

Preparatni qabul qilishda, qon zardobi va siydikda kalьtsiy va fosfatlar kontsentratsiyasini davriy ravishda nazorat qilib turish tavsiya etiladi. 

Preparat benzil spirti (15 mg/ml) saqlaydi, bu 1 tomchida 0,5 mg ga to‘g‘ri keladi. Preparat allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin. 

Ushbu preparat fruktozani o‘zlashtirolmaslik, glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi sindromi yoki saxaraza-izomalьtaza yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga buyurilishi mumkin emas. 

Homiladorlik va laktatsiya davri.

D3 vitamin homiladorlik davrida faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llanishi mumkin. Homiladorlik davrida D3 vitaminini doza oshirib yuborilgan taqdirda teratogen ta'sirning paydo bo‘lish ehtimoli tufayli yuqori dozalar qo‘llash mumkin emas (homiladorlik davrida D vitamini dozasini oshirib yuborish bolani aqliy rivojlanishining buzilishi va yurak tug‘ma nuqsonlarining ehtimoliy sababi hisoblanadi). 

D3 vitamin laktatsiya davrida faqat shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra qo‘llanishi mumkin. Preparatni emizayotgan ayollarda qo‘llashda, bolada dozani oshirib yuborish simptomlari paydo bo‘lish xavfi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Transport vositalarini haydash va mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri. 

Ta'sir qilmaydi.


Bolalar va kattalarda raxit va osteomalyatsiya profilaktikasi.

• Muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda raxit profilaktikasi.

• Bolalar va kattalarda D3 vitamini tanqisligi xavfi tasdiqlangan holatda kasallik profilaktikasi.

• Bolalar va kattalarda D3 vitamini so‘rilishining buzilishida, D3 vitamini tanqisligi profilaktikasi 

• Bolalar va kattalarda raxit va osteomalyatsiyani davolash 

• Kattalarda osteoporozda yordamchi davolash 

• Kattalarda gipoparatireozni davolashda qo‘llanadi.


Preparatning faol moddasi yoki istalgan yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik 

- Giperkalьtsiyemiya va (yoki) giperkalьtsinuriya

- Buyrak-tosh kasalligi va (yoki) buyrak kalьtsinozi 

- Og‘ir buyrak yetishmovchiligi 

- Gipervitaminoz D

- Sarkoidozda qo‘llash mumkin emas


• Tirishishga qarshi preparatlar, ayniqsa fenitoin va fenobarbital, shuningdek rifampitsin D3 vitaminining so‘rilishini kamaytiradi. 

• Tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash giperkalьtsiyemiya rivojlanish xavfini oshiradi. 

• Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llash, ularning toksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin (yurak ritmi buzilishlarining namoyon bo‘lishi xavfi oshadi).

• Magniy va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda suyak tizimiga alyuminiyning toksik ta'sirini va gipermagniyemiyani chaqirishi mumkin. 

• D vitamini analoglari bilan bir vaqtda qo‘llash toksik ta'sirning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

• Kalьtsiy va fosfatlarning yuqori dozalarini saqlovchi preparatlar giperfosfatemiya rivojlanish xavfini oshiradi.

• Ketokonazol 1,25(ON)2-kolekalьtsiferolning ham biosintezini, ham katabolizmini susaytirishi mumkin. 


25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Sovutgichda saqlanmasin, muzlatilmasin

Yorug‘likdan himoya qilish maqsadida, asl o‘ramida saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Dozalar

Preparat dozasini individual tarzda, patsiyentning umumiy holati, shuningdek bir vaqtda qabul qilinayotgan kalьtsiy miqdorini inobatga olgan holda belgilash kerak (ham kundalik ovqatlanish ratsionida va ham dori vositalari ko‘rinishida).

D vitamini tanqisligi profilaktikasi :

Bolalarga hayotining ilk kunlaridan va kattalarga – sutkada 500 XB (1 tomchi).

D vitamini tanqisligini davolash :

Preparat dozasini vitamin tanqisligi holatidan kelib chiqqan holda shifokor shaxsiy tarzda belgilaydi. 

D vitaminiga bog‘liq raxit:

Bolalarga – sutkada 3000 XB dan 10000 XB gacha (6-20 tomchi).

Tirishishga qarshi preparatlarni qo‘llash bilan bog‘liq osteomalyatsiya:

Bolalarga – sutkada 1000 XB (2 tomchi), kattalarga – sutkada 1000 dan 4000 XB gacha (2 tadan 8 tomchigacha).

Qo‘llash usuli 

Preparatni suyuqlik bilan birga qoshiqqa solish kerak. 

Eslatma: Bir tomchida taxminan 500 XB D3 vitamini saqlanadi.

Preparat dozasini aniq o‘lchab olish uchun tomchilarni sanash vaqtida flakonni 45° burchak ostida ushlash kerak. 


Kalьtsiy-fosfat almashinuvini boshqaruvchi faol omil sifatida hisoblanuvchi D vitamini dozasi oshirib yuborilgan taqdirda giperkalьtsiyemiya, giperkalьtsiuriya, buyraklar kalьtsifikatsiyasi, suyaklarning shikastlanishi va yurak-qon tomir tizimida o‘zgarishlarni chaqirishi mumkin. Giperkalьtsiyemiya D vitaminini sutkada 50 000- 100 000 XB dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llashdan so‘ng paydo bo‘ladi. Preparat dozasi oshirib yuborilganida mushaklar kuchsizligi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, haddan ziyod chanqoq, poliuriya, xolsizlik, kon'yuktivit, yorug‘likdan qo‘rqish, pankreatit, rinoreya, gipertermiya, libido pasayishi, giperxolesterinemiya, aminotransferazalar faolligining oshishi, gipertenziya, yurak aritmiyasi va uremiya rivojlanadi. Bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘im og‘rig‘i, vazn yo‘qotilishi tez-tez uchraydigan simptomlar hisoblanadi. Buyrak faoliyati ham aziyat chekadi, bu siydik zichligining pasayishi va unda silindrlarning aniqlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Davolash: preparatni qo‘llash to‘xtatilsin. Shifokorga murojaat qilinsin. Katta miqdorda suyuqlik qabul qilinsin. Zarur holatda kasalxonaga yotqizish talab etilishi mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Akvadetrim Vitamin D3 tomchilari 10ml 15000ME/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Akvadetrim Vitamin D3 tomchilari 10ml 15000ME/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Akvadetrim Vitamin D3 tomchilari 10ml 15000ME/ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
VITO D inyeksiya uchun eritma 1ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: холекальциферол (витамин Д3) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NovaMed Pharmaceuticals Pvt Ltd
  • Vakil: IS GROUP PHARMA
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Ibufen D suspenziyasi 120ml 100mg/5ml
Narh: 49 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9