×
×
  • AMPISILLIN TRIGIDRAT tabletkalari 0,25 g N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMPISILLIN TRIGIDRAT tabletkalari 0,25 g N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Novo Farm Komplekt, СП ООО
ATX kodi:
- J01CA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 70 ta dorixonasida topildi

ico 3 800 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6 Radiks, ЧНПП O'zbekiston
9 000 s`om dan
SIAZIT suspenziya 15ml 200mg/5ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
46 200 s`om dan
METRALIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5% СП ООО «Jurabek Laboratories» O'zbekiston
5 000 s`om dan
MERO PLYUS poroshok 1000mg N1 Cian Health Care Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMPISILLIN TRIGIDRAT tabletkalari 0,25 g N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

AMPISILLINA TRIGIDRAT

AMPICILLINI TRIHYDRAS

 

Preparatning savdo nomi: Ampisillina trigidrat

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ampisillin (ampicillin)

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ampisillin (ampisillin trigidrati holida) – 250 mg;

yordamchi moddalar: kalsiy stearati, talk, kartoshka kraxmali.

Ta‘rifi: oq rangli, yassisilindrik, riska va faskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Beta–laktam antibiotiklar–penisillinlar. Keng ta‘sir doirasiga ega penisillinlar.

ATX kodi: J01CA01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Ampisillin trigidrati – yarimsintetik penisillinlar guruhi antibiotigi. Antibakterial (bakterisid) ta‘sirga ega. Grammusbat (alfa- va beta-gemolitik streptokokklar, Streptococcus pneumoniae, Staphylococcus spp., penisillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlaridan tashqari: Vacillus anthracis, Clostridium spp., Enterococcus spp.) va grammanfiy (Haemophilus influenzae, Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae, Salmonella spp., Proteus mirabilis, Listeria monocytogenes; Shigella spp., Escherchia coli, Bordetella pertussis) mikroorganizmlarning keng doirasiga nisbatan faol. Penisillinaza ta‘sirida parchalanadi, shuning uchun qo‘zg‘atuvchilarning penisillinaza hosil qiluvchi shtammlariga ta‘sir qilmaydi.

Qo‘llanilishi

Sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan bakterial infeksiyalar; LOR-a‘zolari infeksiyalari, bronxit, pnevmoniya,  siydik chikarish yo‘llarining infeksiyalari,  gonoreya, ginekologik infeksiyalar, septisemiya, peritonit, endokardit, meningit, qorin tifi, MIY infeksiyalari.

Peroral qabul qilishni iloji bo‘lsa, parenteral dori shaklini qo‘llash ko‘rsatilgan.  

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan 0,5-1 soat oldin buyuriladi.

Kattalar (shu jumladan keksa yoshli pasientlar):

LOR-a‘zolari infeksiyalarida: 250 mg dan kuniga 4 marta.

Bronxitda: davolashning standart tartibi: 250 mg dan kuniga 4 marta, davolashning yuqori dozali tartibi: 1 gdan kuniga 4 marta.

Pnevmoniyada: 500 mg dan kuniga 4 marta.

Siydik-chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida: 500 mg dan kuniga 3 marta.

Gonoreyada: 2 g ampisillin trigidrati 1 g probenisid bilan birgalikda bir marta peroral qabul qilinadi. Ayollarni davolash uchun ko‘p marta qabul qilish lozim.

Me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalarida: 500-750 mg dan kuniga 3- 4 marta.

Qorin tifida: o‘tkir davri: 1-2 g dan kuniga 4 marta 2 hafta davomida, bakteriyalarni tashuvchilikda: 1-2 g dan kuniga 4 marta 4-12 hafta davomida.

6 yoshdan boshlab bolalar: preparat tana vazniga 100 mg/kg dozada buyuriladi. Sutkalik dozani 4-6 qabul qilishga bo‘linadi.

Barcha ko‘rsatilgan dozalash tartibi tavsiyali xarakterga ega. Zarurati bo‘lsa, og‘ir infeksiya holatlarida dozani oshirish mumkin yoki preparatni in‘eksion dori shaklini ishlatish mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar:

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) dozani kamaytirish zaruratini yoki preparatni qabul qilishlar orasidagi interval vaqtini uzaytirishni qayta ko‘rib chiqish lozim. Dializ muolajasidan so‘ng dori vositasini qo‘shimcha dozasini buyurish lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari:

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish zarur.

Kam hollarda teri toshmasi, qichishish va eshakemi paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan. Ushbu reaksiyalarni paydo bo‘lish ehtimoli infeksion mononukleoz va kelib chiqishi limfoid bo‘lgan o‘tkir va surunkali leykemiyali pasientlarda yuqori bo‘ladi. Shuningdek purpurani vujudga kelishi haqida xabarlar keltirilgan. Kam hollarda ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va epidermal nekroliz haqida xabarlar bor.

Kam hollarda anafilaktik reaksiyalar kelib chiqqan.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: kam hollarda interstisial nefrit paydo bo‘lishi mumkin.

MIY a‘zolari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya paydo bo‘lishi mumkin. Kam hollarda soxtamembranoz va gemorragik kolitni paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: gepatit, xolestatik sariqlik paydo bo‘lishi haqida kam xabarlar bor. «Jigar» transaminazalarining faolligini o‘rtacha oshishi kuzatilishi mumkin.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: leykopeniya, trombositopeniya va gemolitik anemiya, qon ketishi vaqtini va protrombin vaqtini oshishi xaqida xabarlar berilgan.

Yuqorida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar yoki ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaksiyalar kelib chiqishi holatlarida shifokorga murojaat qilish lozim.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa penisillinlarga, sefalosporinlarga, karbapenemlarga), infeksion mononukleoz, limfoleykoz, jigar yetishmovchiligi, anamnezidagi me‘da-ichak kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kolit), laktasiya davri, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan: bronxial astma, toshmali isitma va boshqa allergik kasalliklar, buyrak yetishmovchiligi, anamnezdagi qon ketishlar, homiladorlik davri.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aminoglikozidlar bilan farmasevtik nomutanosib. Antasidlar, glyukozamin, surgi dori vositalari, ovqat va aminoglikozidlar (enteral qabul qilganda) so‘rilishni sekinlashtiradi va pasaytiradi; askorbin kislotasi so‘rilishni oshiradi. Bakterisid antabiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, sikloserin, vankomisin, rifampisin) sinergik ta‘sir ko‘rsatadi; bakteriostatik dori vositalari (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetrasiklinlar, sulfanilamidlar) – antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi. Bilvosita antikoagulyantlar (ichak mikroflorasini susaytirib, K vitaminining sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi) samarani oshiradi, esterogen saqlovchi peroral kontraseptivlarining (kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatish kerak), etinilestradiolning samaradorligini kamaytiradi (bunday holda «yorib o‘tish» qon ketishlarining rivojlanishini xavfi oshadi). Diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, yuqori zichlikka ega quyimolekulyar polisaxaridlar va naychalar sekresiyasini bloklovchi boshqa dori vositalari plazmada ampisillinning konsentrasiyasini oshiradi (naychalar sekresiyasini pasaytirishi hisobiga). Allopurinol teri toshmasining rivojlanishini xavfini oshiradi. Metotreksatning klirensini kamaytiradi va toksikligini oshiradi. Digoksinni so‘rilishini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan oldin pasientdan beta-laktam antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim. Beta-laktam antibiotiklarini qabul qilgan pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalari holatlari, ba‘zi hollarda o‘lim holati (anafilaksiya holatlari) aniqlangan. Ko‘pincha parenteral dori shaklini qo‘llangandan so‘ng anafilaksiya holatlarini uchrashiga qaramay, peroral dori shaklini qabul qilgandan keyin ham anafilaksiyani kelib chiqishi holatlari haqida xabarlar mavjud. Ushbu reaksiyalar anamnezida beta-laktam antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lgan pasientlarda ko‘proq uchraydi.

Infeksion mononukleoz va/yoki kelib chiqishi limfoid xarakterdagi o‘tkir yoki surunkali leykemiyaga shubha bo‘lganda dori vositasini qabul qilishdan saqlanish lozim. Teri toshmasini paydo bo‘lish holatlari dori vositasini qabul qilgandan keyin ushbu holatlar bilan birga rivojlangan.

Ampisillin trigidrati uzoq muddat qabul qilinganida dori vositasiga sezgir bo‘lmagan mikroflorani o‘sishi hisobiga superinfeksiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial davolashni muvofiq o‘zgartirishni talab etadi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dori vositasining dozasiga tuzatish kiritish lozim.

Kursli davolashda qon yaratish a‘zolari, jigar va buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak. Sepsisi bo‘lgan bemorlarga buyurilganida bakterioliz reaksiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaksiyasi) rivojlanishi mumkin.

Kurslik davolash fonida yengil diareyani davolashda ichakning peristaltikasini pasaytiruvchi diareyaga qarshi dori vositalarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak; kaolin- yoki attapulgit saqlovchi diareyaga qarshi dori vositalarini ishlatish mumkin, preparatni bekor qilish ko‘rsatilgan. Og‘ir diareyada shifokorga murojaat qilish kerak. Davolashni kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan keyin albatta yana 48-72 soat davomida davom etishi kerak.

Bolalar. Ampisillining  ushbu dori shaklini 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya vaqtida qo‘llanilishi. Laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas. Agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holatda homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin.

Avtotransportni va boshqa yuqori xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Avtotransportni haydash va yuqori konsentrasiyali e‘tiborni talab etadigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: markaziy nerv tizimiga toksik ta‘siri ko‘rinishda namoyon bo‘ladi (ayniqsa, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda), ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi (qusish va diareyaning oqibatida).

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi vositalari, suv-elektrolit muvozanatini tutib turish uchun dori vositalari va simptomatik davolash. Gemodializ yordamida chiqariladi.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.

Stasionarlar uchun o‘ram: 240 kontur uyali o‘ram, muvofiq miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan guruh qutisiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMPISILLIN TRIGIDRAT tabletkalari 0,25 g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMPISILLIN TRIGIDRAT tabletkalari 0,25 g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMPISILLIN TRIGIDRAT tabletkalari 0,25 g N10 dori vositasi Novo Farm Komplekt, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMPISILLIN TRIGIDRAT tabletkalari 0,25 g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMPISILLIN TRIGIDRAT tabletkalari 0,25 g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMBROKSOL sirop 90 ml 15 mg/5 ml
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL sirop 100 ml 15 mg/5 ml
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN sirop 100 ml 4 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN sirop 90 ml 4 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN sirop 40 ml 4 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL sirop 50 ml 15 mg/5 ml
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
DYUFELUR-NF sirop 500 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
DYUFELUR-NF sirop 200 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
DYUFELUR-NF sirop 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
DYUFELUR-NF sirop 50 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
BROMGEKSIN sirop 50 ml 4 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
AMPISILLIN TRIGIDRAT tabletkalari 0,5 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,5 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,25 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL sirop 40 ml 15 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, СП ООО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
AMPISILLINA TRIGIDRAT kapsulalar 250mg N10
Ampisillin-AKOS
  • Faol modda: Ampisillin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акционерное Курганское общество медицинских препаратов и изделий «Синтез», Россия.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9