22 800 s`om dan
Dorixonalardan izlash38 700 s`om dan
Bron qilish30 dona – 10 donadan 3 blister.
Dorixonalarda barcha o'lchamdagi o'ramlari bo'lmasligi mumkin.
faol modda: amlodipin (amlodipin besilati shaklida) – 5 mg yoki 10 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, povidon, natriy kraxmal glikolyati
(A turi), magniy stearati.
Amlodipinning gipotenziv ta'sir mexanizmi qon-tomirlarning silliq mushaklariga bevosita bo'shashtiruvchi ta'siri bilan ifodalanadi. Amlodipinning antianginal samarasini aniq mexanizmi etarlicha aniqlanmagan, biroq amlodipin quyida keltirilgan ikkita samarasi tufayli yurak mushagida kislorod tanqisligini pasaytiradi:
1.Amlodipin periferik arteriolalarni kengaytiradi va, shu orqali, periferik qarshilikni (keyingi yuklamani) kamaytiradi. Yurak ritmi barqaror bo'lib qolganligi tufayli, yurakka bo'lgan yuklamani pasayishi energiyani sarflanishini pasayishiga va miokardni kislorodga bo'lgan talabini pasayishiga olib keladi.
2.Bosh toj arteriyalar va toj arteriolalarni (normal va ishemiyaga uchragan) kengayishi, ehtimol, amlodipinning ta'sir mexanizmida rol o'ynashi mumkin. Tomirlarni bunday kengayishi toj arteriyalarni spazmi (Printsmetal stenokardiyasi) bo'lgan pasientlarda miokardni kislorod bilan to'yinishini oshiradi.
Arterial gipertenziyasi bo'lgan pasientlarda preparatni sutkada 1 marta qo'llash 24 soat davomida ham yotgan holatda, ham turgan holatda arterial bosimni klinik jihatdan ahamiyatli pasayishini ta'minlaydi. Amlodipinning ta'sirini boshlanishi sekin bo'lganligi tufayli, o'tkir arterial gipotenziya odatda kuzatilmaydi.
Stenokardiyasi bo'lgan pasientlarda preparatning bitta sutkalik dozasi qo'llanganida umumiy jismoniy yuklama vaqti, stenokardiya boshlangunicha bo'lgan vaqt va EKG da ST segmentini 1 mm depressiyasiga erishilgunicha bo'lgan vaqt uzayadi. Preparat stenokardiya hurujlarini uchrash tezligini pasaytiradi va nitrogliseringa bo'lgan talabni kamaytiradi.
Amlodipin har qanday nojo'ya metabolik ta'sirlar yoki qon plazmasida lipidlarning darajasini o'zgarishlari bilan assosiasiyalanmaydi. Amlodipinni astma, qandli diabet va podagra bilan xastalangan pasientlar ham qabul qilishlari mumkin.
Toj tomirlar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Yurakning toj tomirlarini kasalligi bo'lgan pasientlarda amlodipinni qo'llash stenokardiya sababli shifoxonaga yotkazish va revaskulyarizasiya muolajasini yanada kamroq o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan.
Yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Amlodipin bemorlarning klinik manzarasini yomonlashishiga olib kelmaydi, bu holat jismoniy mashqlarni bajarish qobiliyati, yurakning chap qorinchasini zarb fraktsiyasini o'zgarishi va klinik simptomlarning jadalligi bilan ifodalangan.
Og'ir darajadagi yurak etishmovchiligi (NYHA tasnifi bo'yicha III va IV sinf) bo'lgan, digoksin, siydik haydovchi vositalar va AAF ingibitorlari bilan davolanayotgan pasientlarda, amlodipinni qo'llash yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda na o'lim holatini, na umuman kasallanish va o'lim holatini oshirmasligini ko'rsatgan.
Infarktlarni kuzatilishini bartaraf qiluvchi davolash (ALLHAT)
Pasientlarda toj tomirlar kasalligini quyida sanab o'tilgan rivojlanish havf omillaridan kamida birortasini mavjud bo'lishi o'rin tutgan: o'tkazilgan infarkt yoki insult (tadqiqotga kiritilgunicha 6 oydan ortiq) yoki ateroskleroz bilan bog'liq bo'lgan boshqa epizodni tasdiqlovchi so'rovnoma (hammasi bo'lib 51,5%), qandli diabetning 2 tipi (36,1%), HDL-C kontsentrasiyasi <35 mg/dl (11,6%), miokardni elektro - yoki exokardiogramma vaqtida aniqlangan chap tomonlama gipertrofiyasi (20,9%),
chekish (21,9%).
Bolalarni (6 yosh va undan katta) davolash
2,5 mg va 5,0 mg amlodipinni plasebo bilan qiyoslash orqali o'tkazilgan tadqiqotning natijalari, har ikkala dozasini sistolik bosimni plaseboga nisbatan ancha samarali pasaytirishini ko'rsatgan. Ushbu har ikkala dozalar orasidagi farq statistik jihatdan ahamiyatsiz bo'lgan.
Amlodipinning terapevtik dozalari peroral qabul qilinganidan so'ng yaxshi so'riladi, qon plazmasida maksimal kontsentrasiyasiga qabul qilinganidan keyin 6-12 soat davomida erishadi. Amlodipinning Biokiraolishligi 64-80% atrofida baholanadi. Taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kg ni tashkil etadi. In vitro sharoitida o'tkazilgan tadqiqotlarda, amlodipinni plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 97,5% ni tashkil etishi namoyish etilgan.
Bir vaqtda ovqatlanishi amlodipinni so'rilishiga ta'sir qilmaydi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Amlodipinning yarim chiqarilish davri yakuniy fazasida taxminan 35-50 soatni tashkil etadi va bu preparatni sutkada bir marta qo'llash imkonini beradi. Amlodipin asosan metabolizmga uchrab, nofaol metabolitlarni hosil qiladi. Metabolitlarning taxminan 60% siydik bilan chiqariladi, ulardan taxminan 10% o'zgarmagan ko'rinishdagi amlodipinni tashkil etadi.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarga amlodipinni qo'llash yuzasidan klinik ma'lumotlar juda cheklangan. Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda amlodipinning klirensi pasaygan bo'ladi, bu holat yarim parchalanish davrining davomiyligini uzayishiga va AUC qiymatini taxminan 40-60% ga oshishiga olib keladi.
Keksa yoshdagi pasientlarda qo'llanishi
Amlodipinni qon plazmasida maksimal kontsentrasiyaga erishish vaqti keksa yoshdagi pasientlarda va katta yoshdagi pasientlarda o'xshash bo'ladi. Amlodipinning klirensi odamda biroz pasaygan bo'ladi, bu holat keksa yoshdagi pasientlarda preparatning "kontsentrasiya/vaqt" egri chizig'i ostidagi maydoni va yarim chiqarilish davrini oshishiga olib keladi. Qon aylanishini etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda "kontsentrasiya/vaqt" egri chizig'i ostidagi maydoni va yarim chiqarilish davri yoshga mos ravishda oshib borgan.
Amlopidinni qo'llash vaqtida qayd etilgan va xabar berilgan nojo'ya reaktsiyalar quyida rivojlanish tezligi bo'yicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan ≤1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha), juda kam hollarda (≤1/10000).
Har bir uchrash tezligi chegaralarida nojo'ya reaktsiyalar eng kam jadalligi bo'yicha keltirilgan.
Qon va limfa tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar: juda kam hollarda – leykosito-peniya, trombositopeniya.
Immun tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar: juda kam hollarda – allergik reaktsiyalar.
Metabolizm tomonidan kuzatilgan buzilishlar va alimentar buzilishlar: juda kam hollarda – giperglikemiya.
Ruhiy buzilishlar: tez-tez – depressiya, kayfiyatni o'zgarishi (jumladan havotirlik), uyqusizlik; kam hollarda – ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i (avvalo davolashni boshlanishida); tez-tez emas – tremor, disgevziya, sinkope, gipesteziya, paresteziya; juda kam hollarda – gipertonus, periferik neyropatiya; uchrash tezligi noma'lum – ekstrapiramid buzilishlar.
Ko'rish a'zolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – ko'rishni buzilishi (shu jumladan diplopiya).
Eshitish va labirint a'zolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – quloqlarda shovqin.
Yurak tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – yurakni kuchli urishi; juda kam hollarda – miokard infarkti, aritmiya (shu jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo'lmachalar lipillashi).
Qon-tomirlar tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – qizib ketish hissi; tez-tez emas – arterial gipotenziya; juda kam hollarda – vaskulit.
Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar: tez-tez emas – hansirash, rinit; juda kam hollarda – yo'tal.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – qorinda og'riq, ko'ngil aynishi; tez-tez emas – qusish, dispepsiya, ichak peristaltikasini buzilishi (shu jumladan diareya va qabziyat), og'izni qurishi; juda kam hollarda – pankreatit, gastrit, milklarni giperplaziyasi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar: juda kam hollarda – gepatitlar, sariqlik, jigar fermentlarining darajasini oshishi (ko'pincha xolestaz bilan assosiasiya bo'lgan).
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: alopesiya, purpura, teri rangini o'zgarishi, kuchli terlash, terini qichishishi, teri toshmasi, ekzantema, eshakemi; juda kam hollarda – angionevrotik shish, ko'p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, Kvinke shishi, yorug'likka sezuvchanlik; uchrash tezligi noma'lum – toksik epidermal nekroliz.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – boldirlarni shishi; tez-tez emas – artralgiya, mialgiya, mushaklarni tirishishlari, belda og'riq.
Buyraklar va siydik chiqarish yo'llari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – siyishni buzilishi, nikturiya, siyishlar tezligini oshishi.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – impotentsiya, ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi holat: tez-tez – shishlar, toliqish; tez-tez emas – ko'krakda og'riq, og'riq, lohaslik, o'zini yomon his qilish.
Diagnostik tekshiruvlar: tez-tez emas – tana vaznini ortishi yoki kamayishi.
Shubhali nojo'ya reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori preparatini realizasiya qilish uchun ruxsat olinganidan so'ng shubhali nojo'ya reaktsiyalar xaqida xabar berish muhimdir. Bu holat dori preparatini qo'llash bilan bog'liq bo'lgan foyda va havf nisbatini doimiy monitoring qilish imkonini beradi. Malakali tibbiy xodimlar orasidagi shaxslar dori preparatlarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan barcha shabhali nojo'ya reaktsiyalar xaqida nojo'ya reaktsiyalarni kuzatish departamenti orqali dori preparatlar, tibbiy buyumlar va biosidlarni ro'yxatdan o'tkazish masalalari bo'yicha boshqarmaga xabar berishlari lozim: Al. Erozolimskie, 181C,
02-222 Varshava, tel.: + 48 22 49 21 301, faks: + 48 22 49 21 309, e-mail: ndl@urpl.gov.pl.
Nojo'ya reaktsiyalar xaqida shuningdek mas'ul sub'ektga ham xabar berish mumkin.
Yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarni davolashda amlodipinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Uzoq muddatli plasebo-nazoratli tadqiqot vaqtida og'ir darajadagi yurak etishmovchiligi (NYHA tasnifi bo'yicha III va IV sinf) bo'lgan pasientlarda amlodipin qo'llanganida o'pka shishini rivojlanish holatlari tezligi plasebo qo'llangandagiga nisbatan yuqori bo'lgan. Dimlangan yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga kaltsiy kanallari blokatorlarini, shu jumladan amlodipinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki ular yurak-qon tomir hodisalarni rivojlanish havfini oshirishi va kelajakda o'lim bilan yakunlanishi mumkin.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Amlodipinni yarim chiqarilish davri va AUC ko'rsatkichlari jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda yuqori bo'ladi. Amlodipinni dozalariga nisbatan tavsiyalar yo'q. Amlodipinni qo'llashni eng kichik dozalar bilan boshlash kerak, preparatni qo'llashni ham boshlanishida, ham dozasini oshirish vaqtida ehtiyot bo'lish kerak. Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar uchun dozani asta-sekin tanlash va pasientning ahvolini sinchkovlik bilan kuzatish lozim bo'lishi mumkin.
Keksa yoshdagi pasientlarda qo'llanishi
Ushbu toifadagi pasientlarda preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda amlodipinning odatdagi dozalarini qo'llash kerak. Amlodipinning qon plazmasidagi kontsentrasiyasini o'zgarishi buyrak funktsiyasini buzilishi darajasi bilan mos kelmaydi. Amlodipin dializ yordamida organizmdan chiqarilmaydi.
-surunkali barqaror stenokardiya;
-vazospastik stenokardiya (Printsmetall stenokardiyasi) da qo'llanadi.
-digidropiridin hosilalari, amlodipin yoki preparatning yordamchi moddasidan istalgan birortasiga yuqori sezuvchanligi bo'lgan;
-og'ir darajadagi arterial gipotenziyasi bo'lgan;
-shok (shu jumladan kardiogen shokka) tushgan;
-yurakning chap qorinchasini chiqish yo'li obstruktsiyasi (masalan, og'ir darajadagi aorta stenozi) bo'lgan;
-o'tkir miokard infarktini o'tkazgandan keyin gemodinamik jihatdan nostabil yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga preparatni qo'llash mumkin emas.
CYP3A4 ingibitorlari: amlodipin va CYP3A4 izofermentining o'rtacha yoki kuchli ingibitorlarini (proteaza ingibitorlari, azol guruhiga mansub zamburug'larga qarshi vositalar, eritromisin yoki klaritromisin kabi makrolidlar, verapamil yoki diltiazem) bir vaqtda qo'llash amlodipinni organizmga ta'sirini ahamiyatli darajada kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday o'zgarishlarni klinik ahamiyati keksa yoshdagi pasientlarda yanada yaqqol ifodalangan bo'lishi mumkin, shuning uchun pasientning ahvolini klinik kuzatish va muvofiq ravishda dozani tanlash talab etilishi mumkin.
Klaritromisin – CYP3A4 izofermentining ingibitori bo'lganligi tufayli, amlodipin bilan bir vaqtda klaritromisin qabul qilayotgan pasientlarda, arterial gipotenziyani rivojlanish havfi oshadi. Klaritromisin va amlodipin bir vaqtda qo'llanganida pasientlarni diqqat bilan kuzatish tavsiya etiladi.
CYP3A4 induktorlari: amlodipinni CYP3A4 izofermentining ma'lum induktorlari bilan bir vaqtda qo'llash qon plazmasida uning kontsentrasiyasini o'zgarishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun amlodipinni ham CYP3A4 izofermentining induktorlari bilan, ayniqsa CYP3A4 izofermentining kuchli induktorlari (masalan, rifampisin, dalachoy) bilan bir vaqtda qo'llash vaqtida, ham qo'llash tugaganidan so'ng qon bosimini nazorat qilish va dozani o'zgartirish zaruriyatini ko'rib chiqish kerak.
Amlodipin va greypfrutlar yoki greypfrut sharbatini bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki ayrim pasientlarda amlodipinning Biokiraolishligi oshishi, bu holat o'z navbatida gipotenziv ta'sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Dantrolen (infuziya): hayvonlarda verapamil va dantrolen vena ichiga qo'llanganidan so'ng o'lim bilan yakunlangan yurak qorinchalari fibrillyasiyasi va giperkaliemiya bilan assosiasiyalangan yurak qon-tomirlar kollapsi kuzatilgan. Giperkaliemiyani rivojlanish havfi borligi tufayli, havfli gipertermiyaga moyilligi bo'lgan pasientlarga va havfli gipertermiyani davolashda amlodipin kabi kaltsiy kanallari blokatorlarini bir vaqtda qo'llashdan saqlanish tavsiya etilgan.
Amlodipinni boshqa dori vositalariga ta'siri
Amlodipinning gipotenziv samarasi boshqa antigipertenziv vositalarning gipotenziv samarasini kuchaytiradi.
Takrolimus: amlodipin bilan bir vaqtda qo'llanganida qonda takrolimusning darajasini oshishi havfi mavjud, biroq ushbu o'zaro ta'sirning farmakokinetik mexanizmi butunlay aniqlanmagan. Takrolimusni qabul qilayotgan pasientlarga bir vaqtda amlodipin qo'llanganida, takrolimusning toksik ta'siridan saqlanish maqsadida qondagi takrolimusning darajasini muntazam ravishda kuzatish va zarurat bo'lganida takrolimusning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Tsiklosporin: Tsiklosporin va amlodipinni o'zaro ta'sirini o'rganish yuzasidan tadqiqotlar sog'lom ko'ngillilarga qo'llanganida yoki boshqa guruhlarda o'tkazilmagan, buyrak ko'chirib o'tkazilgan pasientlarga qo'llash bundan mustasno, ularda u yoki bu darajada tsiklosporinning qoldiq kontsentrasiyasini o'zgaruvchan (0% - 40% oralig'ida) oshishi kuzatilgan. Buyrak ko'chirib o'tkazilgan, amlodipinni qabul qilayotgan pasientlar uchun tsiklosporinning kontsentrasiyasini monitoring qilish ehtimolini ko'rib chiqish, va zarurat bo'lganida tsiklosporinning dozasini kamaytirish kerak.
Simvastatin: 10 mg amlodipinning ko'p martalik dozalarini va simvastatinni 80 mg dozada bir vaqtda qo'llash simvastatinning ekspozisiyasini, simvastatin monoterapiya sifatida qo'llangandagiga nisbatan 77% ga oshishiga olib kelgan. Amlodipin qabul qilayotgan pasientlar uchun simvastatinning dozasini sutkada 20 mg gacha cheklash kerak.
Preparatning o'zaro ta'sirini o'rganish yuzasidan o'tkazilgan klinik tadqiqotlar, atorvastatin, digoksin va varfarinning farmakokinetikasiga amlodipin ta'sir qilmasligini ko'rsatgan.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati-3 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilish simptomlari
Mavjud bo'lgan ma'lumotlar, dozani ahamiyatli darajada oshirib yuborilishi haddan tashqari periferik vazodilatasiya va ehtimol, reflektor taxikardiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin deb taxmin qilish uchun asos bo'ladi. Ahamiyatli darajadagi va, ehtimol uzoq muddatli tizimli arterial gipotenziya, shu jumladan o'lim bilan yakunlangan gipotenziya rivojlanganligi xaqida ma'lumotlar mavjud.
Davolash
Amlodipinning dozasini oshirib yuborilishi bilan bog'liq bo'lgan klinik ahamiyatli arterial gipotenziya yurak-qon tomir tizimi faoliyatini faol ravishda ushlab turish, jumladan yurak va nafas funktsiyasini tez-tez monitoringini o'tkazish, oyoqlarni yuqoriga ko'tarish, aylanib yuruvchi suyuqliklar hajmi va siydik ajralishini monitoringini o'tkazishni talab etadi.
Qon-tomirlar tonusi va arterial bosimni tiklash uchun qon-tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni, ularni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar yo'qligiga ishonch hosil qilgandan so'ng, qo'llash mumkin. Kaltsiy glyukonatini vena ichiga yuborish kaltsiy kanallari blokadasi samaralarini bartaraf qilish uchun foydali bo'lishi mumkin.
Ayrim holatlarda me'dani yuvish foydali bo'lishi mumkin. Sog'lom ko'ngillilarga 10 mg amlopidin me'daga yuborilganidan so'ng 2-chi soat davomida faollashtirilgan ko'mirni yuborish amlodipinni so'rilish darajasini ahamiyatli darajada kamaytirgan.
Amlodipin plazma oqsillari bilan ahamiyatli darajada bog'langanligi tufayli, dializni samarasi ahamiyatli bo'lishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMLOMAKS
AMLOMAX
Prepartning savdo nomi: Amlomaks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): amlodipin
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: amlodipin besilati (5 mg amlodipinga ekvivalent) – 5,0 mg;
yordamchi moddalar: ikki almashingan kalsiy fosfat, laktoza, mikrokristallik sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, talk, natriy kraxmal glikolyati, aerosil, temir III oksidi.
Ta‘rifi: yorqin pushti rangli, dumaloq, yassi, bir tomoni riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antigipertenziv vositalar (kalsiy kanalliri blokatori).
ATX kodi: C08CA01
Farmakologik xususiyatlari
Digidropiridin hosilasi – II avlod “ sekin” kalsiy kanallarining blokatori (SKKB), antianginal va gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi. L-tur kalsiy kanali alfa1-subbirligining S6 III va IV domenlari segmentlari bilan bog‘lanib, kalsiy kanallarini bloklaydi, kalsiy ionlarini hujayraga membrana orqali o‘tishini (tomirlarning silliq mushaklarida kardiomiosetlarga qaraganda ko‘proq darajada) pasaytiradi.
Antianginal ta‘siri periferik va koronar arteriya va arteriolalarni kengayishi bilan bog‘liq. Stenokardiyada periferik arteriolalarni kengaytirib miokard ishemiyasining yaqqolligini kamaytiradi; yurak qisqarishlari sonini reflektor oshishini chaqirmasdan umumiy periferik tomirlar qarshiligini pasaytiradi (yurakka bo‘lgan yuklamani kamaytiradi), bu energiyani iste‘mol qilinishini pasayishiga yordam beradi, miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasaytiradi. Miokardning o‘zgarmagan va ishemiyaga uchragan sohalarida koronar arteriya va arteriolalarni kengaytirib, vazospastik stenokardiyada kislorodning miokardga kirishini oshiradi, koronarospazmni rivojlanishini (shu jumladan chekish bilan chaqirilgan) oldini oladi. Stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda amlodipinning bir martalik sutkalik dozasi jismoniy yuklama vaqtida birinchi ishemik holat boshlangunicha bo‘lgan vaqtni oshiradi, jismoniy yuklama fonida stenokardiya xurujini va ST segmentining (1 mm ga) “ishemik” depressiyasini rivojlanishishiga to‘sqinlik qiladi, stenokardiya xurujlarining sonini va nitrogliserinni iste‘mol qilinishini pasaytiradi.
Gipotenziv ta‘siri tomirlarning silliq mushaklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomirlarni kengaytiruvchi ta‘siri bilan bog‘liq. Uzoq muddatli dozaga bog‘liq gipotenziv samara ko‘rsatadi. Arterial gipotenziyada amlodipinning bir martalik sutkalik dozasi arterial bosimini (AB) 24 soat davomida (bemorning “yotgan” va “ tik turgan” holatida) klinik ahamiyatli pasayishini ta‘minlaydi. AB, chap qorinchaning chiqarib tashlash keskin pasayishini chaqirmaydi. Miokardni qisqaruvchanligi va o‘tkazuvchanligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Chap qorincha miokardining gipertrofiyasini kamaytiradi.
Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda (YUIK) (shu jumladan bir tomirni shikastlanishi va 3 va undan ko‘proq arteriyalarning stenozigacha bo‘lgan koronar atreroskleroz va uyqu arteriyalarining aterosklerozi), miokard infarktini, koronar arteriyalarini translyuminal angioplastikasini (KATA) o‘tkazgan yoki stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda, amlodipinni qo‘llash uyqu arteriyalarining intima-mediyasining yo‘g‘onlashishini rivojlanishini oldini oladi, miokard infarktidan, insultdan, KATA, aorta-koronar shuntlashdan bo‘lgan o‘limni kamaytiradi, noturg‘un stenokardiya va surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘yicha gospitalizasiyalar sonini pasayishiga olib keladi, koronar qon oqimini tiklanishiga yo‘naltirilgan aralashuvlar sonini kamaytiradi. Amlodipin o‘lim yoki surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUE) bo‘lgan bemorlarda digoksin, diuretiklar va angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan davolash fonida o‘lim bilan yakunlanadigan asoratlarning rivojlanishi xavfini oshirmaydi. SYUK bemorlarda (NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV funksional sinfi) amlodipin qo‘llanganida noishemik etiologiyali o‘pka shishini paydo bo‘lishni ehtimoli mavjud.
Amlodipin moddalar almashinuviga va lipidlarning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga har qanday noxush ta‘sirlar ko‘rsatmaydi. Trombositlar agregasiyasini tormozlaydi, kalava filtrasiyasi tezligini oshiradi, kuchsiz natriyuretik ta‘sirga ega. Diabetik nefropatiyada mikroalbuminuriyaning yaqqoligini oshirmaydi. Samarasining boshlanish vaqti 2-4 soat, samarasining davomiyligi 24 soat.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Peroral qabul qilinganidan keyin amlodipin me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Ovqat qabul qilish amlodipinni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasiga qabul qilingandan so‘ng 6-12 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 60-65% ni tashkil qiladi. O‘rtacha taqsimlanish hajmi – 21 l/kg tana vazniga. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90-97%. Preparat gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi.
Metabolizmi va chiqarilishi. Amlodipin jigarda, nofaol metabolitlarini hosil qilib, sekin ammo ahamiyatli metabolizmga uchraydi, past jigar klirensiga ega (jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasi). Yarim chiqarilish davri o‘rtacha 35 soatni (35 soatdan 50 soatgacha o‘zgaradi) tashkil qiladi, bu preparatni sutkada bir marta buyurilishiga mos keladi. Umumiy klirensi – minutiga 500 ml. Plazmadagi turg‘un muvozanat konsentrasiyasiga 7-8 kun davolangandan keyin erishiladi. Buyraklar orqali (10%) o‘zgarmagan holda, 60% metabolitlari ko‘rinishida), O‘t bilan va ichak orqali – 20-25% metabolitlari ko‘rinishida, shuningdek ko‘krak suti bilan chiqariladi. Gemodializda chiqarilmaydi.
Keksa pasientlarda, buyrak yetishmovchiligi va og‘ir SYUE bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri 60-65 soatgacha oshadi, buyraklar faoliyatini buzilishida o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
Arterial gipertenziya (monodavolash yoki boshqa antigipertenziv vositalari bilan majmuada).
Turg‘un zo‘riqish stenokardiyasi va vazospastik stenokardiya (Prinsmetal stenokardiyasi) (monodavolash yoki boshqa antianginal vositalari bilan majmuada).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, sutkada bir marta, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, yetarli miqdordagi (100 ml) suv bilan qabul qilinadi.
Arterial gipertenziyada va stenokardiyada boshlang‘ich doza odatda 5 mg ni tashkil qiladi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab dozani maksimal sutkada 10 mg gacha oshirish mumkin. Davolash boshlanganidan so‘ng – 7-14 kundan keyin (dozani tezroq oshirish pasientni sinchiklab kuzatishni talab qiladi) dozani oshirishni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Tana vazni katta bo‘lmagan, bo‘yi unchalik baland bo‘lmagan pasientlarga, keksa bemorlarga, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga, gipotenziv vosita sifatida amlodipin 2,5 mg boshlang‘ich dozada (5 mg li tabletkaning ½ qismi), antianginal vosita sifatida – 5 mg buyuriladi. 2,5 mg boshlang‘ich doza, shuningdek amlodipinni boshqa gipotenziv preparatlari bilan davolashga qo‘shimcha ham ishlatish mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya reaksiyalarining tez-tezligi: tez-tez – 1% ko‘p, tez-tez emas – 0,1% dan ko‘p va 1% dan kam, kam – 0,01% dan ko‘p va 0,1% dan kam, juda kam – 0,01% dan kam.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – periferik shishlar (to‘piqlar va oyoq panjalari), yurak urishini his qilish, qizish va yuz terisiga qon “oqib kelish” hissi, tez-tez emas AB haddan ziyod pasayishi, ortostatik gipotenziya, vaskulit, kam – yurak yetishmovchiligini rivojlanishi yoki yomonlashishi, juda kam – yurak ritmini buzilishi (shu jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo‘lmachalar lipillashi), miokard infarkti, ko‘krak qafasida og‘riqlar).
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez- kuchli toliqish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, tez-tez emas- holsizlik, hushdan ketish, ko‘p terlash, asteniya, gipesteziyalar, paresteziyalar, periferik neyropatiya, tremor, uyqusizlik, emosional labillik, noodatiy tush ko‘rishlar, asabiylik, depressiya, xavotirlik, kam – tirishishlar, apatiya, ajitasiya, juda kam – ataksiya, amneziya, migren.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, ko‘ngil aynishi, tez-tez emas – qusish, qabziyat, meteorizm, dispepsiya, diareya, anoreksiya, og‘izni qurishi, chanqoqlik, kam – milklarning displaziyasi, ishtahani oshishi, juda kam – gastrit, pankreatit, giperbilirubinemiya, sariqlik (odatda xolestatik), “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatit.
Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam – trombositopenik purpura, leykopeniya, trombositopeniya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – artralgiya, mushaklarni tirishishi, mialgiya, orqa og‘riq, artroz, kam – miasteniya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: juda kam – giperglikemiya.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, rinit.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: tez-tez emas – tezlashgan siyish (pollakiuriya), siyishga og‘riqli qistovlar, nikturiya, impotensiya, juda kam – dizuriya, poliuriya.
Allergik reaksiyalar: tez-tez emas – terini qichishishi, toshma.
Boshqalar: tez-tez emas – alopesiya, quloqlarni shang‘illashi, ginekomastiya, tana vaznini oshishi/pasayishi, ko‘rishni buzilishi, diplopiya, akkomodasiyani buzilishi, kseroftalmiya, kon‘yunktvit, ko‘zlarda og‘riq, ta‘mni o‘zgarishi, etni uvishishi, burunni qonashi, kam – dermatit, juda kam – parosmiya, kserodermiya, “sovuq” ter, terining pigmentasiyasini buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan:
Jigar faoliyatini buzilishi, sinusli tugun zaifligi sindromi (yaqqol bradikardiya, taxikardiya), NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV funksional sinfi, noishemik etiologiyali surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya (sistolik AB 90 va 100 mm sim. ust. past), aortal stenoz, mitral stenoz, gipertrofik obstuktiv kardiomiopatiya (GOKMP), o‘tkir miokard infarkti (miokard infarktidan keyin 1 oy davomida), keksalik yoshi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Jigar mikrosomal fermentlarining ingibitorlari nojo‘ya samaralarini rivojlanishi xavfini kuchaytirib, amlodipinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshirishi, jigar mikrosomal fermentlarining induktorlari esa kamaytirishi mumkin.
Boshqa SKKB lardan farqli ravishda amlodipinni nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlari (NYAQP), ayniqsa indometasin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlari aniqlanmagan.Tiazid va “halqali” diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, alfa1-adrenoblokatorlar, verapamil, AAF ingibitorlari va nitratlar bilan birga qo‘llanganda SKKB antianginal va gipotenziv ta‘siri kuchayishi mumkin.
SKKB ni neyroleptiklar va izofluran bilan bir vaqtda qabul qilish gipotenziv samarani oshirishi mumkin.
Ayrim SKKB QT intervalini uzayishini chaqiruvchi antiaritmik preparatlarning (amiodaron, xinidin) yaqqol salbiy inotrop ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, ammo amlodipin preparati qo‘llanganda salbiy intorop ta‘siri odatda kuzatilmaydi.
Kalsiy preparatlari SKKB samarasini kamaytirishi mumkin.
SKKBni litiy preparatlari bilan birga qo‘llanganida ularning neyrotoksik bel ko‘rinishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ataksiya, tremor, quloqlarda shovqin) kuchayishi mumkin, ammo amlodipin preparati to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Simetidin amlodipinning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.
Amlodipin siklosporinning farmakokinetikasida ahamiyatli o‘zgarishlarni chaqirmaydi.
Alyuminiy/magniy saqlovchi antasidlarni bir vaqtda qabul qilish, amlodipinning farmakokinetikasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Essensial arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda bir vaqtda sildenafilni 100 mg dozada qabul qilish, amlodipinnning farmakokinetik parametrlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Bir vaqtda Amlodipinni 10 mg dozada va atorvastatinni 80 mg dozada qayta qo‘llash, atorvastatinning farmakokinetikasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Digoksin va amlodipin bir vaqtda qo‘llanganida, digoksinning zardobdagi konsentrasiyasi va uning klirensi o‘zgarmaydi.
Amlodipin varfarin chaqirgan protrombin vaqtini o‘zgarishiga ta‘sir qilmaydi. Bir marta va qayta 10 mg dozada qo‘llanganida amlodipin etanolning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Viruslarga qarshi vositalar (ritonavir) SKKB, shu jumladan amlodipinning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.
240 mg greypfrut sharbatini va 10 mg amlodipinni bir vaqtda, bir marta ichga qabul qilish, amlodipinning farmakokinetikasida ahamiyatli o‘zgarishlarni chaqirmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Arterial gipertenziyani davolashda amlodipinni tiazid diuretiklari, alfa- va beta-adrenoblokatorlari, AAF ingibitorlari, qisqa va uzaytirilgan ta‘sirga ega nitratlar, NYAQP, antibiotiklar va peroral gipoglikemik vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Stenokardiyani davolashda amlodipinni monodavolashda yoki boshqa antianginal preparatlar bilan, shu jumladan nitratlar va/yoki beta-adrenoblokatorlar bilan adekvat dozalarda davolashga refrakter (ta‘sir qilmaydigan) bemorlarda buyurish mumkin.
Davolanish davrida tana vaznini va natriyni iste‘mol qilinishini nazorat qilish kerak.
Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga va stomatologni muntazam qabulida bo‘lishga (milklarning og‘riqliligini, qon ketishini va giperplaziyasini oldini olish uchun) rioya qilish kerak.
Amlodipin kaliy, glyukoza, trigliseridlar, umumiy xolesterin, PZLP, siydik kislotasi, kreatinin va mochevina azotining plazmadagi konsentarsiyasiga ta‘sir qilmaydi va uni bronxial astmasi,qandli diabeti va podagrasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin.
Vazospazmga/vazokonstriksiyaga moyilligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin.
Tana vazni kichik yoki past bo‘yli pasientlarga, keksa pasientlarga, shuningdek yaqqol jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga kichik dozalar talab qilinishi mumkin. Doza oshirilganida keksa pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak.
“Sekin” kalsiy kanallarining blokatorlarida “bekor” qilish sindromining yo‘qligiga qaramasdan davolashni to‘xtatishdan avval dozani asta-sekin kamaytirish tavsiya qilinadi.
Tug‘ruq yoshidagi ayollar amlodipin bilan davolanish davrida kontrasepsiyaning ishonchli usullarini ishlatilishi kerak.
Amlodipin tabletkalari gipertonik krizda tavsiya qilinmaydi.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Ayrim pasientlarda asosan davolashning boshida yoki dozalash tartibi o‘zgartirilganida AB ni mumkin bo‘lgan yaqqol pasayishi oqibatida uyquchanlik, bosh aylanishi va boshqa nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin. Ular paydo bo‘lganida avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: reflektor taxikardiya va haddan ziyod periferik vazodilatasiyasini rivojlanishi bilan bo‘lgan AB yaqqol pasayishi (arterial bosimni yaqqol va turg‘un pasayishini rivojlanish xavfi, shu jumladan shok va o‘limni rivojlanishi bilan).
Dozani oshirib yuborilishi haddan tashqari gipotenziya bilan periferik vazodilatasiyani va ehtimol reflektor taxikardiyani chaqirishi mumkin. Dozani atayin oshirib yuborilishi 250 mg qabul qilgan va simptomsiz kechgan va gospitalizasiya qilinmagan, boshqa pasient (120 mg) gospitalizasiyalangan, me‘da yuvilgan va normal artarial bosim saqlangan, uchinchisi (105 mg) gospitalizasiyalangan va gipotoniya (90/50 mm.sim.ust.) kuzatilgan va plazma miqdorini oshirish yo‘li bilan normallashgan pasientlarni o‘z ichiga olgan. Behosdan dozani oshirib yuborishda 19 oylik o‘g‘il bola 30 mg (taxminan 2 mg/kg) S (-) amlodipinni qabul qilgan. Shoshilinch tibbiy yordam xonasida tekshirishda arterial gipotenziyasiz xayotiy zarur belgilar turg‘un bo‘lgan, yurak qisqarishlar soni minutiga 180 zarba bo‘lgan. Ipekakuanani ovqatlanishdan 3,5 soatdan keyin yuborilgan va keyingi kuzatishlarda (tun davomida) asoratlar aniqlanmagan.
Davolash: faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish (ayniqsa dozani oshirib yuborilishini birinchi 2 soatlarida), me‘dani yuvish (ayrim hollarda), yurak-tomir tizimining faoliyatini tutib turish, yurak va o‘pka faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, aylanib yuruvchi qon hajmi va diurezni nazorat qilish. Bemor oyoqlari ko‘tarilgan, gorizontal holatda bo‘lishi kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 1, 3 yoki 10 blister karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.