×
×
  • BAKTOMISIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BAKTOMISIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
ATX kodi:
- J01GB06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IZIPTOL suspenziya 90ml 480mg/10ml СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
SEFVIN tabletkalari 250mg N10 Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
58 000 s`om dan
AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
25 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BAKTOMISIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BAKTOMISIN

BASTOMISIN

 

Preparatning savdo nomi: Baktomisin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): amikasin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

xar 2 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: amikasin (sulfat shaklida) – 100 mg va 500 mg;

yordamchi moddalar: natriy sitrat gidrati, natriy metabisulfiti, 35% oltingugurt kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: rangsiz yoki sarg‘ish rangli, tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (aminoglkozidlar guruhi).

ATX kodi: J01GB06

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi 

Keng ta‘sir doirasiga ega yarimsintetik antibiotik. Bakterisid ta‘sir qiladi. Ribosomalarning 30S subbirligi bilan bog‘lanib, transport va matrisali RNK kompleksini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, oqsil sintezini susaytiradi, shuningdek bakteriyalarning sitoplazmatik membranalarini buzadi.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlarga – Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Klebsiella spp., Serratia spp., Providencia spp., Enterobacter spp., Salmonella spp., Shigella spp.; ayrim grammusbat mikroorganizmlarga – Staphylococcus spp. (shu jumladan, penisillinga, ayrim sefalosporinlarga chidamli) ga nisbatan yuqori faol; Streptococcus spp. ga nisbatan o‘rtacha faol. Benzilpenisillin bilan bir vaqtda buyurilganida Enterococcus faecalis ning shtammlariga nisbatan sinergik ta‘sir ko‘rsatadi. Anaerob mikroorganizmlarga ta‘sir qilmaydi. Amikasin boshqa aminoglikozidlarni faolsizlantiruvchi fermentlarning ta‘siri ostida faolligini yo‘qotmaydi va tobramisin, gentamisin va netilmisinga chidamli bo‘lgan Pseudomonas aeruginosa ning shtammlariga nisbatan faolligi saqlanib qolishi mumkin.

 

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng tez va to‘liq so‘riladi. 7,5 mg/ml dozada mushak ichiga yuborilganida maksimal konsentrasiyasi (Cmax) – 21 mkg/ml; 7,5 mg/ml dozada vena ichiga infuziya qilinganidan keyin 30 minut o‘tgach – 38 mkg/ml ni tashkil qiladi. Maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (TSmax) – m/i yuborilganidan keyin taxminan 1,5 soat tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 4-11% ni tashkil qiladi.

Hujayradan tashqari suyuqliklarda (abssesslarning ichidagi, plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik, assit, perikardial, sinovial, limfatik va peritoneal suyuqlik) yaxshi taqsimlanadi. Yuqori konsentrasiyalarda siydikda aniqlanadi; past konsentrasiyalarda – safro, ko‘krak suti, ko‘z suyuqligi, bronxial sekreti, balg‘am va orqa miya suyuqligida aniqlanadi.

Organizmning barcha to‘qimalariga yaxshi o‘tadi, u yerda hujayra ichida to‘planadi; qon bilan yaxshi ta‘minlangan a‘zolarda: o‘pka, jigar, miokard, taloq va ayniqsa buyraklarda yuqori konsentrasiyalarda aniqlanadi, pastroq konsentrasiyalarda – mushaklar, yog‘ to‘qimasi va suyaklarda aniqlanadi.

Kattalarga o‘rtacha terapevtik dozalarda (normada) buyurilganida amikasin gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi, bosh miya pardalari yallig‘langanida o‘tkazuvchanlik biroz oshadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi kattalarga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi – homilaning qonida va amniotik suyuqlikda aniqlanadi. Kattalarda taqsimlanish hajmi – 0,26 l/kg, bolalarda – 0,2-0,4 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan kam bo‘lganda – 0,68 l/kg gacha, 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan ortiq bo‘lganda – 0,58 l/kg gacha, mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda – 0,3-0,39 l/kg tashkil qiladi. V/i yoki m/i yuborilganida o‘rtacha terapevtik konsentrasiyasi 10-12 soat davomida saqlanadi.

Metabolizmga uchramaydi. Kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2)– 2-4 soat, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 5-8 soat, kattaroq yoshli bolalarda – 2,5-4 soatni tashkil qiladi. T1/2 ning yakuniy kattaligi – 100 soatdan ortiq (hujayra ichidagi zahiralardan ajralib chiqishi).

Buyraklar orqali kalavalar filtrasiyasi yo‘li bilan (65-94%) asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak klirensi – minutiga 79-100 ml ni tashkil qiladi. Kattalarda buyraklar faoliyati buzilganida T1/2 buzilish darajasiga qarab – 100 soatgacha, mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda – 1-2 soatgacha o‘zgarib turadi, kuygan va gipertermiyasi bo‘lgan bemorlarda T1/2, klirens yuqoriligi tufayli, o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaraganda qisqaroq bo‘lishi mumkin.

Gemodializda (4-6 soat davomida 50%) chiqariladi, peritoneal dializning samarasi kamroq (48-72 soat davomida 25%).

 

Qo‘llanilishi

  • Siydik-jinsiy tizimining infeksiyalari (prostatit, pielonefrit, uretrit, sistit, gonoreya);
  • Nafas olish a‘zolari infeksiyalari (o‘pka abssessi, pnevmoniya, plevra epiemasi, bronxit);
  • Teri, suyak va yumshoq to‘qimalar infeksiyasi (kuyish, trofik yaralar, yotoq yaralar, osteomielit, furunkulez);
  • Meningit;
  • Sepsis (shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sepsisi);
  • Peritonit;
  • Endokardit;
  • Operasiyadan keyingi bakterial assoratlarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

M/i, v/i (oqim bilan, 2 minut davomida yoki tomchilab), kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga – 5 mg/kg dan har 8 soatda yoki 7,5 mg/kg dan har 12 soatda; siydik yo‘llarining (asoratlanmagan) bakterial infeksiyalarida – 250 mg dan har 12 soatda; gemodializ seansini o‘tkazgandan so‘ng qo‘shimcha doza – 3-5 mg/kg buyurilishi mumkin.

Kattalar uchun maksimal doza – sutkada 15 mg/kg, ammo sutkada 1,5 g dan ko‘p emas, 10 kun davomida yuboriladi.

Davolashning davomiyligi v/i yuborilganida – 3-7 kun, m/i yuborilganida – 7-10 kun.

Chala tug‘ilgan chaqaloqlarga boshlang‘ich doza – 10 mg/kg, so‘ngra 7,5 mg/kg dan har 18-24 soatda; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga boshlang‘ich doza – 10 mg/kg, so‘ngra 7,5 mg/kg dan har 12 soatda 7-10 kun davomida yuboriladi.

Kuygan bemorlarda T1/2 qisqaroq (1-1,5 soat) bo‘lganligi sababli, bu bemorlarga har 4-6 soatda 5-7,5 mg/kg doza talab qilinishi mumkin.

M/i yuborish uchun 250 mg yoki 500 mg flakonning ichidagisiga 2-3 ml in‘eksiya uchun suv qo‘shib tayyorlangan eritma ishlatiladi.

Amikasin vena ichiga 30-60 minut davomida tomchilab, zarurati bo‘lganida – oqim bilan yuboriladi.

V/i (oqim bilan) yuborish uchun flakonning ichidagi 500 mg ga 2-3 ml in‘eksiya uchun suv yoki 0,9% natriy xloridining eritmasi yoki 5% dekstroza eritmasini qo‘shib tayyorlangan eritma ishlatiladi.

V/i (tomchilab) yuborish uchun flakonning ichidagisi 200 ml 5% dekstroza eritmasi yoki 0,9% natriy xloridi eritmasida eritiladi.

V/i yuborish uchun eritmadagi amikasinning konsentrasiyasi 5 mg/ml dan oshmasligi kerak.

Buyraklarning chiqarish faoliyati buzilganida dozasini kamaytirish yoki yuborishlar orasidagi intervallarni uzaytirish lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, jigar faoliyatini buzilishi (“jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya);

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: anemiya, leykopeniya, granulositopeniya, trombositopeniya;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, neyrotoksik ta‘siri (mushaklarni tortilishi, uvishish hissi, sanchilish, tutqanoq hurujlari), nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishi (nafasni to‘xtashi);

Sezgi a‘zolari tomonidan: ototoksiklik (eshitishni pasayishi, vestibulyar va labirint buzilishlar, qaytmas karlik), vestibulyar apparatga toksik ta‘siri (harakatlar diskoordinasiyasi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish);

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: nefrotoksiklik – buyraklar faoliyatini buzilishi (oliguriya, proteinuriya, mikrogematuriya);

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, terini qizarishi, isitma, Kvinke shishi;

Mahalliy: in‘eksiya qilingan joyda og‘riq, dermatit, flebit va periflebit (vena ichiga yuborilganida).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Buyrak yetishmovchiligi.
  • Yuz nevri nevriti.
  • Homiladorlik va emizish davri.
  • O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, anamnezdagi boshqa aminoglikozidlarga).
  • Parkinsonizm.
  • Miasteniya.\
  • Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda (xayotiy ko‘rsamalari bo‘yicha juda xam zarur bo‘lganda) qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Penisillinlar, geparin, sefalosporinlar, kapreomisin, amfoterisin V, gidroxlortiazid, eritromisin, nitrofurantoin, V guruhi vitaminlari va S vitamini, kaliy xloridi bilan farmasevtik jihatdan nomutanosib.

Karbenisilin, benzilpenisillin, sefalosporinlar bilan o‘zaro ta‘sirlashganida sinergizm namoyon qiladi (og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda beta-laktam antibiotiklari bilan birga qo‘llanganida aminoglikozidlarning samaradorligi pasayishi mumkin).

Nalidiks kislotasi, polimiksin V, sisplatin va vankomisin oto- va nefrotoksiklikni rivojlanish xavfini oshiradilar.

Diuretiklar (ayniqsa, furosemid), sefalosporinlar, penisillinlar, sulfanilamidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar nefronlarning naychalarida faol sekresiya uchun raqobatlashib, aminoglikozidlarning eliminasiyasini bloklaydilar, qon zardobida ularning konsentrasiyalarini oshirib, nefro- va neyrotoksiklikni kuchaytiradilar.

Kuraresimon preparatlarning miorelaksasiya qiluvchi ta‘sirini kuchaytiradi. Metoksifluran, parenteral yuborish uchun polimiksinlar, kapreomisin va nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklovchi boshqa dori vositalar (galogenlangan uglevodorodlar ingalyasion anesteziyada qo‘llash uchun preparatlar sifatida, opioid analgetiklar), sitrat konservantli qonning katta miqdorini vena ichiga quyish, nafasni to‘xtash xavfini oshiradilar.

Indometasinni parenteral yuborish aminoglikozidlarning toksik ta‘sirini rivojlanishi xavfini oshiradi (yarim chiqarilish davrini oshishi va klirensini pasayishi).

Antimiastenik dori vositalarning samarasini pasaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Qo‘llashdan oldin 30 mkg amikasin saqlovchi disklar yordamida ajratib olingan qo‘zg‘atuvchilarning sezuvchanligi aniqlanadi. Mikroorganizmlar o‘smagan maydonning diametri 17 mm va undan ortiq bo‘lganida mikroorganizm sezgir, 15 mm dan 16 mm gacha – o‘rtacha sezgir, 14 mm dan kam bo‘lsa – chidamli hisoblanadi.

Plazmada amikasinning konsentrasiyasi 25 mkg/ml dan oshmasligi kerak (15-25 mkg/ml konsentrasiya terapevtik hisoblanadi).

Davolash davrida haftada kamida 1 marta buyraklar faoliyati, eshitish nervi va vestibulyar apparatni nazorat qilish kerak.

Nefrotoksiklikni rivojlanish ehtimoli buyraklar faoliyati buzilgan, shuningdek yuqori dozalarda yoki uzoq vaqt davomida buyurilganida yuqoriroq bo‘ladi (bemorlarning bu toifasida buyraklar faoliyatini har kuni nazorat qilish talab qilinishi mumkin).

Audiometrik sinamalar qoniqarsiz bo‘lganida preparatning dozasi pasaytiriladi yoki davolash to‘xtatiladi.

Hayotiy ko‘rsatmalarga bo‘lganida, preparatni emizikli ayollarda qo‘llash mumkin (aminoglikozidlar katta bo‘lmagan miqdorlarda ko‘krak sutiga o‘tadilar, biroq ular me‘da-ichak yo‘llaridan sekin so‘riladi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar qayd etilmagan).

Siydik chiqarish yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan pasientlarga katta miqdorda suyuqlik iste‘mol qilish tavsiya etiladi.

Klinik dinamika ijobiy bo‘lmaganida chidamli mikroorganizmlarni rivojlanishi mumkinligini unutmaslik kerak. Bunday hollarda davolashni bekor qilish va tegishli davolashni boshlash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: toksik reaksiyalar (eshitishni yo‘qolishi, ataksiya, bosh aylanishi, siyishni buzilishi, chanqoqlik, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarni shang‘illashi yoki bitib qolish hissi, nafasni buzilishi).

Davolash: nerv-mushak o‘tkazuvchanligini blokadasi va uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun – gemodializ yoki peritoneal dializ; antixolinesteraz vositalar, kalsiy (Sa2+) tuzlari, o‘pkani sun‘iy ventilyasiyasi, boshqa simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 500 mg/2 ml va 100 mg/2 ml dan ampulalarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BAKTOMISIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BAKTOMISIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BAKTOMISIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N1 dori vositasi Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BAKTOMISIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BAKTOMISIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
BAKTOMISIN inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
ALYUSIT suspenziya 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
ADAZAL NEO tabletkalari 400mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Albendazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
DROLOSIT NEO eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Sitikolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
MONTESIT tabletkalari 5mg N10
MONTESIT tabletkalari 10mg N10
KANITRIN NEO eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
ALYUSIT suspenziya 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
ALYUSIT suspenziya 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
ALYUSIT suspenziya 90ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
ADAZAL NEO tabletkalari 400mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Albendazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
ADAZAL NEO tabletkalari 200mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Albendazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
ADAZAL NEO tabletkalari 200mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Albendazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
FELOZIN NEO infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
Narh: 73 000 so'mdan Batafsil
REOSIT infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
Narh: 36 900 so'mdan Batafsil
NODAMET NEO tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
MIKSON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,25% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
AMINOFRUZOL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
ERODEN NEO tabletkalari 20mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
ERODEN NEO tabletkalari 20mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
SITOFLYU eritma 22,1g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
SITOFLYU eritma 22,1g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
SITOFLYU eritma 22,1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
SITAGRA NEO tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
SITAGRA NEO tabletkalari 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9