×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ARTRIKS kapsulalar N10

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Глюкозамин, Хондроитина сульфат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- M09AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
FRAKJOIN kapsulalar 500mg N30 (Sotish taqiqlangan) Marion Biotech Pvt. Ltd. Hindiston
BELDOMAX tabletkalari 400mg N1 (Sotish taqiqlangan) Marion Biotech Pvt. Ltd. Hindiston
20 900 s`om dan
ALENDRA tabletkalari 70mg N4 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
105 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ARTRIKS kapsulalar N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ARTRIKS

ARTRIXUM

 

Preparatning savdo nomi: Artriks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): glyukozamin gidroxloridi. xondroitin sulfati

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: glyukozamin gidroxloridi – 250 mg, xondroitin sulfati – 200 mg;

yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati.

Ta‘rifi: to‘q sariq/oq rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagisi – hidsiz, sariq tusli oq rangdan kulrang tusli och-sariq rangligacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: To‘qimalar trofikasini va regenerasiyasini muvofiqlashtiruvchi vosita.

ATX kodi: M09AX02

 

Farmakologik xususiyatlari

Artriks – tog‘ay to‘qimalar trofikasini va regenerasiyasini muvofiqlashtiruvchi vosita. Preparatning farmakologik ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi xondroitin sulfati va glyukozamin gidroxloridi bilan ta‘minlanadi.

Xondroitin yuqori molekulyar (m.m. 20000-30000) mukopolisaxarid bo‘lib, ancha miqdorda biriktiruvchi to‘qimalarning, har xil turlarida ayniqsa tog‘ay to‘qimasida saqlanadi (tog‘ay matriksini hosil bo‘lishi uchun qo‘shimcha substrat bo‘lib xizmat qiladi).

Shuningdek xondroitin:

  • tog‘ay to‘qimasining fosfor-kalsiy almashinuviga ta‘sir etadi;
  • suyak to‘qimasining rezorbsiyasini sekinlashtiradi va kalsiy yo‘qotilishini kamaytiradi, suyak to‘qimasining tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi;
  • tog‘ay to‘qimasining degenerasiya jarayonini tormozlaydi, bo‘g‘im tog‘ayining regenerasiya jarayonlarini rag‘batlantiradi, bo‘g‘im haltasi, bo‘g‘imlarning tog‘ay yuzalarini tiklanishiga yordam beradi;
  • sinovial suyuqlikning qovushqoqligini ta‘minlaydi, biriktiruvchi to‘qimaning siqilishiga to‘sqinlik qiladi va bo‘g‘im yuzalarining o‘ziga xos moylovchisi rolini o‘ynaydi;
  • osteoartritni zo‘rayishini sekinlashtiradi, uning simptomlarini yengillashtiradi, NYAQV ga ehtiyojni kamaytiradi;
  • gialin to‘qimasida modda almashinuvini normallashtiradi, gialuronni hosil bo‘lishini, proteoglikanlar va II tur kollagenlar sintezini rag‘batlantiradi;
  • gialuronni fermentativ parchalanishidan, shu jumladan biriktiruvchi to‘qimani yemirilishiga olib keluvchi lizosomal fermentlar tomonidan parchalanishidan himoya qiladi.

Glyukozamin – proteoglikanlar va glikozaminoglikanlar tarkibiga kiruvchi endogen moddadir:

  • bo‘g‘im qobiqlari, bo‘g‘im ichki suyuqligi va tog‘ay to‘qimasi uchun quruvchi materiali hisoblangan proteoglikanlar, gialuron va xondroitinsulfat kislotalari va boshqa moddalarning sintezini faollashtiradi, tog‘ay matriksini ishlab chiqarilishini kuchaytiradi;
  • suyak to‘qimasida kalsiyni yig‘ilishini me‘yorlashtiradi;
  • tog‘ayni kimyoviy, shu jumladan NYAQV va glyukokortikoidlar tomonidan chaqirilgan shikastlanishlardan nospesifik himoyani ta‘minlaydi;
  • o‘rtacha yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi;
  • muntazam qo‘llanganida bo‘g‘imlarda, umurtqa pog‘onasida va umurtqa pog‘onasi oldi yumshoq to‘qimalarda degenerativ jarayonlarning rivojlanishini sekinlashtiradi.

Glyukozamin va xondroitinning majmuasi biriktiruvchi to‘qimaning biosintezida ishtirok etadi, tog‘ayni buzilish jarayonlarini oldini oladi va tog‘ay to‘qimasini regenerasiyasini rag‘batlantiradi.

Ikki komponentning o‘zaro ta‘siri natijasida regenerasiyalovchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi samara ta‘minlanadi, bu bo‘g‘imlarning harakatchanligini yaxshilaydi. Muntazam qabul qilish NYAQV ni qabul qilishga ehtiyojni kamaytiradi, bu esa pasientlarning turmush sifatini yaxshilanishini anglatadi.

Barqaror davolash samarasiga kamida 6 oy davomida qabul qilinganida erishiladi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida 90% me‘da – ichak yo‘llaridan (MIY) so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga – 3-4 soatdan so‘ng, sinovial suyuqligida – 4-5 soatdan so‘ng erishiladi. Sinovial suyuqlikka nisbatan biokirishaolishligi: xondroitin uchun – 13%, glyukozamin uchun esa – 25% (jigar orqali «birinchi o‘tish» samarasi namoyon bo‘ladi). To‘qimalarda taqsimlanishida eng katta konsentrasiyalari jigarda, buyrakda va bo‘g‘im tog‘ayida aniqlanadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 30% suyak va mushak to‘qimasida aylanib yuradi. T1/2 – 6-8 soat. Asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda, qisman ahlat bilan chiqariladi.

 
Qo‘llanilishi

Glyukozamin va xondroitinning majmuasi bolalar, kattalar va keksa shaxslarda bo‘g‘im tog‘ayi to‘qimalarining degenerativ-distrofik o‘zgarishlari bilan kechadigan tayanch-harakat apparatining kasalliklari va boshqa holatlarni majmuaviy davolash uchun tavsiya qilinadi.

Qo‘yidagilarda qo‘llaniladi:

  • birlamchi va ikkilamchi osteoartroz, osteporoz, parodontopatiya;
  • elka-kurak periartriti, spondilez, tizza qopqog‘ining xondromalyasiyasi;
  • o‘rtacha og‘riq sindromi bilan kechadigan bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari;
  • suyakning travmatik shikastlanishlari (sinishlar) suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini va regenerativ jarayonlarini tezlashtirish uchun.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan birga ichga qabul qiladilar, davolashni boshida – 2 kapsuladan sutkada 2-4 marta, bir oy davolanishdan so‘ng dozani 2 kapsuladan sutkada 1-2 martagacha kamaytirish mumkin. Optimal davolash tartibini shifokor belgilaydi. Qabul qilish davomiyligi 1,5-3 oy. Barqaror davolash samarasiga kamida 6 oy qabul qilinganida erishiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dozani oshirib yuborilishida yoki preparatning ingredientlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda kuzatilishi mumkin: MIY funksiyasiini buzilishi (ko‘ngil aynishi, epigastriyada og‘riq, meteorizm, diareya/qabziyat), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, teri allergik reaksiyalari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning har qanday komponentiga shaxsiy yuqori sezuvchanlik (allergik reaksiyalar);
  • fenilketonuriya;
  • buyraklarning funksiyasiini yaqqol buzilishlari;
  • 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi;
  • homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Majmuaviy qo‘llanganida tetrasiklinlarni MIY dan so‘rilishini kuchaytiradi, penisillinlar va xloramfenikolni so‘rilishini esa susaytiradi. Glyukokortikoidlar bilan mutanosib. Qabul qilish fonida nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga ehtiyoj kamayadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llanishi xaqida ma‘lumot mavjud emas.

Homiladorlik va laktasiya.

Preparatni homiladorlik paytida va emizish davrida qo‘llanilishi xaqida ma‘lumot mavjud emas, shu sababli bu davrda preparatni qo‘llamagan ma‘qul, yoki davolanish davrida emizishni to‘xtatatish kerak.

Artriks preparatini qabul qilish yuqori diqqatni va tez psixomotor reaksiyalarni talab etuvchi ishlarni bajarishda  pasientning qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Shifokor tomonidan tavsiya etilgan doza oshirilmasin. Parodontopatiyaning turli shakllarida davolash kursini kamida 3 oy davom ettirish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Prepartning dozasini oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Dozani oshirib yuborish holatlarida simptomatik davolash, me‘dani yuvish tavsiya etiladi.

 

Chiqarilish shakli

10 ta kapsuladan PVX/alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

3 yoki 6 kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ARTRIKS kapsulalar N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ARTRIKS kapsulalar N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ARTRIKS kapsulalar N10 dori vositasi ATM-Pharm tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ARTRIKS kapsulalar N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ARTRIKS kapsulalar N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
XONDROZAMIN kapsulalar N60
ARTRA tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Глюкозамин, Хондроитина сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юнифарм Инк
ARTRA tabletkalari 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Глюкозамин, Хондроитина сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юнифарм Инк
ARTRA tabletkalari 500mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Глюкозамин, Хондроитина сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юнифарм Инк
Narh: 369 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AZASIN kapsulalar 500mg N3
NIFUROKSAZID ATM kapsulalar 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM-Pharm
Narh: 20 500 so'mdan Batafsil
AZASIN kapsulalar 250mg N6
ASSEIN poroshok 600mg N20
ASSEIN poroshok 200mg N20
FLUOKSETIN ATM kapsulalar 20mg N20
OMEPRAZOL ATM kapsulalar 20mg N30
FLUKONAZOL ATM kapsulalar 150mg N1
FLUKONAZOL ATM kapsulalar 50mg N7
LOPERAM kapsulalar 2mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9