QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALLEDROKS
ALLEDROX
Preparatning savdo nomi: Alledroks
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): alyuminiy gidroksidining quritilgan geli+magniy gidroksidi+faollashtirilgan dimetikon
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun meva ta‘miga ega gel
Tarkibi:
Har 10 ml gel quyidagidalarni saqlaydi:
faol moddalar: alyuminiy gidroksidining quritilgan geli 830,0 mg, magniy gidroksidi 180,0 mg, faollashtirilgan dimetikon 50,0 mg
yordamchi moddalar: metilparaben natriy, propilparaben natriy, natriy benzoati, aerosil, natriy saxarini, sorbitol 70%, mentol, ksantan gam, eritrozin bo‘yovchisi, qalampir yalpiz ta‘m qo‘shimchasi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: pushti rangli gel
Farmakoterapevtik guruhi: me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligiga qarshi vosita (antasid).
ATX kodi: A02AX.
Farmakologik xususiyatlari
Alyuminiy gidroksidi va magniy birikmalari spirt va suvda deyarli erimaydi, antasid vosita hisoblanadi. Bu moddalarning majmuasi me‘dada xlorid kislotasini neytralizasiyasi, prostaglandinlar ajralib chiqishini rag‘batlantirish, o‘t kislotalari va pepsinni adsorbsiya qilish yo‘li orqali samara ko‘rsatadi. Pepsinning faolligini kamaytiradi, sitoprotektiv samara ko‘rsatadi (bikarbonatlar tomonidan shilliq qavat saqlanib qolishini rag‘batlantiradi). Preparat tarkibida alyuminiy va magniy tuzlari mavjud, bu ichakni normal faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi.
Magniy gidroksidi – antasid va surgi vositasi hisoblanadi. Me‘dada erkin xlorid kislotasini neytralizasiya qiladi, me‘da shirasining peptik faolligini kamaytiradi. Magniy gidroksidining ta‘siri xlorid (sulfat) kislotasini ikkilamchi gipersekresiyasi va kislota-ishqor muvozanatini o‘zgarishlari bilan kechmaydi. Surgi ta‘siri 0,5-6 soatdan keyin kuzatiladi. Magniy gidroksidi ichakning barcha sohalarini peristaltikasini oshishiga olib keladi.
Dimetikon – ichakda gaz hosil bo‘lishini kamaytiradi, motorikani kuchaytiradi, ko‘pikni bartaraf etuvchi faollik namoyon qiladi. Ichakdagi gaz pufakchalarining sirt tarangligini kamaytirib, ularni parchalanishini chaqiradi. Ajralib chiqayotgan gazlar ichak devorlari orqali qisman so‘riladi, shuningdek ichak peristaltikasi hisobiga organizmdan chiqariladi.
Farmakokinetikasi
Alyuminiy gidroksidi
Ichga qabul qilingandan keyin alyuminiyning faqat oz miqdori so‘riladi. Alyuminiy so‘rilgandan keyin suyaklar, o‘pkalar va nerv tizimi to‘qimalarida to‘planadi.
Magniy gidroksidi
Me‘da shirasi ta‘siri ostida magniy xloridiga aylanadi, shu ko‘rinishda so‘riladi. Magniy gidroksidining biokiraolishligi 10% dan ko‘proqni tashkil qiladi.
Chiqarilishning asosiy yo‘li buyraklar orqalidir. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganda magniy organizmda to‘planishi mumkin.
Dimetikon
Minimal darajada so‘riladi, preparat me‘da-ichak yo‘llari bo‘shlig‘ida ta‘sir ko‘rsatadi. Dimetikon peroral yuborilgandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi. Kimyoviy jihatdan inertligi tufayli me‘da-ichak yo‘llaridagi mikroorganizmlar va fermentlarga ta‘sir qilmaydi. Ovqatni so‘rilishini kamaytirmaydi, me‘da shirasining reaksiyasi va xajmini o‘zgartirmaydi.
O‘zgarmagan ko‘rinishda to‘g‘ri ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
– gastrit va me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligidagi og‘riq;
– refleyuks-ezofagit;
– diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi;
– ayrim dori vositalarini (glyukokortikosteroidlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar) qo‘llash oqibatida yuzaga keluvchi dispeptik ko‘rinishlar (va ularni oldini olish);
– parhezdagi yo‘l qo‘yilgan hatoliklar, kofe, nikotin, alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish oqibatida yuzaga keluvchi epigastriydagi diskomfort va og‘riq, jig‘ildon qaynashi, kislotali kekirish;
– meteorizmda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Alledroksni ovqatdan 1-1,5 soatdan keyin yoki og‘riqlar paydo bo‘lganda qabul qilish kerak.
Kattalarga 2 choy qoshiq (10 ml) dan kun davomida 3 marta va kechqurun buyuriladi.
4 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ choy qoshiqdan sutkada 3 marta, 1 yoshdan oshgan bolalarga 1 choy qoshiqdan sutkada 3 marta buyuriladi. Qo‘llashdan oldin flakonni chayqatish kerak.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kattalar uchun tavsiya etilgan dozaning yarmini tashkil etuvchi dozada buyurish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
– ko‘ngil aynishi, me‘dada spazmlar, ta‘m bilishni o‘zgarishi;
– me‘da-ichakdan o‘tkir qon ketishi, ichak perforasiyasi;
– gipermagniemiya, gipofosfatemiya, gipokalsiemiya, giperkalsiuriya, osteomalyasiya, osteoporoz, giperalyuminiemiya;
– allergik reaksiyalar;
– nefrokalsinoz, buyrak faoliyatini buzilishi.
Yondosh buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda – chanqoqlik, arterial bosimni pasayishi, giporefleksiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi, natriyni ichte‘mol qilinishi nazorat qilish kerak bo‘lgan, masalan dimlangan yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda gipofosfatemiyada qo‘llash mumkin emas.
Metabolik yoki respirator alkaloz, gipokalsiemiya yoki gipoxloremiyasi bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas.
Alsgeymer kasalligi.
Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dorilarning o‘zaro ta‘siri kuzatilishi mumkinligi tufayli Alledroksni indometasin, salisilatlar, gistamin N2-reseptorlari blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, aminazin, diflunizal, izoniazid, fenitoin, tetrasiklin qatori antibiotiklari, fosfat saqlovchi preparatlarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Alledroksni homiladorlikda ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin. Preparatni ko‘krak suti bilan ajralishi haqidagi ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nerv-mushak blokadasini avj olishi va chuqur pay reflkslarini yo‘qolishi bilan kechuvchi gipermagniemiya rivojlanishi mumkin.
Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik va tutib turuvchi davolash ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
200 ml dan gel flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.