×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ANJELIK tabletkalari N28

Kategoriya:
- Tanosil tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Дроспиренон, Эстрадиол
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Байер Веймар ГмбХ и Ко.КГ/Байер АГ
ATX kodi:
- G03FA17
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 13 ta dorixonasida topildi

ico 69 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 130 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

O'xshash dorilar

VIZANNA tabletkalari 2mg N28 Bayer AG, Германия произведено: Bayer Waimer GmbH & Co. KG Germaniya
128 850 s`om dan
DJES tabletkalari N28 Байер Веймар Гмбх и Ко КГ Germaniya
198 000 s`om dan
LYUTEINA tabletkalari 50mg N30 Adamed Limited Liability Company, Польша произведено: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company Polsha
53 600 s`om dan
SAVIS tabletkalari 2mg N28 ОАО «Гедеон Рихтер» Vengriya
279 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ANJELIK tabletkalari N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ANJELIKÒ

ANGELIQÒ

Preparatning savdo nomi: AnjelikÒ

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Estradiol + Drospirenon

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: 1,0 mg estradiolga qayta hisoblangan estradiol gemigidrati, drospirenon 2 mg.

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati – 48,2 mg, makkajo‘xori kraxmali – 14,4 mg, o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali – 9,6 mg, povidon K25 – 4 mg, magniy stearati –
0,8 mg, gipromelloza – 1,0112 mg, makrogol 6000 – 0,2024 mg, talk – 0,2024 mg, titan dioksidi Ye171 – 0,5438 mg, temir III oksidi bo‘yovchisi Ye172 – 0,0402 mg.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidagi to‘g‘ri olti burchakda «DL» bo‘rtiq belgisi tushirilgan kulrang-pushti, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: estrogenlar bilan majmuadagi progestagenlar

ATX kodi: G03FA17

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Estradiol

Anjelik preparati endogen odam estradioliga kimyoviy va biologik jihatdan o‘xshash bo‘lgan sintetik 17ß-estradiol saqlaydi. Menopauza davrida ayollarda estrogenni ishlab chiqarilishini pasayishini kompensasiya qilish uchun ishlatiladi, menopauzal simptomlarini yengillashtiradi. Estrogenlar menopauzadan keyin yoki tuxumdonlar olib tashlangandan keyin suyak massasini yo‘qotilishini oldini oladi.

Drospirenon

Drospirenon (DRSP) – bu sintetik progestagendir.

Estrogenlar endometriyni o‘sishini rag‘batlantirishi tufayli, ushlab qoluvchi omillar bo‘lmaganida, bu endometriy giperplaziyasi va rakini yuz berish xavfini oshirishi mumkin. Progestagenni qo‘shilishi bachadoni olib tashlanmagan ayollarda estrogenlar tomonidan induksiya qilingan endometriy giperplaziyasini pasaytiradi, biroq inkor etmaydi.

Drospirenon aldosteron-antagonistik ta‘sir namoyon etadi. Buning oqibatida natriy va suvni chiqarilishini oshishi, shuningdek kaliyni chiqarilishini pasayishi kuzatiladi.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida drospirenon estrogen, glyukokortikoid yoki antiglyukokortikoid faollikni namoyon etmagan.

Klinik tadqiqotlar bo‘yicha ma‘lumotlar

  • Estrogen tanqisligi va qon ketishlari simptomlarini yengillashtirish

Menopauza simptomlarini yengillashishi davolash boshlangan paytdan boshlab birinchi bir nechta hafta davomida yuz beradi.

Amenoreya davolashning 10-12 oylarida 73% ayolda kuzatilgan. Hayz ko‘rishlar orasidagi qon ketishlari va/yoki qindan qonli ajralmalar 59% ayolda birinchi 3 oyida, shuningdek 27% pasientda davolashning 10-12 oylarida aniqlangan.

  • Osteoporozni profilaktikasi

Menopauzada estrogen tanqisligi suyakni remodellanishini kuchayishi va uning massasini kamayishi bilan kechadi. Estrogenning suyakning mineral zichligiga (SMZ) ta‘sir samarasi dozaga bog‘liq. Samarali himoyaga uzluksiz davolash natijasida erishiladi. O‘rinbosar gormonal davolash (O‘GD) bekor qilinganidan keyin suyak to‘qimasini rarefikasiyasini pasayish tezligi davolanmagan ayollardagi ko‘rsatkichlar bilan bir xil bo‘lgan.

WHI tadqiqotlari va meta-tahlilli tadqiqotlarining ma‘lumotlari, O‘GD faqat estrogenlar bilan yoki progestagen bilan majmuada – sog‘lom ayollarda – son suyagini, umurtqa pog‘onasini sinishini, shuningdek boshqa osteoporotik sinishlar xavfini pasaytirishini ko‘rsatdi. O‘GD shuningdek suyakning mineral zichligi past bo‘lgan va/yoki og‘ir osteoporozi bo‘lgan ayollarda sinishlarni oldini olishi mumkin, biroq buni tasdiqlovchi ma‘lumotlar cheklangan.

Anjelik preparati 2 yil qo‘llanganidan keyin son suyagining mineral zichligi osteogenezni buzilishi bo‘lgan pasientlarda 3,96 +/- 3,15% ga (o‘rtacha qiymati +/- SO) va bunday muammosi bo‘lmagan ayollarda 2,78 +/- 1,89% ga oshdi (o‘rtacha qiymati +/- SO). Davolanish davomida son suyagining suyakning mineral zichligi (SMZ) saqlanib qolgan yoki oshgan ayollar foizi osteogenez buzilganida 94,4% ni, va sog‘lom suyakda esa, 96,4% ni tashkil qildi.

Anjelik preparati umurtqa pog‘onasining bel qismi SMZ ko‘rsatkichiga xam ta‘sir ko‘rsatdi. Osteogenezni buzilishi bo‘lgan ayollarda 2 yil ichida bu ko‘rsatkichni o‘sishi 5,61 +/- 3,34% ni (o‘rtacha qiymati +/- SO), sog‘lom ayollarda esa – 4,92+/- 3,02% ni (o‘rtacha qiymati +/- SO) tashkil qildi. Osteogenezni buzilishi bo‘lgan 100% ayollarda davolanish davomida umurtqa pog‘onasining bel qismi SMZ saqlanib qoldi yoki oshdi. Suyak tomonidan muammosi bo‘lmagan ayollar uchun ushbu ko‘rsatkich 96,4% ni tashkil qildi.

  • Antimineralokortikoid faolligi

Drosperinon aldosteron-antagonistik xususiyatlarga ega, bu gipertenziya bilan xastalangan ayollarda arterial bosimni pasayishiga olib kelishi mumkin. 8 hafta davomida Anjelik preparati bilan davolangan gipertenziyasi bo‘lgan ayollarda (n=123), menopauza boshlangandan keyingi davrda o‘tkazilgan ikki tomonlama yashirin plasebo-nazoratli klinik tadqiqotlarda, sistolik/diastolik bosimni pasayishi aniqlangan (tashrif vaqtida manjeta ko‘rsatkichi dastlabki darajaga nisbatan – 12/-9 mm. sim. ust; muvofiqlashtirilgan plasebo samarasi -3/-4 mm sim ust; 24 soatdan keyin bosimni ambulator sharoitda o‘lchash dastlabki darajaga nisbatan – -5/‑‑3 mm sim ust, muvofiqlashtirilgan plasebo samarasi -3/-2 mm sim. ust bo‘lgan).

Anjelik preparati gipertenziyani davolash uchun mo‘ljallanmagan. Gipertenziyasi bo‘lgan ayollar gipertenziyani davolash bo‘yicha qo‘llanmalarga muvofiq davolanishlari lozim.

Farmakokinetikasi

Drospirenon

  • So‘rilishi

Peroral yuborilganidan so‘ng drospirenon tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Faol moddaning 21,9 ng/ml ni tashkil qiluvchi zardobdagi cho‘qqi darajalariga, bir marta qabul qilinganidan keyin 1 soatdan keyin erishiladi. Ko‘p marta qabul qilinganida maksimal muvozanatli konsentrasiyasi 35,9 ng/ml ni tashkil qiladi va taxminan 10 kundan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 76-85% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

  • Taqsimlanishi

Peroral qabul qilingandan keyin drospirenonning zardobdagi darajasi, taxminan 35-39 soatlik o‘rtacha yarim chiqarilish davri bilan ifodalanuvchi ikki fazada pasayadi. Drospirenon zardob albumini bilan bog‘lanadi, lekin jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin (JGBG) va kortikosteroidlar (GKS) ni bog‘lovchi globulin bilan bog‘lanmaydi. Preparatning zardobdagi umumiy konsentrasiyasining faqat 3-5% erkin steroid ko‘rinishida aniqlanadi. Drospirenonning o‘rtacha taxminiy taqsimlanish hajmi 3,7-
4,2 l/kg ni tashkil qiladi.

  • Metabolizmi

Peroral qabul qilinganidan keyin drospirenon jadal metabolizmga uchraydi. Qon plazmasidagi asosiy metabolitlari, lakton xalqalarini ochilishi yo‘li bilan olinadigan drospirenonning kislotali shakllari va shuningdek 4,5-digidro- drospirenon-3-sulfatidir. Ikkala metaboliti xam R450 tizimi jalb qilinmagan holda hosil bo‘ladi. Ikkala metaboliti xam farmakologik jihatdan faol emas. In vitro sharoitidagi tadqiqotlarning ma‘lumotlaridan kelib chiqqan holda, drospirenon sitoxrom P450 3A4 tomonidan minimal darajada metabolizmga uchrashi aniqlangan. In vitro tadqiqotlar va klinik tadqiqotlar Anjelik preparati qabul qilinganidan keyin DRSP ning CYP fermentlariga ingibisiya qiluvchi ta‘sirini ko‘rsatmagan.

  • Chiqarilishi

Drospirenonning zardobdagi metabolik tozalanishining tezligi, sub‘ektlararo taxminan 35% li o‘zgaruvchanlik bilan minutiga 1,2-1,5 ml/kg ni tashkil qiladi. Drospirenon o‘zgarmagan holda faqat juda oz miqdorlarida chiqariladi. Drospirenonning metabolitlari buyrak va ichak orqali taxminan 1,2:1,4 nisbatda chiqariladi. Metabolitlarining yarim chiqarilish davri taxminan 40 soatga teng.

  • Muvozanat holatining sharoiti va proporsionallik

Anjelik preparatini har kuni peroral qabul qilinganidan keyin drospirenonning konsentrasiyasi muvozanat holatiga taxminan 10 kundan keyin erishiladi. Drospirenonning zardobdagi darajalari, yakuniy yarim chiqarilish davri va dozalash intervalining nisbati natijasida taxminan 2-3 koeffisent bilan akkumulyasiya qilinadi. Muvonazanat holatida drospirenonning zardobdagi o‘rtacha darajalari
14-36 ng/ml diapazonida o‘zgarib turadi. Drospirenonning farmakokinetikasi 1 g dan
4 mg gacha bo‘lgan dozalash intervalida dozaga proporsionaldir.

Estradiol

  • So‘rilishi

Peroral qabul qilinganidan keyin estradiol tez va to‘liq so‘riladi. So‘rilganida va jigar orqali birinchi o‘tishida estradiol keng metabolizmga uchraydi, buning natijasida peroral qabul qilinganida estrogenning mutloq biokiraolishligi dozaning 5% gacha pasayadi. Taxminan 22 pg/ml bo‘lgan maksimal konsentrasiyalariga Anjelik preparatini bir marta peroral yuborilganidan keyin 6-8 soatdan so‘ng erishilgan. Ovqat qabul qilish preparatni och qoringa qabul qilinganiga nisbatan estradiolning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

  • Taqsimlanishi

Anjelik preparatini bir marta peroral yuborilganidan keyin 24 soat davomida faqat estradiolning qon zardobidagi asta-sekin o‘zgaruvchi darajalari kuzatiladi xolos. Qonda aylanayotgan estrogenlarning sulfati va glyukuronidlarning katta miqdori tufayli bir tomondan, va ikkinchi tomondan ichak-jigar sirkulyasiyasi tufayli, estradiolning yakuniy yarim parchalanish davri, bunday barcha jarayonlarga bog‘liq ravishda asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi va peroral yuborilganidan keyin taxminan 13-20 soat diapazonida bo‘ladi.

Estradiol qon zardobidagi albumin bilan nospesifik va jinsiy steroidlarni bog‘lovchi globulin (JSBG) bilan – spesifik bog‘lanadi. Faqatgina 1-2% estradiol erkin steroid ko‘rinishida, 40-45% JSBG bilan bog‘langan holda qonda aylanib yuradi. Bir marta vena ichiga yuborilgandan keyin estradiolning taxminiy taqsimlanish hajmi taxminan 1 l/kg ni tashkil qiladi.

  • Metabolizmi

Estradiol tez metabolizmga uchraydi va estron va estron sulfatidan tashqari, katta miqdorda boshqa metabolitlar va kon‘yugatlar hosil bo‘ladi. Estron va estriol estradiolning farmakologik faol metabolitlari sifatida ma‘lum; qon plazmasida yetarli konsentrasiyalarda faqat estron aniqlanadi. Estronning zardobdagi darajasi estradiolning darajasidan taxminan 6 marta yuqoridir. Estronning kon‘yugatlarini zardobdagi konsentrasiyalari erkin estronning muvofiq konsentrasiyalaridan taxminan 26 marta yuqoridir.

  • Chiqarilishi

Metabolik klirensi taxminan minutiga 30 ml/kg ni tashkil qiladi. Estradiolning metabolitlari siydik va safro bilan chiqariladi, yarim chiqarilish davri taxminan 1 sutkani tashkil etadi.

  • Muvozanat holati sharoiti

Anjelik preparatini har kuni peroral yuborilganidan keyin estradiolning konsentrasiyalari muvozanat holatiga 5 kundan so‘ng erishiladi. Estradiolning zardobdagi konsentrasiyalari taxminan 2 marta oshadi. Peroral qabul qilinganda estradiol JGBG ni hosil bo‘lishini induksiya qiladi, bu zardobdagi oqsillar yuzasidan taqsimlanishga ta‘sir qilib, JGBG bilan bog‘langan fraksiyani oshishini va albumin bilan bog‘langan va bog‘lanmagan fraksiyani pasayishini chaqiradi. Bu Anjelik preparatini qabul qilinganidan keyin estradiolning farmakokinetikasini proporsionalligini ko‘rsatadi. 24 soatlik dozalash intervalida estradiolning o‘rtacha muvozanatli konsentrasiyalari 20-43 pg/ml diapozonida o‘zgarib turadi. Estradiolning farmakokinetikasi 1 mg va 2 mg dozalarda dozaga proporsionaldir.

Alohida toifadagi pasientlar

Jigar yetishmovchiligi

DRSP 3 mg li bir martalik peroral dozasining 1 mg estradiol (E2) bilan majmuasining farmakokinetikasi o‘rtacha jigar yetishmovchiligi (Chayld Pyu bo‘yicha B) bo‘lgan 10 nafar ayolda va yoshi, tana vazni va chekish odati bor/yo‘qligi bo‘yicha tanlab olingan 10 nafar sog‘lom ayollarda baholangan. So‘rilish/taqsimlanish fazalarida zardobdagi DRSP konsentrasiyasining o‘rtacha profili bir xil Cmax va tmax ko‘rsatkichlari bo‘lgan ikkala guruhda bir xil bo‘lgan. Bu, jigar yetishmovchiligi so‘rilish tezligiga ta‘sir qilmasligini taxmin qilishga imkon beradi. O‘rtacha jigar yetishmovchiligi bo‘lgan guruhda o‘rtacha yakuniy yarim chiqarilish davri, jigar faoliyati normal bo‘lgan ayollar guruhiga nisbatan taxminan 1,8 marta yuqori bo‘lgan. Bundan tashqari, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan ayollarda taxminiy taqsimlanish hajmini taxminan 50 foizga pasayishi kuzatilgan.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligining DRSP (14 kun davomida sutkada 3 mg) farmakokinetikasiga ta‘siri buyrak faoliyati normal bo‘lgan, shuningdek yengil va o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan sub‘ektlarda o‘rganilgan. Muvozanat holatida yengil buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi CLcr, minutiga 50-80 ml) bo‘lgan guruhda DRSP ning zardobdagi darajalari buyrak faoliyati normal bo‘lgan (CLcr, > 80 ml/min) sub‘ektlarning ko‘rsatkichlari bilan bir xil bo‘lgan. O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (CLcr, minutiga 30-50 ml) bo‘lgan guruhda DRSP ning zadob darajalari, buyrak faoliyati normal bo‘lgan guruhga nisbatan 37% ga yuqori bo‘lgan. DRSP ning AUC (0-24 soat) ko‘rsatkichini kreatinin klirensiga nisbatan chiziqli regression tahlili, kreatinin klirensini minutiga 10 ml ga qisqarishi bilan 3,5 foiz oshishini aniqladi. Bu ozgina oshishi klinik ahamiyatli hisoblanmaydi.

Qo‘llanilishi

  • Menopauza boshlanganidan keyin 1 yildan ortiq vaqt o‘tganidan so‘ng estrogen tanqisligi belgilari bo‘lgan ayollarda gormonal o‘rinbosar davolash.
  • Osteoporozni oldini olish uchun boshqa dori vositalari samarasiz bo‘lgan yoki qo‘llash mumkin bo‘lmagan, sinish xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda postmenopauzal osteoporozni oldini olish uchun qo‘llaniladi.
  • 65 yoshdan oshgan ayollarda ushbu dori vositasining cheklangan qo‘llash tajribasi mavjud.

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar Siz estrogenlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki uzluksiz qabul qilishga mo‘ljallangan boshqa majmuaviy preparatdan Anjelik® ga o‘tsangiz, unda Siz davolanishni istalgan vaqtda boshlashingiz mumkin. Agar siz siklik O‘GD uchun majmuaviy preparatdan Anjelik® ga o‘tsangiz, preparatni qabul qilishni bekor qilish oqibatidagi qon ketishi to‘xtaganidan so‘ng boshlash kerak.

Har bir o‘ram 28 kun qabul qilishga mo‘ljallangan.

Har kuni qobiq bilan qoplangan bir tabletkadan qabul qilish kerak. Joriy o‘ramidagi 28 tabletkani qabul qilish tugaganidan so‘ng, keyingi kundan boshlab AnjelikÒning yangi o‘ramidan qabul qilish boshlanadi (uzluksiz O‘GD), bunda avvalgi o‘ramidagi 1 chi tabletka haftaning qaysi kunida qabul qilingan bo‘lsa, keyingi o‘ramidagi 1 chi tabletka ham o‘sha vaqtda qabul qilinishi lozim.

Tabletkani butunligicha oz miqdordagi suv bilan yutiladi. Tabletka sutkaning qaysi vaqtida qabul qilinishi ahamiyatga ega emas, biroq avval qaysi vaqtda qabul qilishni boshlagan bo‘lsangiz keyinchalik ham aniq o‘sha vaqtda qabul qilish tavsiya etiladi. Unutilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilish lozim.

Agar tabletkani odatdagi qabul qilish vaqtidan 24 soatdan ortiq vaqt o‘tib ketgan bo‘lsa, qo‘shimcha tabletkani qabul qilmaslik kerak. Bir nechta tabletka qabul qilinishi o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, vaginal qon ketishlari rivojlanishi mumkin.

Alohida toifadagi pasientlar uchun qo‘shimcha ma‘lumotlar

Bolalar va o‘smirlar

Anjelik preparati bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilmaydi.

Keksa yoshdagi odamlar

Keksa yoshdagi pasientlarda preparatning dozasini o‘zgartirish lozimligini ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar yo‘q.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Drospirenon yengil va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan ayollar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi (Farmakokinetik xususiyatlari bo‘limiga qarang). Anjelik preparatini og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan ayollarda drospirenonning ekspozisiyasini biroz oshishi aniqlangan, lekin taxmin qilinishicha, bu klinik ahamiyatli emas («Farmakokinetikasi» bo‘limiga qarang). Anjelik preparatini og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida jadvalda regulyator faoliyatning Tibbiy lug‘ati (MedDRA) bo‘yicha tizim a‘zolari sinfi bo‘yicha tasniflangan nojo‘ya reaksiyalar keltirilgan. Nohush ko‘rinishlar (NK) ni yuz berish tez-tezligi klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari asosida aniqlangan. Nojo‘ya reaksiyalar 7 ta klinik tadqiqotlarning III Fazasida (n=2424 ayol) qayd etilgan. Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar: ko‘krakda og‘riq (> 10%), shuningdek davolashning birinchi oylarida qon ketishlari va qonli ajralmalar (> 10%) bo‘lgan. Qon ketishi buzilishlari, odatda uzluksiz davolash vaqtida o‘tgan (Farmakodinamikasi bo‘limiga qarang). Qon ketishlari holatlarining tez-tezligi davolash davomiyligiga proporsional ravishda qisqaradi.

Tizim-a‘zolari sinfi Juda tez-tez
(
³ 1/100 dan < 1/10 gacha)
Tez-tez
(
³ 1/1000 dan < 1/100 gacha)
Kam hollarda
(< 1/1000)
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Anemiya
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar Tana vaznini oshishi yoki kamayishi, ishtahani yo‘qolishi, ishtahani oshishi, giperlipidemiya
Ruhiyatni buzilishlari Depressiya, emosional noturg‘unlik, asabiylik Uyquni buzilishi, bezovtalik, libidoni pasayishi
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i Paresteziya, diqqatni jamlashni buzilishi, bosh aylanishi Vestibulyar bosh aylanishi
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar Ko‘rishni buzilishi
Eshitish a‘zosi va muvozanat tomonidan buzilishlar Quloqlarni jaranglashi
Yurak tomonidan buzilishlar Yurakni tez urib ketishi
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar Emboliya, venalar trombozi, gipertenziya, migren, tromboflebit, varikoz
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari  tomonidan buzilishlar Hansirash
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qorinni kattalashishi Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, diareya, qabziyat, qusish kserostomiya, meteorizm, ta‘m sezish hissini o‘zgarishi
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Jigarning funksional sinamasi ko‘rsatkichlarini siljishi O‘t-tosh kasalligi
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Terini shikastlanishi, husnbuzar, sochni to‘kilishi, qichishish, tuklarni xaddan ziyod o‘sib ketishi, sochlarning holatini yomonlashishi
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar Qo‘l-oyoqlarda og‘riq, belda og‘riq, bo‘g‘imlarda og‘riq, mushaklarni tortishishlari Mushaklarda og‘riq
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Siydik chiqarish yo‘llarining kasalliklari, siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari
Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar Sut bezining xavfsiz o‘smasi, sut bezlarini kattalashishi, bachadon fibroidlarini kattalashishi, bachadon bo‘ynining xavfsiz o‘smasi, hayz ko‘rish siklini buzilishi, qindan ajralmalar

 

Sut bezi karsinomasi, endometriy giperplaziyasi, bachadonning xavfsiz o‘smasi, fibroz-kistoz mastopatiya, bachadon kasalliklari, tuxumdonlar ishini buzilishi, bachadon bo‘yni kasalliklari,

Chanoqda og‘riq, vulvovaginal buzilishlar, vaginal kandidoz, vaginit, vaginal quruqlik

Bachadon nayini yallig‘lanishi, sut bezida sutni tutib turolmaslik
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar Umumiy holsizlik, mahalliy shish Tarqoq shish, ko‘krakda og‘riq, disforiya, kuchli terlash Isitma
Reaksiyani, shuningdek uning analoglari va unga yaqin holatlarni ta‘riflash uchun MedDRA eng to‘g‘ri keladigan atamasi ishlatiladi.

Alohida toifadagi pasientlar bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumotlar

Anjelik preparatini qo‘llanishi bilan bog‘liq quyidagi noxush ko‘rinishlar, tadqiqotchi tomonidan «bo‘lishi mumkin» sifatida tasniflanib, gipertenziya bilan xastalangan ayollar ishtirokidagi ikkita klinik tadqiqotlar jarayonida qayd etilgan edi.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Giperkaliemiya.

Yurak tomonidan buzilishlar

Yurak yetishmovchiligi, yurak bo‘lmachalari lipillashi, QT intervalni uzayishi, yurakni kengayishi.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar

Qonda aldosteron darajasini oshishi.

O‘GD preparatlarini qo‘llanishi oqibatida quyidagi noxush ko‘rinishlar: tugunli eritema, ko‘p shaklli eritema, yuz terisini giperpigmentasiyasi va gemorragik dermatit to‘g‘risida xabar berilgan.

Sut bezi rakining xavfi

5 yildan ortiq majmuaviy estrogen-progestagen preparati bilan davolangan ayollarda, sut bezi rakini rivojlanish xavfi 2 marta oshishi haqida xabar beriladi. Estrogen bilan monoterpiya qabul qilgan pasientlardagi yuqori xavf, estrogenlarni progestagenlar bilan majmuada qabul qilayotgan ayollarga nisbatan ancha past bo‘lgan. Xavf darajasi preparatlarni qo‘llash davomiyligiga bog‘liqdir.

Endometriy raki xavfi

Bachadoni olib tashlanmagan menopauzadan keyingi davrdagi ayollar

Endometriy rakini rivojlanish xavfiga O‘GD ni qabul qilmayotgan, bachadoni olib tashlanmagan 1000 ayoldan taxminan har 5 nafari duchor bo‘ladi. Bachadoni olib tashlanmagan ayollar uchun estrogenlar bilan monoterapiya tavsiya etilmagan, chunki bu rakni rivojlanish xavfini oshiradi. Estrogen bilan davolash davomiyligi va estrogenlarning dozasiga qarab, epidemiologik tadqiqotlarda endometriy rakining xavfini oshishi 50 dan 65 yoshgacha bo‘lgan 1000 nafar ayolga 5 dan 55 gacha qo‘shimcha holat sifatida o‘zgarib turgan. Estrogen bilan davolashga, xech bo‘lmaganda siklning 12 kuni davomida progestagenni qo‘shilishi, yuqori xavfdan saqlanishga imkon beradi. Million Women Study tadqiqotida majmuaviy (ketma-ket va uzluksiz) O‘GD ni 5 yil davomida qo‘llanilishi endometriy rakining xavfini oshishini chaqirmagan (OR 1,0 (0,8-1,2)).

Tuxumdonlar raki

Estrogen bilan davolashni va majmuaviy estrogen-progestagen O‘GD ni uzoq muddat qo‘llanilishi tuxumdonlar rakini biroz oshishiga olib keladi. Million Women Study tadqiqotida 5 yil davomiylikdagi O‘GD 2500 pasientga tuxumdonlar rakining 1 ta qo‘shimcha holatini chaqirgan.

Venoz tromboemboliya xavfi

O‘GD venoz tromboemboliya (VTE), ya‘ni chuqur venalar trombozi yoki o‘pka emboliyasini rivojlanishining nisbatan 1,3-3 barobar yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunga o‘xshash holatni gormonal davolashning birinchi yili davomida yuz berish ehtimoli yuqoriroqdir.

Yurak ishemik kasalligi xavfi

Yurak ishemik kasalligini rivojlanish xavfi, majmuaviy estrogen-progestagen O‘GD ni qabul qilayotgan 60 yoshdan oshgan ayollarda biroz yuqori bo‘lgan.

Ishemik insult xavfi

Estrogen monoterapiyasini va estrogen-progestagen davolashni olib borilishi ishemik insultning nisbiy xavfini 1,5 marta oshishi bilan kechadi, O‘GD gemorragik insult xavfini oshirmaydi.

Bunday nisbiy xavf pasientning yoshiga yoki davolash davomiyligiga bog‘liq emas. Biroq, boshlang‘ich xavf pasientning yoshiga uzviy bog‘liq ekanligi tufayli, ayollarda O‘GD ni o‘tkazilganda insultning umumiy xavfi yoshga bog‘liq ravishda oshadi «Ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang.

Estragenlar/progestagenlar bilan davolash bilan bog‘liq quyidagi boshqa noxush reaksiyalar to‘g‘risida xabar berilgan

  • O‘t pufagi kasalliklari
  • Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan buzilishlar: yuz terisi giperpigmentasiyasi, ko‘p shaklli eritema, tugunli eritema, qon tomir purpurasi.
  • 65 yoshdan oshganda aqli zaiflik yuz berishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Quyidagi sanab o‘tilgan holatlarning birontasi bo‘lganida Anjelik® preparatini qabul qilishni boshlash tavsiya etilmaydi. Agar Anjelik® preparatini qabul qilish vaqtida ushbu holatlardan birontasi kuzatilsa, unda preparat qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak.

  • Homiladorlik va laktasiya
  • Kelib chiqishi no‘malum bo‘lgan qindan qon ketishlari
  • Gumon qilingan yoki tasdiqlangan sut bezi raki
  • Gormonga bog‘liq bo‘lgan rak oldi kasalligi yoki tasdiqlangan yoki gumon qilingan gormonga bog‘liq bo‘lgan xavfli o‘sma tashxisi
  • Hozirgi vaqtidagi yoki anamnezdagi jigar o‘smasi (xavfli yoki xavfsiz)
  • Og‘ir jigar kasalliklari
  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi og‘ir buyrak kasalliklari (buyrak faoliyatining ko‘rsatkichlari normallashgunigacha)
  • O‘tkir arterial tromboz yoki tromboemboliya, shu jumladan miokard infarkti, insultga olib keluvchi
  • Zo‘rayish davridagi chuqur venalar trombozi, hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi tromboemboliyalar
  • Yaqqol namoyon bo‘lgan gipertrigliseridemiya
  • AnjelikÒ preparatining komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
  • Laktazani tug‘ma tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya.

Dori vositasini endometriy giperplaziyasida, hozirgi vaqtdagi va anamnezdagi o‘tkir jigar kasalliklarida (jigar faoliyati ko‘rsatkichlari normallashgunigacha), trombofiliyada (masalan, S proteini, S proteini yoki antitrombin tanqisligida), porfiriyada qo‘llash mumkin emas.

Agar Anjelik® preparatini qabul qilish fonida bu holatlardan birontasi paydo bo‘lsa, preparatni qabulqilishni darhol to‘xtating va shifokoringizga murojaat qiling.

Ehtiyotkorlik bilan

AnjelikÒ preparatini quyidagi kasalliklarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak: arterial gipertenziya, tug‘ma giperbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Djonson va Rotor sindromlari), xolestatik sariqlik yoki homiladorlik davridagi xolestatik qichishishi, endometrioz, bachadon miomasi, qandli diabet («Maxsus ko‘rsatmalar» ga qarang).

Shuni e‘tiborga olish lozimki, estrogenlar alohida yoki gestagenlar bilan birgalikda quyidagi kasalliklar va holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak: chekish, giperxolesterinemiya, semizlik, tizimli qizil yugurik, demensiya, o‘t pufagi kasalliklari, ko‘zning to‘r pardasi trombozi, o‘rtacha gipertrigliseridemiya, surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUE) da shish, og‘ir gipokalsiemiya, endometrioz, bronxial astma, tutqanoq, migren, porfiriya, jigar gemangiomalari, giperkaliemiya, giperkaliemiyani rivojlanishiga olib keluvchi holatlar, giperkaliemiyani chaqiruvchi dori vositalar – DV ni – kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, AAF ingibitorlari, angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini va geparinni qabul qilish.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalarining Anjelik preparatiga ta‘siri

Estrogenlarning [va progestagenlarning] metabolizmi dori vositalarning metabolizmida qatnashuvchi fermentlar, xususan sitoxrom P450 fermentlarini induksiya qiluvchi dori vositalarni bir vaqtda qo‘llash oqibatida tezlashishi mumkin. Ularga tirishishga qarshi vositalar (fenobarbital, difenin, karbamazepin) va infeksiyaga qarshi preparatlar (rifampisin, rifabutin, nevirapin, efavirenz) kiradi.

Faol ingibitorlar sifatida ma‘lum bo‘lgan ritonavir va nelfinavir, steroid gormonlar bilan majmuada qo‘llanganda, aksincha, induksiya qiluvchi xususiyatlarni namoyon etadi. Dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o‘tlardan olingan dori vositalari estrogenlarning (va progestagenlarning) metabolizmini induksiya qilishi mumkin.

Klinik nuqtai nazardan, estrogenlar va progestagenlarning metabolizmini kuchayishi preparatning samaradorligini pasayishiga va bachadondan qon ketishlari profilini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Drospirenonning asosiy metabolitlari sitoxrom P450 tizimining ishtirokisiz hosil bo‘ladi. Shunday qilib, ushbu ferment tizimini drospirenonning metabolizmiga ta‘sir qilish ehtimoli kam.

Anjelik preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Muvozanat holatda drospirenonni sutkada 3 mg dozada, shuningdek marker substrat sifatida omeprazol, simvastatin yoki midazolam qabul qiligan ko‘ngilli ayollarda o‘tkazilgan ingibisiya qilinishi yuzasidan in vitro tadqiqotlar va dori vositalarning o‘zaro ta‘siri bo‘yicha in vitro tadqiqotlarning narijalaridan kelib chiqib, drospirenon va metabolizmi sitoxrom P450 ishtirokida kechuvchi boshqa preparatlar o‘rtasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir ehtimoli kam deyish mumkin.

Anjelik preparatini NYAQV yoki AAF ingibitorlari/ angiotenzin II reseptori antagonistlari bilan majmuada buyurilishi, qon zardobida kaliy darajasini oshishini chaqirishi kuzatilmaydi. Shunday bo‘lsada, bu uch turdagi preparatlarni bir vaqtda qo‘llanishi zardobdagi kaliy darajasini biroz oshishini chaqirishi mumkin, bu qandli diabeti bilan xastalangan ayollarda yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. Anjelik preparatini va gipertenziyani davolash uchun qo‘llaniladigan gipotenziv vositalarni bir vaqtda qo‘llanilganda gipotenziv samarani kuchayishi kuzatilishi mumkin («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

 

Alkogol bilan o‘zaro ta‘siri

O‘GD ni o‘tkazish vaqtida alkogolni xaddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish qonda aylanib yurgan estradiolning darajasini toshishiga olib kelishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Trombozni rivojlanishining bir nechta xavf omillari bo‘lgan yoki xavf omillaridan biri yuqori yaqqollik darajasiga ega bo‘lgan ayollarga O‘GD buyurilganda, xavf omillari ta‘sirini va trombozni rivojlanishiga qarshi buyurilgan davolashni o‘zaro kuchayishi mumkinligini hisobga olish lozim. Bunday hollarda mavjud omillarning yig‘indi ko‘rsatkichi oshadi. Yuqori xavf bo‘lgan hollarda Anjelik® preparatini qo‘llash mumkin emas.

Tibbiy ko‘riklar

Anjelik® preparatini qabul qilishni boshlash yoki qaytadan boshlashdan oldin, so‘ngra esa davolanish vaqtidagi bir xil vaqt oraliqlaridan keyin (kamida 6 oyda 1 marta) ginekologik va umum tibbiy tekshiruvlarni, shu jumladan arterial bosimni o‘lchab turish, sut bezlari, qorin bo‘shlig‘i a‘zolari va chanoq a‘zolarining holatini baholash xamda boshqa zarur tekshiruvlarni o‘tkazish lozim.

Tibbiy ko‘rik (shu jumladan prolaktinning konsentrasiyasini vaqti-vaqti bilan aniqlash) pasientda prolaktinoma bo‘lgan hollarda zarurdir.

Agar o‘rinbosar gormonal davolash kuyida keltirilgan holatlar yoki kasalliklardan biri bo‘lganida o‘tkazilsa, sizga sinchkov shifokor kuzatuvi kerak bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, agar sizda shu xolatlardan biri aniqlansa, AnjelikÒ preparatini qabul qilishni boshlashdan avval o‘z shifokoringizga xabar bering.

  • hozirgi vaqtda yoki anamnezda sizda yoki sizning yaqin qarindoshlaringizdan birontasida trombozlar bo‘lsa.

Xavf yosh o‘tgani sayin oshib boradi va quyidagilarda maksimal bo‘ladi, agar:

  • siz yoki sizning yaqin qarindoshlaringizdan birontasida oyoq yoki o‘pka qon tomirlari trombozi bo‘lsa
  • sizda venalarni varikoz kengayishi bo‘lsa
  • sizda tana vazni ortiqcha bo‘lsa
  • chuqur joylashgan venalar trombozini xavfi operasiyalar, jiddiy jarohatlar yoki uzoq vaqt harakatsizlik oqibatida vaqtinchalik oshadi. Agar siz AnjelikÒ preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, rejalashtirilayotgan har qanday gospitalizasiya yoki xirurgik aralashuv haqida shifokorga (4-6 hafta avval) xabar bering;
  • bachadon fibromiomasi;
  • hozirgi vaqtdagi yoki ilgari bo‘lgan endometrioz;
  • jigar yoki o‘t pufagi kasalliklari.

O‘tkazilgan gepatitdan so‘ng preparat kamida 6 oydan so‘ng buyurilishi mumkin (jigar faoliyatini ko‘rsatkichlari normaga yetguncha qadar)

  • avvalgi homiladorlik davridagi yoki avvalgi jinsiy gormonlar qabul qilinganida kuzatilgan sariqlik;
  • qandli diabet;
  • arterial gipertenziya (yuqori arterial bosimi);
  • ayni vaqtdagi yoki o‘tmishda kuzatilgan xloazma (teridagi sarg‘ish–jigarrang pigmentli dog‘lar). Agar ular sizda bo‘lsa quyoshda uzoq vaqt bo‘lish yoki ultrabinafsha nurlanishdan saqlaning;
  • tutqanoq;
  • sut bezlarining xavfsiz o‘sma kasalliklari (mastopatiya);
  • bronxial astma;
  • migren;
  • qonda trigliseridlarning yuqori miqdori;
  • porfiriya;
  • otoskleroz;
  • tizimli qizil yugurik;
  • kichik xoreya;

O‘GD ni o‘tkazilishiga taalluqli bo‘lgan quyidagi ogohlantirishlarni, AnjelikÒ preparati ishlatilganida ham e‘tiborga olinishi kerak.

AnjelikÒ kontrasepsiya maqsadida qo‘llanilmaydi.

Kontrasepsiya zarurati tug‘ilganida shifokor sizga nogormonal usullarni (taqvimiy va haroratli (temperatur) usullardan tashqari usulni) tanlab beradi. Homiladorlikka shubha tug‘ilganda, homiladorlik istisno qilingunga qadar preparatni qabul qilishni to‘xtatib turish kerak.

O‘GD va o‘smalar

  • Endometriy raki

Faqat birgina estrogenlar uzoq vaqt qo‘llanilganida bachadon shilliq qavatini rakini (endometriy rakini) ehtimoli oshadi. AnjelikÒ preparati tarkibidagi gestagen, bu xavfni kamaytiradi.

AnjelikÒ ni qabul qilish fonida sizda tez-tez hayz siklini buzilishi yoki kuchli qon ketishlar kuzatilsa shifokoringizga xabar bering.

  • Sut bezi raki

Klinik sinovlarning ma‘lumotlari va kuzatilgan tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha O‘GD ni bir necha yil davomida qo‘llagan ayollarda sut bezi rakini rivojlanishining nisbiy xavfini oshishi aniqlangan. Nisbiy xavf davolanish davomiyligi oshgani sayin oshadi, lekin faqat estrogenlar bilan davolanganda yo‘q bo‘lishi yoki pasayishi mumkin. Xavfni bu oshishi, tabiiy menopauzasi yil sayin kechikib o‘tadigan ayollarda, shuningdek  semizlikda va alkogolni xaddan ziyod iste‘mol qilinganida sut bezi rakini yuz berish xavfini oshishi bilan bir xil bo‘lgan.

Oshgan bu xavf O‘GD to‘xtatilganidan keyin birinchi bir necha hafta davomida odatdagi darajagacha asta-sekin pasayadi.

O‘GD sut bezlarining mammografik zichligini oshiradi, bu esa ba‘zi hollarda sut bezi rakini rentgenologik jihatdan aniqlashga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

  • Jigar o‘smasi

Juda kam hollarda jinsiy gormonlar qo‘llanilganida jigarni xavfsiz o‘smalari, yana ham kamroq hollarda – xavfli o‘smalarini rivojlanishiga kuzatilgan. Alohida hollarda bunday o‘smalardan qorin bo‘shlig‘iga qon ketishi bemorning hayotiga xavf tug‘dirgan. Bunday holatlarni o‘tkazilayotgan O‘GD bilan bog‘liqligi isbotlanmagan. Garchi bunday holatlarni yuz berish ehtimoli juda ham kam bo‘lsada, agar sizda qorinning yuqori qismida qisqa vaqt davomida o‘tib ketmaydigan g‘ayri tabiiy hissiyotlar paydo bo‘lsa, shifokorga xabar bering.

AnjelikÒni qabul qilishni darhol to‘xtatishni talab qiladigan sabablar

Quyidagi holatlardan birontasi sizda yuz bersa, siz davolashni darhol to‘xtatishingiz va shifokorga murojaat qilishingiz kerak:

  • ilk bor paydo bo‘lgan migren xuruji (oldin ko‘rishni buzilishi bo‘lib, so‘ngra lo‘qillab bosh og‘rishi va ko‘ngil aynishi bilan xarakterlanuvchi holat);
  • mavjud bo‘lgan migrenni zo‘rayishi; har qanday odatdagidan ko‘proq yoki odatdagidan og‘irroq bosh og‘riqlari;
  • ko‘rish yoki eshitishni to‘satdan buzilishi;
  • venalarni yallig‘lanishi (flebit);

Agar AnjelikÒni qabul qilish fonida sizda tromboz paydo bo‘lsa yoki bunga uni yuz berganiga shubha tug‘ilsa, preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Tromboz bo‘lishi mumkinligidan dalolat beruvchi belgilariga quyidagilar kiradi

  • qon aralash yo‘tal;
  • qo‘l va oyoqlarning odatdagi bo‘lmagan og‘riqlari yoki ularni shishishi
  • to‘satdan havo yetishmasligi
  • xushdan ketish

Homiladorlik yoki sariqlik rivojlangan holda ham AnjelikÒ preparatini qabul qilishni darhol to‘xtatish lozim.

Agar sizda uzoq muddatli amenoreyadan keyin qon ketishi yuz bersa, bu haqida o‘z shifokoringizga xabar bering; ehtimol bu kuzatuvni talab etishi mumkin.

Qindan qon ketishi

AnjelikÒ preparati muntazam (regulyar) qon ketishlarisiz O‘GD ni o‘tkazish uchun ishlab chiqarilgan. Shunday bo‘lsada, davolashni birinchi oylarida sizda qindan muntazam bo‘lmagan qon ketishlari bo‘lishi mumkin. Odatda bu surkaluvchi qonli ajralmalardir, ammo ba‘zida jadalroq kuchli qon ketishlari kuzatilishi mumkin. Bunday qon ketishlar odatda vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lib, odatda davolash davom ettirilganida o‘tib ketadi.

Agar qon ketishi uzoq vaqt saqlansa, kuchaysa, shuningdek agar, qon ketishi uzoq vaqt bo‘lmaganidan keyin (amenoreya) sizda qon ketishi boshlansa, albatta shifokorga  murojaat qiling, chunki bu holatda tegishli tekshiruvni o‘tkazish zarurati tug‘ilishi mumkin.

Laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ta‘siri

Jinsiy gormonlarni qabul qilish ba‘zi laboratoriya tekshiruvlarni natijalariga ta‘sir etishi mumkin.

Agar siz Anjelik® preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz doim shifokorni xabardor qiling.

Qo‘shimcha ma‘lumotlar

65 yoshgacha bo‘lgan ayollarda dozaga tuzatish kiritish zarurati to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Agar siz 65 yoshdan katta yoshda Anjelik® preparatini qabul qilishni boshlayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Yengil yoki o‘rtacha jigar yetishmovchiligi bo‘lgan ayollarda drospirenon yaxshi o‘zlashtiriladi.

Buyrak faoliyatini yengil yoki o‘rtacha buzilishi bo‘lgan ayollarda drospirenonni chiqarilishini ancha sekinlashishi kuzatilgan, bu klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan.

Homiladorlik va laktasiya

O‘rinbosar gormonal davolashni (O‘GD) homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Agar Anjelik preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik aniqlansa, preparatni darhol bekor qilish kerak.

Jinsiy gormonlarning ozgina miqdori ona suti bilan ajralib chiqishi mumkin.

Mashinalar xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Anjelik avtomobilni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Sutkalik terapevtik dozadan ko‘p marta ortiq dozalarni behosdan qabul qilinganida, jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar xavfi aniqlanmagan. Doza oshirib yuborilganida aniqlanishi mumkin bo‘lgan simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, qindan qon ketishi.

Spesifik antidoti yo‘q, davolash – simptomatik. Doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish kerak.

 

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 28 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterlarda.

1 yoki 3 blisterdan blisterlarni olib yurish uchun cho‘ntakchalar va qo‘llash yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ANJELIK tabletkalari N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ANJELIK tabletkalari N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ANJELIK tabletkalari N28 dori vositasi Байер Веймар ГмбХ и Ко.КГ/Байер АГ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ANJELIK tabletkalari N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ANJELIK tabletkalari N28 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YARINA tabletkalari N21
Narh: 170 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9