×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKVALIBRA tabletkalari N60

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Farmakoterapevtik guruh:
- Urologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar.
Faol modda:
экстракты травы золотарника
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Медице Арцнаймиттель Пюттер ГмбХ & Ко. КГ
Vakil:
- Medice
ATX kodi:
- G04BP30
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Xar bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Anonis ildizi quruq ekstrakti (5-8:1) Ekstragent: suv         80,0 mg.

Buyrak choyi quruq ekstrakti (5-7:1) Ekstragent: suv        90,0 mg.

Solidago quruq ekstrakti (4-7:1) Ekstragent: suv               180,0 mg.

yordamchi moddalar:

Povidon K 30, krospovidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, mikrokristall

tsellyuloza, magniy stearati, tal'k, makrogol 3000, polivinil spirti, laktoza

monogidrati, purkash orqali quritilgan suyuq glyukoza (Ev.F.), mal'todekstrin, titan

dioksidi, xlorofill mis kompleksi.

Сhiqarilish shakli

20 tabletkadan PVX/PVDX alyumin fol'gali kontur uyali o'ramlarda.
1 yoki 3 ta kontur uyali o'ramlar PVX/PVDX alyumin fol'gali tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton kutilarda.
Akvalibra" - bu o'z ta'sirida bir-birini to'ldiradigan uchta yuqori sifatli o'simlik ekstraktidan iborat preparatdir.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletalar
Anonis ildizi ekstrakti - tarkibida ononin, flavonlar kabi izoflavonlar va oz miqdordagi efir moyi saqlaydi. Siydik xaydovchi ta'sirini ko'rsatadi.

Buyrak choyi ekstrakti tarkibida lipofil flavonlar (sinensetin, skutellareintetrametilefir va eupatorin kabi), efir moyi va ko'p miqdorda kaliy tuzi saqlaydi. Siydik xaydovchi va yengil spazmolitik ta'sirini ko'rsatadi.

Solidago ekstrakti - saponinlar, flavonlar va fenolglikozidlarini saqlaydi. Diuretik, engil spazmolitik va yallig'lanishga qarshi samara ko'rsatishi xujjatlashtirilgan.

Anonis ildizi, Buyrak choyi, Solidago tarkibida bo'lgan, fiksatsiya etilgan, majmualangan dorilarning farmakokinetik ma'lumotlari mavjud emas.

Quyida keltirilgan nojo'ya ta'sirlarning uchrash tez-tezligi quyidagilarga muvofiq aniqlandi (Butun Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotining tasnifi): juda tez-tez - 21/10; tez-tez - >1/100 dan <1/10 gacha; tez-tez emas - >1/1000 dan <1/100 gacha; kam xollarda >1/10000 dan <1/1000 gacha; juda kam xollarda - <1/10000; tez-tezligi noma'lum - ma'lum bo'lgan ma'lumotlarga ko'ra baholash mumkin emas.

Ovqat-hazm qilish yo'llari tomonidan: juda kam xollarda - me'da-ichak buzilishlari (ko'ngil aynishi, qusish, diareya).

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam xollarda - o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (toshma, qichishish).

Retseptsiz.

Agar preparatni qo'llash vaqtida isitma, dizuriya, spazm yoki siydikda qon kabi shikoyatlar paydo bo'lsa, siz shifokor yoki malakali tibbiy mutaxassisga murojaat kilishingiz kerak.

Ushbu preparatni qo'llashdan avval o'zingizni davolovchi shifokoringiz bilan maslahat qilishingiz tavsiya etiladi.

Kam uchraydigan nasliy galaktozani o'zlashtiraolmaydigan, umumiy laktaza etishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza so'rilishni buzilishi bo'lgan patsientlarga ushbu preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Bolalar populyatsiyasi: 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda xavfsizlik va samaradorlik yetarli ma'lumotlarning yetishmasligi tufayli aniqlanmagan. Akvalibra" 12 yoshgachabo'lgan bolalar uchun tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi

Homiladorlik vaqtida qo'llanilishi. Homiladorlik davrida qo'llash xavfsizligi aniqlanmagan, homiladorlik vaqtida ushbu preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Laktatsiya davrida qo'llanilishi. Laktatsiya davrida qo'llash xavfsizligi aniklanmagan, laktatsiya davrida ushbu preparatni ko'llash tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlar boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Akvalibra" avtomobilni va murakkab mexanizmlar boshqarish qobiliyatiga ta'sir etmaydi.

Akvalibra - o'simliklar toifasidagi vosita, siydik yo'llarining bakterial va yallig'lanish kasalliklarida siydik-chiqarish yo'llarini yuvish samarasiga erishish, shuningdek siydik tosh kasalligini oldini olish va buyraklarda qum hosil bo'lishini oldini olish va davolash uchun qo'llaniladi.

Faol moddalarga yoki preparatning tarkibidagi har qanday yordamchi moddalariga individual yuqori sezuvchanlik bo'lganda; Yurak yoki buyrak yetishmovchiligi tomonidan chaqirilgan shishlarda siydik yullarini yuvish terapiyasida qo'llanilmaydi.

O'zaro ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.

30°C yuqori bo'lmagan haroratda original o'ramda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llash tavsiya etilmaydi.

to'q-yashil rangli, dumaloq shaklli, ikkala tomoni silliq va qavariq, plyonka
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Qo'llash usuli. Peroral, ovqatlanishdan qat'iy nazar, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish. Davolash davrida ko'p ichimlik ichish tavsiya etiladi - kamida 2 litr suv.

Qo'llash muddati cheklanmagan va kasallikning turiga, og'irligiga va klinikasiga bog'liq.

Preparatni qabul qilish kursining davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.

12 yoshdan kattalar va o'smirlar: 2 tabletkadan kuniga 3 marta.

Doza oshirib yuborish holatlarida, nojo'ya samaralari me'da-ichak buzilishlari (ko'ngil aynishi, qusish, diareya) shaklida ovqat-hazm qilish yo'llari va yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (toshma, qichima) shaklida teri va teri osti kletchatkasi tomonidan namoyon bo'lishi mumkin.

Agar siyishga bo'lgan majburiy xoxish kuchaygan bo'lsa, ular yetarli suyuqlik iste'mol qilish bilan qoplanishi kerak. Dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabarlar berilmagan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKVALIBRA tabletkalari N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKVALIBRA tabletkalari N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKVALIBRA tabletkalari N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9