Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALBENDAZOL
ALBENDAZOLE
Preparatning savdo nomi: Albendazol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): albendazol
Dori shakli: tabletka
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: albendazol – 200,0 mg yoki 400,0 mg;
yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolyat, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, mikrokristallik sellyuloza, saxarin, aspartam, povidon, suvsiz limon kislotasi, sariq sanset (Supra), aerosil, apelsinli aromatizator, vanilli aromatizator, tozalangan talk, magniy stearat.
Ta‘rifi:
Dozasi 200 mg. To‘q sariq rangli, ikki tomoni silliq dumaloq tabletkalar.
Dozasi 400 mg. Cho‘zinchoq, to‘q sariq rangli, bir tomoni sinish chiziqchali va ikkinchi tomoni silliq kapsula ko‘rinishidagi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Gelmintlarga qarshi vosita.
ATX kodi: P02CA03
Farmakologik xususiyatlari
Preparat gelmintlarga qarshi faollikka ega. Albendazol β–tubulin polimerizasiyasiga ta‘sir qiladi, uni to‘xtatadi. Natijada, gelmintlar ichagida mikronaychalar hosil bo‘lish jarayoni buziladi, qurtlarning glyukozani hazm qilish qobiliyati bostiriladi, organellalarning hujayra ichidagi normal migrasiyasi, ularning mushak to‘qimalarida ATF sintezi bloklanadi. Albendazolning terapevtik konsentrasiyasi gelmintlarni halok qiladi.
Preparat jinsiy yetilgan va lichinka bosqichidagi gelmintlarga nisbatan faol. Albendazol nematodlarni (Necatoramericanus, Strongyloidesstercoralis, Enterobiusvermicularis, Trichuristrichiura, Ascarislumbricoides, Cutaneous Larva Migrans, Ancylostomaduodenale), sestodlarni (cho‘chqa, ho‘kiz sepenlari va mitti sepenlar), trematodlar (Clonorchissinensis, Opisthorchisviverrini), sodda jonivorlar (lyambliyalar) ni halok bo‘lishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
Albendazol quyidagi holatlarda buyuriladi:
– neyrosistiserkoz;
– qorin, jigar, o‘pka exinokokkozi;
– sistli exinakokkoz holatida operasiya qilinishiga moneliklar bo‘lganda;
– sistli exinakokkoz holatida sistlar miqdorini kamaytirish uchun jarrohlik aralashuvi zarur bo‘lganida;
– araxnoidal, me‘da ichidagi, rasemoz sistlar;
– askaridoz;
– trixonelez;
– enterobioz;
– ankilostomidoz;
– opistorxoz;
– lyamblioz;
– mikrosporidoz;
– toksokaroz;
– gnatostomoz;
– trixinoz;
– kapillyaroz;
– aralash gelmintozlar holatida buyuriladi..
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin. Tabletkalar suv bilan ichiladi. Dozasi patologiyaga qarab belgilanadi. Albendazol qabul qilingandan so‘ng surgi vositasi kerak bo‘lmaydi.
Patologiya | Dozalash sutkada | Kunlar soni |
Odatiy gelmintozlar | 400 mg (bolalar – 60 mg/ 10 kg) | Bir marta |
Bosh miya sistiserkozi | 800 mg (bolalar – 15 mg/kg) | 8-30 sutka |
Strongiloidoz va sestodoz | 400 mg (200 mg) | 3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi |
Askaridoz | 400 mg (200 mg) | Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi |
Enterobioz | 400 mg (200 mg) | Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi |
Ankilostomidoz | 400 mg (200 mg) | Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi |
Lyamblioz | 400 mg (200 mg) | 3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi |
Nojo‘ya ta‘sirlari
Albendazol qabul qilinganda quyidagi noxush samaralar kuzatilishi mumkin:
– leykopeniya;
– pansitopeniya;
– bosh og‘rig‘i;
– trombositopeniya;
– agranulositoz;
– dispepsiya;
– jigar transaminazalari faolligini oshishi;
– qorin og‘rig‘i;
– bosh aylanishi;
– meningial simptomatika;
– terini qichishishi;
– gipertermiya;
– eshakem;
– alopesiya (qaytuvchan);
– gipertenziya;
– buyrak funksiyasi buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Albendazol quyidagi hollarda buyurilmaydi:
– 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi gelmintozlar;
– albendazolga o‘ta sezuvchanlik;
– homiladorlik;
– laktasiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi:
– sistiserkoz fonidagi ko‘z to‘r pardasi patologiyalarida;
– jigar sirrozida;
– ko‘mikda qon yaratilish susaygan holatda.
Homiladorlik: homilador, homilador deb gumon qilingan ayollarga Albendazolni buyurish mutlaq mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Prazikvantel, deksametazon, simetidin albendazolning qondagi konsentrasiyasini oshiradi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi nojo‘ya ta‘sirlar kuchayishi bilan ifodalanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
1 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
Kontur uyali o‘ramlar 1 (1×1), 2 (2x1), 5(5x1) yoki 10 (10x1) dan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton pachkaga joylanadi.
Saqlash sharoitlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.