×
×
  • ANTRASIN konsentrat 10mg/5ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ANTRASIN konsentrat 10mg/5ml

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
ATX kodi:
- L01DB03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 0,75ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
96 900 s`om dan
385 000 s`om dan
ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28 Naprod Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
297 000 s`om dan
BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30 Hetero Labs Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ANTRASIN konsentrat 10mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ANTRASIN

Dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

Savdo nomi

Antrasin

Halqaro patentlanmagan nomi

Epirubisin

Dori shakli

Infuziya uchun kontrasiyalangan eritma 10 mg/ 5 ml va 50 mg/25 ml

Tarkibi

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi

Faol modda – epirubisin gidroxloridi 2,0 mg

Yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv, sulfat kislotasi (q.s.).

Ta‘rifi

Tiniq, qizil rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi

O‘smalarga qarshi antibiotiklar. Antrasiklinlar.

ATX kodi: L01DB03

Farmakologik xususiyatlari

Farmakokinetikasi

60-150 mg/m2 doza yuborilgandan keyin epirubisinning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli. Plazmadagi klirensi infuziyaning davomiyligi va buyurish usulidan qat‘iy nazar o‘zgarmasdan qoladi. 75-90 mg/m2 doza vena ichiga yuborilgandan keyin qon plazmasidagi konsentrasiyasi yarim chiqarilish davrining o‘rtacha ko‘rsatkichi (T1/2) taxminan 40 soat bilan juda tez birinchi va sekin terminal fazali uch eksponensial kamayib boruvchi ko‘rinishda ta‘riflanadi.

Preparat organizm to‘qimalarida tez va tekis taqsimlanadi. Gematoensefalik to‘siq (GET) orqali kirmaydi. Qon plazmasidagi oqsillar (asosan albuminlar) bilan bog‘lanish darajasi preparatning qondagi konsentrasiyasiga bog‘liq emas va 77% ni tashkil qiladi. Eritrositlarda to‘planadi.

Jigarda asosiy metaboliti – epirubisinol (13-oksiepirubisin) gacha oksidlanadi, uning qon plazmasidagi konsentrasiyasi o‘zgarmagan preparatning konsentrasiyasiga parallel ravishda o‘zgarmaydi.

Epirubisin asosan safro bilan va qisman (10%) – siydik bilan chiqariladi. Umumiy klirensi minutiga 0,9 l ni tashkil qiladi.

Farmakodinamikasi

Antrasin (epirubisin) sintetik antrasiklin antibiotiklar guruhiga mansub o‘smalarga qarshi vosita hisoblanadi va doksorubisin bilan struktur o‘xshashlikka ega. Epirubisinning sitotoksik va antiproliferativ ta‘sirining aniq mexanizmi o‘rganilmagan, lekin DNK molekulasida choklar va uzilishlarni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi. Bu o‘z navbatida DNK-polimeraza va DNK ga bog‘liv RNK-polimeraza tizimlarida matrisali DNK faolligini bloklaydi va tariqa nuklein kislotalari sintezini tormozlaydi va mitoz jarayonlarini ingibisiya qiladi. DNK molekulalari tizmalari orasiga kirgandan keyin antrasin DNK – topoizomeraza II majmuasini barqarorlashtiradi, bu DNK molekulasini batamom shikastlanishiga olib keladi. Antrasin shuningdek DNK tizmalari spiralizasiyasin ingibisiya qiladi, DNK molekulasining ikkita spiralini fermentativ ajralishini tormozlaydi, replikasiya va transkripsiya jarayonlariga to‘sqinlik qiladi. Antrasin erkin kislorod radikallarini hosil qilib, oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga qo‘shiladi. Antrasin mitozning barcha fazalarida faollik ko‘rsatadi, ammo mitotik siklning S va G2 fazalarida eng faol.

Qo‘llanilishi

  • Sut bezi raki
  • Yumshoq to‘qimalar sarkomasi
  • Tuxumdonlar raki
  • O‘pkaning mayda xujayrali raki
  • Me‘da raki
  • Me‘da osti bezi raki
  • Qovuqning yuzaki raki
  • T1 bosqichda papillyar rakni, Ta (2 va 3 faza) bosqichida multifokal papillyar rakni transuretral rezeksiyasidan keyin qaytalanishlarni oldini olish
  • Teri adenokarsinomasi
  • Bosh va bo‘yin o‘smalari
  • Osteosarkoma
  • Xavfli limfoma
  • Limfagranulematoz
  • Mielom kasalligi
  • Leykozlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Antrasinni vena ichiga sekin infuziyasi yoki vena ichiga davomli infuziyasi ko‘rinishida faqat vena ichiga yuborish kerak.

Preparat natriy xloridining izotonik eritmasi yoki 5% li dektroza eritmasini vena ichiga oqim bilan infuziyasi vaqtida kanyulaga sekin yuboriladi.

Antrasin 3-4 xaftalik davolash kurslari ko‘rinishida buyuriladi. Umumiy kurslik dozani bir marta kursning 1-chi kuni yuboriladi yoki har bir kursning 1-chidan 8-chi kuniga teng taqsimlanadi. Umumiy kurslik dozani 1000 mg/m2 dan oshirmaslik tavsiya etiladi. Standart bir martalik doza 75-90 mg/m2 ni tashkil qiladi.

Sut bezi rakini davolaganda preparatni yuqori dozalarda buyurish samarali hisoblanadi: Antrasinni monoterapiya sifatida qo‘llaganda 135 mg/m2 va boshqa preparatlar bilan birga majmuaviy davolangan 120 mg/m2 har 3-4 xaftada buyuriladi. Limfatik tugunlarni shikastlanishi bilan sut bezi rakining boshlang‘ich bosqichini ad‘yuvant davolaganda preparatning tavsiya etiladigan dozasi 100 mg/m2 dan 120 mg/m2 gacha o‘zgaradi. Preparatni yuqori dozalarda buyurilgan hollarda nojo‘ya samaralar: mielosupressiya, ko‘ngil aynishi, qusish va shilliq qavatlarni shikastlanishi rivojlanishi xavfi tufayli sinchkovlik bilan shifokor nazorati tavsiya etiladi.

Suyak ko‘migida qon yaratilishini buzilishi bo‘lgan pasientlarga yoki Antrasinni o‘smalarga qarshi boshqa preparatlar bilan majmuada buyurilgan hollarda dozani kamaytirish tomonga titrlash tavsiya etiladi.

Antrasin jigarda metabolizmga uchraganligi va chiqarilishning asosiy yo‘li gepatobiliar tizimi bo‘lganligi tufayli, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga buyurilganda qonda bilirubinning darajasiga qarab dozalash tartibiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi:

Bilirubin darajasi Tavsiya etiladigan dozalar
20-50 mmol/l (1,2-3 mg/dl) Dozaning ½ qismi
50 mmol/l dan yuqori (>3 mg/dl) Dozaning ¼ qismi

Infuziyaning tezligi venaning diametri va preparatning dozasiga bog‘liq, lekin kamida 3-4 minutni tashkil qilishi kerak. Ekstravazasiya xavfidan saqlanish maqsadida preparatni bevosita venoz oqimga bosim bilan yuborish tavsiya etilmaydi. Vena yo‘li bo‘ylab qizarish preparatni yuborish tezligini oshirgandan dalolat berishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • Qaytuvchan leykopeniya va neytropeniya. Suyak ko‘migida qon yaratilishi faoliyatini susayishi Antrasinning dozasini cheklovchi asosiy toksik omil hisoblanadi. Leykositlar va neytrofillarning sonini kamayishi tranzitor xarakterga ega. Mielosepressiyani maksimal rivojlanishi odatda preparat qabul qilingandan 10-14 kundan keyin erishiladi. Leykosit va neytrofillar darajasining ko‘rsatkichlarini adekvat tiklanishi 21 kundan keyin kuzatiladi. Shuningdek anemiya rivojlanishi mumkin, uning jadalligi preparatning yig‘indi dozasiga bog‘liq. Yirik radioterapiya o‘tkazgan, suyak ko‘migini o‘smali shikastlanishi yoki jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar mielosupressiya yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
  • Dozaga bog‘liq kardiotoksiklik (kumulyativ dozalarda). Yuqori dozalarda Antrasin bilan uzoq muddat davolash qaytmas toksik kardiomiopatiya va yurak yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yurak kasalligini erta aniqlash, ko‘ks oralig‘ini radioterapiyasi va boshqa kardiotoksik dori preparatlari bilan o‘tkazilgan yoki o‘tkazilayotgan davolash Antrasinni yurakka toksik ta‘siri rivojlanishi ehtimolini oshiradi. Antrasinning toksik ta‘siri erta (o‘tkir) va kechki (kechiktirilgan) simptomlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin:

a) toksiklikning erta simptomlari: T tishchasini tekislanishi yoki inversiyasi (asosan, chap ko‘krak uzatmalarida), QRS majmuasi voltajini pasayishi, sistolalar orasidagi intervalni uzayishi, yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini kamayishi yoki xarakterli mikroskopik o‘zgarishlar (biopsiya natijalari bo‘yicha). Yurak yetishmovchiligini oldini olish uchun o‘z vaqtida erta tashhis qo‘yish va profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazish kerak.

b) kardiotoksiklikning kechki belgilari yurak yetishmovchiligi simptomlari bilan kardomiopatiyani rivojlanishi bilan xarakterlanadi: taxikardiya, hansirash, o‘pka shishi, gepatomegaliya, assit, plevra bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi va ot dupuri ritmi.

Antrasiklinlarni yurakning mushak to‘qimasiga toksik ta‘sirining mexanizmi oxirigacha o‘rganilmagan. U erkin radikallarni hosil bo‘lishi va miokardda kardiotoksik metabolitlarni to‘planishi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi. Antrasinning umumiy maksimal tavsiya etiladigan dozasi 1000 mg/m2 ni tashkil etadi (doksorubisinning maksimal dozasi – 450-550 mg/m2 dan yuqori).

  • Tez-tez: stomatit, gingivit, glossit, faringit, enterit. Shilliq qavatlarni shikastlanishi davolangandan keyin 5-10-chi kuni namoyon bo‘ladi va odatda 10 kundan keyin regressiyaga uchraydi. Shilliq qavatlarda yaralarni paydo bo‘lishi ikkilamchi infeksiyani qo‘shilishi bilan asoratlanishi mumkin.
  • Bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, jigar faoliyatini buzilishi, “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi.
  • Urtikar toshma, terini qizarishi, teri va tirnoqlar giperpigmentasiyasi, fotosensibilizasiya va nurlanishga sezuvchanlikni oshishi.
  • Yuborish joyida: flebit, tromboflebit va venalarni sklerozga uchrashi, in‘eksiya joyida mahalliy og‘riq, ekstravazal yuborilgan hollarda atrof to‘qimalar nekrozi.
  • Alpesiya (odatda qaytuvchan, davolash tugaganidan 2-3 oydan keyin sochlarni o‘sishi tiklanadi; erkaklarda soch to‘kilishi soqolni o‘sishini to‘xtashi bilan kechadi).
  • Yuborilgandan keyin 1-2 kun davomida siydikni qizil rangga bo‘yalishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Epirubisin va antrasiklin qatoriga mansub boshqa preparatlariga yuqori sezuvchanlik
  • O‘smalarga qarshi boshqa preparatlar yoki radioterapiya avval o‘tkazilgan davolash kurslari oqibatida turg‘un yaqqol mielosupressiya yoki og‘ir darajadagi stomatitning mavjudligi
  • Antrasiklin antibiotiklarining (doksorubisin, daunorubisin) kumulyativ dozalari bilan avvalgi davolash
  • Anamnezida yurak yetishmovchiligi
  • Jigar yetishmovchiligi
  • Qon neytrofillar darajasi 1500/mm3
  • Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antrasinni o‘smalarga qarshi boshqa vositalar bilan birga majmuaviy ximioterapiyasida preparatlarni bir shprisda aralashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kimyoviy nomutanosibiligi tufayli, Antrasinni geparin bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

  • Antrasin bilan davolash sitostatik preparatlarni qo‘llash tajribasiga ega malakali shifokor nazorati ostida olib borilishi kerak. Xususan, preparatning yuqori dozasi bilan davolash bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar (chuqur mielosupressiya) tufayli, sinchkovlik bilan nazorat qilinishi kerak.
  • Antrasin sitotoksik dori vositasi hisoblanadi, shuning uchun u bilan muomala qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat ko‘zlarga tushgan hollarda uni darhol ko‘p miqdordagi suv yoki natriy xloridining izotonik eritmasida yuvish kerak. Preparat teri yoki shilliq qavatlarga tushgan hollarda preparat tekkan joylarni darhol ko‘p miqdordagi sovunli suv yoki natriy bikarbonatining eritmasi bilan yuvish kerak.
  • Antrasinni mushak ichiga yoki teri ostiga yuborish mumkin emas.
  • Antrasinning dozasi davolash sxemasi va majmuaviy davolashning tarkibiga kiruvchi preparatlarga qarab har bir pasient uchun shaxsiy ravishda belgilanadi.
  • Davolashni o‘tkazishdan oldin va imkoni boricha davolash vaqtida jigar faoliyatini tekshirish kerak.
  • Preparat bilan davolash davrida qon manzarasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
  • Yurak-qon tomir tizimi (YUQTT) tomonidan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarda tekshiruvlarning noinvaziv usullari yordamida YUQTT faoliyatini monitoring qilish kerak. Yurak faoliyatining holatini baholashning odatdagi usullariga elektrokardiografik (EKG) tekshiruvi va chap qorinchaning qisqaruvchanlik qobiliyatini tekshirish kiradi.
  • Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda Antrasinning dozasi kamaytirilishi kerak
  • Preparatni kamida 3-4 minut davomida yuborish kerak. Antarsinni mayda qon tomirlarga yoki preparatni bir venaga takroran yuborish ekstravazasiya va venani sklerozga uchrashiga olib kelishi mumkin.
  • Antrasin shilliq qavatlarni shikastlanishini yuqori xavfi bilan nurlanishning salbiy ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, ayniqsa yuqori dozalar qo‘llanilganda. Davolashni boshlashdan oldin, ayniqsa yuqori dozalarda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni sinchkovlik bilan oldini olish kerak.
  • Pasientlarni preparat yuborilgandan keyin 1-2 kun davomida siydikni qizil rangga bo‘yalishi mumkinligi haqida ogohlantirish kerak.
  • Antrasin o‘sma xujayralarining tez lizisi oqibatida giperurikemiyani kuchaytirishi mumkin. Davolash davrida ximioterapiya boshlangandan keyin qonda siydik kislotasi, kaliy, kalsiy, fosfatlar va kreatinin darajasini nazorat qilish kerak.
  • Vena ichiga in‘eksiya vaqtida ekstravazasiya atrof to‘qimalarni shikastlashi va yaralar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. In‘eksiya joyida achishish va og‘riq hissi preparatni atrofdagi to‘qimalarga tushganligidan dalolat berishi mumkin. Bunday xollarda infuziyani darhol to‘xtatish va boshqa venalarni ishlatib qayta boshlash kerak.
  • Antrasin mutagen va teratogen potensialga ega, shuning uchun davolash vaqtida erkaklar va ayollar kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanishlari kerak.

Avtomobilni boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: preparatning yuqori dozalarini qo‘llash 24 soat davomida miokardning o‘tkir degenerasiyasi, kechiktirilgan yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, ular doza oshirib yuborilgandan 6 oydan keyin va 10-14 kun davomida mielosupressiya rivojlanishi mumkin.

Davolash: antibiotiklar, qon, leykositar massa, koloniya hosil qiluvchi omil transfuziyasi, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli va o‘rami

Infuziya uchun konsentrasiyalangan eritma, 10 mg/5 ml va 50 mg/25 ml flakonda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +2oS dan +8oS gacha haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin!

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

2 yil

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ANTRASIN konsentrat 10mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ANTRASIN konsentrat 10mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ANTRASIN konsentrat 10mg/5ml dori vositasi Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ANTRASIN konsentrat 10mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ANTRASIN konsentrat 10mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SITARIN inyeksiya uchun eritma 1000mg/10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Sitarabin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
SITARIN inyeksiya uchun eritma 500mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Sitarabin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
KEMOKARB konsentrat 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Karboplatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
IRINOTEL konsentrat 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Irinotekan ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
GEMITA poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Gemsitabin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
SITARIN inyeksiya uchun eritma 100mg/1ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Sitarabin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
KEMOKARB konsentrat 150mg/15ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Karboplatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
IRINOTEL konsentrat 40mg/2ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Irinotekan ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
ZEKSAT konsentrat 50mg/2ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metotreksat ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
GEMITA poroshok 200mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Gemsitabin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
BEMOSIN poroshok 15YeD
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: bleomisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
LEYKOVORIN KALSIYA eritma dlya priema vnutr 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
KEMOPLAT konsentrat 50ml 1,0mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
KEMOPLAT konsentrat 10ml 1,0mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
VINELBIN inyeksiya uchun eritma 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
VINELBIN inyeksiya uchun eritma 10mg/1ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
ANTRASIN konsentrat 50mg/25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9