×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ANDROKUR 0,05 tabletkalari N20

Kategoriya:
- Tanosil tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Ципротерон
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Байер Веймар Гмбх и Ко КГ
ATX kodi:
- G03HA01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PROJESTOJEL gel 80g 1% Besins Healthcare S.A., Бельгия произведено: Besins Manufacturing Belgium S.A. Belgiya
130 000 s`om dan
UTROJESTAN kapsulalar 100mg N28 Синдеа Фарма СЛ, Испания по заказу Безен Хелскеа СА, Бельгия Ispaniya/Belgiya
106 000 s`om dan
FEMOSTON 1/5 KONTI tabletkalari N28 Abbott Healthcare SAS, Франция произведено: Abbott Biologicals B.V. Niderlandlar
115 899 s`om dan
YARINA tabletkalari N21 Байер Веймар ГмбХ и Ко.КГ/Байер АГ Germaniya
170 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ANDROKUR 0,05 tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ANDROKUR® DEPO

ANDROCUR® DEPOT

 

Preparatning savdo nomi: Androkur® Depo

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siproteron (cyproterone)

Dori shakli: mushak ichiga yuborish uchun moyli eritma.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 100 mg siproteron asetati.

Yordamchi moddalar: kanakunjit moyi, benzilbenzoat.

Ta‘rifi: tiniq, rangsizdan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: antiandrogen

ATX kodi: G03HA01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Siproteron asetati antiandrogen, gestagen va antigonadotrop ta‘sirga ega.

Siproteron raqobatli ta‘sir mexanizmi bo‘yicha androgenlarni ularning nishon a‘zolariga ta‘sirini susaytiradi, shuningdek moyaklarda testosteronning sintezini, va qon zardobida uning miqdorini pasayishiga olib keluvchi markaziy antiandrogen ta‘sirga ega. Natijada prostata bezining to‘qimasini androgen rag‘batlantirilishi bostiriladi.

Siproteron erkaklarda qo‘llanganida jinsiy maylni, potensiyani va moyaklar faoliyatini susayishi kuzatiladi. Bu samaralar butunlay qaytuvchan va davolash to‘xtatilganidan keyin o‘tib ketadi.

 

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganidan keyin siproteron asta-sekin va to‘liq ajralib chiqadi. Plazmadagi 180±54 ng/ml ga teng maksimal konsentrasiyasiga 2-3 kundan keyin erishiladi. Shundan keyin preparatning plazmadagi konsentrasiyasini 4±1,1 kunlik yarim chiqarilish davri bilan pasayishi kuzatiladi. Muvozanatli konsentrasiyaga preparatni taxminan 5 hafta qo‘llashdan keyin erishiladi.

Siproteron qon plazmasi albuminlari bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi. Faqat 3,5-4% qismi qonda erkin holda bo‘ladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi nospesifik bo‘lganligi tufayli, JGBG (jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin) darajasini o‘zgarishi siproteronning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.

Yuborilgan dozaning katta qismi metabolitlari ko‘rinishida siydik va ahlat bilan chiqariladi. Katta bo‘lmagan qismi safro bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Prostata bezining operasiya qilib bo‘lmaydigan raki.
  • Erkaklardagi seksual buzilishlardagi jinsiy maylning oshishida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Barcha moyli eritmalar kabi, Androkur® Depo preparatini xam faqat mushak ichiga yuboriladi. Kam hollarda in‘eksiya vaqtida yoki undan so‘ng darhol qisqa muddatli reaksiya (yo‘talga qistovlar, yo‘tal hurujlari, havo yetishmasligi hissi) kuzatilishi mumkin. Preparatni juda sekin yuborish bunday reaksiyalardan saqlanishga imkon beradi.

Prostata bezining operasiya qilib bo‘lmaydigan rakini antiandrogen davolash

  • 300 mg dan har 7 kunda mushak ichiga yuboriladi.
  • Holat yaxshilanganida yoki remissiyaga erishilganida davolashni to‘xtatish yoki dozani pasaytirish tavsiya qilinmaydi.

Erkaklardagi seksual o‘zgarishlarda jinsiy maylni pasaytirish uchun

Odatda har 10-14 kunda 300 mg dan mushak ichiga yuboriladi. Alohida hollarda, bu doza yetarli bo‘lmaganida, 600 mg dan har 10-14 kunda yuborish mumkin (3 ml dan o‘ng va chap dumbaga yuborish afzal). Davolashning qoniqarli natijasiga erishilganida in‘eksiyalar orasidagi intervalni asta-sekin uzaytirib, dozani pasaytirishga urinib ko‘rish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyidagi noxush samaralar pasientlarda siproteron asetatini qo‘llash fonida aniqlangan (postmarketing ma‘lumotlar), lekin ularning Androkur® Depo bilan bog‘liqligi tasdiqlanmagan xam, rad etilmagan xam bo‘lishi mumkin.

Med DRA 8.0 bo‘yicha a‘zolar tizimi sinfi Juda tez-tez

(³ 1/10)

 

Tez-tez

(³ 1/100 va

< 1/10)

 

Tez-tez emas

(³1/1000 va

< 1/100)

Kam (³1/10000 va

< 1/1000)

Juda kam (<1/10000) Noma‘lum
Xavfsiz, xavfli va noma‘lum o‘smalar         Jigarning xavfsiz, xavfli va noma‘lum o‘smala-ri*) Menin-gioma§)*)
Qon va limfatik tizim           Anemiya *)
Immun tizimi       O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari    
Metabolik va alimentar buzilishlar   Tana vaznini oshishi yoki kamayishi        
Ruhiy buzilishlar Libidoni pasayishi, erektil disfunksiya Kayfiyatni yomonlashi-shi, bezovta-lik (vaqtin-chalik)        
Qon tomirlari           O‘pka qon tomirlari mikroem-boliyasi*)

Vazovaginal reaksiyalar *)

Tromboembo-lik holat-lar*)**)

Nafas, ko‘krak qafasi   Hansirash *)        
Me‘da-ichak yo‘llari           Intraabdo-minal qon quyilishla-ri *)

 

 

Gepato-biliar buzilishlar   Gepato-toksiklik, shu jumladan sariqlik, gepatit, jigar yetish-movchiligi *)        
Teri va teri osti to‘qimalari     Toshma      
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima           Osteoporoz
Reproduktiv a‘zolar va sut bezlari Spermatogenezni qaytuvchan susayishi Ginekomastiya        
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar   Kuchli toli-qish, «qizib ketish his-si», kuchli terlash        
  • ) «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang

             *) Yanada batafsil ma‘lumot olish uchun «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang

             **) Androkur® Depo preparatini qo‘llanishi bilan o‘zaro bog‘liqlik aniqlanmagan.

Aniq nojo‘ya reaksiyani belgilash uchun eng to‘g‘ri keladigan atama MedDRA – Boshqaruv faoliyati uchun tibbiy lug‘at bo‘yicha o‘tkaziladi (versiya 8,0). Sinonimlari va yo‘ldosh holatlar sanab o‘tilmaydi, lekin ularni ham e‘tiborga olish kerak.

Androkur® Depo preparati bilan davolash fonida erkaklarda jinsiy mayl va potensiya pasayadi, bundan tashqari, jinsiy bezlarining faoliyati susayadi. Bu o‘zgarishlar qaytuvchan xarakterga ega va davolash bekor qilinganidan keyin o‘tib ketadi.

Androkur® Depo preparatining antiandrogen va antigonadotrop ta‘siri natijasida spermatogenezni susayishi yuz beradi, u davolash bekor qilinganidan keyin bir necha oy o‘tgach asta-sekin tiklanadi.

Androkur® Depo preparatini qabul qilish erkaklarda ginekomastiyaga olib kelishi mumkin (bu ba‘zida yuqori taktil sezuvchanlik va sut bezlari so‘rg‘ichlarini og‘riqliligi bilan birga kechadi), u odatda preparat bekor qilinganidan yoki doza pasaytirilganidan keyin o‘tib ketadi.

Boshqa antiandrogen preparatlar ishlatilganida bo‘lgani kabi, Androkur® Depo preparati chaqirgan androgenlarning uzoq muddatli tanqisligi osteoporozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Androkur® preparatini 25 mg va undan ortiq dozalarda uzoq muddat (bir necha yil davomida) qabul qilish bilan bog‘liq meningiomalarni rivojlanishi xaqida xabar berilgan.

Shuningdek «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga ham qarang.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Siproteronga yoki preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Jigar faoliyatini buzilishi bilan birga kechuvchi uning kasalliklari.
  • Dubin-Djonson sindromi, Rotor sindromi.
  • anamnezdagi yoki hozirgi vaqtdagi jigar o‘smalari (prostata bezining rakini jigarga metastazlaridan tashqari).
  • Hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi meningioma.
  • Kaxeksiya (prostata bezining rakidan tashqari kaxeksiya).
  • Og‘ir darajali surunkali depressiya.
  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi trombozlar va tromboemboliya.

Pasientda diabetning, o‘roqsimon hujayrali anemiyaning og‘ir shakllari bo‘lgan hollarda Androkur® Depo preparatini jinsiy moyillikni pasaytirish maqsadida erkaklardagi seksual buzilishlarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Anamnezida tromboembolik jarayonlari bo‘lgan prostata bezining operasiya qilib bo‘lmaydigan raki bo‘lgan pasientlarda, angiopatiya bilan kechuvchi qandli diabetning og‘ir shaklida, o‘roqsimon-xujayrali anemiyada Androkur® Depo, har bir xolda faqat foyda va xavf nisbati shaxsiy ravishda baholanganidan keyin buyuriladi.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar, davolanish vaqtida shifokor nazorati ostida bo‘lishlari kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

O‘zaro ta‘sirni o‘rganish bo‘yicha klinik tadqiqotlarni yo‘qligiga qaramasdan, ketokonazol, itrakonazol, klotrimazol, ritonavir va CYP3A4 boshqa kuchli ingibitorlari CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan siproteron asetatining metabolizmini susaytiradilar. Boshqa tomondan, rifampisin, fenitoin va dalachoy preparatlari kabi CYP3A4 induktorlari siproteron asetatining konsentrasiyasini kamaytirishi mumkin.

In vitro sharoitidagi tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, siproteron asetati yuqori terapevtik dozalari (100 mg kuniga 3 marta) ta‘sirida CYP2C8, 2C9, 2C19, 3A4 va 2D6 kabi sitoxrom R450 tizimi izofermentlari susayishi mumkin.

Statinlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan miopatiya va rabdomioliz xavfi siproteron asetatining yuqori terapevtik dozalari GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) bilan bir vaqtda buyurilganida oshishi mumkin, ular asosan CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydi, chunki ularda metabolizmning yo‘li bir.

Peroral antidiabetik vositalar yoki insulinga bo‘lgan ehtiyoj o‘zgarishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Androkur® Depo bilan davolash vaqtida jigar, buyrak usti bezi faoliyatini baholashni va periferik qon tekshirishlarini muntazam o‘tkazish kerak.

Siproteron asetatini 200-300 mg dan har kuni qabul qilayotgan pasientlarda, gepatotoksiklik holatlari, shu jumladan sariqlik, gepatit va ba‘zan o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar yetishmovchiligi hollari aniqlangan. Bu holatlarning qo‘pchiligi prostata bezining karsinomasi bo‘lgan erkaklarda qayd etilgan. Preparatning toksikligi dozaga bog‘liq va odatda davolash boshlanganidan keyin bir necha oy o‘tgach rivojlanadi. Davolashni boshlash oldidan va gepatotoksiklikning xar qanday simptomlari yoki belgilari paydo bo‘lganida jigarning faoliyatini tekshiruvini o‘tkazish lozim. Gepatotoksiklik tasdiqlanganida, agar faqat gepatotoksiklik boshqa sabablar, masalan, metastatik jarayon bilan bog‘liq bo‘lmasa, siproteron asetati bilan davolashni bekor qilish tavsiya etiladi. Yuqoridagi holatda davolashni faqat, agar kutilayotgan ijobiy samara xavfdan ustun bo‘lgan holdagina davom ettirish kerak.

Kam hollarda jinsiy gormonlarni (ularga shuningdek Androkur® Depo preparatining faol komponenti ham kiradi) qabul qilinganidan keyin jigarning xavfsiz va yanada kamroq hollarda, ayrim hollarda hayot uchun xavfli bo‘lgan qorin ichki qon ketishlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli o‘smalari aniqlangan. Qorinning yuqori qismidagi o‘tkir og‘riqqa, jigarni kattalashishiga shikoyatlar bo‘lganida yoki o‘tkir qorin ichki qon ketishi belgilari bo‘lganida, differensial diagnozni jigarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘smasini hisobga olgan holda o‘tkazish kerak.

Androkur® Depo preparati qo‘llanganda anemiyani rivojlanishi haqida xabar berilgan, shuning uchun Androkur® Depo preparati bilan davolash jarayonida qizil qon tanachalari sonini muntazam nazorat qilib turish lozim.

Qandli diabeti bilan xastalangan pasientlar sinchkov tibbiy kuzatuvga muhtojdirlar. Androkur® Depo preparati bilan davolanishda qabul qilinadigan antidiabetik preparatlar yoki insulinning miqdorlarini o‘zgartirish zarurati tug‘ilishi mumkin («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang).

Ko‘pincha Androkur® Depo preparatining yuqori dozalari bilan davolashda nafasni tezlashishi yuz berishi mumkin. Bunga o‘xshash hollarda differensial diagnozni o‘tkazishda, gipokapniya va kompensator nafas alkalozi bilan kechuvchi progesteron va sintetik gestagenlarning nafasga ma‘lum bo‘lgan rag‘batlantiruvchi ta‘sirini e‘tiborga olish kerak. Bu simptomokompleksda maxsus davolash talab qilinmaydi.

Androkur® Depo preparatini qabul qilgan pasientlarda, garchi sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsada, tromboembolik holatlarni paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan. Arteriyalar va venalarning oldindan trombotik/tromboembolik kasalliklari (masalan, chuqur venalarning trombozi, o‘pka arteriyasining emboliyasi, miokard infarkti), anamnezida bosh miyada qon aylanishini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda yoki xavfli o‘sma kasalliklarining kechki bosqichlarida tromboembolik asoratlarni paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi.

Davolanish jarayonida shuningdek buyrak usti bezi po‘stlog‘ining faoliyatini muntazam nazorat qilib turish kerak, chunki klinika oldi ma‘lumotlari asosida, preparatning yuqori dozalarda kortikoidsimon samarasi tufayli buyrak usti bezi faoliyatini susayishi taxmin qilinadi.

Jinsiy yetilish tugagunga qadar preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki preparatni bo‘yga, shuningdek xali barqarorlashmagan endokrin tizimiga noxush ta‘sir ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi.

Seksual buzilishlardagi yuqori jinsiy mayli bo‘lgan bemorlarni Androkur® Depo preparati bilan davolashda, alkogolni qabul qilish preparatning ta‘sirini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Anamnezida tromboembolik sindromi bilan kechuvchi operasiya qilib bo‘lmaydigan prostata bezi karsinomasi bo‘lgan pasientlarga, shuningdek o‘roqsimon xujayrali anemiya yoki qon tomir o‘zgarishlari bilan kechuvchi qandli diabetning og‘ir shakllarida Androkur® Depo preparatini buyurishdan oldin, har bir individual holatda davolashdan kutilayotgan foyda va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf nisbatini sinchkov baholash lozim.

Androkur® Depo preparati bilan davolash davrida avtomobilni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparatni qabul qilish bu ko‘rsatkichlarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Preparatni qon tomiriga yuborishdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Siproteron deyarli notoksik modda hisoblanishi mumkin. Ko‘p martalik terapevtik dozani bir marta behosdan qabul qilingandan keyin o‘tkir intoksikasiya xavfi juda kam.

 

Chiqarilish shakli

Mushak ichiga yuborish uchun moyli eritma 300 mg/3 ml dan to‘q shisha ampulalarda.

3 ampuladan karton taglikda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ANDROKUR 0,05 tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ANDROKUR 0,05 tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ANDROKUR 0,05 tabletkalari N20 dori vositasi Байер Веймар Гмбх и Ко КГ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ANDROKUR 0,05 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ANDROKUR 0,05 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DJES PLYUS tabletkalari N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Байер Веймар Гмбх и Ко КГ
Narh: 135 500 so'mdan Batafsil
DJES tabletkalari N28
Narh: 198 000 so'mdan Batafsil
JANIN tabletkalari 0,03mg N21
Другие формы препарата
ANDROKUR DEPO 0,1/ML eritma 3ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ципротерон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Байер Фарма АГ.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9