×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AREPLEKS tabletkalari 75 mg N28

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Adamed Pharma S.A.
Vakil:
- Adamed S.A.
ATX kodi:
- B01AC04
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 96 ta dorixonasida topildi

ico 115 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 140 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 117 500 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Areplex-dumalak Forli, ikki ruklama kavatik, orqasida rangli kabik bilan koplangan planshetlar. 28 planshet shisha poliamid / alyuminiy / PVX va alyuminiy folga qavariq kengashi karton cutilarga joylangan. Medbietda kullanilishiga yilda yuriknomas bilan birga.

Arepleks umumiy nomi "antiagregantlar" deb ataluvchi dori preparatlari guruhiga kiradi. Trombositlar - bu qizil (eritrositlar) yoki oq (leykositlar) qon xujayralaridan kichikroq bo'lgan, qon ivishi jarayonida yopishib oladigan mikroskopik qon plastinkalaridir. Xujayralarni yopishib qolishini oldini olib, antiagregant preparatlar tromblarni hosil bo'lish ehtimolini (tromboz deb ataluvchi jarayonni) susaytiradi.

Arepleks qon tomirlarni (arteriyalarni) aterosklerotik shikastlanishlarida, ya'ni aterosklerozda va unga bog'liq bo'lgan o'tkir holatlarga (miya insulti, yurak xuruji yoki o'lim kabilarga) olib kelishi mumkin bo'lgan trombozni (tromblarni hosil bo'lishini) oldini olish uchun qo'llanadi.

So'rilishi. 75 mg dozada klopidogrel bir martalik va kursli peroral qo'llanganda tez so'riladi. Klopidogrel tez so'riladi. Qon plazmasida (75 mg bir dozani peroral qo'llangandan keyin taxminan 2,2-2,5 mg/ml) klopidogrelni o'zgarmagan o'rtacha cho'qqi kontsentrasiyasi qabuldan keyin taxminan 45 minutdan keyin erishiladi. Klopidogrel metabolitlarining siydik bilan chiqarilishiga ko'ra uning so'rilishi taxminan 50% tashkil qiladi.

Klopidogrelning xavfsizligi 42000 dan ziyod pasientlarda baholangan. Ushbu pasientlarning 9000 dan ortig'i 1 yil va undan ko'p vaqt davomida preparat bilan davolangan. Nazoratli klinik tadqiqotlarda (CAPRIE, CURE i CLARITY) klinik ahamiyatli nojo'ya reaktsiyalarini rivojlanishi kuzatilgan. Birinchi tadqiqotda klopidogrel faqat sutkada 325 mg dozada qo'llangan ask bilan taqqoslangan.  Qolgan tadqiqotlarda klopidogrel sutkada 75-325 mg dozada qo'llangan ask bilan birga qo'llangan va faqat ask ni qabul qilish bilan taqqoslangan. Qon ketishi, ko'p hollarda davolashning birinchi oyi davomida, klinik va postmarketing sinovlardagi keng tarqalgan reaktsiya hisoblanadi.  

Ma'lumki, CAPRIE tadqiqotida sutkada 75 mg dozadagi klopidogrel yoshi, jinsi yoki etnik mansubligidan qat'iy nazar, sutkada 325 mg qo'llangan ask ga nisbatan yaxshi o'zlashtirilgan. Klopidogrelni qabul qilgan pasientlarda qon ketishlarni rivojlanishining umumiy soni 9,3% bo'lgan. Jiddiy qon ketishlarning tez-tezligi 1,4%, me'da-ichakdan qon ketishlar - 2,0% bo'lgan, kasalxonaga yotqizish zarurati 0,7% hollarda yuzaga kelgan.  Bosh miya ichiga qon quyilishlar soni 0,4% bo'lgan.

CURE: Plasebo+ask qabul qilishga qaraganda klopidogrel va ask majmuasi jiddiy qon ketishlarning ahamiyatli oshishi bilan bog'liq bo'lgan (3,7% 2,7% ga qarshi, 95% II 1,13-1,67), ammo hayot uchun xavfli holatlarni yoki o'limga olib keluvchi qon ketishlarni statistik ahamiyatli oshishi bilan emas (xodisalarning tez-tezligi: 2,2% 1,8% ga qarshi va 0,2% 0,2% ga qarshi). Bosh miya ichiga qon kuyilishlarning tez-tezligi 0,1% yoki 0,1%, hayotga xavf tug'diruvchi jiddiy qon ketishlarning tez-tezligi 1,6% 1,0% ga qarshi, me'da-ichakdan qon ketishlar - 1,3% 0,7%ga qarshi yoki arterial punktsiya sohasidagi qon ketish - 0,6% 0,3% ga qarshi tashkil etgan, shuningdek ahamiyatsiz qon ketishlarning paydo bo'lish tez-tezligi - 5,1% 2,4% ga qarshi bo'lgan.   

Koronar shuntirlash operasiyasidan keyin 7 kun mobaynida, operasiyadan kamida 5 kun oldin antitrombotik davolashni to'xtatgan pasientlarda (4,4% 5,3%ga qarshi) qo'shimcha jiddiy qon quyilishlar aniqlanmagan. Shuntirlash operasiyasidan oxirgi 5 kun mobaynida davolashni davom etgan pasientlarda qon kuyilishlar tez-tezligi 9,6% 6,3% ga qarshi tashkil etgan. 

CLARITY tadqiqotida klopidogrel bilan ask plasebo bilan ask ga qarshi qabul qilinishida qon ketishning tez-tezligi oshgan bo'lgan (17,4% 12,9%ga qarshi). Biroq, jiddiy qon ketishlarning tez-tezligi ikkala guruhda ham deyarli bir hil bo'lgan (1,3% 1,1% ga qarshi). O'limga olib keluvchi qon ketishlar (0,8% 0,6% ga qarshi) va miya ichiga qon quyilishlar (0,5% 0,7% ga qarshi) tez-tezligi past bo'lgan va ikkala guruhda ham o'xshash bo'lgan. 

Quyida nojo'ya ta'sirlari a'zolar tizimi va yuz berish tezligiga qarab sanab o'tilgan.  Rivojlanish tez-tezligi quyidagi toifada keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 − <1/10); tez-tez emas (≥1/1000 − <1/100); kam hollarda (≥1/10000 − <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000).

Juda kam hollarda rivojlanadigan nojo'ya samaralar postmarketing tadqiqotlar vaqtida kuzatilgan; paydo bo'lish tez-tezligi yanada yuqoriroq bo'lgan nojo'ya ta'sirlar klinik tadqiqotlarda kuzatilgan.  

Immun tizim tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - anafilaktik reaktsiyalar, zardobli kasallik, Kvinke shishi; rivojlanish tez-tezligi noma'lum - boshqa tienopiridinlarga (masalan, tiklopidin, prasugrel) bo'lgan yuqori sezuvchanlik natijasida qarama-qarshi reaktsiyalar ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - leykopeniya, eozinofiliya, uzoq muddatli qon ketish va trombositlar sonini kamayishi; kam hollarda - neytropeniyaning og'ir shakli (<0,45 x 109/l), trombositopeniya (<80x 109/l); juda kam hollarda - aplastik anemiya, agranulositoz, pantsitopeniya, og'ir trombositopeniya (≤30x 109/l), trombotik trombositopenik purpura (TTP) ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang); rivojlanish tez-tezligi noma'lum - orttirilgan gemofiliya A.  

Gemostazning buzilishlari: tez-tez - qon ketishi va me'da-ichakdan qon ketishning jiddiy holatlari (bir qator holatlarda kasalxonaga yotqizishni talab qilgan), purpura, ko'karishlar va gematoma; juda kam hollarda - terida qon ketishning jiddiy holatlari (purpura), mushaklar va bo'g'imlarda qon ketishi (gemartroz, gematoma), ko'zdan qon ketishi (kon'yuktival, ko'z ichida, retinal), burundan qon ketishi, nafas yo'llaridan qon ketishi (qon tupurish, o'pkadan qon ketishi), shuningdek gematuriya va jarrohlikdan keyin yaralardan qon ketish. O'lim bilan tugagan bir necha holatlar qayd etilgan (ayniqsa bosh miyadan, me'da-ichakdan va qorindan qon ketish natijasida).

Yurak tomonidan buzilishlar: yagona holatlar - klopidogrelga bo'lgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi fonida Kounis sindromi (vazospastik allergik stenokardiya yoki alergik miokard infarkti)

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - bosh og'rig'i, uyquchanlik va paresteziya; kam hollarda - bosh aylanishi; juda kam hollarda - ta'm buzilishi.

Psixika tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - xushning chalkashligi, gallyusinasiyalar.

Tomir tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - vaskulit, gipotenziya.

Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - bronxospazm, interstisial pnevmonit, eozinofil pnevmoniya.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar: tez-tez - dispepsiya, qorindagi og'riq va diareya; tez-tez emas - ko'ngil aynishi, gastrit, meteorizm, qabziyat, qusish, me'da yoki o'n ikki barmoqli ichakning yarali kasalligi; juda kam hollarda - kolit, pankreatit, stomatit.

Jigar va safro chiqaruvchi yo'llar tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - gepatit, o'tkir jigar etishmovchiligi.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez - teri toshmasi; tez-tez emas - qichishish; juda kam hollarda - bullezli toshma (multiformali eritema, Stiven-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz), o'tkir generalizasiyalangan ekzantematozli pustulez (O'GEP), eritematozli toshma, terini sho'ralashi, makulezli toshma, eshakemi, eozinofiliya yoki tizimli ko'rinishlari bilan medikamentozli toshma (DRESS-sindrom) yoki doriga yuqori sezuvchanlik sindromi (Dyus), toshma, qizil yassi temiratki. 

Tayanch-harakat va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - artralgiya, artrit, mialgiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: juda kam hollarda - glomerulonefrit, qonda kreatinin darajasini oshishi.

Reproduktiv organlar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: kam hollarda - ginekomastiya.

Yuborish joyida umumiy buzilishlar va o'zgarishlar: juda kam hollarda - bezgak.

Agar quyida sanab o'tilgan muammolardan biri sizda bor bo'lsa, unda Arepleks preparatini qo'llashdan oldin bu haqida o'z davolovchi shifokoringizga albatta xabar bering.

Agar sizda qon ketishini paydo bo'lish xavfi solayotgan bo'lsa, masalan:

qon ketishlarini rivojlanishiga moyillik bo'lgan kasalliklarda (masalan, me'da yara kasalligida);

ichki qon ketishlariga (yumshoq to'qimalar, a'zolari yoki bo'g'imlariga qon quyilishlari) moyillik mavjud bo'lgan qon tizimi tomonidan buzilishlarda;

o'tkazilgan og'ir jarohat oqibatida;

jarrohlik (shu jumladan stomatologik) aralashuvlari oqibatida;

rejali jarrohlik (shu jumladan stomatologik) aralashuvlarni o'tkazishdan etti kun davomida.

−agar sizda so'nggi etti kun davomida yuz bergan bosh miya qon tomirlari trombozi (bosh miyada qon aylanishini o'tkir buzilishida) aniqlangan bo'lsa

−agar siz boshqa dori preparatlarining qabul qilayotgan bo'lsangiz (Arepleks preparatini boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanishi" bo'limiga qarang),

−jigar yoki buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Arepleks preparatini qabul qilish vaqtida:

−Agar sizda jarrohlik aralashuvi (shu jumladan stomatologik aralashuvi) rejalashtirilgan bo'lsa, albatta shifokorga xabar bering.

−Siz shuningdek, quyidagi simptomlar: isitma va tushuntirib bo'lmaydigan kuchli toliqish hissi bilan yoki usiz, ongni chalkashishi, teri qoplamalari yoki skleralarni sarg'ayishi (sariqlik) bilan kechuvchi qizil nuqtalar ko'rinishidagi teri osti gematomalari bir vaqtda paydo bo'lgan hollarda xam darhol shifokorga xabar berishingiz kerak (4. punkt "nojo'ya ta'sirlar" ga qarang).

−Jarohatlar yoki yaralar paydo bo'lganida, qon ketishini to'xtatish uchun vaqt biroz oshadi. Bu dori preparatining qon laxtalarini hosil bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi ta'sir mexanizmiga bog'liq. Odatda, arzimagan jarohatlar yoki yaralarda (masalan, soqol olishda) bu xech qanday noqulayliklarni keltirib chiqarmaydi. Biroq, agar siz yuz bergan qon ketishidan xavotir olayotgan bo'lsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling (4. punkt "nojo'ya ta'sirlar" ga qarang).

−Davolovchi shifokor sizga qon tahlilini o'tkazilishini buyurishi mumkin.

−Agarda siz o'zingizda bu ma'lumot varaqasining "mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlar" bo'limida ko'rsatilmagan qanday bo'lmasin nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, yoki siz noxush samara og'ir shakl olganini sezsangiz, o'zingizning davolovchi shifokoringiz yoki dorixona provizoriga xabar berishingiz kerak.

Arepleks pediatriyada va 18 yoshdan kichik pasientlarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.

Arepleks pasientlarga quyidagilarda tromblarni hosil bo'lishini oldini olish va ularni paydo bo'lish xavfini kamaytirish uchun buyuriladi:

-elastik turdagi arteriyalar kasalliklarida (ya'ni aterosklerozda);

-o'tkazilgan miokard infarkti, ishemik insultdan keyin yoki periferik arteriyalarning kasalliklari fonida yoki nostabil stenokardiya yoki miokard infarkti (yurak xuruji) oqibatida ko'krak qafasida kuchli og'riqlar paydo bo'lganida qo'llanadi. Bu holatni davolash uchun davolovchi shifokorningiz obliterasiyalangan (tiqilib qolgan) yoki toraygan arteriyaga, unda qon oqimini tiklash maqsadida stent quyishi mumkin. Sizning davolovchi shifokoringiz shuningdek atsetilsalisil kislotasini (og'riqlarni pasaytirish uchun, shuningdek tomirlarda qon laxtalarini hosil bo'lishini oldini olish uchun qo'llaniladigan ko'pchilik dorilarning tarkibiga kiruvchi modda) buyurishi lozim.

−klopidogrelga yoki Arepleks preparatining boshqa komponentlariga allergik reaktsiya (o'ta yuqori sezuvchanlik) bo'lsa;

−faol qon ketishlari bilan kechuvchi holatlarda, shu jumladan me'da yara kasalligi yoki miyaga qon quyilishida; jigar faoliyatini og'ir buzilishlarida qo'llash mumkin emas.

Agar siz, sanab o'tilgan muammolardan biri sizda bor deb hisoblasangiz, shuningdek qandaydir savollar tug'ilsa, iltimos, Arepleks preparatini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Turli dori vositalar Arepleks preparati birga qo'llanganda uning ta'sirini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.

Hozirgi vaqtda qabul qilinayotgan (yaqinda qabul qilingan) preparatlar, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalar to'g'risida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar berish kerak.

Arepleks preparatini peroral trombolitik preparatlar (qon ivishini pasaytirish uchun qo'llaniladigan preparatlar) bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Siz tomondan qabul qilinayotgan, odatda og'riqlar va (yoki) mushaklar yoki bo'g'imlarning yallig'lanish holatlarini engillashtirish uchun qo'llaniladigan nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar to'g'risida, shuningdek geparin yoki qon ivishini kamaytirish maqsadida qo'llaniladigan har qanday boshqa dori preparatini yoki me'da kasalligida qo'llaniladigan proton pompasi ingibitorini (masalan, omeprazolni) qabul qilinishi to'g'risida davolovchi shifokorga albatta xabar berish kerak.

Ko'krak qafasida kuchli og'riq (nostabil stenokardiya yoki miokard infarkti) paydo bo'lgan pasientlarga Arepleks preparati, og'riqni engillashtirish yoki tana haroratini pasaytirish uchun ishlatiladigan ko'pchilik dori vositalarning tarkibida saqlanuvchi modda - atsetilsalisil kislotasi bilan birga buyurishlari mumkin. Atsetilsalisil kislotasini sporadik (24 soat vaqt davomida ko'pi bilan 1000 mg) qabul qilish, odatda dozaga tuzatish kiritishni talab etmaydi, biroq atsetilsalisil kislotasini uzoq vaqt qo'llanishini davolovchi shifokor bilan kelishish kerak.

Karton o'ramida ko'rsatilgan saqlash sharoitlari bilan tanishib chiqing.

25°S dan past haroratda saqlansin.

Ko'rinarli shikastlanishlar bo'lsa, Arepleks preparatini ishlatilmasin.

Dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki chiqinli chelagiga tashlab yuborish mumkin emas. Sizga bundan buyon kerak bo'lmagan dori vositasini nima qilishni farmasevtdan so'rang. Bunday choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati-3 yil. 

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Arepleks preparati shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qabul qilinadi. Savollar yoki shubhalar tug'ilganda shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. 

Agar sizda ko'krak qafasida kuchli og'riq (nostabil stenokardiya yoki miokard infarkti) bo'lsa, unda Arepleks preparati bilan davolashni 300 mg li bir martalik doza (75 mg dan 4 tabletka) dan boshlash mumkin, so'ngra esa, sutkaning aynan bir paytida peroral ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, sutkada 75 mg doza (1 tabletka) bilan davom ettirilishi mumkin.

Arepleks preparatini qo'llash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.

Arepleks preparatini tavsiya etilganidan kattaroq dozasini qo'llanilishi, qon ketishini yuz berish xavfini nazarda tutib, davolovchi shifokor yoki yaqin oradagi tez yordam bo'limining shifokori bilan kelishilgan bo'lishi lozim.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash tavsiya etilmagan.

Agar siz homilador bo'lsangiz yoki homiladorman deb gumon qilayotgan bo'lsangiz, unda Arepleks preparatini qabul qilishdan oldin, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga albatta xabar bering. Agar Arepleks preparatini qo'llash davrida homilador bo'lib qolgan bo'lsangiz, zudlik bilan davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak, chunki homiladorlik vaqtida klopidogrelni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Arepleks preparatini qo'llash davrida bolani emizish mumkinligi to'g'risida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

Har qanday boshqa preparatni qo'llashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan bog'laning.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AREPLEKS tabletkalari 75 mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AREPLEKS tabletkalari 75 mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AREPLEKS tabletkalari 75 mg N28 dori vositasi Adamed Pharma S.A. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AREPLEKS tabletkalari 75 mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AREPLEKS tabletkalari 75 mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9