×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALBUNORM infuziya uchun eritma 50g 5%

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya
Faol modda:
Альбумин человека
Ishlab chiqaruvchi:
- Octapharma Pharmazeutika Produktionsges m.b.H.
ATX kodi:
- B05АА01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 16 ta dorixonasida topildi

ico 352 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

DISOL eritma 200ml Radiks, НПП O'zbekiston
4 000 s`om dan
TRENAKSA inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5 Macleods Pharmaceuticals Ltd, Индия произведено: Immacule Lifesciences Pvt. Ltd Hindiston
84 900 s`om dan
REAMBERIN eritma 200ml 1,5% N1 ПОЛИСАН НТФФ, ООО Rossiya
32 704 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALBUNORM infuziya uchun eritma 50g 5% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALBUNORMtm

ALBUNORM

 

Preparatning savdo nomi: Albunormtm

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): albumin

Dori shakli: infuziya uchun eritma 5% va 20%

Bir litr tarkibi:

Faol modda: plazma oqsillari (96% odam albuminidan kam emas) 50 mg, 200 mg,

Yordamchi moddalar 50 g 200 g
Natriy 144-160 mmol 144-160 mmol
Kaliy ≤ 2,5  mmol ≤ 10 mmol
N-Asetil-DL-triptofan 3,2-4,8 mmol 12,8-19,2 mmol
Kapril kislotasi 3,2-4,8 mmol 12,8-19,2 mmol
In‘eksiya uchun suv 1,0 l gacha 1,0 l gacha

Ta‘rifi: tiniq, deyarli rangsiz yoki sariq, qahrabo yoki ko‘kimtir rangli biroz qovushqoq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: qon plazmasining preparatlari va plazma o‘rnini bosuvchi preparatlar.

ATX kodi: V05AA01.

Farmakologik xususiyatlari

Albumin – organizmda qator funksiyalarni bajaruvchi, plazma o‘rnini bosuvchi qon preparatidir. Uning asosiy vazifasi – qonning kolloidli-onkotik bosimini tutib turish. Albumin eritmalari OITV va gepatit viruslaridan holi bo‘lgan odam qoni, yo‘ldosh plazmasidan unifraksiyalash yo‘li bilan tayyorlanadi. Albumin eritmasi turli genezli gipoalbuminemiyani to‘g‘rilash (plazma albumini tanqisligini to‘ldiradi), kolloidli-onkotik bosimni buzilgan markaziy va periferik gemodinamikasini (to‘qima suyuqligini qon tomir xavzasiga o‘tishini oshishi hisobiga, arterial bosimni (AB) va aylanayotgan plazma hajmini (APX) tez oshiradi), suv-elektrolit muvozanatini tiklash yuzasidan samarali vositasidir, dori vositalarini yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi, dezintaksion xususiyatlarga ega. Albumin pigmentlarini (bilirubin), yog‘ kislotalarini, ayrim metallarning ionlarini, dori vositalarini bog‘laydi va organizmning ichida tashiydi. Bundan tashqari, Albumin toksinlarni bog‘laydi va ularni faolsizlantiradi.

Odam albumini 5% (50 mg/ml) konsentrasiyada, qonning normal plazmasiga nasbatan gipoonkotikdir.

20% albuminning har 50 ml vena ichiga yuborilganida bemorda taxminan 200 ml sitrat plazmaga ekvivalent onkotik bosimni oshishini ta‘minlaydi. Adekvat gidratlangan sub‘ektda vena ichiga qo‘llanganida 20% li 50 ml albuminning onkotik (kolloidli – osmotik) samarasi shundayki, u qon tomiridan tashqari to‘qimalardan qon aylanish tizimiga 15 minut davomida taxminan 150 ml suyuqlikni jalb qiladi, shu bilan aylanayotgan qon hajmini oshiradi, gematokrit va qonning qovushqoqligini pasaytiradi.

 

Farmakokinetikasi

Albumin – odam qonining oqsil fraksiyasini tarkibiy qismi bo‘lgan tabiiy oqsildir. Albuminning molekulyar massasi – 69,000 dalton. Odam qonining normal plazmasida oqsillarning taxminan 60% ni albumin tashkil qiladi. Albuminning oqsil molekulasi tarkibiga barcha 20 aminokislotalar kiradi. Albuminning sintezi jigarda sodir bo‘ladi. Odatdagi sharoitlarda albuminning umumiy almashma puli tana vazniga 4-5 g/kg ni tashkil qiladi, undan 40-45% tomir ichida va 55-60% tomirdan tashqarida bo‘ladi. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshishi albuminning kinetikasini o‘zgartiradi va og‘ir kuyishlar yoki septik shok kabi holatlarda bu taqsimlanish buziladi. Odatdagi sharoitlarda albuminni o‘rtacha yarim chiqarilish vaqti taxminan 19 kunni tashkil qiladi. Sintez va parchalanish orasidagi muvozanat odatda teskari aloqa prinsipi bo‘yicha boshqarilishi hisobiga amalga oshiriladi. Chiqarilishi asosan xujayra ichida lizosomal proteazalar faolligi hisobiga yuz beradi.

Yuborilgan albuminning 10% dan kamrog‘i quyilganidan keyingi birinchi 2 soatda qon tomir havzasidan chiqadi. Quyilishning plazma hajmiga ta‘sirida ahamiyatli shaxsiy farqlar bor. Ayrim pasientlarda plazma hajmini oshishi birnecha soat davomida saqlanishi mumkin. Biroq kritik holatdagi pasientlarda albuminni tomir xavzasidan chiqish tezligini chamalab bo‘lmaydi.

Qo‘llanilishi

  • gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya (plazmada albumin miqdorini 30 g/l dan pasayishi, yoki umumiy oqsilni 50 g/l dan pasayishi), yo‘ldosh to‘qimalarni shishi bilan yoki usiz, onkotik bosimni pasayishi (15 mm sim. ust. past) bilan birga kechuvchi
  • shok (gipovolemik, gemorragik, travmatik, operasion, toksik, yiringli–septik) degidratasiya va qonning “quyuqlashida” aylanayogan qon xajmini oshirish maqsadida
  • nefritlardagi nefrotik sindrom
  • og‘ir kuyishlar
  • yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi giperbilirubinemiya-qon quyishni o‘tkazish vaqtida yuz beradi (qondagi erkin bilirubin darajasini kamaytirish maqsadida)
  • o‘tkir jigar yetishmovchiligi; jigarning o‘tkir nekrozi (plazmaning onkotik bosimini tutib turish maqsadida ham, va qon plazmasidagi oshiqcha erkin bilirubin miqdorini bog‘lash maqsadida ham)
  • assit (aylanayotgan qonning xajmini tutib turish uchun)
  • miya shishi
  • sun‘iy qon aylanishini ishlatish bilan o‘tkaziladigan operasiyalar
  • davolovchi plazmaferez, gemodializ
  • kattalardagi o‘tkir reseptor distress sindromi (volemik zo‘riqishda diuretiklar bilan birga)
  • operasiyadan oldingi gemodelyusiyani o‘tkazish va autoqon komponentlarini tayyorlash

Qo‘llash usuli va dozalari

Odam albumini kattalar va bolalarga vena ichiga tomchilab va oqim bilan yuboriladi. Qon plazmasidagi albuminning konsentrasiyasini monitoringini o‘tkazish va gemodinamika ko‘rsatkichlarni nazorat qilish tavsiya etiladi. Quyish tezligini pasientlarning holati va ko‘rsatmalarga qarab tanlash kerak. Plazmani vena ichiga quyishda quyish tezligi yuqoriroq bo‘lishi mumkin va u qonni yo‘qotish tezligiga muvofiq bo‘lishi kerak. Albumin vena ichiga tomchilab minutiga 5 ml tezlikda yoki 5% eritma uchun minutiga ko‘pi bilan 50-60 tomchi va 20% eritma uchun minutiga 1-2 ml gacha yoki 40 tomchi tezlikda yuborish kerak. Maksimal yuborish vaqti – 3 soat.

Katta hajmlarda yuborilganida, ishlatish oldidan Albumin xona haroratigacha yoki tana haroratigacha isitilishi kerak.

Qo‘llashga tayyorlash

Qopqog‘idan plyonkani oling. Flakonni ochish oldidan mos keluvchi antiseptikli tampon bilan darhol qopqog‘i ustini arting. 5, 10, 20% albumin eritmasini quyish oldidan shifokor preparat va uni saqlovchi idishni qattiq zarrachalarni borligi va rangi o‘zgarganini tekshirish uchun vizual ko‘rikni o‘tkazishi kerak. Preparat vizual tiniq bo‘lishi va osilmalar va cho‘kma saqlamasligigi kerak.

Preparatning germetikligi va berkitilganligi saqlanganida, butilkada yoriqlar bo‘lmaganida, etiketkasi saqlangan holda, ishlatish uchun yaroqli xisoblanadi. Vizual ko‘rik natijalari va etiketka ma‘lumotlari (preparatning nomi, ishlab chiqaruvchi korxona, seriya raqami) kasallik tarixida qayd qilinadi.

Preparatning maksimal bir martalik dozasi albumin eritmasining konsentrasiyasi, bemorning dastlabki holati va yoshiga bog‘liq. Albunormning 5% eritmasi 200-300 ml dozada yuboriladi, zarurati bo‘lganida 5% eritmaning dozasi 500-800 ml gacha oshirilishi mumkin. 20% Albunorm eritmasisning maksimal bir martalik dozasi 100 ml ga cheklanishi mumkin. Albumin eritmalarini oqim bilan yuborish arterial bosimni tez oshirish uchun turli genezli shoklarda mumkin. Keksalik yoshida konsentrasiyalangan (20%) eritmalarni qo‘llashdan va 5% li albumin eritmalarini tez yuborishdan saqlanish kerak, chunki bu yurak-qon tomir tizimini ortiqcha zo‘riqishiga olib kelishi mumkin.

Gipovolemiya

Gipovolemik shokni davolash uchun qo‘llanayotgan preparatning hajmi va infuziya tezligi konkret pasientning javob reaksiyasiga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. Pasientlarning gemodinamik ko‘rsatkichlarinii kuzatish kerak, qon aylanish tizimiga volemik ortiqcha yuklamaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, odatdagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.

Kattalar: o‘rtacha boshlang‘ich doza 25 g, 48 soat davomida 250 g gacha yuboriladi. Umumiy doza faol qon ketishi bo‘lmaganida normada kuzatiladigan albumin darajasidan (tana vazniga taxminan 2 g/kg) oshmasligi kerak.

Bolalar: shoshilinch hollarda boshlang‘ich doza 25 g, qolgan hollarda doza kattalar uchun dozadan 2-4 marta kam bo‘lishi va albumin eritmasining konsentrasiyasini hisobi bilan tana vaznini kilogrammiga millilitrlarda xisoblanishi kerak (bolaning tana vazniga
3 mg/kg dan ko‘p emas). Agar xujayradan tashqari degidratasiya bo‘lsa, unda albumindan keyin tuzli eritma quyiladi. Agar 5% li Albunorm aylanayotgan qon hajmini ozroq tanqisligida (10-15%) afzal bo‘lsa, tuzli eritmani yuborishdan keyin quyiluvchi 20% li Albunorm AQX yaqqol pasayishida (20% ko‘proq), aylanayotgan oqsil tanqisligida, torpid shokda va transfuzion terapiya noilojlikdan kechikib boshlangan vaziyatlarda ahamiyatli terapevtik afzallikka egadir. Sirrozi bo‘lgan pasientlarda assistik suyuqlikni yo‘qotish, yurak-tomir tizimini o‘zgarishlari va xatto gipovolemik shokni rivojlanishi bilan kechishi mumkin, bu vaziyatlarda albuminni quyish aylanayotgan hajmini tutib turish uchun kerak.

Kuyishlarni davolash

Kuyishli shikastlanishlardan keyin (odatda 24 soatdan ko‘proq vaqt o‘tganidan keyin quyilayotgan albuminning miqdori va plazmaning osmotik kolloid bosimini yuz berayotgan oshishi orasida aniq muvofiqlik mavjud. Maqsad plazmaning 20 ml simob ustuniga teng bo‘lgan onkotik bosimi (oqsilning 5,2 g/l umumiy konsentrasiyasiga ekvivalent) bilan plazmadagi albumining 2,5±0,5 g/l konsentrasiyasini tutib turish qobiliyati bo‘lishi kerak.

Davolash davomiyligi oqsilni kuygan sohalar va siydik bilan yo‘qotilishi belgilaydi. Bundan tashqari, aminokislotalar bilan zondli yoki parenteral oziqlantirishni boshlash kerak, chunki albuminni uzoq muddatli qo‘llashni ovqatlanish manbai deb hisoblamaslik kerak.

Katta kuyilarni transfuzion davolashni optimal tartibi (kolloid va tuzli eritmalarni buyurish) aniqlanmagan. Odatda termik shikastlanishdan keyingi birinchi 24 soatda, interstisial (xujayra tashqasidagi) suyuqlikni kamaygan hajmini tiklash uchun tuzli eritmalarning katta xajmlari quyiladi. 24 soat o‘tgach Albunormni plazmaning kolloidli onkotik bosimini tutib turish maqsadida qo‘llash mumkin.

To‘qimalarning shishi bilan yoki usiz gipoproteinemiya

Agar gipoproteinemiyaga olib kelgan asosiy patologiyani to‘g‘rilash mumkin bo‘lsa, albuminni qo‘llashni toza simptomatik yoki tutib turuvchi hisoblash kerak. Kattalar uchun albuminning odatdagi sutkalik dozasi 50 dan 75 g gachani (0,5-1 g/kg) va bolalar uchun 25 g ni tashkil qiladi. Albumin yo‘qotishda davom etayotgan kuchli gipoproteinemiyasi bo‘lgan pasientlarga, katta miqdorlari talab qilinishi mumkin. Gipoproteinemiyali pasientlarda odatda qonning hajmi taxminan normalligi tufayli, albuminni infuziya tezligi minutiga 2 ml dan oshmasligi kerak, chunki tezroq infuziya qon aylanishini buzilishini va o‘pka shishini chaqirishi mumkin.

Katta xirurgik operasiyalar davomida pasientlar qon xavzasida aylanayotgan albuminning yarmidan ko‘pini yo‘qotishlari mumkin, bu shish sindromining rivojlanishi yoki usiz onkotik bosimni pasayishi bilan birga kechadi. Bunday vaziyat shuningdek jadal davolash bo‘limlarining bemorlaridagi sepsisda kuzatiladi. Bunday hollarda albuminni qo‘llash to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan.

Kattalarning o‘tkir respirator distress sindromi (KRDS)

KRDS o‘pkalarning interstisial shishi bilan bog‘liq bo‘lgan kislorodning yetkazib berilishini yetishmovchiligi bilan ifodalanadi, va shokning va o‘tkir ko‘p qon yo‘qotishning, shuningdek bosh miya jarohatining asorati hisoblanadi. Agar bunda bir vaqtda gipoproteinemiya va volemik oshiqcha yuklanishga ishora qiluvchi klinik belgilar bo‘lsa, unda albuminni diuretiklar bilan birga buyurish jadal infuzion davolashning juda muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

Aorto-koronar shuntlash

Zamonaviy sun‘iy qon aylanish apparatlari (QAA) to‘ldirish uchun nisbatan katta bo‘lmagan hajmlarni talab qiladi. Pasientlarda albumin va kristalloidlarni ishlatish bilan erishiladigan operasiyadan oldingi gemodilyusiyani xavfsizligi ko‘rsatilgan. Gematokrit va plazma albuminining darajasini xavfsiz pasayish chegarasi aniqlanmagan, biroq albumin va kristalloidlarni QAA ni to‘ldirish uchun gematokritni 20% darajasiga va plazma albumining konsentrasiyasini 2,5 g/l ga erishilgunicha ishlatish umumiy qabul qilingan amaliyotlar.

O‘tkir jigar yetishmovchiligi

Jigar faoliyatini koma rivojlanishi (jigar ensefalopatiyasi) yoki usiz yo‘qotishning tez-tez bo‘lmagan vaziyatlarida, albuminni qo‘llash onkotik bosimni tutib turish va plazma bilirubinini bog‘lash maqsadiga ega.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligi

Albumin yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda plazma quyishda ishlatilganida, sariqlik va gemoliz bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar xavfini kamaytirish uchun erkin bilirubinni bog‘lash maqsadida buyurilishi mumkin. Tana vazniga 1 g/kg doza almashtirish transfuziya muolajasini boshlashdan taxminan bir soat oldin buyuriladi. Bolalarda oldindan gipervolemiya mavjudligida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Oqsillarga boy suyuqliklarni yo‘qotish

Jigar sirrozi, yurak yetishmovchiligi, peritonit, shuningdek ekssudativ plevrit oqibatidagi assit ko‘pincha yo‘qotishni talab qiladi. Bunda uchinchi bo‘shliqqa yo‘qotiladigan oqsilning, shu jumladan albuminning kattaligi, hajmi to‘ldirishga yoki onkotik bosimni tutib turishga qaratilgan davolashni talab qilishi mumkin, bu Albunormning infuziyasi yordamida mumkin.

Eritrositlarni qayta suspenziyalanishi

Katta hajmdagi eritilgan yuvilgan eritrositlarni quyish haddan ziyod gipoproteinemiyani rivojlanishi bilan birga kechishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida albuminni bevosita eritilgan yuvilgan eritrositlarni transfuziyasi oldidan ishlatish mumkin.

O‘tkir nefroz

Siklofosfan yoki steroidlar bilan davolashga javob bo‘lmaganida yoki steroidlar bilan davolash vaqtida shish sindromi yomonlashganida, diurez va qon plazmasida kaliy konsentrasiyasini nazorati ostida 7-10 kun davomida har kuni 100 ml 20% albuminni va diuretiklarni qo‘shib buyurishni qo‘llash mumkin. Bundan keyin steroidlarni takroriy buyurish samarali bo‘lishi mumkin.

Gemodializ

Surunkali buyrak yetishmovchiligida standart gemodializni o‘tkazish protokolining majmuaviy qismi emas, biroq bu pasientlarda shok yoki gipotoniya rivojlanganida u ko‘rsatilishi mumkin. Odatda bunday vaziyatlarda 100 ml 20% albumin quyiladi. Bunday bemorlarda ko‘pincha kuzatiladigan bolemiya oshiqcha yuklamadan saqlanish kerak (xuddi shuning uchun ular tuzli eritmalarning katta xajmlarini ko‘tara olmaydilar).

Miya shishi

Miya shishini davolash uchun albumining giperonkotik 20% eritmasi ishlatiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam (>1/10000<1/1000)

  • anafilaktik reaksiya
  • gipotoniya

Juda kam (<1/10000)

  • eshakemi, angionevrotik shish, eritematoz toshma, anafilaktik shok
  • ongni chalkashishi holati, bosh og‘rig‘i
  • taxikardiya, bradikardiya, gipertoniya
  • hansirash
  • ko‘ngil aynishi
  • isitma, qaltirash, ko‘p terlash, terining giperemiyasi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • albuminni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik (shu jumladan anamnezdagi o‘ta yuqori sezuvchanlik).
  • og‘ir anemiya
  • gipovolemiya
  • II–III darajali surunkali yurak yetishmovchiligi
  • o‘pka shishi
  • tromboz
  • arterial gipertenziya
  • davom etayotgan ichki qon ketishi
  • gemorragik diatez
  • renal va postrenal anuriya
  • qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Odam albuminining boshqa dori mahsulotlari bilan spesifik o‘zaro ta‘siri noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Odam albumini eritmasini boshqa dori mahsulotlari, yangi qon va eritrositar massa, oqsil gidrolizatlari, aminokislotalarning eritmalari va spirt saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Albumin eritmalarini in‘eksiya uchun suv bilan suyultirish mumkin emas, chunki bu resipientlarda gemoliz chaqirishi mumkin.

Albunorm eritmalarini, agar ular muzlatilgan bo‘lsa yoki ular loyqalangan bo‘lsa qo‘llash mumkin emas. To‘liq ishlatilmagan flakonlarni qayta ishlatish mumkin emas. Yorilgan, oldindan ochilgan yoki shikastlangan flakonlarni bakterial zararlanishi mumkinligi tufayli qo‘llash mumkin emas.

Alohida, oldin sensibilizasiyalangan bemorlarda turli og‘irlik darajasidagi allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Reaksiyalar va asoratlar paydo bo‘lishi mumkinligi xavf guruhiga taalluqli bemorlarda istisno qilinmaydi, ya‘ni anamnezida oqsil preparatlari va boshqa plazma o‘rnini bosuvchilarni, dori vositalarini, zardoblar, vaksinalarni vena ichiga quyishlarni o‘zlashtiraolmasligina ko‘rsatmaga ega bo‘lganlarda inkor etib bo‘lmaydi. Reaksiyalar yoki asoratlar paydo bo‘lgan holda, darhol albumin preparatini quyishni to‘xtatish va ignani venadan chiqarmay, antigistamin, kardiotonik vositalar, glyukokortikoidlar, vazopressor preparatlarni yuborish kerak (ko‘rsatmalar bo‘lganida). Shok holida, amaldagi tibbiy standartlarga muvofiq shokka qarshi davolashni boshlash kerak.

Albumin yuborilganida pasientlarning elektrolit statusini nazorat qilish va elektrolit balansini yoki tutib turish uchun muvofiq choralarni ko‘rish, degidratasiyada esa oldindan regidratasion davolashni o‘tkazish kerak.

Nisbatan katta hajmlarning o‘rnini qoplash zarurati tug‘ilganda, qon ivishini va gematokritni nazorat qilish talab etiladi. Qonning boshqa komponentlarini (ivish omillari, elektrolitlar, trombositlar va eritrositlar) muvofiq almashtirishni ta‘minlash kerak.

Odam qoni va plazmasidan olingan preparatlarni qo‘llashda infeksion kasalliklar bilan zararlanish ehtimolini to‘liq inkor qilib bo‘lmaydi. Infeksion agentlarning transmissiyasi xavfini pasaytirish uchun donorlar va olingan preparatlar sinchiklab tekshiriladi. Ishlab chiqarishda faqat donor plazmasining antigen-negativ namunalari ishlatiladi.

Albuminni qo‘llash asoslanmagan holatlar

Surunkali nefrozda quyilayotgan albumin eritmasi, buyrak to‘qimasining asosiy shikastlanishiga ta‘sir ko‘rsatishga ulgurmasdan buyraklar orqali tez chiqariladi. Kamdan-kam albumin o‘tkir nefrozda qo‘llanadi. Surunkali jigar sirrozi, ichakda so‘rilishni buzilishi, surunkali pankreatit yoki ochlik oqibatida tana vaznini tanqisligi bo‘lgan bemorlarda albumin infuziyalarini oqsilli ozuqlanish manbai sifatida qo‘llash oqlanmagan.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalarda plazmaning fiziologik xajmi yoshga bog‘liqligini xisobga olish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Albuminni odamda homiladorlikda ishlatishning xavfsizligi nazoratli klinik tadqiqotlarda aniqlanmagan. Biroq albuminni klinik qo‘llash tajribasi homiladorlikni kechishiga, homilaga yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa zararli ta‘sirini kutishga asos bermaydi.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi

Preparat faqat stasionar sharoitlarda qo‘llanishi tufayli ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: juda yuqori doza va quyish tezligi yuqori bo‘lganida gipovolemiya va yurak-qon tomir tizimini ortiqcha yuklanishining bosh og‘rig‘i, hansirash, bo‘yintiriq venalarini to‘lib ketishi, arterial bosimni oshishi, markaziy venoz bosimni oshishi kabi belgilari paydo bo‘ladi, o‘pka shishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: preparatni quyishni darhol to‘xtatish va pasientning gemodinamikasining xarakteristikasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

100 ml, 250 ml va 500 ml dan (5% eritma) va 50 ml yoki 100 ml dan (20% eritma) preparat germetik berkitilgan, alyumin qopqoq bilan yopilgan II tur shisha flakonda.

1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

2°S dan 25°S gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALBUNORM infuziya uchun eritma 50g 5% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALBUNORM infuziya uchun eritma 50g 5% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALBUNORM infuziya uchun eritma 50g 5% dori vositasi Octapharma Pharmazeutika Produktionsges m.b.H. tomonidan Avstriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALBUNORM infuziya uchun eritma 50g 5% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALBUNORM infuziya uchun eritma 50g 5% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FLEKSBUMIN infuziya uchun eritma 100 ml 200 g/l
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Альбумин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baxter AG, Австрия по лицензии: Baxter Healthcare Ltd
ALBUREKS infuziya uchun eritma 100ml 20% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Альбумин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: CSL Behring AG
Narh: 750 000 so'mdan Batafsil
ALBUREKS infuziya uchun eritma 50ml 20% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Альбумин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: CSL Behring AG
Narh: 504 000 so'mdan Batafsil
ALBUREKS 20 infuziya uchun eritma 100ml 20% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Альбумин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: CSL Behring AG
UMAN ALBUMIN infuziya uchun eritma 50ml 20%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Альбумин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kedrion S.p.A.
UMAN ALBUMIN infuziya uchun eritma 100ml 20%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Альбумин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kedrion S.p.A.
FLEKSBUMIN infuziya uchun eritma 50 ml 200 g/l
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Альбумин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baxter AG, Австрия по лицензии: Baxter Healthcare Ltd
ALBUREKS 20 infuziya uchun eritma 50ml 20% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Альбумин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: CSL Behring AG
ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20%
Narh: 898 so'mdan Batafsil
ALBUMIN eritma 50ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Альбумин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Qon preparatlari, НПП
ALBUMIN eritma 50ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Альбумин человека ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: НИИ гематологии и переливания крови МЗ РУз
Ishlab chiqaruvchining dorilari
OKTANAYN F poroshok 1000ME
OKTANAYN F poroshok 500ME
OKTAGAM infuziya uchun eritma 100ml 50mg/ml
Narh: 3 666 900 so'mdan Batafsil
OKTAGAM infuziya uchun eritma 50ml 50mg/ml
OKTAPLEKS poroshok 500ME
OKTANAYN F poroshok 250ME
OKTAGAM infuziya uchun eritma 20ml 50mg/ml
Narh: 1 777 990 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9