×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AVASTIN konsentrat 100mg/4ml

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Shveytsariya
Faol modda:
Бевацизумаб
Ishlab chiqaruvchi:
- F.Hoffamann La-Roche Ltd
ATX kodi:
- L01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30 Hetero Labs Limited Hindiston
FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
128 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AVASTIN konsentrat 100mg/4ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

AVASTIN® (AVASTIN®)

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami

 

Savdo nomi

Avastin®

 

Xalqaro patentlanmagan nomi

Bevasizumab

 

Dori shakli

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

 

Tarkibi

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: bevasizumab – 100 mg (flakondagi konsentrasiyasi 100 mg/4 ml)/ 400 mg (flakondagi konsentrasiyasi 400 mg/16 ml);

yordamchi moddalar: α,α-tregaloza digidrati – 240,0/960,0 mg, natriy digidrofosfati monogidrati – 23,2/92,8 mg, suvsiz natriy gidrofosfati – 4,8/19,2 mg, polisorbat 20 – 1,6/6,4 mg, in‘eksiya uchun suv 4,0/16,0 ml gacha.

 

Ta‘rifi

Rangsiz yoki och-jigarrang rangli tiniq yoki tovlanuvchi suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi

O‘smalarga qarshi vosita, monoklonal antitelalar.

ATX kodi [L01XC07]

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Avastin® (bevasizumab) – qon tomirlarining endoteliyini o‘sishining biologik faol omili (vascular endothelial growth factor – VEGF) bilan selektiv bog‘lanuvchi va uni neytrallovchi rekombinant giperximer odamnikiga yaqinlashtirilgan – gumanizasiyalangan monoklonal antiteladir. Avastin® endotelial xujayralar yuzasida qon tomirlari endoteliysi o‘sish omilini uning reseptorlari (Flt-1, KDR) bilan bog‘lanishini ingibisiya qiladi, bu o‘smaning vaskulyarizasiyasini pasayishi va o‘sishini susayishiga olib keladi.

Bevasizumab VEGF bilan bog‘lanuvchi, sichqon giperximer antitelasi sohasi bilan komplementarlikni belgilovchi to‘liq odam karkas sohalarini saqlaydi. Bevasizumabni ekspressiya uchun tizimda, xitoy olmaxoni tuxumdonlarining xujayralari bilan namoyon bo‘lgan rekombinant DNK texnologiyasi bo‘yicha olinadi. Bevasizumab 214 aminokislotalardan tashkil topgan va 149000 dalton molekulyar og‘irlikka ega.

Bevasizumabni yuborish kasallikning metastatik rivojlanishini susayishiga va odamning turli o‘smalarida, shu jumladan chambar ichak, sut bezi, me‘da osti bezi va prostata bezi raklarida mikrotomir o‘tkazuvchanligini pasayishiga olib keladi.

 

Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Avastin® preparatining kanserogen va mutagen potensiali o‘rganilmagan.

Avastin® preparati hayvonlarga yuborilganida embriotoksik va teratogen ta‘siri kuzatilgan.

Ochiq o‘sish sohasi bo‘lgan faol o‘suvchi hayvonlarda Avastin® preparatini qo‘llanishi tog‘ay plastinasining displaziyasi bilan birga kechgan.

Farmakokinetikasi

Avastin® preparatining farmakokinetikasi yirik o‘smalari bo‘lgan pasientlarga turli dozalarda (0,1-10 mg/kg har hafta; 3-20 mg/kg har 2 yoki 3 haftada; 5 mg/kg har 2 haftada yoki 15 mg/kg har 3 haftada) vena ichiga (v/i) yuborilganidan keyin o‘rganilgan.

Bevasizumabning farmakokinetikasi boshqa antitelalar kabi ikki kamerali model bilan ta‘riflanadi. Avastin® preparatini taqsimlanishi past klirensi, markaziy kamerada taqsimlanish hajmining pastligi (Vc) va yarim chiqarilish davrining davomiyligi bilan xarakterlanadi, bu 2-3 haftada 1 marta yuborilganida plazmada preparatning kerakli terapevtik konsentrasiyalarini tutib turishni ta‘minlash imkonini beradi.

Bevasizumabning klirensi pasientning yoshiga bog‘liq emas.

Populyasiyalar orasida o‘tqazilgan farmakokinetik meta-tahlil ma‘lumotlari bo‘yicha, tahlilga tana vazni qiritilganda irqqa bog‘liq yoki yoshga bog‘liq (kreatinin klirensi va pasientni yoshi orasida korrelyasiyasi yo‘q (o‘rtacha yosh – 59 yosh, 5 va 95 foizi – 37 va 76 yosh)) bevasizumabni farmakokinetikasida ahamiyatli farq yo‘q.

Albumin va o‘sma massasining o‘rtacha ko‘rsatkichili pasientlarga nisbatan bevasizumabning klirensi, albuminning miqdori past bo‘lgan pasientlarda 30% ga yuqori va o‘sma massasi katta bo‘lgan pasientlarda 7% ga yuqori.

Taqsimlanishi

Vc ayollar va erkaklarda muvofiq ravishda 2,73 l va 3,28 l ni tashkil qiladi, bu immunoglobulinlarning G sinfi (IgG) ni boshqa ko‘pchilik monoklonal antitelalarning taqsimlanish hajmiga mos keladi. Bevasizumab o‘smalarga qarshi boshqa preparatlar bilan buyurilganida periferik kamerada taqsimlanish hajmi (Vr) ayollar va erkaklarda muvofiq ravishda 1,69 l va 2,35 l ni tashkil qiladi. Tana vaznining hisobi bilan doza to‘g‘rilanganidan keyin Vc erkaklarda ayollarga nisbatan 20% ga ortiq.

Metabolizmi

125I-bevasizumab bir marta vena ichiga yuborilganidan keyin metabolik xarakteristikalari VEGF bilan bog‘lanmaydigan tabiiy IgG molekulasi xarakteristikasiga o‘xshash. Bevasizumabning metabolizmi va chiqarilishi endogen IgG ning metabolizmi va chiqarilishiga mos keladi, buyrak va jigar orqali emas, balki organizmning hamma xujayralarida, shu jumladan, endotelial xujayralarda proteolitik katabolizmi yo‘li bilan amalga oshiriladi. IgG ni FcRn-reseptorlar bilan bog‘lanishi uni xujayraviy metabolizmdan himoya qiladi va uzoq muddatli yarim chiqarilish davrini ta‘minlaydi.

Chiqarilishi

Bevasizumabning haftada 1,5 dan 10 mg/kg gacha bo‘lgan oraliqdagi dozalardagi farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega.

Bevasizumabning klirensi ayollarda sutkada 0,188 l ni va erkaklarda sutkada 0,220 l ni tashkil qiladi.

Tana vaznining hisobga olib dozaga tuzatish kiritishdan keyin erkaklarda bevasizumabning klirensi ayollarga nisbatan 17% ga ortiq bo‘lgan. Ikki kamerali modelga muvofiq yarim chiqarilish davri ayollarda 18 kun, erkaklarda – 20 kunni tashkil qiladi.

Alohida guruh pasientlardagi farmakokinetikasi

Keksa yoshli pasientlar (65 yoshdan oshgan)

Bevasizumabning farmakokinetikasida yoshga bog‘liq ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.

Bolalar va o‘smirlar

Bolalar va o‘smirlarda bevasizumabning farmakokinetikasini cheklangan ma‘lumotlari mavjud.

Mavjud ma‘lumotlar solid o‘smalari bo‘lgan bolalarda, o‘smirlarda va kattalarda bevasizumabning taqsimlanish hajmi va klirensi orasida farqning yo‘qligidan dalolat beradi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bevasizumabning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, chunki buyraklar bevasizumabning metabolizmi va chiqarilishining asosiy a‘zolari emas.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bevasizumabning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, chunki jigar bevasizumabning metabolizmi va chiqarilishining asosiy a‘zosi emas.

 

Qo‘llanilishi

Metastatik kolorektal raki:

  • ftorpirimidin hosilalari asosidagi ximioterapiya bilan majmuada.

Sut bezining mahalliy qaytalanuvchi yoki metastatik raki:

  • paklitaksel bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida.

O‘pkaning tarqalgan, operasiya yo‘li bilan olib bo‘lmaydigan, metastatik yoki qaytalanuvchi yassi xujayrali bo‘lmagan, mayda xujayrali bo‘lmagan raki:

  • platina preparatlari asosidagi ximioterapiyaga qo‘shimcha birinchi qator davolash sifatida.
  • EGFR (epidermal o‘sish omili) genida faollashtirilgan mutasiya bo‘lgan o‘pkaning tarqalgan, operasiya yo‘li bilan olib bo‘lmaydigan, metastatik yoki qaytalanuvchi yassi xujayrali bo‘lmagan va mayda hujayrali bo‘lmagan rakida erlotinib bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida.

Tarqalgan va/yoki metastatik buyrak-xujayrali raki:

  • alfa-2a interferon bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida.

Glioblastoma (Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tasnifi bo‘yicha IV darajali xavfli glioma):

  • ilk bor aniklangan glioblastomasi bo‘lgan pasientlarda nur bilan davolash va temozolomid bilan majmuada
  • monoterapiyada yoki glioblastomani qaytalanishi yoki kasallikni rivojlanishida irinotekan bilan majmuada.

Tuxumdon, bachadon naylarining epitelial raki va qorin pardaning birlamchi raki:

  • tuxumdonlar, bachadon naylarining tarqalgan (Xalqaro akusher-ginekologlar federasiyasi (FIGO) tasnifi bo‘yicha IIIB, IIIC va IV bosqichi) epitelial raki va qorin pardaning birlamchi rakida karboplatin va paklitaksel bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida.
  • avval bevasizumab yoki VEGF ning boshqa ingibitorlari bilan davolanmagan pasientlarda platina preparatlariga qaytalanuvchi sezuvchanligi bo‘lgan tuxumdonlar, bachadon naylarining epitelial raki va qorin pardaning birlamchi rakida karboplatin va gemsitabin bilan majmuada.
  • ilgari kimyoterapiyaning ko‘pi bilan ikkita tartibini qabul qilgan pasientlarda platina preparatlariga qaytalanuvchi sezuvchanligi bo‘lgan tuxumdonlar, bachadon naylarining epitelial raki va qorin pardaning birlamchi rakida paklitaksel, yoki topotekan, yoki pegilir liposomal doksorubisin bilan majmuada.

Bachadon bo‘ynini vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi qaytalanuvchi yoki metastatik raki:

  • paklitaksel va sisplatin bilan yoki paklitaksel yoki topotekan bilan majmuada.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bevasizumab yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga, xitoy og‘maxonining tuxumdoni xujayralari asosidagi preparatlar yoki boshqa rekombinant odam yoki odam antitelalariga yaqin preparatlarga yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik va emizish davri.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, buyrak va jigar yetishmovchiligi (qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) da qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Anamnezdagi arterial tromboemboliyalarda; qandli diabetda; 65 yoshdan oshganlarda; tug‘ma gemorragik diatez va orttirilgan koagulopatiyalarda; Avastin® preparati bilan davolashdan avval tromboemboliyani davolash uchun antikoagulyantlarning to‘liq dozasini qabul qilishda; klinik ahamiyatli yurak-qon tomir kasalliklarida (yurak ishemik kasalligi yoki anamnezdagi dimlangan yurak yetishmovchiligi); arterial gipertenziyada; venoz tromboemboliyada; yaralarni bitishida; qon ketishlar/qon tupurishlarda; anamnezdagi me‘da-ichak perforasiyalarida; qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromida; neytropeniyalar; proteinuriyada ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Avastin® faqat vena ichiga tomchilab yuboriladi; preparatni vena ichiga oqim bilan yuborish mumkin emas!

Avastin® intravitreal yuborish uchun mo‘ljallanmagan.

Avastin® dekstroza eritmalari bilan farmasevtik nomutanosib.

Avastin® preparatining kerakli miqdori talab qilingan hajmgacha aseptika qoidalariga rioya qilingan holda natriy xloridining 0,9% eritmasi bilan suyultiriladi. Tayyorlangan eritmada bevasizumabning konsentrasiyasi 1,4-16,5 mg/ml oralig‘ida bo‘lishi kerak.

Preparatning boshlang‘ich dozasi vena ichiga infuziya ko‘rinishida 90 minut davomida yuboriladi. Agar birinchi infuziya yaxshi o‘zlashtirilsa, ikkinchi infuziyani 60 minut davomida amalga oshirish mumkin. Agar 60 minut davomida infuziya yaxshi o‘zlashtirilsa, keyingi hamma infuziyalarni 30 minut davomida amalga oshirish mumkin.

Noxush ko‘rinishlari tufayli bevasizumabning dozasini kamaytirish tavsiya qilinmaydi. Zarurati bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni butunlay yoki vaqtincha to‘xtatish kerak.

Standart dozalash tartibi

Metastatik kolorektal raki

Kasallikni avj olishi belgilari paydo bo‘lgunigacha Avastin® preparati bilan davolashni amalga oshirish tavsiya etiladi.

Birinchi qator davolash sifatida: 5 mg/kg 2 haftada bir marta yoki 7,5 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, davomli.

Ikkinchi qator davolash sifatida: avval Avastin® preparati bilan davolangan pasientlar kasallikni birinchi avj olishidan keyin ximioterapiya tartibini o‘zgartirish sharti bilan Avastin® preparati bilan davolashni davom ettirishi mumkin:

  • 5 mg/kg 2 haftada bir marta yoki 7,5 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, davomli Avastin®  preparati  o‘z  ichiga  olgan  birinchi  qator  davolashdan keyin kasallikni avj olishida;
  • 10 mg/kg 2 haftada bir marta yoki 15 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, davomli Avastin® preparati o‘z ichiga olmagan birinchi qator davolashdan keyin kasallikni avj olishida.

Sut bezining mahalliy qaytalanuvchi yoki metastatik raki (SBR)

10 mg/kg 2 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, davomli.

Kasallikning rivojlanish belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

O‘pkaning tarqalgan, operasiya yo‘li bilan olib bo‘lmaydigan, metastatik yoki qaytalanuvchi yassi xujayrali bo‘lmagan, mayda xujayrali bo‘lmagan raki

  • O‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan rakida platina preparatlari asosida ximiyaterapiya bilan majmuada birinchi qator davolashi.

Avastin® platina preparatlari asosidagi ximioterapiyaga (ximioterapiyaning maksimal davomiyligi 6 sikl) qo‘shimcha buyuriladi, so‘ngra Avastin® preparatini yuborish monoterapiya ko‘rinishida davom ettiriladi. Kasallikning rivojlanish belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Tavsiya qilingan dozalar:

  • 7,5 mg/kg 3 haftada bir marta sisplatin asosidagi ximioterapiyaga qo‘shimcha vena ichiga infuziya ko‘rinishida;
  • 15 mg/kg 3 haftada bir marta karboplatin asosidagi ximioterapiyaga qo‘shimcha vena ichiga infuziya ko‘rinishida.
  • EGFR (epidermal o‘sish omili) genida faollashtirilgan mutasiya bo‘lgan o‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan rakida erlotinib bilan majmuada birinchi qator davolashi.

15 mg/kg 3 haftada bir marta erlotinib davolashga qo‘shimcha vena ichiga infuziya ko‘rinishida.

Kasallikning avj olish yoki muvofiq kelmagan toksiklik belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Pasientlarni tanlash va dozalar haqida ma‘lumotni erlotinibni to‘liq tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qarang.

Tarqalgan va/yoki metastatik buyrak-xujayrali raki

10 mg/kg 2 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, davomli.

Kasallikning rivojlanish belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Glioblastoma (JSST tasnifi bo‘yicha IV darajali xavfli glioma)

Ilk bor diagnostika qilingan kasallikda: 10 mg/kg 2 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, nur bilan davolash va temozolamid bilan majmuada 6 xafta davomida qo‘llanadi. 4 haftalik tanaffusdan keyin Avastin® preparati bilan davolashni temozolomid bilan majmuada 2 haftada bir marta 10 mg/kg dozada qaytadan boshlanadi. Temozolamitd 4 xaftalik sikllar bilan buyuriladi, temozolamid bilan davolash davomiyligi – 6 siklgacha davom etadi. Keyin Avastin® preparatini yuborish monoterapiya ko‘rinishida 3 haftada bir marta 15mg/kg dozada davom ettiriladi.

Kasallikning avj olish yoki muvofiq kelmagan toksiklik belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Kasallikni qaytalanishida: 10 mg/kg 2 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida, uzoq muddat davomida qo‘llaniladi.

Kasallikning avj olishi yoki muvofik kelmagan toksiklik belgilari paydo bo‘lganida  Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak

Tuxumdon, bachadon naylarining epitelial raki va qorin pardaning birlamchi raki

Birinchi qator davolash sifatida: 15 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida . Avastin® preparati karboplatin va paklitakselga (ximioterapiyaning maksimal davomiyligi 6 sikl) qo‘shimcha buyuriladi, so‘ngra Avastin® preparatini yuborish monoterapiya ko‘rinishida davom ettiriladi. Avastin® preparati bilan davolashning umumiy davomiyligi – 15 oy. Kasallikni avj olishi belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Kasallikni qaytalanishida:

  • platina preparatlariga sezuvchanlikda: 15 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida karboplatin va paklitaksel bilan majmuada buyuriladi (6-10 sikl), so‘ngra Avastin® preparatini yuborish monoterapiya ko‘rinishida davom ettiriladi. Kasallikni avj olishi belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
  • platina preparatlariga rezistentlikda:

10 mg/kg 2 haftada bir marta vena ichiga infuziya kurinishida kuyidagi preparatlarining biri bilan majmuada: paklitaksel, topotekan bilan majmuada qo‘llanadi (topotekanni “har haftalik” yuborish tartibida-ya‘ni har 4 haftada 1,8 va 15-chi kunlari) yoki pegilir liposomal doksorubisin bilan majmuada kullaniladi

yoki

15 mg/kg 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya kurinishida, har 3  haftada ketma-ket 5 kun davomida har kuni ko‘llanadigan topotekan bilan majmuada qo‘llanadi. Kasallikni avj olishi belgilari paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Bachadon bo‘ynini vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi qaytalanuvchi yoki metastatik raki:

Tana vazniga 15 mg/kg dan 3 haftada bir marta vena ichiga infuziya holida kimyoterapevtik vositalar: paklitaksel va sisplatin yoki paklitaksel hamda topotekan bilan majmuada yuboriladi.

Kasallikni zo‘rayib borish yoki kutilmagan toksiklik belgilari paydo bo‘lganida Avastin preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Alohida guruh pasientlardagi dozalash tartibi

Bolalar va o‘smirlar

Bolalar va o‘smirlarda bevasizumabning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Avastin® preparatini 18 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas. Avastin® preparatini  18 yoshgacha qabul qilgan pasientlarda jah osteonekrozidan tashqari turli lokalizasiyali osteonekrozi kuzatilgan.

Keksa yoshli pasientlar (65 yoshdan oshgan)

65 yoshdan oshgan pasientlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bevasizumabning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bevasizumabning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.

Qo‘llash, muomala qilish va yo‘qotish bo‘yicha yo‘riqnomalar

Qo‘llash oldidan avval eritmani mexanik kiritmalar va rangini o‘zgarishiga ko‘zdan kechirish kerak.

Avastin® mikroblarga qarshi konservant saqlamaydi, shuning uchun tayyorlangan eritmaning sterilligini ta‘minlash va uni darhol ishlatish kerak. Agar preparat darhol ishlatilmasa, tayyorlangan eritmaning saqlash vaqti va sharoiti ishlatuvchining mas‘uliyati hisoblanadi. Agar eritish nazoratlangan va validasiyalangan aseptik sharoitlarda amalga oshirilgan bo‘lsa, tayyorlangan eritmani +2oS dan +8oS gacha bo‘lgan haroratda 24 soatgacha saqlash mumkin. Tayyorlangan eritmaning kimyoviy va fizik turg‘unligi natriy xloridining 0,9% eritmasida, +2oS dan +30oS gacha bo‘lgan haroratda 48 soat davomida saqlanadi. Flakonda qolgan ishlatilmagan preparat yo‘q qilinadi, chunki u konservantlar saqlamaydi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Eng jiddiy nojo‘ya ta‘sirlari: me‘da-ichak yo‘llarining perforasiyasi, qon quyilishlar, shu jumladan o‘pkadan qon ketishi/qon tupurish (o‘pkaning mayda bo‘lmagan xujayrali raki bo‘lgan pasientlarda ko‘proq kuzatiladi), arterial tromboemboliya.

Avastin® qabul qilgan pasientlarda ko‘proq kuzatilgan: arterial bosimni oshishi, holsizlik yoki asteniya, diareya va qorin og‘rig‘i. Arterial bosimni oshishi va proteinuriyani rivojlanishi, ehtimol dozaga bog‘liq xarakterga ega.

Quyida Rakning milliy instituti (NCI-CTC) tasnifi bo‘yicha Avastin® ni barcha ko‘rsatmalar bo‘yicha turli ximioterapevtik tartiblar bilan majmuada qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan og‘irlikning hamma darajalaridagi nojo‘ya reaksiyalari keltirilgan. Nojo‘ya reaksiyalarni ta‘riflash uchun quyidagi mezonlar ishlatiladi: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% – <10%), tez-tez emas (≥0,1% – <1%), kam (≥0,01% – <0,1%), va juda kam (<0,01%).

Noxush reaksiyalari paydo bo‘lish tez-tezligiga muvofiq ma‘lum toifaga kiritilgan. Bir toifa doirasida noxush reaksiyalar jiddiyligini pasayishi bo‘yicha keltirilgan. Sanab o‘tilgan noxush reaksiyalarning ba‘zilari ko‘proq ximioterapiyada kuzatiladi, biroq Avastin® preparati kimyoterapevtik preparatlar bilan majmuada qo‘llanganida ushbu reaksiyalarni namoyon bo‘lishi kuchayishi mumkin. Masalan, kapesitabin yoki polietilenglikol bilan birikkan liposomal doksorubisin bilan davolanganda kaft-tovon sindromi yoki paklitaksel yoki oksaliplatin bilan davolanganda periferik sensor neyropatiya, paklitaksel bilan davolanganda tirnoqlarni shikastlanishi yoki alopesiya.

Qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – febril neytropeniya, leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya; tez-tez – anemiya, limfositopeniya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – periferik sensor neyropatiya, disgevziya, bosh og‘rig‘i, dizartriya; tez-tez – insult, sinkope, uyquchanlik.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – ko‘z kasalliklari, ko‘z yoshi oqishini ko‘payishi.

Yurak-qon tomir tizimi  tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – arterial bosimni oshishi; tez-tez – surunkali yurak yetishmovchiligi, supraventrikulyar taxikardiya, arterial tromboemboliya, chuqur venalar trombozi, qon ketishlar, shu jumladan, o‘pkadan, bosh miya ichki qon ketishlari, shilliq qavat va teri tomonidan, me‘da-ichak yo‘llaridan va o‘smadan qon ketishi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – hansirash, burundan qon ketishi, rinit; tez-tez – o‘pka arterial tromboemboliyasi (O‘ATE), gipoksiya.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – anoreksiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, qabziyat, stomatit, rektal qon ketish; tez-tez – me‘da-ichak yo‘llarining perforasiyasi, ichakni tutilishi, obturasion ichak tutilishi, qin va to‘g‘ri ichak orasidagi oqma (qin va MIY orasida eng ko‘p kuzatiladigan oqma), gastrointestinal buzilishlar, to‘g‘ri ichakda og‘riq.

Reproduktiv tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – tuxumdonlar faoliyatini yetishmovchiligi (3 oy va undan ko‘proq davom etuvchi amenoreya (follikulani rag‘batlantiruvchi gormonning (FSG) konsentrasiyasi ≥30 mXB/ml, zardobda odam beta xorionik gonadotropinini aniqlash bilan homiladorlikka sinama manfiy bo‘lganida));  tez-tez – kichik chanoq sohasida og‘riq.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – eksfoliativ dermatit, terining quruqligi, teri rangini o‘zgarishi; tez-tez – oyoq va qo‘l kaftlari sindromi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – artralgiya; tez-tez – mushak kuchsizligi, mialgiya,  belda og‘riq.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – proteinuriya; tez-tez – siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari.

Mahalliy reaksiyalar: juda tez-tez – og‘riq, shu jumladan preparatni yuborish joyida.

Boshqalar: juda tez-tez – asteniya, yuqori charchoqlik, pireksiya, turli lokalizasiyali shilliq qavatni yallig‘lanishi; tana vaznini kamayishi, tez-tez – letargiya, tormozlanish, sepsis, abssess,  sellyulit, ikkilamchi infeksiyalarni qo‘shilishi, degidratasiya.

Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan buzilishlar:

Giperglikemiya, gipokaliemiya, giponatriemiya, protrombin vaqtini uzayishi, xalqaro normallashgan nisbatni (XNN) oshishi.

Postregistrasion  kuzatishlar

Tug‘ma, nasliy va genetik buzilishlar: homila rivojlanishini, bevasizumabni monoterapiyada yoki ma‘lum embriotoksik kimyoterapevtik preparatlar bilan majmuada olgan ayollarda kuzatilgan nuqsonlar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: gipertenziv ensefalopatiya (juda kam); qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromi (kam hollarda).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: klinik proteinuriya bilan namoyon bo‘luvchi buyrak trombotik mikroangiopatiyasi (paydo bo‘lish tez-tezligi ma‘lum emas).

Nafas a‘zolari tomonidan buzilishlar:

Burun to‘sig‘ining perforasiyasi (paydo bo‘lish tez-tezligi ma‘lum emas), o‘pka gipertenziyasi (yuzaga kelish tez-tezligi ma‘lum emas), disfoniya (tez-tez).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: gastrointestinal yara (yuzaga kelish tez-tezligi ma‘lum emas).

Jigar va o‘t chiqaruvchi yo‘llar tomonidan buzilishlar: o‘t qopining perforasiyasi (paydo bo‘lish tez-tezligi ma‘lum emas).

Allergik va infuzion reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, infuzion reaksiyalar (paydo bo‘lish tez-tezligi ma‘lum emas); quyidagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘rinishlar bilan bir vaqtda: hansirash/nafas olishni qiyinlashishi, oqib kelishlar/qizarish/toshma, arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, kislorod bilan to‘yinishni pasayishi, ko‘krakda og‘riq, isitma va ko‘ngil aynishi/qusish.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: jag‘ning osteonekrozi (asosan yo‘ldosh bifosfonatlar bilan davolanayotgan yoki avval bifosfonatlar bilan davolangan pasientlarda). Avastin® preparatini qabul qilgan bolalarda boshqa lokalizasiyali osteonekroz hollari (kompaniya tomonidan homilik qilinmagan klinik tadqiqotlar doirasida bolalarda kuzatilgan osteonekroz hollari postregistrasion kuzatuvlarda aniqlangan bo‘lib, postregistrasion kuzatuvi bo‘limiga kiritilgan, chop qilingan ma‘lumotlarda STS (toksiklikni umumiy mezonlari) mezonlari bo‘yicha og‘irlik darajasi, xabarlarni uchrash bo‘lmasa ham tez-tezligi xaqida ham ma‘lumotlar aniqlangan bo‘lmagan).

Boshqalar: nekrozga olib keluvchi fassit, odatda, jarohatlarni bitishini buzilishi, me‘da-ichak yo‘llarini perforasiyasi yoki fistulani hosil bo‘lishi (kam hollarda) fonida yuz beradi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Bevasizumabni har 2 haftada 20 mg/kg maksimal dozada vena ichiga buyurishda bir necha pasientlarda og‘ir darajali bosh og‘rig‘i (migren) aniqlangan.

Doza oshirib yuborilganida quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ko‘rinishlar kuchayishi mumkin. Spesifik antidoti yo‘q. Davolash simptomatik

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

O‘smaga qarshi preparatlarni Avastin® preparatining farmakokinetikasiga ta‘siri

Kimyoterapiya bilan birga qo‘llanganda Avastin® preparatining farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘siri qayd qilinmagan. Avastin® preparatini monoterapiya sifatida qabul qilgan pasientlar va Avastin® preparatini alfa-2a interferon yoki boshqa ximioterapevtik preparatlar (IFL, FU/LV, karboplatin/paklitaksel, kapesitabin, doksorubisin yoki sisplatin/gemsitabin) bilan majmuada qabul qilgan pasientlar orasida, Avastin® preparatining klirensida statistik yoki klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.

 

Avastin® preparatini o‘smalarga qarshi boshqa preparatlarning farmakokinetikasiga ta‘siri

Avastin® preparati interferon alfa-2a, erlotinib (va uning faol metaboliti OSI-420) yoki ximioterapevtik preparatlari irinotekan va uning faol metaboliti (SN38); kapesitabin va uning metabolitlari, shuningdek oksaliptalin (platinaning erkin va umumiy miqdori bo‘yicha aniqlangan); sisplatinning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Avastin® preparatini gemsitabinning farmakokinetikasiga ta‘sir qilishi haqida ishonchli ma‘lumotlar yo‘q.

Avastin® preparatini sunitinib bilan majmuasi

Avastin® preparati (10 mg/kg 2 haftada bir marta) sunitinib (har kuni 50 mg) bilan majmuada qo‘llanganida metastatik buyrak-xujayrali raki bo‘lgan 19 pasientdan 7 tasida mikroangiopatik gemolitik kamqonlikni (MAGK) rivojlanish hollari qayd qilingan. MAGK eritrositlar fragmentasiyasi, kamqonlik va trombositopeniya bilan namoyon bo‘luvchi gemolitik kamqonliklarning kichik guruhiga kiradi. Ba‘zi bemorlarda qo‘shimcha nevrologik buzilishlar, kreatinin miqdorining oshishi, arterial gipertenziya, shu jumladan gipertonik kriz aniqlanadi. Ushbu simptomlar bevasizumab va sunitinib bilan davolashni to‘xtatgandan keyin qaytuvchan bo‘lgan.

Platina preparatlari yoki taksanlar asosida o‘tkaziladigan kimyoterapiya bilan majmua 

Og‘ir darajadagi neytropeniya, febril neytropeniya yoki og‘ir darajadagi neytropeniya bilan birga yoki usiz kechuvchi infeksiyani rivojlanish tezligini oshishi (shu jumladan, o‘lim bilan tugagan holatlar) asosan o‘pkani mayda hujayrali bo‘lmagan raki va sut bezini metastatik rakini davolash uchun taksanlar yoki platina preparatlari asosida kimyoterapiya olgan pasientlarda kuzatilgan.

Nur bilan davolash

Ilk bor diagnostika qilingan glioblastomasi bo‘lgan pasientlarda Avastin® preparatini nur bilan davolash va kimyoterapiya bilan (temozolomid bilan) majmuada qo‘llanganda preparatning xavfsizlik profili o‘zgarmagan holda qoladi.

Nur bilan davolash bilan majmuada boshqa ko‘rsatmalarda Avastin® preparatining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Avastin® dekstroza eritmalari bilan nomutanosib.

Odamning epitelial o‘sish omili (EGFR) reseptorlariga spesifik bo‘lgan monoklonal antitelalar bevasizumab saqlovchi kimyoterapevtik tartiblar bilan majmuada

O‘zaro ta‘sir yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Metastatik kolorektal rakni davolash uchun bevasizumab saqlovchi kimyoterapevtik tartiblar bilan birga EGFR reseptorlariga monoklonal antetalalarni qo‘llash mumkin emas. Metastatik rak bilan xastalangan pasientlarda randomizasiya qilingan tadqiqotlarning 3 fazasi natijalari, EGFR ga monoklonal antitelalar (panituzumab va setuksimab) ni bevasizumab va kimyoterapiya bilan majmuada qo‘llash, faqat bevasizumab va kimyoterapiyani qo‘llashga nisbatan yashovchanlik ko‘rsatkichlarini zo‘rayib bormasdan pasayishi va/yoki umumiy yashovchanlikni pasayishi va toksiklikni oshishi bilan namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi.

Avastin® preparati dekstroza eritmalari bilan nomutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bemorning tibbiy xujjatida preparatning savdo nomini (Avastin®) ko‘rsatish kerak. Preparatni qandaydir boshqa biologik dori preparatiga almashtirilishi davolovchi shifokor bilan kelishishni talab etadi. Ushbu yo‘riqnomada keltirilgan ma‘lumotlar, faqat Avastin® preparatiga taalluqlidir.

Avastin® preparati bilan davolashni faqat o‘smalarga qarshi davolash tajribasiga ega shifokor nazorati ostida amalga oshirish mumkin.

 

 

Me‘da-ichak yo‘llarining (MIY)  perforasiyasi va oqmalari

Avastin® qabul qilayotgan pasientlarda me‘da-ichak yo‘llari (MIY) va o‘t qopining perforasiyasini rivojlanishini yuqori xavfi mavjud. MIY perforasiyasining og‘ir hollari, shu jumladan fatal holati (Avastin® preparatini qabul qilgan barcha pasientlarning 0,2%-1% da) kuzatilgan.

Bachadon bo‘ynini vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi qaytalanuvchi yoki metastatik raki bo‘lgan pasientlarda Avastin preparatini qo‘llashni o‘rganishda MIY perforasiya hollari (barcha og‘irlik darajalari) 3,2% pasientlarda kuzatilgan, barcha pasientlar ilgari nur bilan davolash olganlar.

MIY perforasiyasining klinik manzarasi og‘irligi va davolashsiz yo‘q bo‘lib ketadigan qorin bo‘shlig‘ini rentgenografiyasida erkin gaz belgilaridan, to qorin bo‘shlig‘i abssessi bilan perforasiya va o‘lim bilan yakunlanishi bo‘yicha farq qilgan. Ayrim hollarda kimyoterapiya bilan assosiasiyalangan me‘daning yara kasalligi, o‘smaning nekrozi, divertikulit yoki kolit natijasida dastlabki qorin bo‘shlig‘i ichki yallig‘lanishi mavjud bo‘lgan. Qorin bo‘shlig‘i ichki yallig‘lanishi va MIY perforasiyasi va Avastin® preparati bilan davolash orasida aloqa aniqlanmagan. MIY perforasiyasini rivojlanishida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Metastatik kolorektal va tuxumdon raki bo‘lgan pasientlarda  MIY oqmalari (barcha og‘irlik darajalari), 2% pasientlarda rivojlangan , o‘smani boshqa joylashishlarida kamroq uchragan.

Bachadon bo‘ynini vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi, qaytalanuvchi yoki metastatik rakini davolash uchun Avastin preparati bilan davolanayotgan pasientlarda qin va MIY ning istalgan qismi o‘rtasida (me‘da-ichak yo‘llari qin oqmalari) oqmalarni hosil bo‘lish havfi yuqori bo‘ladi.

Bachadon bo‘ynini vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi, qaytalanuvchi yoki metastatik raki bilan xastalangan pasientlarda Avastin preparatini qo‘llashni o‘rganishda me‘da-ichak yo‘llari qin oqmalarini hosil bo‘lish tezligi 8,3% ni tashkil etgan, hamma hollarda ilgari kichik chanoq a‘zolarini nur bilan davolash o‘tkazilgan. Me‘da-ichak yo‘llari qin oqmalari bo‘lgan pasientlarda shuningdek ichak tutilishini rivojlanishi ham o‘rin tutadi va jarrohlik yo‘li bilan davolash, hamda stomalarni qo‘yish zaruriyati talab etilishi mumkin.

Boshqa lokalizasiyadagi oqmalar (MIY bo‘limlaridan tashqari)

Avastin preparati bilan davolanish vaqtida pasientlarda oqmalarni rivojlanish havfi yuqori bo‘lishi mumkin.

Avastin preparati bilan davolanishda oqmalar rivojlanishini jiddiy holatlari, jumladan o‘lim holatlari qayd etilgan.

Bachadon bo‘ynini vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi, qaytalanuvchi yoki metastatik raki bilan xastalangan pasientlarda Avastin preparatini qo‘llashni o‘rganishda gastrointestinal tizimidan tashqari a‘zolarda oqmalarni hosil bo‘lish hollari (qin, qovuq, yoki ayollar jinsiy yo‘llari) Avastin olgan pasientlarning 1,8% da kuzatilgan.

Turli ko‘rsatmalar bo‘yicha Avastin® preparatini qabul qilishda oqmani boshqa joylashishlarida (bronxoplevral, biliar) hosil bo‘lishining kam (≥0,1% – <1%) hollari qayd qilingan.

Oqmani hosil bo‘lishi ko‘pincha Avastin® preparati bilan davolashning birinchi 6 oyida kuzatiladi, ammo davolash boshlanganidan keyin 1 haftadan keyin ham, 1 yil va undan keyinroq ham paydo bo‘lishi mumkin.

Traxeo-ezofageal oqmani paydo bo‘lishi yoki og‘irligi 4 darajali har qanday oqmalarning paydo bo‘lishida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak. Boshqa lokalizasiyali oqmalari bo‘lgan pasientlarda Avastin® preparatini qo‘llashni davom ettirilgani bo‘yicha cheklangan xabarlar mavjud. MIY kirmagan ichki oqmani paydo bo‘lishida Avastin® preparatini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish kerak.

 

Qon ketishlar

Avastin® preparatini qabul qilayotgan pasientlarda, ayniqsa o‘sma bilan bog‘liq qon ketishlar paydo bo‘lishining xavfi yuqori. NCI-CTC tasnifi bo‘yicha og‘irligi 3 va 4 darajali qon ketishlar paydo bo‘lganida Avastin® preparatini bekor qilish kerak. Barcha ko‘rsatmalar bo‘yicha Avastin® preparatini qo‘llashda og‘irligi 3-5 darajali qon ketishlarni paydo bo‘lishining umumiy tez-tezligi ximioterapiyadagi 0-2,9% ga nisbatan 0,4%-6.9% ni tashkil qiladi. Qon ketishlar asosan o‘sma bilan bog‘liq (quyida keltirilgan) yoki katta bo‘lmagan shilliq qavat-teridan (masalan, burundan qon ketish) bo‘lgan.

Asosan NCI-CTC tasnifi bo‘yicha og‘irligi 1 darajali, 5 minutdan kam davom etgan, tibbiy muolajalarsiz to‘xtagan va Avastin® preparatini dozalash tartibini o‘zgartirishni talab qilmaydigan burundan qon ketishlar kuzatilgan. Shilliq qavati – teridan katta bo‘lmagan qon ketishlar (masalan, burundan qon ketishi) preparatning dozasiga bog‘liq. Milk yoki vaginal katta bo‘lmagan qon ketishlari kam paydo bo‘lgan.

O‘pkadan katta yoki massiv qon ketishlar/qon tupurishlar asosan o‘pka mayda bo‘lmagan xujayrali rakida kuzatilgan. Revmatizmga qarshi/ yallig‘lanishga qarshi preparatlarni, antikoagulyantlarni qabul qilish, avval o‘tkazilgan nur bilan davolash, ateroskleroz, o‘smani markaziy joylashishi, davolash vaqtida yoki undan keyin kavernani hosil bo‘lishi o‘pkadan qon ketishi/qon tupurishni rivojlanishini xavf omili bo‘lishi mumkin, bunda faqat o‘pkaning yassi xujayrali raki bilan qon ketishlarni paydo bo‘lishi orasida statistik ishonchli bog‘liqlik aniqlangan.

Yaqinda qon ketishi/qon tupurishi (2,5 ml dan ko‘p) bo‘lgan pasientlar Avastin® preparatini qabul qilishlari mumkin emas.

Kolorektal raki bo‘lgan pasientlarda o‘sma bilan bog‘liq bo‘lgan MIY dan qon ketishlar, shu jumladan rektal qon ketishi va melena bo‘lishi mumkin.

Boshqa turdagi o‘smalarda qon ketishlar kam kuzatilgan va o‘z ichiga MNT ni metastatik shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda yoki glioblastomasi bo‘lgan pasientlarda MNT ga qon ketishi hollarini o‘z ichiga olgan.

MNT ga qon ketishi simptomlarining monitoringini o‘tkazish kerak va miya ichiga qon ketishlar paydo bo‘lgan hollarda Avastin® preparati bilan davolashni bekor qilish kerak.

Tug‘ma gemorragik diatez, orttirilgan koagulopatiya yoki tromboemboliya sababli antikoagulyantlarning to‘liq dozasini qabul qilgan pasientlarda, Avastin® preparatining bunday pasientlarda xavfsizligi haqida ma‘lumotning yo‘qligi sababli, preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Avastin® preparati va varfarinni qabul qilgan pasientlarda og‘irligi 3 va undan yuqori darajali qon ketishlarning tez-tezligini oshishi kuzatilmagan.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar

Avastin® preparatini qayd qilinmagan intravitreal yuborishdan keyin ko‘rish a‘zosi tomonidan jiddiy noxush ko‘rinishlarning (shu jumladan infeksion endoftalmit va boshqa yallig‘lanish kasalliklari) alohida hollari, shuningdek qator hollari haqida xabar berilgan. Ushbu ko‘rinishlardan ayrimlari ko‘rish o‘tkirligini turli darajali og‘irlikda yo‘qolishiga, shu jumladan turg‘un ko‘rlikka olib kelgan. Avastin® preparati intravitreal yuborish uchun mo‘ljallanmagan.

Arterial gipertenziya

EGFR (epidermal o‘sish omili) genida faollashtirilgan mutasiya bo‘lgan o‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan rakida erlotinib bilan majmuada birinchi qator davolangan pasientlardan tashqari, Avastin® preparati qo‘llanilishi o‘rganilganda arterial gipertenziyani hamma og‘irlik darajali umumiy tez-tezligi paydo bo‘lishi o‘zgaruvchan bo‘lgan (42,1% gacha).

NCI-CNC tasnifi bo‘yicha arterial gipertenziyani 3-4 og‘irlik darajasida kuzatilish umumiy tez-tezligi 0,4%-17,9% tashkil qildi va 4 og‘irlik darajasida (gipertonik kriz) 1% pasientlarda kuzatildi.

EGFR (epidermal o‘sish omili) genida faollashtirilgan mutasiya bo‘lgan o‘pkaning tarqalgan, operasiya yo‘li bilan olib bo‘lmaydigan, metastatik yoki qaytalanuvchi yassi xujayrali bo‘lmagan va mayda hujayrali bo‘lmagan rakida erlotinib bilan majmuada birinchi qator davolash sifatida qo‘llagan preparatlarda arterial gipertenziya xamma og‘irlik darajasi tez-tezligi 77,3% tashkil qildi; 3 og‘irlik darajasi 60,0% pasientlarda kuzatilgan, 4 yoki 5 og‘irlik darajasi arterial gipertenziya hollari kuzatilmadi.

Xavfsizligi bo‘yicha klinik ma‘lumotlar asoslanib arterial bosimni (AB) oshishi hollarining tez-tezligi, ehtimol, bevasizumabning dozasiga bog‘liq deb taxmin qilish imkoniyatini beradi.

Avastin® preparatini faqat arterial gipertenziyasi oldindan kompensasiyalangan bemorlarga va AB ni keyinchalik nazorati bilan buyurish mumkin. Davolashni boshlash vaqtida nazoratlanmagan arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda Avastin® preparatining ta‘siri o‘rganilmagan. Dori vositasi bilan davolashni talab qiluvchi arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda, AB ni normallashtirishga erishilgunigacha Avastin® preparati bilan davolashni vaqtincha to‘xtatish kerak.

Ko‘pchilik hollarda AB ni normallashtirishga har bir bemor uchun shaxsiy tanlangan standart antigipertenziv vositalar (angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, diuretiklar va “sekin” kalsiy kanallarining blokatorlari) yordamida erishiladi. Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish yoki gospitalizasiya kam talab qilingan.

Gipertenziv ensefalopatiya hollari, ayrimlarini o‘lim bilan tugashi juda kam kuzatilgan. Avastin® preparati bilan davolash bilan assosiasiyalangan arterial gipertenziya rivojlanishining xavfi bemorning dastlabki xarakteristikalari, yo‘ldosh kasalliklar yoki yo‘ldosh davolash bilan muvofiq kelmaydi.

AB ni normalizasiyasi bo‘lmaganda, gipertonik kriz yoki gipertenziv ensefalopatiya rivojlanganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Qaytuvchan orqa ensefalopatiya sindromi

Avastin® preparati bilan davolashda tutqanoq xuruji, bosh og‘rig‘i, ruhiy buzilishlar, ko‘rishni buzilishi, bosh miya po‘stlog‘idagi ko‘rish markazini shikastlanishi, arterial gipertenziya bilan yoki usiz va boshqa simptomlar bilan namoyon bo‘luvchi qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromini yakka hollari qayd qilingan. Tashhisni bosh miyani vizualizasiyasi usullari yordamida tasdiqlash mumkin (magnit-rezonanas tomografiyasi (MRT) usulida afzalroq). Qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromini rivojlanish holida simptomatik davolashni buyurish, AB ni sinchiklab nazorat qilish va Avastin® ni bekor qilish kerak. Bunday pasientlarda Avastin® preparatini takroriy buyurishning xavfsizligi aniqlanmagan.

Arterial tromboemboliya

Ximioterapiya bilan majmuada Avastin® preparati bilan davolashda faqat ximioterapiyani buyurishga nisbatan arterial tromboemboliyalar, shu jumladan insult, tranzitor ishemik ataka va miokard infarkti va arterial tromboemboliyaning boshqa ko‘rinishlarining tez-tezligi yuqori bo‘lgan. Arterial tromboemboliyalar paydo bo‘lishining umumiy tez-tezligi 5,9% (o‘lim bilan tugagan holatlar 0,8%) ni tashkil qilgan.

Arterial tromboemboliya paydo bo‘lganida Avastin® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak. Anamnezida arterial tromboemboliya yoki 65 yoshdan oshganlar Avastin® preparati bilan davolash vaqtida arterial tromboemboliyani rivojlanishini yuqori xavfi bilan assosiasiyalanadi. Bunday pasientlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Venoz tromboemboliya

Avastin® preparati bilan davolash vaqtida venoz tromboemboliyaning (O‘ATE, chuqur venalarning trombozi, tromboflebit) rivojlanishini yuqori xavfi mavjud. Venoz tromboemboliya (chuqur venalarning va O‘ATE) rivojlanishining umumiy tez-tezligi 2,8% dan 17,3% gacha o‘zgaradi.

3-5 og‘irlik darajasidagi venoz tromboemboliyasining ko‘rinishlari bevasizumab preparatini kimyoterapiya bilan majmuada olgan paisentlarning 7,8% da kuzatilganligi yuzasidan bar berilgan. Venoz tromboemboliya o‘tkazgan va Avastin preparati bilan davolanayotgan va kimyoterapiya olayotgan pasientlarda venoz emboliyani qaytalanish havfi yuqori bo‘ladi. Bachadon bo‘ynini vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi, qaytalanuvchi yoki metastatik rakini davolash uchun Avastin preparatini olayotgan pasientlarda venoz tromboemboliyani rivojlanish havfi yuqori bo‘ladi. 3-5 og‘irlik darajasidagi ko‘rinishlar 10,6% pasientlarda kuzatilgan. 3-5 og‘irlik darajasidagi venoz tromboemboliya birinchi marta glioblastoma tashxisi qo‘yilgan, kimyoterapiya va nur bilan davolash olgan pasientlarning 8,0% ga nisbatan bevasizumabni kimyoviy davolash va nur bilan majmuada olgan paisentlarning 7,6% da kuzatilganligi yuzasidan xabar berilgan.

Hayotga xavf soluvchi O‘ATEda (og‘irligi 4 darajali) Avastin® preparatini bilan davolashni to‘xtatish kerak, og‘irligi ≤3 darajalida esa pasientning holatini sinchkov monitoringini amalga oshirish kerak.

Surunkali yurak yetishmovchiligi

Avastin® preparati barcha ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanganida surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUE) paydo bo‘lgan, ammo asosan sut bezining metastatik rakida.

Chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon fraksiyasini pasayishi ham, davolashni va gospitalizasiyani talab qiluvchi SYUE ham kuzatilgan.

3 va undan yuqori og‘irlik darajasidagi SYUE Avastin® preparatini qabul qilgan 3,5% pasientlarda kuzatiladi. Avastin® preparatini antrasiklin qatori preparatlari bilan majmuada qabul qilgan pasientlarda 3 va undan yuqori og‘irlik darajadasi SYUE uchrash tezligi sut bezining metastatik rakini davolashda mavjud bo‘lgan ma‘lumotlardan farqlanmagan. Muvofiq davolashda ko‘pchilik pasientlarda simptomlarni va/yoki chap qorinchaning zarb hajmini yaxshilanishi kuzatilgan.

Nyu-York kardiologlari assosiasiyasi (NYHA) tasnifi bo‘yicha II-IV sinf SYUE bo‘lgan pasientlarda SYUE rivojlanishini xavfi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Ko‘pchilik hollarda SYUE anamnezida antrasiklinlar, ko‘krak qafasi sohasiga nur bilan davolash qabul qilgan yoki SYUE rivojlanishini xavf omillari bo‘lgan sut bezining metastatik raki bo‘lgan pasientlarda paydo bo‘lgan.

Anamnezida yurak ishemik kasalligi yoki SYUE kabi klinik ahamiyatli yurak-tomir kasalliklari bo‘lgan pasientlarga Avastin® preparatini buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Avval antrasiklin qatori preparatlari bilan davolanmagan pasientlarda Avastin® preparati va antrasiklin qatori preparatlarini qo‘llashda, antrasiklin qatori preparatlari bilan monoterapiyaga nisbatan har qanday og‘irlik darajali SYUE ning tez-tezligini oshishi kuzatilmagan. Og‘irligi 3 va undan yuqori darajali SYUE ximioterapiya bilan majmuada Avastin® preparati bilan davolangan guruhda, faqat ximioterapiya qabul qilgan guruhga nisbatan ko‘proq paydo bo‘lgan, bu sut bezining metastatik raki bo‘lgan va antrasiklin bilan yo‘ldosh davolanmayotgan pasientlardan olingan ma‘lumotlarga to‘g‘ri keladi.

Diffuz V-yirik xujayrali limfomasi bo‘lgan pasientlarni bevasizumab va 300 mg/m2 kumulyativ dozadagi dokrorubisin bilan davolashda, SYUE yangi hollarining sonini oshishi kuzatilgan. Rituksimab/siklofosfamid/doksorubisin/vinkristin/prednizolon (R-CHOP)+bevasizumab va R-CHOP davolashni solishtirganda, yangi hollar soni farq qilmagan, ammo avval doksirubisin bilan davolashga nisbatan yuqori bo‘lgan. R-CHOP+bevasizumab guruhida SYUE ning tez-tezligi yuqori bo‘lgan.

Jarohatni bitishi

Avastin® yaralarni bitishiga salbiy ta‘sir qilishi mumkin.

Jarohatlar bitishining asoratlarini o‘lim bilan tugagan jiddiy hollari qayd etilgan.

Bevasizumab bilan davolashni katta xirurgik amaliyotidan keyin kamida 28 kun o‘tgach yoki xirurgik jarohat to‘liq bitganidan keyin boshlash kerak. Davolash vaqtida jarohatni bitishi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar rivojlanganida, jarohatni to‘liq bitgunigacha Avastin®ni vaqtincha bekor qilish kerak. Avastin® preparatini yuborishni rejali xirurgik amaliyotini o‘tkazish hollarida ham vatincha to‘xtatish kerak.

Birinchi marta tashxis qo‘yilgan glioblastomani davolashda jarohatlarni bitishini operasiyadan keyingi 3-5 og‘irlik darajasidagi asoratlar (shu jumladan, kraniotomiyadan keyingi asoratlar) ni rivojlanish tezligi Avastin preparatini kimyoterapiya va nur terapiyasi bilan majmuada olgan paisentlarning 3,3% ni tashkil etgan.

Avastin® preparati bilan davolangan pasientlarda nekrozga olib keluvchi fassiitning (shu jumladan o‘limga olib keluvchi) kam hollari qayd etilgan. Ushbu holat, odatda, jarohatlarni bitishini buzilishi, me‘da-ichak yo‘llarini perforasiyasi yoki fistulalarni hosil bo‘lishi fonida rivojlangan.

Nekrozga olib keluvchi fassiit aniqlangan hollarda Avastin® preparati bekor qilinishi va zudlik bilan tegishli davolash boshlanishi lozim.

Proteinuriya

Proteinuriya Avastin® preparatini qabul qilgan 0,7%-54,7% pasientlarda kuzatilgan. Og‘irlik darajasi bo‘yicha proteinuriya siydikda tranzitor simptomsiz oqsilni aniqlanishidan (1,4% pasientlarda) nefrotik sindromgacha (og‘irligi 4 darajali) o‘zgargan. Turli ko‘rsatmalar bo‘yicha Avastin® preparatini qabul qilgan 8,1% pasientlarda og‘irligi 3 darajali proteinuriya qayd qilingan.

Anamnezida arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda proteinuriyani rivojlanish xavfi yuqori. Ehtimol, 1 darajali proteinuriya Avastin® preparatining dozasiga bog‘liq.

Nefrotik stndrom rivojlanganida Avastin® preparatini bekor qilish kerak.

Avastin® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida proteinuriyaga siydikning tahlilini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ko‘pchilik hollarda sutkada ≥2 g proteinuriyada Avastin® preparati bilan davolashni proteinuriyani ≤2 g gacha pasaygunigacha vaqtincha to‘xtatilgan.

Neytropeniya

Ximioterapiyaning mielotoksik tartibi bilan majmuada Avastin® preparati bilan davolashda, ximioterapiya bilan solishtirganda og‘ir neytropeniya, febril neytropeniya yoki og‘ir neytropeniyali infeksiyalarni (shu jumladan o‘lim bilan tugagan hollar) rivojlanish tez-tezligini oshishi kuzatilgan.

Infuzion reaksiyalar/o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

Pasientlarda infuzion reaksiyalar/o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanishini yuqori xavfi kuzatilishi mumkin. Faqat ximioterapiya qabul qilgan pasientlarga nisbatan ximioterapiya bilan majmuada Avastin® preparatini qabul qilgan pasientlarda anafilaktik reaksiyalar va anafilaktoid tur reaksiyalarning ko‘proq rivojlanishi haqida ma‘lumotlar mavjud. Avastin preparatini qo‘llashni o‘rganishda bunday reaksiyalar tez-tez (bevasizumab olgan pasientlarning 5% da) kuzatilgan.

Avastin® preparatini yuborish vaqtida va yuborishdan keyin pasientlarni sinchiklab kuzatish tavsiya qilinadi. Infuzion reaksiya paydo bo‘lganida infuziyani to‘xtatish va muvofiq tibbiy choralarni o‘tkazish kerak. Muntazam premedikasiya infuzion reaksiyalar/ o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining bo‘lmasligining kafolati emas.

Jag‘ osteonekrozi

Avastin® preparatini qabul qilgan onkologik pasientlarda jag‘ osteonekrozi holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. Bu pasientlarning ko‘pchiligi bisfosfonatlarni vena ichiga ilgari yoki yondosh terapiya sifatida qabul qilishgan, jag‘ osteonekrozi bisfosfonatlar uchun identifikasiya qilingan xavf hisoblanadi.

Avastin® preparatini va bisfosfonatlarni vena ichiga bir vaqtda yoki ketma-ket qo‘llanganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.

Invaziv stomatologik muolajalar ham identifikasiya qilingan xavf hisoblanadi. Avastin® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin stomatologik tekshiruvni o‘tkazish va tegishli profilaktik stomatologik chora-tadbirlarni o‘tkazish kerak. Bisfosfonatlarni vena ichiga ilgari olgan yoki hozirgi vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda invaziv stomatologik muolajalarni o‘tkazishdan iloji boricha saqlanish kerak.

Infeksiyalar

Birinchi marta glioblastoma tashxisi qo‘yilgan pasientlarda Avastin preparatini kimyoterapiya va nur terapiyasi bilan majmuada qo‘llashni o‘rganishda har qanday og‘irlik darajasidagi infeksiyalarni rivojlanish tezligi 54,4% (3-5 og‘irlik darajasidagi infeksiyalar uchun 12,8%) ni tashkil etgan.

Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan buzilishlar

Avastin® preparatini qo‘llanilishi o‘rganilganda protenuriya bilan va proteinuriyasiz zardob kreatinining konsentrasiyasini (dastlabki konsentrasiyasi bilan solishtirilganda 1,5-1,9 baravar yuqori) oshishi aniqlanadi. Avastin® preparati bilan davolanayotgan pasientlarda kuzatilgan zardob kreatininning oshishi buyraklar faoliyatini buzilishini klinik ko‘rinishlarini yuqori tez-tezligi bilan kechmaydi.

65 yoshdan oshgan pasientlar: ≤65 yosh bo‘lgan pasientlarga nisbatan 65 yoshdan katta pasientlarga Avastin® preparatini buyurishda arterial tromboemboliya (shu jumladan insult, tranzitor ishemik ataka, miokard infarktini rivojlanishi), og‘irligi 3-4 darajali leykopeniya va trombositopeniya, shuningdek neytropeniya (hamma og‘irlik darajasi), diareya, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va charchoqlikni rivojlanishini yuqori xavfi mavjud. Metastatik kolorektal rakda Avastin preparatini qo‘llashni o‘rganishda qo‘llash bilan bog‘liq boshqa nojo‘ya reaksiyalarning

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AVASTIN konsentrat 100mg/4ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AVASTIN konsentrat 100mg/4ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AVASTIN konsentrat 100mg/4ml dori vositasi F.Hoffamann La-Roche Ltd tomonidan Shveytsariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AVASTIN konsentrat 100mg/4ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AVASTIN konsentrat 100mg/4ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AVASTIN konsentrat 400mg/16ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Бевацизумаб ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
AVEGRA konsentrat 0,5ml 25mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бевацизумаб ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БИОКАД, ЗАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ROSEFIN poroshok 250mg
AVASTIN konsentrat 400mg/16ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Бевацизумаб ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
ROSEFIN poroshok 1g
Narh: 160 000 so'mdan Batafsil
BONVIVA tabletkalari 150mg N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9