Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda, asl o'ramida, namlikdan himoyalangan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: Qo‘shimchasiz po‘stloq ostidagi qobiq (PEM - Pure Eggshell Membrane) 500 mg
Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (E 460 (i)), polivinilpolipirrolidon (E1202), kross birikkan karboksimetilsellyulozasi natriyli tuzi (E468), magniy stearati (E470b), kremniy dioksidi (E551).
Artropem tabletkalar. Har bir blisterda 10 tadan tabletka bor.
3 blisterdan (30 tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Qo‘shimchasiz po‘stloq ostidagi qobiq (PEM - Pure Eggshell Membrane) organizmning salomatligini saqlab turishi uchun lozim bo‘lgan ko‘pgina oziqlantiruvchi moddalarni saqlovchi ozuqa uchun biologik faol qo‘shimchadir. U o‘zida glyukozamin, xondroitin, kollagen, gialuron kislotasi va boshqa glyukozaminoglikanlar kabi bo‘g‘imlar tog‘ay to‘qimasining asosiy komponentlarini saqlaydi.
Kollagen - 33-38% (asosan I tip kollagen). I tip kollagen suyak va tog‘ay to‘qimalari tomir tizimining shakllanishi, bo‘g‘im va bog‘lovchi to‘qimalarning shakllanishida, teri va boylamlarni mustahkamlashda, shuningdek, suyak zararlanishini oldini olishda zarur.
Gialuron kislotasi - 4%. Teri va bo‘g‘im tog‘ayining muhim “qurilish” materiali. . Bo‘g‘imlar egiluvchanligini ta'minlaydi va terining zararlanishini oldini oladi.
Glyukozamin - 2%. Bo‘g‘im tog‘ayining butunligini saqlashda asosiy rol o‘ynaydi. Kollagen sintezida ishtirok etuvchi moddalarni aktivlashtiradi. Glyukozamin yetishmovchiligi bo‘g‘imlarda degenerativ jarayonlarning rivojlanishiga olib keladi.
Xondroitin sulfat - 2%. Artritlar vaqtida birinchi navbatda shikastlanuvchi tog‘ay, sinovial qobiq, subxondral suyakning asosiy komponenti. Bo‘g‘imda yallig‘lanish jarayonini vujudga keltiruvchi faktorlarni bartaraf qiladi.
Keratin - 1%. Keratin terining asosiy tarkibiy komponentlaridan biridir. Bo‘g‘imlarning turg‘unligi va mustahkamligini ta'minlaydi.
Lizotsim -1%. Infektsiya davrida baryer funktsiyasini bajaruvchi ferment.
Biologik faol qo‘shimcha. Dori vositasi emas.
Tavsiya qilingan dozadan oshmasligi kerak.
Mo‘tadil, me'yorida ovqatlanish o‘rnini bosa olmaydi.
Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar (GMO) saqlamaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Tarkibida kollagen, gialuron kislotasi, glyukozamin, xondroitin, keratin va lizosim bo‘lgan, ozuqa uchun biologik faol qo‘shimcha sifatida. Tayanch-harakat tizimining normal funktsional holatini saqlab turish uchun.
Mahsulot tarkibiga kiruvchi komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davrida, kasallik vaqtida, dori vositalarini qabul qilayotganda va bolalarda mahsulotni faqat shifokorning maslahatidan keyin qo‘llash mumkin.