Davolash bilan bog'liq bo'lgan ko'proq uchraydigan nojo'ya
samaralar: ko'zlardagi og'riq (0,7%).
Tez-tez (1/100 dan < 1/10 gacha):
џ bosh og'rig'i, disgevziya, charchoqlik, burun shilliq qavatini
qurishi
џ ko'zdagi og'riq, ko'z achishishi, ko'zning quruqligi, ko'zlarning
anomal sezuvchanligi.
Kam hollarda (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha):
џ rinit, bosh aylanishi, gipesteziya (sezuvchanlikning
pasayishi)
џ shox parda eroziyasi, shox pardaning epiteliysi nuqsoni,
shox parda epiteliysi buzilishi, nuqtali keratit,
keratit, shox pardaning bo'yalishi, ko'zdan ajralmalar,
yorug'likdan qo'rqish, ko'rishning noaniqligi, ko'rish
o'tkirligining pasayishi, blefarospazm, ko'zdagi
diskomfort hissi, ko'z qichishishi, follikulyar
kon'yunktivitlar, konyunktiva tomonidan buzilishlar,
ko'zda yot jism hissi, jadal ko'z yoshi oqishi, qovoqlarning
qizarishi, qovoqlarning ishishi, qovoqlar tomonidan
buzilishlar, ko'z giperemiyasi.
Noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlar bo'yicha baholanish
imkoni mavjud emas):
џ yuqori sezuvchanlik, yuzni shishi, kontakt dermatit,
terining qizishi hissi, terini qurushi, dermatit,
eritema;
џ shox parda shishi, ko'zlarning ishishi, kon'yunktivit,
midriaz, ko'rishning buzilishi, qovoqlar chetida
tangachasimon qatlamlar hosil bo'lishligi;
џ dispnoe, sinusit, asteniya, uyquchanlik, holsizlik, ko'ngil
aynishi, qusish.
Shox pardaning yaqqol shikastlanishi bilan xastalangan
pasientlarda tarkibida fosfatlar saqlagan ko'z
tomchilarini qo'llashda shox pardasining kaltsifikasiya
holatlari to'g'risida kamdan-kam xabar berilgan.