×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALDARA krem

Kategoriya:
- Dermatologik
Faol modda:
Имихимод
ATX kodi:
- D06BB10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

VEGTAZON krem 15g N1 VEGAPHARM LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD Bolgariya
75 000 s`om dan
DEKASAN eritma 400ml 0,2mg/ml ООО “Юрия-Фарм” Ukraina
95 000 s`om dan
KURALIMUS maz 30g 0,03% Gujarat Pharmalab Pvt. Ltd. Hindiston
187 000 s`om dan
GERPEVIR maz 5g 2,5% Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
18 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALDARA krem qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ALDARA

(ALDARA)

preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

Tarkibi:

ta‘sir etuvchi modda: 1 mg krem 0,05 mg imikvimod saqlaydi;

yordamchi moddalar: izostearin kislotasi, benzil spirti, stearil spirti, setil spirti, oq yumshoq parafin, polisorbat-60, sorbitan stearati, gliserin, metilparagidroksibenzoat (Ye218), propilparagidroksibenzoat (Ye216), ksantan kamedi, tozalangan suv.

Dori shakli. Krem.

Farmakoterapevtik guruhi. Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan ximioterapevtik vositalar. Viruslarga qarshi vositalar.

ATS kodi: D06BB10.

Klinik xarakteristikasi.

Qo‘llanilishi.

Krem quyidagi kasalliklarni mahalliy davolash uchun qo‘llanadi:

  • tashqi genital perianal so‘gal (o‘tkir uchli kondilomalar);
  • katta bo‘lmagan yuzaki bazaliomalar (KBYUB);
  • immun tizimi normal faoliyat ko‘rsatayotgan pasientlarning yuz va bosh terisida, shikastlanishlarning o‘lchami yoki soni krioterapiyaning samarasi va/yoki maqsadga muvofiqligini cheklaydigan, boshqa mahalliy davolash usullarini esa qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki maqsadga muvofiqligi kam bo‘lgan, klinik jihatdan tipik, giperkeratik bo‘lmagan, gipertrofik bo‘lmagan aktinik keratoz (AK).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar.

Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozalari.

Qo‘llash tez-tezligi va davomiyligini shifokor har bir pasient uchun individual ravishda aniqlaydi.

Kattalardagi tashqi genital kondilomalar.

Tarkibida imikvimod bo‘lgan kremni haftada uch marta (masalan dushanba, chorshanba va juma kunlari yoki seshanba, payshanba va shanba kunlari), uxlashdan oldin surtish va teri yuzasida 6-10 soat davomida qoldirish kerak. Imikvimodli krem bilan davolashni genital va perinatal kondilomalar yo‘qolgunicha davom ettirish kerak, ammo har bir kondiloma paydo bo‘lganida 16 haftadan oshmasligi kerak. Kremni yupqa qavat qilib qo‘yish va kondilomalar shikastlangan sohalarning toza yuzalariga butunlay so‘rilgunicha ishqalash kerak. Kremni faqat shikastlangan sohalarga surtish kerak. Krem teriga surtilganidan so‘ng 6-10 soat davomida dush va vanna qabul qilishdan saqlanish kerak. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tganidan so‘ng kremni sovunli iliq suv bilan yuvish kerak. Kremning ortiqcha miqdorini surtish yoki teri bilan uzoqroq vaqt davomida kontaktda bo‘lishi surtilgan joyda reaksiyani chaqirishi mumkin. Bir qutidagi kremning miqdori 20 sm2 teri yuzasiga surtish uchun yetadi. Ilgari ochilgan paketchadagi kremni takroran ishlatish mumkin emas. Kremni surtishdan oldin va keyin qo‘llarni sovunli iliq suvda yuvish kerak.

Jinsiy olat ostida joylashgan kondilomalarni davolashni o‘tkazayotgan xatna qilinmagan erkaklar, jinsiy olatning terisini tortishlari va  uning ostidagi sohani har kuni yuvishlari kerak.

Kattalardagi yuzaki bazalioma

Imikvimodli krem haftada 5 kun ketma-ket 6 hafta davomida (masalan dushanbadan jumagacha) uxlashdan oldin surtiladi va teri yuzasida taxminan 8 soat davomida qoldiriladi.

Imikvimodli kremni qo‘llashdan oldin shikastlangan sohalarni sovunli suv bilan yuvish va qurishini kutish kerak. Kremning yetarli miqdori barcha shikastlangan sohalarga, shu jumladan o‘smani atrofidagi yana 1 sm uzunlikdagi sog‘lom teriga surtiladi. Kremni shikastlangan sohaga butunlay so‘rilgunicha surtish kerak. Kremni uxlashdan oldin surtish kerak, va u terida 8 soat davomida qolishi kerak. Bu vaqt davomida dush hamda vanna qabul qilishdan saqlanish kerak. Ko‘rsatilgan vaqt tugaganidan so‘ng kremni sovunli iliq suvda yuvish kerak.

Ilgari ochilgan paketdagi kremni takroran ishlatish mumkin emas. Kremni surtishdan oldin va surtilgandan so‘ng qo‘llarni sovunli iliq suvda yuvish kerak.

Krem surtilayotgan o‘smani kremga bo‘lgan reaksiyasi davolash tugaganidan so‘ng 12 haftadan keyin baholanishi kerak. Agar krem bilan ishlov berilgan o‘smada yetarlicha reaksiya kuzatilmasa, boshqa davolash o‘tkazish kerak.

Agar kremga bo‘lgan mahalliy reaksiya pasientda kuchli diskomfort tug‘dirayotgan bo‘lsa, yoki agar ishlov berilayotgan sohani infeksiyalanishi kuzatilayotgan bo‘lsa, davolashni bir necha kunga to‘xtatish kerak.

Kattalardagi aktinik keratoz

Davolash shifokor tomonidan boshlanadi va nazorat qilinadi. Imikvimodli kremni haftada 3 marta (masalan dushanba, chorshanba va juma kunlari yoki seshanba, payshanba va shanba kunlari) uxlashdan oldin 4 hafta davomida surtish va teri yuzasida 8 soatga qoldirish kerak. Kremning yetarli miqdori barcha shikastlangan sohaga surtiladi. Davolash tugaganidan so‘ng 4 haftadan keyin aktinik keratoz bor-yo‘qligini baholash kerak. Agar biron-bir ko‘rinishlar qolgan bo‘lsa, davolashni yana 4 haftaga davom ettirish kerak.

Maksimal tavsiya etilgan doza – bir paketchani tashkil etadi. Maksimal tavsiya etilgan davolash davomiyligi – 8 haftani tashkil etadi.

Agar mahalliy o‘tkir yallig‘lanish reaksiyasi kuzatilsa yoki ishlov berilgan sohani infeksiyalanishi kuzatilsa, davolashni to‘xtatish kerak. Ishlov berilgan sohani infeksiyalanishi kuzatilganida tegishli choralarni ko‘rish kerak. Har davolash davri, o‘tkazib yuborilgan dozalar yoki krem surtilmagan davrlar borligi tufayli, 4 haftadan oshmasligi kerak.

Agar ikkinchi marta davolangandan so‘ng 4-8 haftadan keyin navbatdagi ko‘rikda krem bilan davolashga nisbatan yetarli darajadagi reaksiya kuzatilmasa, boshqa davolashni qo‘llash kerak.

Kremni surtishdan oldin shikastlangan sohalarni sovunli suv bilan yuvish va qurishini kutish kerak. Kremning yetarli miqdori butun shikastlangan sohaga surtiladi. Shikastlangan sohaga surtilgan kremni butunlay so‘rilgunicha ishqalash kerak. Kremni uxlashdan oldin surtish kerak, u terining yuzasida taxminan 8 soat davomida qolishi kerak. Bu vaqt davomida dush yoki vanna qabul qilishdan saqlanish kerak. ko‘rsatilgan vaqt o‘tganidan so‘ng kremni sovunli iliq suvda yuvish kerak.

Ilgari ochilgan paketchadagi kremni takroran ishlatish mumkin emas. Kremni surtishdan oldin va surtilgandan so‘ng qo‘llarni sovunli iliq suvda yuvish kerak.

Agar dozasini surtish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, pasient yodiga tushishi bilan kremni surtishi kerak, so‘ngra davolashni odatdagi grafik bo‘yicha davom ettirishi kerak. Ammo kremni sutkada bir martadan ortiq surtish mumkin emasligini yodda tutish kerak.

Nojo‘ya reaksiyalari.

Nojo‘ya ta‘sirlarning rivojlanish tez-tezligi keng tarqalgan (≥ 1/10), tarqalgan (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), va keng tarqalmagan (≥ 1/1000 dan 1/100 gacha) bo‘yicha aniqlanadi.

Tashqi genital kondilomalar. Krem haftada 3 marta qo‘llanganida eng ko‘p kuzatilgan noxush reaksiyalar krem surtilgan joydagi reaksiyalar, xususan eritema, eroziya, terini qipiqlanishi va shish bo‘lgan. Shuningdek ba‘zi tizimli reaksiyalar, xususan, bosh og‘rig‘i, grippsimon simptomlar va mushaklarda og‘riq kuzatilgan.

Kechroq rivojlangan teri reaksiyalari, asosan eritema Aldara kremi surtilgan sohalarda emas, balki shikastlanmagan sohalarda ham kuzatilgan. Ushbu reaksiyalarni ko‘rchiligi davolash tugaganidan so‘ng 2 hafta davomida yo‘qolgan. Biroq ba‘zi hollarda ushbu reaksiyalar og‘ir darajada bo‘lgan va ayollarda dizuriyani rivojlanishiga sabab bo‘lgan.

Infeksiyalar va invaziyalar.

Tarqalgan: bakterial infeksiyalarga moyillik.

Tarqalmagan: oddiy gerpes, genital kandidoz, vaginit, bakterial infeksiya, mikoz, yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari, vulvit.

Qon va limfa tizimi tomonidan. Tarqalmagan: limfadenopatiya.

Moddalar almashinuvi tomonidan. Tarqalmagan: anoreksiya.

Ruhiyat tomonidan. Tarqalmagan: uyqusizlik, depressiya.

Nerv tizimi tomonidan. Tarqalgan: bosh og‘rig‘i.

Tarqalmagan: paresteziyalar, bosh aylanishi, gemikraniya, uyquchanlik.

Eshitish va muvozanat a‘zolari tomonidan. Tarqalmagan: quloqlarni shang‘illashi.

Qon-tomirlari tomonidan. Tarqalmagan: giperemiya.

Respirator tizimi tomonidan. Tarqalmagan: faringit, rinit.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan. Tarqalgan: ko‘ngil aynishi.

Tarqalmagan: qusish, qorinda og‘riq, diareya, defekasiyaga qistovlarni og‘riqli bo‘lishi, to‘g‘ri ichak sohasidagi buzilishlar.

Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan.

Tarqalmagan: qichishish, dermatit, follikulit, eritematoz toshma, ekzema, kuchli terlash, eshakemi.

Mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan. Tarqalgan: mushaklarda og‘riq.

Tarqalmagan: bo‘g‘imlarda va belda og‘riq.

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan. Tarqalmagan: dizuriya.

Jinsiy tizimi tomonidan.

Tarqalmagan: erkaklarda jinsiy a‘zolar sohasida og‘riq, penil buzilishlar, dispareuniya, erektil disfunksiya, bachadon va qinni pastga tushishi, vaginal og‘riqlar, atrofik vaginit, vulva sohasidagi buzilishlar.

Umumiy reaksiyalar. Keng tarqalgan: krem surtilgan joyda qichishish va og‘riq.

Tarqalgan: surtilgan sohada achishish va ta‘sirlanish, toliqish.

Tarqalmagan: gipertermiya, grippsimon simptomlar, og‘riq, asteniya, diskomfort hissi, et uvishishi bo‘lishi mumkin.

Yuzaki bazaliomalar. Krem haftada 5 marta qo‘llanganida krem surtilgan joydagi reaksiyalar, xususan eritema, eroziya, terida qasmoqlanish va qipiqlanishni og‘ir shakllari kuzatilgan. Shuningdek pasientlarda ba‘zi tizimli noxush reaksiyalar, xususan, belda og‘riq, grippsimon simptomlar kuzatilgan.

Infeksiyalar va invaziyalar.

Tarqalgan: bakterial infeksiyalarga moyillik, akne.

Qon va limfa tizimi tomonidan. Tarqalmagan: limfadenopatiya.

Ruhiyat tomonidan. Tarqalmagan: ta‘sirchanlik.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan.

Tarqalmagan: ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi.

Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan. Tarqalmagan: dermatit.

Mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan. Tarqalgan: belda og‘riq.

Umumiy reaksiyalar. Keng tarqalgan: krem surtilgan sohada qichishish.

Tarqalgan: krem surtilgan sohada achishish, ta‘sirlanish va og‘riq, surtilgan sohada eritema, qon oqishi, surtilgan sohada papulalarni hosil bo‘lishi, surtilgan sohada paresteziyalar, surtilgan sohada toshmalarni toshishi.

Tarqalmagan: grippsimon simptomlar, surtilgan sohada ajralmalarni ajralishi, surtilgan sohada yallig‘lanish, shish, surtilgan sohada qasmoqlarni hosil bo‘lishi, surtilgan sohani buzilishi, pufakchalarni hosil bo‘lishi, tormozlanish bo‘lishi mumkin.

Aktinik keratoz. Krem haftada 3 marta 4 haftalik davomiylik bilan 2 davolash kursi qo‘llanganida krem surtilgan joyda reaksiyalar, xususan qichishish va achishish kuzatilgan. Og‘ir darajadagi eritema va qasmoqlanish va qipiqlanishni og‘ir shakllari kuzatilgan. Shuningek ba‘zi tizimli noxush reaksiyalar, xususan mushaklarda og‘riq kuzatilgan.

Infeksiyalar va invaziyalar.

Tarqalmagan: bakterial infeksiyalarga moyillik, akne, gripp, rinit.

Qon va limfa tizimi tomonidan. Tarqalmagan: limfadenopatiya.

Moddalar almashinuvi tomonidan. Tarqalmagan: anoreksiya.

Ruhiyat tomonidan. Tarqalmagan: depressiya.

Nerv tizimi tomonidan. Tarqalgan: bosh og‘rig‘i.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan. Tarqalmagan: qovoqlarni shishi, kon‘yunktivani yallig‘lanishi.

Respirator tizimi tomonidan.

Tarqalmagan: tomoqda og‘riq, burun bitishi.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan. Tarqalgan: ko‘ngil aynishi.

Tarqalmagan: diareya.

Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan.

Tarqalmagan: eritema, aktinik keratoz, yuzni shishi, terida yaralarni hosil bo‘lishi.

Mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan.

Tarqalgan: mushaklar, bo‘g‘imlarda og‘riq.

Tarqalmagan: qo‘l-oyoqlarda og‘riq.

Umumiy reaksiyalar. Keng tarqalgan: krem surtilgan sohada qichishish.

Tarqalgan: toliqish, krem surtilgan sohada achishish, ta‘sirlanish va og‘riq, eritema, surtilgan sohada reaksiyalar.

Tarqalmagan: surtilgan sohadan qon oqishi, papulalarni hosil bo‘lishi, paresteziya, gipertermiya, asteniya, et uvishishi, dermatit, surtilgan sohadan ajralmalarni ajralishi, surtilgan sohani giperesteziyasi, shish, surtilgan sohada qasmoqlar va chandiqlarni hosil bo‘lishi, shish va yaralarni hosil bo‘lishi, pufakchalarni hosil bo‘lishi, surtilgan sohada haroratni oshishi, diskomfort hissi, yallig‘lanish bo‘lishi mumkin.

Barcha ko‘rsatmalarda kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalarga taalluqli nojo‘ya raksiyalarga, krem surtilgandan so‘ng gipo- va giperpigmentasiya, surtilgan sohada yoki atrofidagi sohalarda alopesiyani rivojlanishi bo‘lgan. Yakka hollarda qonda gemoglobinning darajasini pasayishi, leykositlar, neytrofillar va trombositlarning darajasini pasayishi kuzatilgan, ammo bu holat aralashuvni talab etmagan. Ayrim hollarda jigar fermentlarining darajasini oshishi va autoimmun holatlarni zo‘rayishi kuzatilgan. Klinik tadqiqotlarning natijalari olingan hisobotlarda qayd etilgan terining og‘ir darajadagi reaksiyalariga polimorf eritema, Stivens-Djonson sindromi va terini qizil yugurik kiradi.

Dozani oshirib yuborilishi.

Preparat mahalliy qo‘llanganida preparatni teri orqali so‘rilishi past bo‘lganligi tufayli, imikvimodli kremning tizimli dozasini oshirib yuborilish ehtimoli kam. Krem teriga surtilganida dozani doimo oshirib yuborilishi og‘ir darajadagi mahalliy teri reaksiyalarini chaqirishi mumkin.

Imikvimodning 200 mg dozasi, taxminan 16 paketchani miqdoriga to‘g‘ri keladi, tasodifan yutib yuborilganida, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq va isitma rivojlanishi mumkin. ≥ 200 mg peroral dozasi ko‘p marta qabul qilinganidan so‘ng kuzatilgan eng jiddiy noxush ko‘rinishlar peroral yoki vena ichiga infuzion terapiya o‘tkazilganidan so‘ng bartaraf bo‘ladigan arterial gipotenziya bo‘lgan.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparatni homilador va emizadigan ayollarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bolalar. Bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llashning o‘ziga xosligi

Barcha ko‘rsatmalar uchun qo‘llashning o‘ziga xosligi

Ko‘z, lab va burunning shilliq qavatlariga tushishidan saqlanish kerak.

Imikvimod terida yallig‘lanish jarayonlarini zo‘raytirishi mumkin.

Autoimmun holatlari bo‘lgan pasientlarga, a‘zolar ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlarga kremni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Agar teri oldingi medikamentoz yoki jarrohlik davolashdan so‘ng bitmagan bo‘lsa, krem bilan davolash tavsiya etilmaydi. Kremni shikastlangan teriga surtish imikvimodning tizimli so‘rilishini oshirishi mumkin, bu nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish xavfini oshishiga olib keladi.

Okklyuzion bog‘lov qo‘yish tavsiya etilmaydi.

Kam hollarda imikvimodli krem bir marta surtilgandan so‘ng o‘tkir yallig‘lanish reaksiyasi, shu jumladan namlanuvchi yaralar yoki eroziya kuzatilishi mumkin.

Mahalliy o‘tkir yallig‘lanish reaksiyalari tizimli belgilar va grippni eslatuvchi simptomlar, shu jumladan lohaslik, isitma, ko‘ngil aynishi, mushaklarda og‘riq va et uvishishi bilan kechishi hatto namoyon bo‘lishi mumkin.

Anemiyasi bo‘lgan pasientlarga imikvimodni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Tashqi genital kondilomalar

Jinsiy olat kondilomalari bo‘lgan erkaklarni davolashni faqat kundalik gigienik muolajalar o‘tkazilgandan keyingina amalga oshirish mumkin. Ular o‘tkazilmaganda strikturalar paydo bo‘lishi va jinsiy olatning terisini siljitishda qiyinchiliklar oshishi mumkin, bu fimozga va strikturaga olib kelishi mumkin.

Uretral, intravaginal, servikal, rektal yoki intraanal so‘gallarni davolash tavsiya etilmaydi. Ochiq yaralari yoki jarohatlari bo‘lgan to‘qimalar butunlay bitmagunicha ularni davolash boshlanmaydi.

Krem bilan davolashda teri reaksiyalari keng tarqalgan bo‘ladi. Shu sababli, agar teri reaksiyasi chidab bo‘lmaydigan darajada bo‘lsa, krem surtilgan sohani sovunli iliq suv bilan yuvish kerak. Teri reaksiyalari kamayganidan so‘ng krem bilan davolashni boshlash mumkin.

Genital va perianal so‘gallar boshqa dori vositalari bilan bilvosita davolangandan so‘ng kremni qo‘llash yuzasidan klinik ma‘lumotlar yo‘q.

Imikvimodli kremni jinsiy aloqadan oldin yuvish kerak. U prezervativlar va vaginal diafragmalarning samarasini susaytirishi mumkin. Kontrasepsiyaning boshqa usullaridan foydalanish kerak.

Immuniteti sust bo‘lgan pasientlarni krem bilan takroriy davolash tavsiya etilmaydi.

OITV-musbat bo‘lgan pasientlardagi kondilomalarni davolashda kremni qo‘llash har doim ham samarali bo‘lmagan.

Yuzaki bazaliomalar.

Bazaliomalarni davolashda kremni sochlar o‘sgan soha, ko‘zlarning chetlari, og‘iz yoki burunni chegarasidan kamida 1 sm uzoqlikda surtish kerak.

Davolanish vaqtida va butunlay tuzalgunicha shikastlangan teri sog‘lom teridan sezilarli darajada farqlanadi. Mahalliy teri reaksiyalarini rivojlanishi normal hisoblanadi, ammo ushbu reaksiyalarni o‘tkirligi odatda davolanish vaqtida pasayadi, va ular davolash tugaganidan so‘ng yo‘qoladi. Terini bitishi tezligi va mahalliy teri reaksiyalarining yaqqolligi (masalan eritemalar) o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Ushbu mahalliy teri reaksiyalari mahalliy immun reaksiyani rag‘batlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Pasientda diskomfort hislari yoki og‘ir darajadagi mahalliy teri reaksiyalari tufayli, davolash vaqtida bir necha kunga tanaffus qilish mumkin. Teri reaksiyalari kamayganidan so‘ng davolashni boshlash mumkin.

Davolashning klinik natijasini davolash tugaganidan so‘ng 12 haftadan keyin teri tiklanganidan so‘ng baholash mumkin.

Immuniteti sust bo‘lgan pasientlarga kremni qo‘llash yuzasidan klinik ma‘lumotlar yo‘q.

Yirik o‘smalar (>7,25 sm2) imikvimod bilan davolashga beriluvchanligi kam bo‘ladi.

Terining davolanayotgan yuzasini ultrabinafsha nurlanish ta‘siridan himoya qilish kerak.

Aktinik keratoz

Agar terini shikastlanishi aktinik keratoz uchun klinik jihatdan atipik hisoblansa, yoki xavfli o‘smaga gumon qilinsa, biopsiya o‘tkazish kerak.

Aktinik keratozni davolashda kremni qovoqlarga, burun yoki quloqlarni ichki yuzasiga yoki lablarni qizil shilliq qavatli tomoniga surtish mumkin emas.

Boshqa anatomik sohalar, xususan yuz yoki bosh terisini davolash uchun kremni qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar juda cheklangan. Qo‘ltiq osti sohasi va qo‘l kafti terisidagi keratozni davolash preparatning samarasini tasdiqlamaydi.

Imikvimod shoxli keratomada kuzatiladigan yaqqol giperkeratoz yoki gipertrofiyasi bo‘lgan aktinik shikastlanishlarni davolash uchun tavsiya etilmaydi.

Davolanish vaqtida va butunlay tuzalgunicha shikastlangan teri sog‘lom teridan sezilarli darajada farqlanadi. Mahalliy teri reaksiyalarini rivojlanishi normal hisoblanadi, ammo ushbu reaksiyalarni o‘tkirligi odatda davolanish vaqtida pasayadi, va ular krem bilan davolash tugaganidan so‘ng yo‘qoladi. Terini bitish tezligi va mahalliy teri reaksiyalarining yaqqolligi (masalan eritemalar) o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Ushbu mahalliy teri reaksiyalari mahalliy immun reaksiyani rag‘batlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Pasientda diskomfort hislari yoki og‘ir darajadagi mahalliy teri reaksiyalari tufayli, davolash vaqtida bir necha kunga tanaffus qilish mumkin. Teri reaksiyalari kamayganidan so‘ng davolashni boshlash mumkin.

Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozalari yoki tanaffus paytlari bo‘lganligi tufayli, har davolash davri 4 haftadan oshmasligi kerak.

Davolashning klinik natijasini davolash tugaganidan so‘ng 4-8 haftadan keyin teri tiklanganidan so‘ng baholash mumkin.

Immuniteti sust bo‘lgan pasientlarga kremni qo‘llash yuzasidan klinik ma‘lumotlar yo‘q.

Terining davolanayotgan yuzasini ultrabinafsha nurlanish ta‘siridan himoya qilish kerak.

Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati. Davolanish vaqtida avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda, shuningdek diqqatni jamlashni talab etadigan ishlarni bajarishda, holsizlik va bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirni boshqa ko‘rinishlari.

Aldara immunitetni rag‘batlantirganligi sababli, immunosupressor dori vositalarni olayotgan pasientlarga kremni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi. Imikvimod – immun javob reaksiyasining modifikatori hisoblanadi. To‘yinib bog‘lanishini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlar immunositlarning membranasida imikvimodga nisbatan reaksiya ko‘rsatadigan oqsil reseptorlari borligini taxmin qilish imkonini beradi. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental modellarda imikvimod virusli infeksiyalarga qarshi samaradorlikni namoyon qiladi va asosan α-interferon va boshqa sitokinlar sintezini induksiya qilib, o‘smaga qarshi agent sifatida ta‘sir qiladi. O‘tkir uchli kondilomalar bilan shikastlangan to‘qimalarga krem surtilgandan so‘ng α-interferon va boshqa sitokinlar sintezini induksiyasi klinik tadqiqotlar vaqtida ham namoyish etilgan.

Imikvimod mahalliy surtilgandan so‘ng α-interferon va boshqa sitokinlarning tizimli darajasini oshishi farmakokinetik tadqiqotlar vaqtida namoyish etilgan.

Farmakokinetikasi. Mahalliy qo‘llanganida nishonlangan imikvimodning bir martalik dozasini 0,9% dan kamroq qismi teri orqali so‘rilgan. Tizimli qon oqimiga so‘rilgan kremning katta bo‘lmagan miqdori siydik chiqarish tizimi orqali va ichak orqali o‘rta 3:1 nisbatda tez chiqariladi. Tizimli ta‘siri (teri orqali o‘tishi) siydik va axlatdagi imikvimoddan uglerod-14 [14C] ni qaytarilishi bo‘yicha hisoblangan. Qon zardobida ta‘sir etuvchi moddaning cho‘qqi konsentrasiyasi 16-haftani yakuniga kelib 9 va 12 soatlar o‘rtasida bo‘lgan va yuz terisiga (12,5 mg, 1 paketcha bir marta qo‘llanganida), bosh terisi (25 mg, 2 paketcha) va qo‘l kaftlariga (75 mg, 6 paketcha) surtilganida muvofiq ravishda 0,1; 0,2 va 1,6 ng/ml ni tashkil etgan. Surtilgan sohaning maydoni nazorat qilinmagan. Teri ostiga yuborilganidan so‘ng yarim chiqarilish davri 2 soatni tashkil etgan. Teriga surtilganida yarim chiqarilish davri taxminan 10 marta katta bo‘lgan, bu holat preparatni terida uzoq muddat ushlanib qolishidan dalolat beradi. Bunday pasientlarda siydik bilan chiqarilishi 16-haftada surtilgan dozadan 0,6% dan kamroq bo‘lgan.

Farmasevtik xarakteristikasi

Asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlari: oq rangdan och-sariq ranggacha bo‘lgan bir xil krem.

 

Yaroqlilik muddati. 2 yil.

Saqlash sharoiti. 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Ochilgan sashelarni takroran ishlatish mumkin emas.

O‘rami. Krem 250 mg dan alyumin folgali sashelarda.

12 bir martalik sashe karton qutida.

Berish tartibi. Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALDARA krem dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALDARA krem dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALDARA krem dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KERAVORT krem 250mg 5% N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Имихимод ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narh: 284 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9