1 800 s`om dan
Dorixonalardan izlash2 700 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish2 700 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ANTIGRIPPIN-MAKSIMUM
ANTIGRIPPIN-MAXIMUM
Preparatning savdo nomi: Antigrippin-Maksimum
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun (limonli, asal-limonli, malinali, qora qorag‘atli).
Tarkibi:
1 paketcha quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: parasetamol – 360 mg, askorbin kislotasi – 300 mg, kalsiy glyukonati monogidrati – 100 mg, rimantadin gidroxloridi – 50 mg, rutozid – 20 mg, loratadin –
3 mg;
yordamchi moddalar: aspartam, gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi, laktoza, ozuqa hushbo‘yi limon yoki asal va limon, yoki malina, yoki qora qorag‘at.
Ta‘rifi:
Paketcha ichidagisi – deyarli oq rangli granulalarning sarg‘imtir-yashilroq rangli o‘ziga xos hidli (limon, asal bilan limon, malina, qora qaraqat) kukun bilan aralashmasi.
Kukun eritilganidan keyingi eritma – rangsiz yoki sarg‘ish, biroz loyqa, o‘ziga xos hidli (limon, asal bilan limon, malina, qora qoraqat) eritma. Sariq rangli erimagan zarrachalar bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK va «shamollash» belgilarini bartaraf qilish uchun vosita.
ATX kodi: R05X
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat, viruslarga qarshi va interferonogen, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, gistaminga qarshi, angioprotektor ta‘sirlarga ega.
Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirlarga ega.
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevodlar almashinuvini, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, qon ivishini, to‘qimalar regenerasiyasini boshqarilishida ishtirok etadi, immun reaksiyalarni faollashtiradi.
Kalsiy glyukonati monogidrati grippda va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarda (O‘RVI) gemorragik jarayonlar bilan bog‘liq tomirlarning yuqori o‘tkazuvchanligini va sinuvchanligining rivojlanishini oldini oladi, shuningdek kapillyar qon aylanishini tiklaydi, allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Rimantadin gidroxloridi grippning A turi virusiga (ayniqsa A2) nisbatan viruslarga qarshi faollikka ega, grippning boshqa turlari va O‘RVI chaqirgan toksik belgilarni kamaytiradi. Interferonlarning umumiy miqdorini va ayniqsa qonda interferon-gammani oshirib, yaqqol interferonogen xususiyatlariga ega, nafas yo‘llarining shikastlovchi virus infeksiyalarda preparatning himoya xususiyatlarini kuchaytiradi.
Rutozid angioprotektordir hisoblanadi. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, shishini va yallig‘lanishni kamaytiradi, tomirlarning devorini mustahkamlaydi. Eritrositlar agregasiyasini tormozlaydi va deformasiya darajasini oshiradi.
Loratadin yaqqol gistaminga qarshi ta‘sirga ega, gistaminni ajralib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimalarning shishini rivojlanishini oldini oladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalardagi gripp, O‘RVI, nafas yo‘llarining virusli shikastlanishlari oqibatidagi isitmali holatlarini etiopatogenetik va simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi.
Bir paketcha ichidagisini 1 stakan qaynagan issiq suvda eritiladi. Issiq holda iste‘mol qilinadi. Iste‘mol qilishdan oldin eritma aralashtiriladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketchadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin 3-5 kun davomida (5 kundan oshmasligi kerak) kasallikning belgilari yo‘qolgunicha qo‘llanadi.
Agar preparatni qabul qilish boshlaganidan keyin 3 kun davomida holatning yaxshilanishi kuzatilmasa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Tarkibiga kiruvchi komponentlariga xos.
MNT tomonidan. Kam hollarda – yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, giperkineziya.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan. 7 kundan uzoqroq qabul qilinganida me‘da va o‘n ikki barmoq ichakni shikastlanishi: dispepsiya, og‘izni qurishi, anoreksiya, meteorizm, diareya bo‘lishi mumkin.
Qon tizimi tomonidan. Xususan, 7 kundan uzoqroq qabul qilinganida, agranulositoz, leykopeniya, trombositopeniya, neytropeniya, anemiya.
Allergik reaksiyalar. Kam hollarda – teri toshmasi, qichishish, eshakemi bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirining belgilari paydo bo‘lgan holda, ushbu preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; zo‘rayish bosqichidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari; me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar; gemofiliya; gemorragik diatez; gipoprotrombinemiya; portal gipertenziya; K avitaminozi; buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktasiya davri; tiretoksikoz, buyrak, jigarning o‘tkir kasalliklari (o‘tkir glomerulonefrit, o‘tkir pielonefrit, o‘tkir gepatit yoki ushbu a‘zolarning surunkali kasalliklarini zo‘rayishi); surunkali alkogolizm. Tutqanoqda, serebral aterosklerozda qo‘llanish cheklanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilishning zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Antikoagulyantlar, glyukokortikoid preparatlar, gepatotoksik vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampisin, alkogol bilan buyurish tavsiya qilinmaydi.
Metoklopromid bilan bir vaqtda buyurilganida so‘rilishni oshishi mumkin.
Kumarin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida unchalik katta bo‘lmagan gipoprotrombinemiyaning rivojlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llash davomiyligi – 5 kundan oshmasligi kerak. Uzoq muddat qo‘llanganida (7 kundan ko‘p) yondosh surunkali kasalliklarning zo‘rayishi, arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa pasientlarda gemorragik insultning rivojlanishining xavfi oshadi (preparat tarkibiga kiruvchi rimantadin gidroxloridi hisobiga).
Metastaz berayotgan o‘smalar bo‘lganida qo‘llanmasin.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmasin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: birinchi 24 soatda teri rangini oqarib ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq, tremor, uyquchanlik, taxikardiya, qonda bilirubinning oshishi, moddalar almashinuvini buzilishi, yondosh surunkali kasalliklarning zo‘rayishi mumkin.
Davolash: qusish refleksini chaqirish, me‘dani yuvish, adsorbentlarni qabul qilish, simptomatik davolash.
Shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 5 g dan (limonli yoki asal va limonli, yoki malinali, yoki qora qorag‘atli) issiqlik bilan kavsharlangan paketchalarda.
3, 6, 8, 12 yoki 24 paketcha qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.