×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AVANTOVIR tabletkalari 25 mg N30

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Индия
Faol modda:
Тенофовира алафенамид
Qadoqda soni:
- 30
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- J05AF13
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 66 ta dorixonasida topildi

ico 346 100 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 352 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
30 tabletkadan yuqori zichlikdani polietilen flakonlarga joylanadi. 

1 flakondan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga 

joylangan.

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: tenofovir alafenamid fumarati 28,0 mg – 25 mg tenofovir alafenamidiga 

ekvivalent;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, natriy kroskarmelloza, 

magniy stearati, bo'yovchi: sariq temir oksidi, titan dioksidi.

Ta'sir mexanizmi 

Tenofovir alafenamidi tenofovirning fosfonamidat olddorisi (2'-deoksiadenozinmono-

fosfatning analogi) hisoblanadi. Tenofovir alafenamidi passiv diffuziya yo'li bilan va 

jigarga OATP1B1 va OATP1B3 tashuvchilari yordamida birlamchi gepatositlarga boradi. 

Tenofovir alafenamidi oldin birlamchi gepatositlarda tenofovir karboksilesteraza-1 gacha

gidrolizga uchraydi. Keyinchalik hujayra ichidagi tenofovir farmakologik jihatdan faol 

metabolit tenofovir difosfat hosil qilish bilan fosforlanadi. Tenofovir difosfati 

VGV qaytar transkriptaza ishtirokida virus DNK siga kirishish yo'li orqali VGV 

replikasiyasini susaytiradi, bu holat DNK zanjirini uzilishiga olib keladi. 

Tenofovir V gepatiti virusiga va odam immunitet tanqisligi virusiga (VICH1 va VICH2) 

nisbatan spesifik faollikka ega. Tenofovir difosfati sut emizuvchilarning mitoxondrial 

DNK-polimeraza γ fermentidan iborat bo'lgan DNK-polimerazaning kuchsiz ingibitori 

hisoblanadi, In vitro sharoitida, bir qancha mitoxondriyalardagi DNK tahliliga asoslangan 

mitoxondrial toksiklikning isboti yo'q. 

Viruslarga qarshi faolligi 

Tenofovir alafenamidining viruslarga faolligi an genotiplarini namoyon etuvchi, VGV 

klinik izolyatlarining paneliga qarshi HepG2 hujayralarda baholangan. Tenofovir 

alafenamidi uchun Es50 qiymati (ya'ni samarali kontsentrasiya 50%) 34,7 dan 134,4 nm gacha 

2

diapazonda bo'lgan, bunda umumiy o'rtacha qiymati Es50 86,6 nm bo'lgan. SS50 (ya'ni 

tsitotoksik kontsentrasiya 50%) HepG2 hujayralarda > 44400 nm ni tashkil etgan. 

Rezistentlik 

Dastlabki identifisirlangan 20 juft izolyatlarda Avantovir preparatiga rezistentlik 

bilan bog'liq aminokislotalar almashinuvi aniqlanmagan. 

Kesishgan rezistentlik 

Tenofovir alafenamidining viruslarga qarshi faolligi HepG2 hujayralarida qaytar 

transkriptazaning nukleoz(t)ID ingibitorini mutasiyasini saqlovchi izolyatlar panelida 

baholangan. Lamivudinga chidamlilik bilan bog'liq bo'lgan rtV173L, rtL180M va rtM204V/I 

almashinuvlarini ekspressiya qiluvchi VGV izolyatlari tenofovir alafenamidga 

sezgirligicha qolgan (EC50 qiymatini 2 barobar o'zgarishi). Entekavirga chidamlilik bilan 

bog'liq bo'lgan rtL180M, rtM204V plyus rtT184G, rtS202G yoki rtM250V almashinuvlarini 

ekspressiya qiluvchi VGV izolyatlari tenofovir alafenamidga sezgirligicha qolgan. 

Adefovirga chidamlilik bilan bog'liq bo'lgan rtA181T, rtA181V yoki rtN236T yagona 

almashinuvlarini ekspressiya qiluvchi VGV izolyatlari tenofovir alafenamidga 

sezgirligicha qolgan. Biroq rtA181V plyus rtN236T ekspressiya qiluvchi VGV izolyat tenofovir 

alafenamidga past chidamlilikni namoyon qilgan (EC50 qiymatini 3,7 barobar o'zgarishi).

So'rilishi 

Surunkali V gepatiti bilan xastalangan katta yoshdagi pasientlarda tenofovir 

alafenamidning plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyalari Avantovir preparatini och qoringa 

peroral qabul qilinganidan keyin taxminan 0,48 soatdan so'ng aniqlangan. Surunkali V 

gepatiti bilan xastalangan pasientlarda 3 fazasi populyasion farmakokinetik tahlil 

qilinishi asosida tenofovir alafenamid (N = 698) va tenofovir (N = 856) ning o'rtacha AUC0-

24 qiymati muvozanat holatida muvofiq ravishda 0,22 mkg•soat/ml va 0,32 mkg•soat/ml ni 

tashkil etgan. Tenofovir alafenamidi va tenofovirning Cmax qiymati muvozanat holatida 

muvofiq ravishda 0,18 mkg•soat/ml va 0,02 mkg•soat/ml ni tashkil qilgan. Avantovir

preparatini yog'li ovqat bilan bir marta qabul qilish tenofovir alafenamidning

ekspozisiyasini och qoringa qabul qilingan holatdagiga nisbatan 65% ga ortishiga olib 

kelgan.

Taqsimlanishi 

Tenofovir alafenamidini odamning plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 80% ni 

tashkil etgan. Tenofovirni odamning plazma oqsillari bilan bog'lanishi 0,7% dan oshmaydi

va 0,01 - 25 mkg/ml diapazondagi kontsentrasiyaga bog'liq emas. 

Biotransformasiyasi 

Odamda tenofovir alafenamidni asosiy chiqarilish yo'li (peroral dozaning 80% dan ortiq 

qismi) metabolizm hisoblanadi. In vitro sharoitlarida o'tkazilgan tadqiqotlar, tenofovir 

alafenamid gepatosidlarda karboksilesteraza 1 tomonidan, shuningdek periferik qonning 

mononuklear hujayralari (PQMH) va makrofaglarda katepsin A tomonidan tenofovirgacha 

(asosiy metaboliti) metabolizmga uchrashi ko'rsatilgan. In vivo sharoitlarida o'tkazilgan 

eksperimentlarda, tenofovir alafenamid hujayralarda gidrolizga uchrab, tenofovirni

(asosiy metabolit) hosil qiladi, u esa faol metabolit tenofovir difosfatgacha

3

fosforlanadi.

In vitro sharoitlarida o'tkazilgan eksperimentlarda, tenofovir alafenamid CYP1A2, 

CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19 yoki CYP2D6 fermentlari tomonidan metabolizmga uchramaydi. 

Tenofovir alafenamid CYP3A4 fermenti tomonidan ahamiyatsiz darajada metabolizmga 

uchraydi.

Chiqarilishi 

Intakt tenofovir alafenamidini buyrak orqali ekskresiyasi ikkilamchi yo'l hisoblanadi, 

bunda dozaning < 1% siydik bilan chiqariladi. Tenofovir alafenamidi asosan 

tenofovirgacha metabolizmga uchraganidan keyin chiqariladi. Tenofovir alafenamidi va 

tenofovir plazmada, muvofiq ravishda 0,51 va 32,37 soatni tashkil etuvchi o'rtacha yarim 

parchalanish davriga ega. Tenofovir organizmdan kalavalar filtrasiyasi va faol naychalar 

sekresiyasi yo'li bilan chiqariladi. 

Proportsionalligi/noproportsionalligi 

Tenofovir alafenamidning ekspoziyasi 8 mg dan 125 mg gacha bo'lgan dozalar diapazonida 

proportsionaldir. 

Alohida guruhlaridagi farmakokinetikasi 

Yoshi, jinsi va etnik kelib chiqishi 

Pasientlarning yoshi va etnik kelib chiqishiga qarab preparatning farmakokinetikasida 

klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan. Pasientlarning jinsiga qarab 

farmakokinetikasidagi farqlar klinik ahamiyatli sifatida qaralmagan. 

Jigar funktsiyasi buzilishlari

Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarning qon plazmasida tenofovir 

alafenamid va tenofovirning umumiy kontsentrasiyasi jigar funktsiyasi normal bo'lgan 

shaxslarga nisbatan past bo'ladi. Oqsil bilan bog'lanishi uchun korrektsiya qilinganida 

bog'lanmagan (erkin) tenofovir alafenamidining qon plazmasidagi kontsentrasiyasi og'ir 

darajadagi jigar etishmovchiligi va jigar funktsiyasi normal bo'lganida o'xshash hisoblanadi. 

Buyrak etishmovchiligi 

Tenofovir alafenamidni o'rganish yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotlarda sog'lom shaxslarda va

og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan (kreatinin klirensi minutiga > 15 ml, biroq 

<30 ml) pasientlar o'rtasida tenofovir alafenamidi yoki tenofovirning

farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.

Bolalar 

OITV1 bilan infektsiyalangan o'smirlar va kattalarda tenofovir alafenamid yoki 

tenofovirning farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlar kuzatilmagan.

 

Havfsizlik profilini qisqacha ta'rifi 

Noxush reaktsiyalarni baholash VBG bilan infektsiyalangan, tenofovir alafenamidni 25 mg 

dan sutkada bir marta qabul qilgan 866 nafar pasientlar ishtirokida 3 ta klinik 

tadqiqotning 2 fazasida 72 hafta davomlilikda olingan (ta'sirining o'rtacha davomiyligi 

88 hafta) Avantovir preparatini qabul qilish xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlariga 

asoslangan. Eng ko'p qayd etilgan noxush reaktsiyalari bo'lib bosh og'rig'i (11%), ko'ngil aynishi 

(6%) va toliqish (6%) bo'lgan. 

Noxush reaktsiyalarni jadvali bayoni

Surunkali V gepatiti bo'lgan pasientlarda tenofovir alafenamidga nisbatan qayd etilgan 

noxush reaktsiyalar 1 jadvalda ko'rsatilgan. Noxush reaktsiyalar a'zolar tizimini sinfi va 

uchrash tezligi bo'yicha quyida sanab o'tilgan. Noxush reaktsiyalarning uchrash tezligi quyidagi 

tarzda aniqlanadi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 

dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha) yoki juda kam hollarda (< 1/10000). 

1 jadval. Tenofovir alafenamidga nisbatan qayd etilgan nojo'ya reaktsiyalar

VGV ni yuqishi 

Pasientlarga Avantovir preparati jinsiy aloqa yoki qon bilan kontaktda bo'lish natijasida 

VGV ni boshqa shaxslarga yuqish xavfini oldini olmasligi xaqida tushuntirish kerak, shuning 

uchun muvofiq ehtiyotkorlik choralaridan foydalanishni davom ettirish lozim. 

Jigarning dekompensasiyalangan kasalligi bo'lgan pasientlar 

Dekompensasiyalangan jigar kasalligi va Child Pugh Turcotte bo'yicha (SRT) > 9 (ya'ni S sinf) 

ko'rsatkichi bo'lgan VGV bilan infektsiyalangan pasientlarda Avantovir preparati

xavfsizligi va samaradorligi bo'yicha ma'lumotlar yo'q. Bunday pasientlarda jigar yoki 

buyrak tomonidan jiddiy noxush reaktsiyalarni yuqori xavfi bo'lishi mumkin Shuning uchun 

xam bunday pasientlar guruxi o't chiqarish yo'llari tizimi, jigar va buyrak funktsiyasini 

sinchiklab nazorat qilinishiga muhtljdirlar ("farmakokinetikasi" bo'limiga qarang). 

Gepatitni zo'rayishi 

Davolanish vaqtidagi zo'rayishlar

Surunkali V gepatitini spontan zo'rayishlari tez-tez uchraydi va qon zardobida 

alaninaminotransferaza (Alt) ning o'tib ketuvchi oshishi bilan xarakterlanadi. Zardobdagi 

Alt ayrim pasientlarda viruslarga qarshi davolash boshlanganidan so'ng oshishi mumkin. Jigarning kompensasiyalangan shikastlanishi bo'lgan pasientlarda qon zardobida Alt ning 

darajasini oshishi odatda qon zardobida bilirubin kontsentrasiyasini oshishi yoki jigar 

dekompensasiyasi bilan kuzatilmaydi. Jigar tsirrozi bo'lgan pasientlar gepatit 

zo'rayganidan keyin jigar dekompensasiyasini rivojlanishining yuqori xavfi bo'lishi 

mumkin, oqibatda bu pasientlar davolanish vaqtida sinchikov kuzatuvga muhtojdirlar. 

Davolash tugaganidan keyin zo'rayishi 

Gepatitni o'tkir zo'rayishi odatda qon plazmasida VGV DNK ning darajasi oshishi bilan 

kuzatilgan, V gepatiti bilan davolash to'xtatilgan pasientlarda qayd etilgan. Ko'pchilik 

holatlarda zo'rayish o'zi cheklangan bo'ladi, ammo og'ir zo'rayishi, jumladan o'lim bilan 

yakunlangan holatlar, V gepatitini davolash to'xtatilganidan so'ng rivojlanishi mumkin. V

gepatitini davolash to'xtatilganidan so'ng jigar funktsiyasini kamida 6 oy davomida klinik 

va laborator kuzatishlar orqali muntazam nazorat qilish kerak. Agar zarurat bo'lsa, V

gepatitiga davolashni qayta boshlash kerak. 

18

Jigarning yaqqol shikastlanishlari yoki jigar tsirrozi bo'lgan pasientlarda davolashni 

to'xtatish tavsiya etilmaydi, chunki davolashdan keyin gepatitni zo'rayishi jigar 

dekompensasiyasiga olib kelishi mumkin. Dekompensasiyalangan jigar kasalligi bo'lgan 

pasientlarda jigar kasalligini zo'rayishi ayniqsa jiddiy oqibatlarga va ba'zida o'lim 

bilan yakunlanishi mumkin.

Avantovir preparati kattalar va o'smirlarda (12 yoshdan tana vazni ≥35kg bo'lgan 18 yoshgacha bolalarda) surunkali virusli V gepatitini davolash uchun mo'ljallangan. Preparat qat'iy shifokor tavsiyasi bo'yicha qo'llanadi

Avantovir preparatning faol komponenti yoki yordamchi moddalaridan birortasiga 

yuqori sezuvchanlikda 

- Galaktozani o'zlashtiraolmaslikning kam hollardagi nasliy buzilishlari, Lapp-

laktaza fermentining nasliy tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiya 

sindromi bo'lgan pasientlar

- tenofovir alafenamid, tenofovir dizoproksil fumarat yoki adefovir dipivoksil 

saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qo'llash

- emizish

- tana vazni 35 kg dan kam 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatni qo'llash mumkin emas.

O'zaro ta'sirlarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar faqat kattalarda o'tkazilgan. 

Avantovir preparatini tenofovir dizoproksil fumarati, tenofovir alafenamid yoki 

adefovir dipivoksil saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. 

Tenofovir alafenamidga ta'sir qiluvchi dori vositalari 

Tenofovir alafenamidi sut bezi rakiga rezistentlik oqsili (SBRRO) va Pgp yordamida 

tashiladi. Pgp induktorlari kabi dori vositalari (masalan, rifampisin, rifabutin, 

karbamazepin, fenobarbital yoki dalachoy) plazmada tenofovir alafenamid kontsentrasiyasini 

pasaytirishi va Avantovir preparatining terapevtik ta'sirini susaytirishi mumkin. 

Bunday dori vositalarini Avantovir bilan birgalikda qo'llash tavsiya etilmaydi. 

Avantovir preparatini Pgp ingibitorlari va/yoki SBRRO preparatlari bilan birgalikda 

qo'llash qon plazmasida tenofovir alafenamidining kontsentrasiyasini oshirishi mumkin. 

Pgp ning kuchli ingibitorlarini Avantovir preparatini bilan birga qo'llash tavsiya 

etilmaydi. 

Tenofovir alafenamidi "in vitro" sharoitida OATP1B1 va OATP1B3 larning substrati 

hisoblanadi. Tenofovir alafenamidini organizmda taqsimlanishi OATP1B1 va/yoki 

OATP1B3 ning faolligi ta'sir qilishi mumkin. 

Tenofovir alafenamidini boshqa dori vositalariga ta'siri 

Tenofovir alafenamidi "in vivo" sharoitida CYP1A2, CYP2B6, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19 

yoki CYP2D6 larning ingibitori hisoblanmaydi. U CYP3A ning ingibitori hisoblanmaydi. 

Tenofovir alafenamidi "in vitro" sharoitida odam uridindifosfat-glyukuronizil-

transferaza (UGT) 1A1 ning ingibitori hisoblanmaydi. Tenofovir alafenamidini boshqa 

UGT fermnentlarining ingibitori ekanligi noma'lum. 

Avantovir preparatini birgalikda qo'llash mumkin bo'lgan preparatlar bilan o'zaro 

ta'sirlari quyidagi 2 jadvalda ko'rsatilgan (oshishi "↑" belgisi bilan, kamayishi "↓" 

Jadval 2. Avantovir preparatining boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri

Terapevtik

sohalardagi dorilar

Влияние на уровни лекарственных препаратовa,B dorilar darajasiga ta'siri

o'rtacha nisbat (90% ishonch oralig'i) AUC, Cmax, Cmin

Avantovir preparati bilan birgalikda foydalanish bo'yicha tavsiyalar

Avantovir ANTIKONVULSANLAR karbamazepin

Karbamazepin

(300 mg og'iz orqali, kuniga 2 marta)

Tenofovir alafenamidb

(25 mg og'iz orqali, od)

Tenofovir alafenamid

Cmax 0.43 (0.36, 0.51)

↓ auc 0.45 (0.40, 0.51)

Tenofovir

↓ Cmax 0.70 (0.65, 0.74)

↔ AUC 0.77 (0.74, 0.81)

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Okskarbazepin

fenobarbital

o'zaro ta'sir o'rganilmagan.

Kutilgan:

↓ Tenofovir alafenamid

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Fenitoin

o'zaro ta'siri o'rganilmagan.

Kutilgan:

↓Tenofovir alafenamid

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Midazolamg

(2,5 mg og'iz orqali, od)

Tenofovir alafenamidb

(25 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

midazolam

max Cmax 1.02 (0.92, 1.13)

↔ AUC 1.13 (1.04, 1.23)

midazolam dozasini tuzatish (og'iz orqali yoki IV) talab qilinmaydi.

Midazolamg

(1 mg vena ichiga, od)

Tenofovir alafenamidb

(25 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

midazolam

max Cmax 0.99 (0.89, 1.11)

↔ AUC 1.08(1.04, 1.14)

antidepressantlar

Sertralin

(50 mg og'iz orqali, od)

Tenofovir alafenamidD

(10 mg og'iz orqali, 1 marta

Tenofovir alafenamid

max Cmax 1.00 (0.86, 1.16)

↔ AUC 0.96 (0.89, 1.03)

Tenofovir

C Cmax 1.10 (1.00, 1.21)

↔ AUC 1.02 (1.00, 1.04)

C Cmin 1.01 (0.99, 1.03)

Avantovir yoki sertralin dozasini tuzatish talab qilinmaydi.

Sertralin

(50 mg og'iz orqali, od)

Tenofovir alafenamidD

(10 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

Sertralin

max Cmax 1.14 (0.94, 1.38)

↔ AUC 0.93 (0.77, 1.13)

antifungal dorilar

Itrakonazol

Ketokonazolning

o'zaro ta'siri o'rganilmagan.

Kutilgan:

↑Tenofovir alafenamid

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

ANTIMIKOBAKTERIAL dorilar

rifampitsin

Rifapentin

o'zaro ta'sir o'rganilmagan.

Kutilgan:

↓ Tenofovir alafenamid

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Rifabutinning

o'zaro ta'siri o'rganilmagan.

Kutilgan:

↓ Tenofovir alafenamid

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

HCV Sofosbuvirga ta'sir qiluvchi antiviral preparatlar

(kuniga bir marta og'iz orqali 400 mg)

o'zaro ta'sir o'rganilmagan.

Kutilgan:

Соф sofosbuvir

Ав Gs331007

331007 Avantovir yoki sofosbuvir dozasini tuzatish talab qilinmaydi.

Ledipasvir/sofosbuvir

(90 mg/400 mg og'zaki, 1 marta kuniga)

Tenofovir hisoblanadi alphanamee

(25 mg og'zaki 1 marta kuniga)

Ledipasvir

↔ C, max 1.01 (0.97, 1.05)

↔ AUC 1.02 (0.97, 1.06)

↔ Cmin 1.02 (0.98, 1.07)

Sofosbuvir

↔ Cmax 0.96 (0.89, 1.04)

↔ AUC 1.05 (1.01, 1.09)

GS -331007W

↔ Cmax 1.08 (1.05, 1.11)

↔ AUC 1.08 (1.06, 1.10)

↔ Cmin, 1.10 (1.07, 1.12)

Tenofovir alphaname bir

↔ Cmax 1.03 (0.94, 1.14)

↔ AUC 1.32 (1.25, 1.40)

Tenofovir

↑ Cmax 1.62 (1.56, 1.68)

↑ AUC 1.75 (1.69, 1.81)

↑ Cmin 1.85 (1.78, 1.92)

Tuzatish doza dori yoki Avantour ladieswear/sofosbuvir talab qilinmaydi.

Sofosbuvir / velpatasvir

(400 mg/100 mg og'iz orqali, kuniga bir marta)

o'zaro ta'sir o'rganilmagan.

Kutilgan:

Соф sofosbuvir

g GS331007

Вел Velpatasvir

↑Tenofovir alafenamid

Avantovir yoki sofosbuvir/velpatasvir dozasini tuzatish talab qilinmaydi.

OIV-proteaz inhibitörleri

Atazanavir / kobitsistatga ta'sir qiluvchi antiretrovirus dorilar

(300 mg/150 mg og'iz orqali,kuniga 1 marta)

Tenofovir alafenamidb

(10 mg og'iz orqali,kuniga 1 marta)

Tenofovir alafenamid

↑ Cmax 1.80 (1.48, 2.18)

↑ AUC 1.75 (1.55, 1.98)

Tenofovir

↑ Cmax 3.16 (3.00, 3.33)

↑ AUC 3.47 (3.29, 3.67)

↑ Cmin 3.73 (3.54, 3.93)

Atazanavir

max Cmax 0.98 (0.94, 1.02)

↔ AUC 1.06 (1.01, 1.11) C

Cmin 1.18 (1.06, 1.31)

Kobitsistat

kobitsistat ↑ Cmax 0.96 (0.92, 1.00)

↔ AUC 1.05 (1.00, 1.09)

↑ Cmin 1.35 (1.21, 1.51)

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Atazanavir/ritonavir

(300 mg/100 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

Tenofovir alafenamidb

(10 mg og'iz orqali, od)

Tenofovir alafenamid

↑ Cmax 1.77 (1.28, 2.44)

↑ AUC 1.91 (1.55, 2.35)

Tenofovir

↑ Cmax 2.12 (1.86, 2.43)

↑ AUC 2.62 (1.86, 2.43) ↑ 2.14, 3.20)

Atazanavir

max Cmax 0.98 (0.89, 1.07)

↔ AUC 0.99 (0.96, 1.01)

↔ Cmin 1.00 (0.96, 1.04)

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Darunavir/cobicistat

800 mg/150 mg og'zaki, 1 marta kuniga)

Tenofovir hisoblanadi alphanameichida

(25 mg og'zaki 1 marta kuniga)

Tenofovir alphaname bir

↔ C, max 0.93 (0.72, 1.21)

↔ AUC 0.98 (0.80, 1.19)

Tenofovir

↑ Cmax 3.16 (3.00, 3.33)

↑ AUC 3.24 (3.02, 3.47)

↑ Cmin 3.21 (2.90, 3.54)

Darunavir

↔ Cmax 1.02 (0.96, 1.09)

↔ AUC 0.99 (0.92, 1.07)

↔ Cmin 0.97 (0.82, 1.15)

Cobicistat

↔ Cmax 1.06 (1.00, 1.12)

↔ AUC 1.09 (1.03, 1.15)

↔ Cmin 1.11 (0.98, 1.25)

concomitant foydalanish emas, balki tavsiya etiladi.

Darunavir/ritonavir

(800 mg/100 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

Tenofovir alafenamidb

(10 mg og'iz orqali, od)

Tenofovir alafenamid

↑ Cmax 1.42 (0.96, 2.09)

↑ AUC 1.06 (0.84, 1.35)

Tenofovir

↑ Cmax 2.42 (1.98, 2.95)

↑ AUC 2.05 (0.96, 2.09) 1.54, 2.72)

Darunavir

max Cmax 0.99 (0.91, 1.08)

↔ AUC 1.01 (0.96, 1.06)

↔ Cmin 1.13 (0.95, 1.34)

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Lopinavir / ritonavir

(800 mg/200 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

Tenofovir alafenamidb

(10 mg og'iz orqali, od)

Tenofovir alafenamid

↑ Cmax 2.19 (1.72, 2.79)

↑ AUC 1.47 (1.17, 1.85)

Tenofovir

↑ Cmax 3.75 (3.19, 4.39)

↑ AUC 4.16 (3.50, 4.96)

Lopinavir

max Cmax 1.00 (0.95, 1.06)

↔ AUC 1.00 (0.92, 1.09)

C Cmin 0.98 (0.85, 1.12)

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Tipranavir / ritonavir

o'zaro ta'sir o'rganilmagan.

Kutilgan:

↓ Tenofovir alafenamid

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

OIV ingibitorlariga ta'sir

qiluvchi antiretrovirus dorilar

integraza DOLUTEGRAVIR (50 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

Tenofovir alafenamidb

(10 mg og'iz orqali, od)

Tenofovir alafenamid

↑ Cmax 1.24 (0.88, 1.74)

↑ AUC 1.19 (0.96, 1.48)

Tenofovir

↑Cmax 1.10 (0.96, 1.25)

↑  Auc 1.25 (1.06, 1.47)

Dolutegravir

max Cmax 1.15 (1.04, 1.27)

↔ AUC 1.02 (0.97, 1.08)

↔ Cmin 1.05 (0.97, 1.13)

Avantovir yoki dolutegravir dozasini tuzatish talab qilinmaydi.

Raltegravirning

o'zaro ta'siri o'rganilmagan.

Kutilgan:

Тен Tenofovir alafenamid

Raltegravir Avantovir yoki raltegravir dozasini tuzatish talab qilinmaydi.

OIV — nukleozid bo'lmagan teskari transkriptaza ingibitorlariga ta'sir qiluvchi antiretrovirus dorilar

Efavirenz

(600 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

Tenofovir alafenamidz

(40 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

tenofovir alafenamid

↓ Cmax C max 0.78 (0.58, 1.05)

↔ AUC 0.86 (0.72, 1.02)

Tenofovir

↓ Cmax 0.75 (0.72, 1.02)0.67, 0.86)

↔ AUC 0.80 (0.73, 0.87)

↔ Cmin 0.82 (0.75, 0.89)

kutilgan:

Эф Efavirenz

Avantovir yoki efavirenza dozasini tuzatish talab qilinmaydi.

Nevirapinning

o'zaro ta'siri o'rganilmagan.

Kutilgan:

Тен Tenofovir alafenamid

Нев Nevirapin

Avantovir yoki nevirapin dozasini tuzatish talab qilinmaydi.

Rilpivirin

(25 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

Tenofovir alafenamid

(25 mg og'iz orqali, kuniga 1 marta)

Tenofovir alafenamid

max Cmax 1.01 (0.84, 1.22)

↔ AUC 1.01 (0.94, 1.09)

Tenofovir

max Cmax 1.13 (1.02, 1.23)

↔ AUC 1.11 (1.07, 1.14)

↔ Cmin 1.18 (1.13, 1.23)

Rilpivirin

↔ Cmax C max 0.93 (0.87, 0.99)

↔ AUC 1.01 (0.96, 1.06)

C Cmin 1.13 (1.04, 1.23)

Avantovir yoki rilpivirin dozasini tuzatish talab qilinmaydi.

CCR5 retseptorlari OIV ANTAGONISTLARIGA ta'sir qiluvchi antiretrovirus dorilar

Maravirok

Maravirok o'zaro ta'sir o'rganilmagan.

Kutilgan:

Тен Tenofovir alafenamid

↔ Maravirok

Ма Maravirok Avantovir yoki maravirok dozasini tuzatish talab qilinmaydi.

Seynt jonning suti o'simlik qo'shimchalari

Avliyo Ioann wort

(Hypericumperforatum)

o'zaro ta'sir o'rganilmagan.

Kutilgan:

↓Tenofovir alafenamid

birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi.

OG'ZAKI KONTRATSEPTSIYA

Norgestimate

(0.180 mg/0.215 mg/0.250 mg og'zaki 1 marta kuniga)

ethinyl estradiol

(0.025 mg og'zaki 1 marta kuniga)

Tenofovir hisoblanadi alphanameichida

(25 mg og'zaki 1 marta kuniga)

Norgestrel

↔ Cmax 1.17 (1.07, 1.26)

↔ AUC 1.12 (1.07, 1.17)

↔ Cmin 1.16 (1.08, 1.24)

edi Norgestrel

↔ Cmax 1.10 (1.02, 1.18)

↔ AUC 1.09 (1.01, 1.18)

↔ Cmin 1.11 (1.03, 1.20)

ethinyl estradiol

↔ Cmax 1.22 (1.15, 1.29)

↔ AUC 1.11 (1.07, 1.16)

↔ Cmin 1.02 (0.93, 1.12)

tuzatish doza dori Avantour yoki norgestimate/ethinyl estradiol talab qilinadi.

a. o'zaro ta'sirlar bo'yicha barcha tadqiqotlar sog'lom ko'ngillilarda o'tkazildi.

b.effektsiz chegara qiymatlari: 70-143%.

B. tadqiqot emtritsitabin/tenofovir alafenamid tabletkalarining dozaga asoslangan kombinatsiyasi bilan o'tkazildi.

G. Cyp3a4 ga sezgir substrat.

D. tadqiqot elvitegravir/kobitsistat/emtritsitabin/tenofovir alafenamid tabletkalarining dozaga asoslangan kombinatsiyasi bilan o'tkazildi.

E. tadqiqot emtritsitabin/rilpivirin/tenofovir alafenamid tabletkalarining dozaga asoslangan kombinatsiyasi bilan o'tkazildi.

j. sofosbuvirning asosiy aylanma nukleozid metaboliti.

z. tadqiqot 40 mg tenofovir alafenamid va 200 mg emtritsitabin yordamida o'tkazildi

belgisi bilan, o'zgarish yo'qligi "↔" belgisi bilan; sutkada ikki marta qabul qilish

"sutkada 2 marta" belgisi bilan, bir martalik doza "BD" belgisi bilan, sutkada bir marta

qabul qilish "sutkada 1 marta" belgisi bilan va vena ichiga "v/i" belgisi bilan ko'rsatilgan). 

Quyida ta'riflangan dori vositalarining o'zaro ta'sirilari tenofovir alafenamidi bilan 

o'tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga asoslanadi yoki Avantovir preparati bilan yuz 

berishi mumkin bo'lgan dori vositalarining o'zaro ta'sirlaridir.


25°C dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

3 yil

Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'lanilmasin.



och sariq rangdan sariq ranggacha bo'lgan, dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq va silliq bo'lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Davolash surunkali V gepatitini davolash tajribasiga ega bo'lgan shifokor tomonidan 

buyurilishi lozim. 

Preparat qobiq bilan qoplangan tabletkalarini kattalar va o'smirlar (12 yosh va undan oshgan 

va tana vazni kamida 35 kg bo'lgan bolalar) qabul qilishlari tavsiya etiladi: bir tabletkadan 

sutkada bir marta, ovqat bilan peroral qo'llaniladi. 

Preparat bilan davolashni to'xtatish

Preparat bilan davolashni to'xtatishda quyidagilarni hisobga olish kerak ("maxsus 

ko'rsatmalar" bo'limiga qarang): 

− Jigar tsirrozi bo'lmagan HBeAg-musbat pasientlarda davolashni qon plazmasida HBe ni 

o'zgarishi (HBeAg aniqlanmaganligi va anti-HBe mavjudligida VGV ning DNK 

aniqlanmaganligi) tasdiqlanidan keyin yoki qon plazmasida HBs o'zgarishi tasdiqlanganga

qadar yoki samaradorlikni isbotlangan pasayishiga qadar kamida 6-12 oy davomida qabul 

qilishlari kerak ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Preparat bilan davolash bekor 

qilgandan keyin virusologik qaytalanishni aniqlash uchun muntazam ravishda qayta kuzatuv 

tavsiya etiladi. 

− Jigar tsirrozi bo'lmagan HBeAg-manfiy pasientlarda preparatni, hech bo'lmasa qon 

plazmasida HBs o'zgarishiga qadar yoki samaradorlikni yo'qolishi belgilari 

isbotlanmaguniga qadar qabul qilish kerak. Uzoq muddat, ya'ni 2 yildan ortiq davolanish 

holatlarida, pasient uchun muvofiq hisoblangan davolashni davom ettirishni tasdiqlash 

uchun muntazam ravishda takroran kuzatuv tavsiya etiladi. 

O'tkazib yuborilgan doza 

Agar preparatning dozasini o'tkazib yuborilganiga odatdagi qabul vaqtidan boshlab 

18 soatdan kam vaqt o'tgan bo'lsa, pasient Avantovir preparatini iloji boricha tezroq qabul 

qilishi va preparat qabul qilishning odatiy tartibiga qaytishi kerak. Agar odatdagi qabul 

qilish vaqtidan 18 soatdan ortiq vaqt o'tgan bo'lsa, pasient o'tkazib yuborilgan dozani qabul 

qilmasligi kerak, preparat qabul qilishning odatiy tartibiga qaytishi kerak. 

Agar pasientda qusish Avantovir qabul qilgandan keyin 1 soat davomida yuzaga kelsa, yana 1

tabletka qabul qilish kerak. Agar pasientda qusish Avantovir qabul qilgandan keyin 1 

soatdan ortiq vaqt davomida kuzatilsa, unda yana 1 tabletkani qabul qilish kerak emas. 

Pasientlarning alohida guruhlari 

Keksa yoshdagi pasientlar 

65 yosh va undan oshgan pasientlar uchun Avantovir preparatining dozasiga tuzatish kiritish 

talab etilmaydi ("farmakokinetikasi" bo'limiga qarang). 

Buyrak etishmovchiligi 

Kreatinin klirensi (kk) ≤ 15 ml/min bo'lgan yoki kk<15 ml/min bo'lgan, gemodializ olayotgan 

kattalar yoki o'smirlarda (12 yoshga to'lgan va tana vazni kamida 35 kg bo'lgan) preparat dozasiga 

tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Gemodializ olinadigan kunlarda Avantovir preparatini gemodializ bilan davolash yakunlanganidan keyin qabul qilinishi kerak ("farmakokinetika" bo'limiga qarang).

Kreatinin klirensi <15 ml/min bo'lgan, gemodializ qabul qilmayotgan pasientlarga

preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). 

Jigar etishmovchiligi 

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarga Avantovir preparatining dozasiga 

tuzatish kiritish talab etilmaydi ("maxsus ko'rsatmalar" va "farmakokinetikasi" 

bo'limlariga qarang). 

Bolalar 12 yoshgacha yoki tana vazni 35 kg dan kam bo'lgan bolalarda Avantovir preparatini qo'llash 

havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ma'lumotlar mavjud emas.



Avantovirning dozasi oshirib yuborilganida pasient toksiklik belgilariga nisbatan kuzatuv ostida bo'lishi kerak ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang"). 

Avantovir preparatini dozasini oshirib yuborilishini davolash umumiy tutib turuvchi davolash choralari, jumladan muhim fiziologik ko'rsatkichlarini monitoringini o'tkazish vapasientning klinik ahvolini kuzatishdan iborat. 

Tenofovir gemodializ orqali, taxminan 54% chiqarilish koeffisienti bilan samarali chiqariladi. Tenofovirni peritoneal dializ orqali chiqarish mumkinligi noma'lum.

Tenofovir alafenamidni homilador ayollarda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar cheklangan yoki mavjud emas (homiladorlik bo'yicha 300 dan kamroq natijalar).  Biroq homilador ayollarda o'tkazilgan tadqiqotlar (bola tug'ilish bilan yakunlangan 1000 dan ortiq homiladorlik holati) tadqiqotlarda olingan ma'lumotlarning katta miqdori homilaga va yangi tug'ilgan chaqaloqqa tenofovir alafenamidni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan toksik ta'siri yoki rivojlanish nuqsonlari aniqlanmagan.

Zarurat bo'lganida homiladorlik vaqtida Avantovir preparatini qo'llashni maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish mumkin. 

Emizish davri 

Tenofovir alafenamidini ko'krak sutiga ajralib chiqishi noma'lum.  Yangi tug'ilgan chaqaloqlarga yoki 1 yoshli go'daklarga tenofovirning ta'siri haqida to'liq hajmlima'lumotlar yo'q. 

Emizish davrida bola uchun kutiladigan xavfni istisno qilib bo'lmaydi, shuning uchun emizish vaqtida Avantovir preparatini qo'llash mumkin emas.

Kreatinin klirensi < 30 ml/min bo'lgan pasientlar 
Kreatinin klirensi ≥ 15 ml/min., ammo < 30 ml/min. bo'lgan pasientlarda, shuningdekkreatinin klirensi < 15 ml/min., gemodializ muolajasini olayotgan pasientlarda A vantovirpreparatini sutkada bir marta qabul qilish, juda ham cheklangan farmakokinetik ma'lumotlarga va modellanish hamda rag'batlantirishga asoslangan.  Kreatinin klirensi<30 ml/min. bo'lgan, VGV bilan infektsiyalangan pasientlarni davolashda Avantovirpreparatini xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar yo'q. 
Kreatinin klirensi < 15 ml/min. bo'lgan, gemodializ qabul qilmaydigan pasientlarga Avantovir preparatini qo'lash tavsiya qilinmaydi ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang). 
Nefrotoksiklik 
Tenofovir alafenamid qo'llash bilan bog'liq tenofovirning kam darajada surunkali ta'siri natijasida nefrotoksiklikni potentsial xavfini istisno qilish mumkin emas 
V gepatiti va C yoki D gepatitlari koinfektsiyasi bo'lgan pasientlar 
VGV va S yoki D gepatitlari koinfektsiyasi bo'lgan pasientlarda Avantovir preparatiniqo'llash havfsizligi va samaradorligi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.  S gepatitni davolash uchun majmuaviy qo'llash yo'riqnomasiga rioya qilish kerak ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang). 
OITV va V gepatiti virusining ko-infektsiyalanishi
Avantovir preparati bilan davolashni boshlashdan oldin VGV infektsiyalangan, OITV-1 infektsiyasiga nisbatan statusi noma'lum bo'lgan, barcha pasientlarni OITV ga qarshiantitelalarni aniqlash uchun t adqiqotlarni o'tkazish kerak. VGV va OITV koinfektsiyalangan pasientlarga Avantovir preparatini, OITV ni etarli darajada davolashlar qabul qilishlari uchun boshqa antiretrovirus preparatlar bilan birgalikda qo'llash kerak ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang). 
Boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo'llash 
Avantovir preparatini tenofovir alafenamidi, tenofovir dizoproksil fumarati yoki adefovir dipivoksil saqlovchi preparatlar bilan birgalikda q o'llash mumkin emas. 
Avantovir preparatini ayrim tirishishga qarshi vositalar (masalan, karbamazepin, okskarbazepin, fenobarbital va fenitoin), mikobakteriyalarga qarshi preparatlar (masalan, rifampisin, rifabutin va rifapentin) yoki dalachoy preparatlari bilan birgalikda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki ularr-glikoprotein (Pgp)ninginduktorlaribo'lib hisoblanadilar va qon plazmasida tenofovir alafenamid kontsentrasiyasini kamaytirishi mumkin. 
Avantovir preparatini P gp ning kuchli ingibitorlari (masalan, Itrakonazol va ketokonazol) bilan birgalikda qo'llash, qon plazmasida tenofovir alafenamid kontsentrasiyasini oshirishi mumkin.  Bunday birgalikda qo'llashlar tavsiya etilmaydi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AVANTOVIR tabletkalari 25 mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AVANTOVIR tabletkalari 25 mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AVANTOVIR tabletkalari 25 mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9