×
×
  • ARTIKAIN inyeksiya uchun eritma 1,7ml 4%+1:100000 N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ARTIKAIN inyeksiya uchun eritma 1,7ml 4%+1:100000 N50

Kategoriya:
- Anestetik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Koreya
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: Huons Co., Ltd
ATX kodi:
- N01BB58
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BUPIKAIN SP inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N5 Lahore Chemical & Pharmaceutical Works (Pvt) Ltd Pokiston
80 000 s`om dan
KATEDJEL S LIDOKAINOM gel 12,5g N5 Pharmazeutisсhe Fabriс Montavit Ges.m.b.H. Avstriya
SUPERKAIN FORTE inyeksiya uchun eritma 2ml N10 Samsun-Tashkent Farm Ltd., СП O'zbekiston
31 024 s`om dan
LIDOKAIN sprey 50ml 100mg/ml N1 Flumed-Farm S.R.L Moldova
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ARTIKAIN inyeksiya uchun eritma 1,7ml 4%+1:100000 N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ARTIKAIN INIBSA

ARTICAIN INIBSA

Preparatning savdo nomi: Artikain INIBSA

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): artikain. epinefrin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar                                   40 mg/ml+0,010 mg/ml*      40 mg/ml+0,005 mg/ml**

artikain gidroxloridi                           40 mg                                   40 mg

epinefrin gidrotartrati

(epinefringa qayta hisoblanganda)        0,010 mg                             0,005 mg

yordamchi moddalar: natriy xloridi, limon kislotasi, natriy metabisulfiti, xlorid kislotasi, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv 1 ml gacha.

* eritmadagi epinefrinning miqdoriga to‘g‘ri keladi 1:100000

** eritmadagi epinefrinning miqdoriga to‘g‘ri keladi 1:200000

Ta‘rifi: mexanik qo‘shimchalarsiz, tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositasi + alfa- va beta-adrenomimetik.

ATX kodi N01VV58

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparatdir. Artikain – tiofenlar guruhiga mansub amid turi mahalliy anestetikdir. Epinefrin – qon tomirlarini toraytiruvchi vosita. Artikain INIBSA mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, analgetik samaraga ega. Preparatning ta‘siri tez rivojlanadi – 1-3 minutdan keyin. Anesteziyaning davomiyligi 45 minutdan kam bo‘lmagan vaqtni tashkil qiladi. Preparat to‘qimalarni yaxshi o‘zlashtirishi va qon tomirlarini minimal toraytiruvchi ta‘siri bilan xarakterlanadi. Preparatning tarkibida epinefrinning miqdori kam bo‘lganligi sababli, uning yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri kam: arterial qon bosimini oshishi va yurak qisqarishlari tez-tezligini oshishi deyarli aniqlanmaydi.

Farmakokinetikasi

Artikain og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati ostiga yuborilganida yuqori diffuzion xususiyatga ega. Oqsillar bilan bog‘lanishi 95% ni tashkil qiladi. Faol moddalar minimal darajada yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, deyarli ko‘krak suti bilan chiqmaydi. Yarim chiqarilish davri 25 minutni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Stomatologiyada infiltrasion va o‘tkazuvchan anesteziya (ayniqsa yondosh og‘ir somatik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda), shu jumladan qo‘yidagi muolajalarni o‘tkazishda qo‘llanadi:

  • bir yoki bir nechta tishlarni asoratsiz olish;
  • karioz bo‘shliqlarni tozalash va tishlarni protez uchun tayyorlash.

 

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Yuqori jag‘dagi tishlarni asoratsiz olib tashlashda yallig‘lanish bo‘lmagan hollarda
1,8 ml preparat yuqori jag‘ning vestibulyar tomonidagi shilliq qavati ostiga o‘tish burma sohasiga yuboriladi (har bir tishga). Ba‘zi holatlarda to‘liq og‘riqsizlantirish uchun qo‘shimcha 1 ml dan 1,8 ml gacha preparat kerak bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda og‘riqli tanglay tomondan in‘eksiya qilishning hojati bo‘lmaydi. Tanglayni kesish yoki tikish kerak bo‘lganda 0,1 ml dozada tanglay depo-in‘eksiya yetarlidir. Yonma-yon joylashgan tishlarni bir yo‘la olib tashlashda in‘eksiyalar sonini kamaytirish mumkin. Pastki jag‘ning kichik chaynov tishlarini olishda, yallig‘lanish bo‘lmagan hollarda pastki jag‘ anesteziyasini qilmasa ham bo‘ladi, chunki bir tishga 1,8 ml bo‘lgan infiltrasion anesteziya yetarlidir. Agar bu yo‘l bilan kerakli natijaga erishilmasa, qo‘shimcha pastki jag‘ning vestibulyar tomonidagi shilliq qavati ostiga o‘tish burmasi sohasiga 1-1,8 ml preparat yuboriladi. Agar bu yo‘llar bilan to‘liq anesteziyaga erishilmasa, pastki jag‘ nervining blokadasini o‘tkazish kerak. Tish bo‘shlig‘ini tayyorlashda, yoki har qanday tishni koronkaga tayyorlashda pastki jag‘ tishlaridan tashqari, har bir tish uchun 0,5 ml dan 1,8 ml gacha vestibulyar tomonidan infiltrasion anesteziya qilinadi. Aniq miqdori anesteziyaning chuqurligi va davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Bir davolash muolajasi davomida kattalar uchun 1 kg tana vazniga 7 mg artikainni yuborish mumkin. Muolajalarni bajarish uchun anesteziyaning davomiyligi 30-45 minutni tashkil qiladi.

Bolalarga yoshi, tana og‘irligi va anesteziya usuliga qarab preparatning miqdori aniqlanadi. 4 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda preparat ishlatilmaydi. 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yuboriladigan preparatning dozasi bir kg tana vazniga 5 mg dan ko‘p bo‘lmagan artikain miqdorida belgilanadi.

Tana vazni 20 kg dan 30 kg gacha bo‘lgan bolalarga preparatning tavsiya qilinadigan  dozasi 0,25 ml dan 1 ml gacha (kartridjning 1/6 dan ½ gachasi). Preparatning maksimal bir martalik dozasi 1,5 ml dan oshmasligi kerak. Sutkalik doza 2,5 ml dan oshmasligi kerak.

Tana vazni 30 kg dan 45 kg gacha bo‘lgan bolalarga preparatning tavsiya qilinadigan dozasi 0,5 ml dan 2 ml gacha (kartridjning 1/3 dan 1 gachasi). Preparatning maksimal bir martalik dozasi 2 ml dan oshmasligi kerak. Sutkalik doza 5 ml dan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Odatda preparat pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin quyidagi samaralar rivojlanishi mumkin:

Markaziy nerv tizimi tomonidan: qo‘llangan dozaga bog‘liq bo‘lgan ongni, xushni yo‘qotishgacha buzilish hollari; nafasni, uni to‘xtashigacha buzilishi hollari ta‘riflangan; mushaklarni tremori, mushaklarni ba‘zida tirishishlargacha avj oluvchi ixtiyorsiz tortishishi, ko‘ngil aynishi, qusish.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: kamdan-kam hollarda – ko‘rishni xiralashishi, o‘tkinchi ko‘rlik, diplopiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gemodinamikaning o‘rtacha ifodalangan arterial bosimni pasayishi, taxikardiya yoki bradikardiya, yurak-qon tomir faoliyatini susayishi bilan namoyon bo‘ladigan buzilishi, bu juda yaqqol namoyon bo‘lganida kollaps va yurakni to‘xtashiga olib mumkin, bu pasient hayotiga xavf tug‘diradi.

Allergik reaksiyalar: in‘eksiya qilingan joyda shish yoki yallig‘lanish, boshqa sohalarda – terini qizarishi, qichishish, kon‘yunktivit, rinit, turli darajadagi yaqqollikka ega angionevrotik shish (shu jumladan yuqori va/yoki pastki labni, va/yoki lunjlarni shishi, yutishni qiyinlashishi bilan kechuvchi tovush yorig‘larini shishi, eshakemi, nafasni qiyinlashishi). Barcha bu holatlar anafilaktik shokni rivojlanishigacha avj olishi mumkin.

Mahalliy reaksiyalar: in‘eksiya joyida shish yoki yallig‘lanish.

Boshqalar: ko‘pincha ehtimol, preparatning tarkibida epinefrin borligi bilan bog‘liq bo‘lgan, bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Epinefrin bilan bog‘liq boshqa nojo‘ya ko‘rinishlar (taxikardiya, aritmiya, arterial bosimni oshishi) juda kam uchraydi. Juda kam uchraydigan tasodifan qon tomir ichiga in‘eksiya yuborish joyida, ba‘zida to‘qima nekrozigacha avj oluvchi ishemik sohalarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Nervning (falaj rivojlangunicha shikastlanishi) faqat in‘eksiya texnikasi buzilganida yuz beradi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Artikainga, epinefringa, sulfitlarga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • paroksizmal taxikardiya va boshqa taxiaritmiyalar;
  • sulfitlarga yuqori sezuvchanlikdagi bronxial astma;
  • yopiq burchakli glaukoma, noselektiv beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish;
  • jigar yetishmovligining og‘ir shakli (porfiriya);
  • gipertireoz;
  • MAO ingibitorlari yoki trisiklik antidepressantlarni qo‘llash bilan davolanayotgan pasientlar;
  • V12 tansiqligi anemiyasi, metgemoglobinemiya, gipoksiya, sulfit guruhini o‘zlashtirolmaslik (ayniqsa bronxial astmada) da qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Xolinesteraza tanqisligi, jigar yetishmovligi, qandli diabet, arterial gipertenziya, yosh bolalarda (4 yoshgacha – samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Adrenalin turi simpatomimetik aminlarning gipertenziv samarasi trisiklik antidepressantlar va monoaminooksidaza ingibitorlari tomonidan kuchaytirilishi mumkin. Bunday turdagi o‘zaro ta‘sir epinefrin va noradrenalin uchun, ular vazokonstriktorlar sifatida muvofiq 1:25000 va 1:80000 konsentrasiyalarda ishlatilganida xavflidir.

Preparatni noselektiv beta-adrenoblokatorlar bilan davolash fonida buyurish mumkin emas, chunki bunday hollarda gipertonik kriz va yaqqol bradikardiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Artikain sulfitlar saqlaydi, ular anafilaktik reaksiyalarni kuchaytirishi mumkin. Sulfitlarga yuqori sezuvchanlik bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda ko‘proq kuzatiladi. Preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas, qon tomir ichiga in‘eksiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun aspirasiya sinamasini o‘tkazish kerak. Ochilgan kartridjlarni boshqa bemorlar uchun ishlatish mumkin emas. In‘eksiyani yallig‘langan joyga qilish mumkin emas. Xolinosteraza tanqisligi bo‘lgan bemorlarda preparat faqat shoshilinch vaziyatlarda qo‘llanishi mumkin, chunki bu pasientlarda preparatning ta‘siri uzayishini va ba‘zida kuchayishni ehtimoli bor. Yurak-qon tomir tizimining kasalliklari (surunkali yurak yetishmovligi, koronar tomirlarning patologiyasi, stenokardiya, ritmni buzilishi, anamnezdagi miokard infarkti, arterial gipertoniya), serebrovaskulyar buzilishlar, anamnezdagi falaj, surunkali bronxit, emfizema, qandli diabet, gipertireozi bo‘lgan bemorlarga, shuningdek yaqqol bezovtalik mavjudligida epinefrinning kam miqdorini saqlovchi preparatni ishlatish maqsadga muvofiqdir.

Homiladorlik va laktasiya

Hozirgi vaqtgacha homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Shuning uchun u qo‘llanganda homiladorlik, ayniqsa uning birinchi oylari bo‘lishi mumkinligiga e‘tibor berish kerak. Emizikli onaga preparatni qo‘llashning zaruriati bo‘lganida emizishni to‘xtatish shart emas, chunki faol moddalar ko‘krak suti bilan klinik ahamiyatli miqdorda chiqarilmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Maxsus testlarda preparatni operatorlik faoliyatiga aniq ta‘siri aniqlanmagan. Biroq, operasiyadan oldingi bemorning bezovtaligi va jarrohlik aralashuv bilan bog‘liq stress, faoliyatning samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, vrach-stomatolog har bir konkret holatda pasientni transportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashga ruxsat berish to‘g‘risidagi masalani individual ravishda hal qilishi lozim.

Preparatning yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Nojo‘ya yoki toksik ta‘sirining birinchi belgilari (bosh aylanishi, harakat bezovtaligi, ongni buzilishi) paydo bo‘lganida in‘eksiyani darhol to‘xtatish, bemorni gorizontal holatga keltirish lozim. Gemodinamika ko‘rsatkichlarni (puls, arterial bosim) va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini sinchiklab nazorat qilish lozim. Xatto agar simptomlar og‘ir bo‘lib tuyulmasa ham, vena ichiga infuziya uchun barcha kerakli buyumlarni tayyorlab qo‘yish va hech bo‘lmaganda venopunksiya o‘tkazish kerak. Nafas olishni buzilish darajasiga qarab, kislorod berish, sun‘iy nafas berish (“og‘izdan burunga”) va zarurati bo‘lganida endotraxeal intubasiyasini bajarib o‘pkaning nazoratli ventilyasiyasini o‘tkazish lozim. Markaziy ta‘sirga ega analeptik preparatlarni ishlatish mumkin emas. Mushaklarni ixtiyorsiz tortishishi yoki tarqalgan tirishishlarda qisqa yoki ultra qisqa ta‘sirga ega barbituratlarni vena ichiga yuborish ko‘rsatilgan. Yuborishni gemodinamika va nafas ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilib, sekin o‘tkazish kerak. Oldindan o‘rnatilgan kanyulya orqali bir vaqtda suyuqliklarni vena ichiga infuziyasini o‘tkazish kerak. Shuningdek bemorga kislorod berish kerak. Taxikardiyada, bradikardiyada yoki arterial bosimni yaqqol pasayishida bemorning oyoqlarini biroz ko‘tarib, gorizontal holatga keltirish kerak. Qon aylanishini og‘ir buzilishlarida va shokda preparatning in‘eksiyasini to‘xtatish kerak. Bemorning oyoqlarini biroz ko‘tarib, gorizontal holatga keltirishni ta‘minlash, kislorod ingalyasiyasini va muvozanatlangan elektrolitli va plazma o‘rnini bosuvchi eritmalarni infuziyasini o‘tkazish, vena ichiga glyukokortikoidlar (250-1000 mg metilprednizolon) ni yuborish kerak. Xavf soluvchi tomir kollapsi va avj olib boruvchi bradikardiyada 25-100 mkg adrenalin (100 mkg/ml konsentrasiyali 0,25-1,0 ml eritma) vena ichiga yuboriladi. Yuborish puls va arterial qon bosimning nazorati ostida sekin o‘tkaziladi. Adrenalinni 100 mkg dan (bir marta
1 ml eritma) ortiq yuborish mumkin emas. Adrenalinning qo‘shimcha miqdorini yuborishda, uni infuzion eritmaga qo‘shish kerak. Infuziya tezligi pulsning tez-tezligi va arterial bosimning darajasi bilan muvofiq bo‘lishi lozim. Taxikardiya yoki taxiaritmiyaning og‘ir shakllari antiaritmik preparatlarni qo‘llash bilan bartaraf qilinishi mumkin, lekin, noselektiv beta-adrenoblokatorlarni ishlatish mumkin emas. Bunday hollarda kislorodni qo‘llash va gemodinamik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish lozim. Arterial gipertoniyasi bo‘lgan bemorlarda arterial bosim oshganida, zarurati bo‘lganida, periferik vazodilyatatorlarni qo‘llash kerak.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 40 mg/ml+0,005 mg/ml; 40 mg/ml+0,01 mg/ml.

Preparat 1,8 ml dan 1 YeF turi rangsiz borosilikat shisha kartridjlarda, unga etiketka yopishtirilgan. Kartridj bir tomonida kulrang elastomer plunjer, boshqa tomonida muvofiq elastomer disk va anodlangan qoplamali alyumin qopqoqchaga ega. 10 kartridj germetik berkitilgan tiniq termoplast va laminasiya qoplamali qog‘oz kontur uyali o‘ramlarga joylangan. 5 yoki 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati.

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ARTIKAIN inyeksiya uchun eritma 1,7ml 4%+1:100000 N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ARTIKAIN inyeksiya uchun eritma 1,7ml 4%+1:100000 N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ARTIKAIN inyeksiya uchun eritma 1,7ml 4%+1:100000 N50 dori vositasi Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: Huons Co., Ltd tomonidan Koreya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ARTIKAIN inyeksiya uchun eritma 1,7ml 4%+1:100000 N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ARTIKAIN inyeksiya uchun eritma 1,7ml 4%+1:100000 N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9