QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ASKORIL EKSPEKTORANT
ASCORIL EXPECTORANT
Preparatning savdo nomi: Askoril ekspektorant
Dori shakli: sirop
Tarkibi:
10 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: salbutamol sulfati (salbutamolga ekvivalent) – 2.00 mg; bromgeksin gidroksidi – 4.00 mg;
gvayfenezin 100.00 – mg;
mentol (levomentol) – 1.00 mg;
yordamchi moddalar: natriy benzoati, limon kislotasining monogidrati, sorbitol, gliserin, propilenglikol, FCF sanset sariq bo‘yovchisi, ananas aromatizatori, ID20158 qoraqat aromatizatori, sorbin kislotasi, saxaroza, tozalangan suv.
Ta‘rifi: quyuq, sariq rangli, hushbo‘y, yopishqoq shirin ta‘mli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun simpatomimetiklar. Nafas yo‘llarini obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuadagi simpatomimetiklar.
ATX kodi: R03CK
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Askoril ekspektorant – bronxlarni kengaytiruvchi, mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega majmuaviy preparatdir. Salbutamol, bromgeksin gidroxloridi, gvayfenezin va mentolni rasional majmuasi tufayli nafas tizimi tomonidan yaqqol funksional buzilishlarni samarali va tez kamaytiradi.
Salbutamol – β2-adrenoreseptorlarining selektiv agonisti, bronxolitik ta‘sir ko‘rsatadi, bronxospazmni bartaraf etadi.
Bromgeksin gidroxloridi mukolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Kislotali polisaxaridlarni depolyarizasiyasi va bronxlarning shilliq qavati sekretor hujayralarini rag‘batlantirishi hisobiga bronxial sekretning qovushqoqligini kamaytiradi. Gvayfenezin balg‘amning sirt trangligi va adgeziv xususiyatlarini kamaytiradi, balg‘amni ko‘chishiga yordam beradi.
Mentol spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, bronxial bezlar sekresiyasini yengil rag‘batlantiradi, antiseptik xususiyatlarga ega, tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va nafas yo‘llari shilliq qavatining ta‘sirlanishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Salbutamol 50-80% biokiraolishlik bilan me‘da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Salbutamolni peroral qabul qilinganidan so‘ng cho‘qqi konsentrasiyasiga (Smax) 1-4 soatdan keyin erishiladi. Ovqat qabul qilish salbutamolni biokiraolishligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 10% va taqsimlanish hajmi (Vd) 156±38 litrni tashkil etadi. Salbutamol murakkab efir 4-O-sulfat – faol metaboliti ko‘rinishida jigarda metabolizmga uchraydi. Salbutamol siydik bilan 64% va safro bilan chiqariladi. Salbutamolni yarim chiqarilish davri 3-6.5 soatni tashkil etadi.
Bromgeksin me‘da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) peroral qabul qilinganidan keyin 1 soatdan so‘ng kuzatiladi. Bromgeksin faol metaboliti ambroksol ko‘rinishida jigar metabolizmga uchraydi. Bromgeksin asosan metabolitlar shaklida siydik bilan chiqariladi. Faqat katta bo‘lmagan miqdori o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Bromgeksinning yarim chiqarilish davri T1/2 6.5 soatni tashkil qiladi.
Gvayfenezin me‘da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Gvayfenezinni 60% qonda V-2-metoksifenol-sut kislotasi shakllanishi bilan 7 soat davomida gidrolizlanadi. Gvayfenezinni dozasini oshirib yuborilishi siydik-tosh kasalligini chaqirishi mumkin; toshlar gvayfenezinni metabolitlarini saqlaydi: β-2-metoksifenol-sut kislotasi. Gvayfenezin metabolitlar shaklida siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri T1/2 1 soatni tashkil etadi.
Mentol so‘rilganidan so‘ng glyukuronid ko‘rinishida siydik va safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
– qiyin ajraladigan balg‘amni hosil bo‘lishi bilan birga kechadigan o‘tkir va surunkali bronx-o‘pka kasalliklari (bronxial astma, traxeobronxit, obstruktiv bronxit, pnevmoniya, o‘pka emfizemasi, ko‘kyo‘tal, pnevmokoniaz, o‘pka tuberkulyozi va boshqalar) (majmuaviy davolash tarkibida);
– o‘tkir respirator kasalliklarida (O‘RK) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 10 ml dan (2 choy qoshiq) sirop kuniga 3 marta.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 5 ml (1 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta.
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:2.5 ml (1/2 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta.
Davolashni davomiyligi individual ravishda aniqlanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Uzoq muddat qabul qilinganida:
– ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik ko‘rinishlar, diareya, me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini zo‘rayishi.
Kam hollarda:
– periferik qon tomirlarni o‘tuvchi kengayishi, arterial bosimni pasayishi, kollaps, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, o‘rtacha darajadagi taxikardiya;
– yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanligi;
– tremor, mushak tirishishlari, uyquni buzilishi;
– allergik reaksiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, teri toshmalari, eshakemi, paradoksal bronxospazm.
– gipokaliemiya;
– siydikni pushti rangga bo‘yalishi;
Juda kam hollarda:
– transaminazalar faolligini oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– preparatni faol va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik;
– yo‘talga qarshi vositalar, beta-adrenoreseptorlar blokatorlari, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash;
– taxikardiya, miokardit, yurak nuqsoni;
– qandli diabet;
– me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida);
– me‘da qon ketishlari;
– gipertireoz;
– glaukoma;
– homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa beta2-adrenomimetik vositalar va teofillin salbutamol ta‘sirini kuchaytiradi va nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lish ehtimolligini oshiradi. Askoril Ekspektorant kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas, chunki bu suyuqlashgan balg‘amni chiqishini qiyinlashtiradi.
Propranolol kabi beta-adrenoreseptorlarnig noselektiv blokatorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Askoril Ekspektorant tarkibiga kiruvchi salbutamol monoaminooksidaza ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarga tavsiya etilmaydi. Diuretiklar va glyukokortikoid preparatlar salbutamolning gipokaliemik samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat tarkibiga kiruvchi bromgeksin antibiotiklar (eritromisin, sefaleksin, oksitetrasiklin) ni o‘pka to‘qimasiga o‘tishiga yordam beradi.
Ishqoriy ichimlikli preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Diuretiklar va glyukokortikoid preparatlar salbutamolning gipokaliemik samarasini kuchaytiradi. Kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda buyurish suyuqlashgan balg‘amni chiqishini qiyinlashtiradi.
Gvayfenezin siydik rangini pushti rangga bo‘yaydi.
Dori vositasini transport vositalar yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir xususiyati
Sezuvchanligi yuqori bemorlarda qo‘llanganida taxikardiya, qo‘llarni tremori, mushak tirishishlari paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, preparatni qabul qilish vaqtida transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish, yuqori diqqatni talab qiluvchi ishlarni bajarishdan saqlanish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlar kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
100 ml va 200 ml dan sirop 10 ml li o‘lchamli qopqoqchasi bo‘lgan polietilen flakonlarda. 1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Glenmark Farmasyutikalz Ltd,
Hindiston, PLOT № Ye 37, 39, MIDS Area, Saptur, Nasik-422007, Maxarashtra.
Qayd qilish guvohnomasining egasi
Glenmark Farmasyutikalz Ltd, Hindiston