×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BELANDJ tabletkalari 5mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Makedoniya
Faol modda:
бисопролола фумарат
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- C07AB07
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 75 ta dorixonasida topildi

ico 35 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 35 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
BOYARISHNIKA nastoyka 50ml Grace Pharma, ООО O'zbekiston
2 200 s`om dan
66 000 s`om dan
TRIMEKOR MR tabletkalari 35mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
68 999 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
2,5 mg, 5 mg yoki 10 mg plyonka qobiq bilan qoplangan 10
tabletka har bir blisterda.
3 blister qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton
qutiga joylangan.
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 2,5 mg, 5,0 mg va 10,0 mg bisoprolol fumarati;
yordamchi moddalar: oldindan jelatinlangan kraxmal,
mikrokristall tsellyuloza, krospovidon, suvsiz kolloid
kremniy dioksidi, magniy stearati;
qobig'ini tarkibi (2,5 mg dozasi uchun): gipromelloza,
makrogol, tozalangan talk, titan dioksidi E171;
qobig'ini tarkibi (5,0 mg va 10 mg dozalari uchun):
gipromelloza, makrogol, tozalangan talk, titan dioksidi
E171, temir (III) oksidi E172.
 Xususiy simpatomimetik faollikka ega bo'lmagan, selektiv
bet a 1 - a D r e n o bl o k at o r b o'l i b , memb r a n a l a r n i
barqarorlashtiruvchi ta'sirga ega emas. Qon plazmasida
reninning faolligini pasaytiradi, miokardni kislorodga
bo'lgan talabini kamaytiradi, yurak qisqarishlari soni
YuQS (tinch holatda va yuklamada) kamaytiradi.
Gipotenziv, antiaritmik va antianginal ta'sir ko'rsatadi.
K a t t a b o'l m a g a n D o z a l a r D a yu r a k n i n g b e t a 1 -
adrenoreseptorlarini bloklab, ATF dan katexolaminlar
tomonidan rag'batlantirilgan tsAMF hosil bo'lishini
kamaytiradi, kaltsiy ionlarini hujayra ichiga oqimini
pasaytiradi, manfiy xrono-, dromo-, batmo - va inotrop
ta'sir ko'rsatadi, miokardning o'tkazuvchanligi va
qo'zg'aluvchanligini susaytiradi, AV-o'tkazuvchanlikni
pasaytiradi.
Dozasi terapevtik dozadan oshirilganida beta2-
adrenoblokator ta'sir ko'rsatadi.
Preparatni qo'llashni boshlanishida UPTQ (umumiy
periferik qon-tomirlar qarshiligi), birinchi 24 soat
davomida oshadi (alfa-adrenoreseptorlarning
f a o l l i g i n i r e ts i p r o k o sh i sh i v a b e t a 2 -
adrenoreseptorlarni rag'batlanishini bartaraf qilinishi
natijasida), u 1-3 sutkadan keyin dastlabki holatiga
qaytadi, uzoq buyurilganda esa pasayadi.
Gipotenziv samarasi qonning minutlik hajmini kamayishi,
periferik tomirlarni simpatik rag'batlanishi, reninangiotenzin tizimining faolligini pasayishi (reninni
oldindan gipersekresiyasi bo'lgan bemorlar uchun katta
ahamiyatga ega), AB pasayishiga javoban sezuvchanlikni
tiklanishi va MNT ga ta'siri bilan bog'lik. Arterial
gipertenziyada samarasi 2-5 kundan keyin kuzatiladi,
stabil ta'siri – 1-2 oydan keyin kuzatiladi.
A n t i a n g i n a l s a m a r a s i yu q S k a m a y i sh i v a
yurakningqisqaruvchanligini pasayishi, diastolani
uzayishi, miokardning perfuziyasini yaxshilanishi
natijasida miokardni kislorodga bo'lgan talabani
kamayishi bilan ifodalanadi. Chap qorinchada yakuniy
diastolik bosimni oshishi va yurak qorinchalaridagi mushak
tolalarini cho'zilishini oshishi hisobiga, ayniqsa
surunkali yurak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda
kislorodga bo'lgan talabni oshirishi mumkin.
Antiaritmik samarasi aritmogen omillar (taxikardiya,
simpatik nerv tizimining yuqori faolligi, tsAMF
miqdorini yuqori bo'lishi, arterial gipertenziya) ni
bartaraf bo'lishi, yurak ritmining sinus va ektopik
boshqaruvchilarini spontan qo'zg'alish tezligini kamayishi va
AV-o'tkazuvchanlikni (AV-tugun orqali asosan antegrad va
kamroq darajada retrograd yo'nalishlarda) va qo'shimcha
yo'llar bo'ylab o'tkazilishini sekinlashishi bilan
ifodalanadi.
O'rtacha terapevtik dozalarda qo'llanganida, noselektiv
beta-adrenoblokatorlardan farqli ravishda, beta2-
adrenoreseptorlarni saqlovchi a'zolarga (me'da osti bezi,
skelet mushaklari, periferik arteriyalar, bronxlar va
bachadonning silliq mushaklari) va uglevodlar
almashinuviga kamroq ifodalangan ta'sir ko'rsatadi,
+
organizmda natriy ionlari (Na ) ushlanib qolishini
ch a q i RMA y D i ; at e r o Ge n t a ' s i r i n i n g ya q q ol l i g i
propranololning ta'siridan farqlanmaydi.
So'rilishi va taqsimlanishi
So'rilishi – 80-90%, ovqatlanish so'rilishiga ta'sir
qilmaydi. Qon plazmasida C m 1-3 soatdan keyin a x
erishiladi.
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – taxminan 30%. GET va
yo'ldosh to'sig'i orqali ahamiyatsiz darajada o'tadi, ko'krak
suti bilan ahamiyatsiz miqdorlarda ajralib chiqadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Dozani 50% jigarda metabolizmga uchrab, nofaol
metabolitlarni hosil qiladi.
T – 10-12 soat. Taxminan 98% siydik bilan – 50% 1/2
o'zgarmagan holda, 2% dan kamroq qismi – safro bilan
chiqariladi.
Ayrim klinik holatlardagi farmakokinetikasi
Surunkali yurak etishmovchiligi (NYHA tasnifi bo'yicha III
funktsional sinf) bo'lgan pasientlarda bisoprololning qon
plazmasidagi darajasi yuqoriroq bo'ladi, T esa 17 1/2
soatgacha uzayadi.
MNT tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi, bosh og'riqlari
(ayniqsa davolashni boshlanishida); ba'zida – uyquni
buzilishi, depressiya; kam hollarda – gallyusinasiyalar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – Reyno
sindromi, vaqti-vaqti bilan avj oladigan oqsoklik;
ba'zida – bradikardiya, AV-o'tkazuvchanlikni buzilishi, yurak
etishmovchiligini yomonlashishi, ortostatik gipotoniya.
Nafas tizimi tomonidan: ba'zida – anamnezida bronxial
astma yoki nafas yo'llarining obstruktiv kasalliklari
bo'lgan pasientlarda bronxospazm.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko'ngil
aynishi, qusish, qorinda og'riq, diareya, qabziyat; kam
h o l l a r D a – j i g a r f e r m e n t l a r i ,
trigliseridlarningdarajasini oshishi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: ba'zida – mushaklarni
zaifligi, tirishishlar, artropatiyalar.
Sezgi a'zolari tomonidan: kam hollarda – eshitishni
buzilishi, ko'z yoshi oqishini kamayishi (agar pasient kontakt
linzalarni foydalansa, hisobga olish kerak); juda kam
hollarda – kon'yunktivit.
Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – qichishish, terini
qizarishi, qisqa muddatli toshma, allergik rinit, davolash
to'xtatilishi bilan yo'qoladigan, dori vositalari
ta'sirida yuzaga keladigan o'tkinchi temiratki sindromi
(antinuklear antitelolarni paydo bo'lishi bilan) kechadi.
Dermatologik reaktsiyalar: juda kam hollarda – psoriaz
yoki psoriazga o'xshash toshma, sochlarni to'kilishi.
Boshqalar: tez-tez – toliqish, kam hollarda – potentsiyani
buzilishi, gipoglikemiya.
Belandj preparatini qabul qilayotgan pasientlarning
holatini nazorat qilish YuQS va AB ni o'lchash, EKG o'tkazish,
qandli diabet bilan xastalangan pasientlarda qonda
glyukozaning kontsentrasiyasini aniqlash (4-5 oyda 1 marta)
dan iborat bo'lishi kerak. Keksa yoshdagi pasientlarda
buyrak funktsiyasini kuzatish (4-5 oyda 1 marta) tavsiya
etiladi.
Pasientga YuQS hisoblash usulini o'rgatish va YuQS minutiga
50 zarbdan kam bo'lganida shifokorning maslahati
zarurligi xaqida ma'lumot berish kerak.
Davolash boshlanishidan oldin bronxo'pka anamnezi og'ir
bo'lgan pasientlarda tashqi nafas funktsiyasini tekshirish
tavsiya etiladi.
Kontakt linzalardan foydalanadigan pasientlarda,
preparat bilan davolanish fonida ko'z yoshi suyuqligini
ishlab chiqarilishi kamayishi mumkinligini inobatga olish
kerak.
Feoxromositoma bilan xastalangan pasientlarga Belandj
p r e p a r at i q o'lla n ga n ida p a r ado k s al a rte r i al
gipertenziyani (agar alfa-adrenoreseptorlarni samarali
blokadasiga oldindan erishilmagan bo'lsa) rivojlanish
havfi mavjud.
Tireotoksikozda bisoprolol tireotoksikozning ma'lum
klinik belgilari (masalan, taxikardiya) ni yashirishi
mumkin. Tireotoksikoz bo'lgan pasientlarda preparatni
to'satdan bekor qilish mumkin emas, chunki simptomatikani
kuchaytirishi mumkin.
Qandli diabetda gipoglikemiya tomonidan chaqirilgan
taxikardiyani yashirishi mumkin. Noselektiv betaadrenoblokatorlardan farqli ravishda, insulin
tomo n ida n ch a q i r ilga n g i p o gli k Emi ya n i de ya rli
kuchaytirmaydi va qonda glyukozaning kontsentrasiyasini
normal kiymatlargacha tiklanishini kechiktirmaydi.
Klonidin bir vaqtda bekor qilinganida, uni qabul qilish
Belandj preparati bekor qilinganidan so'ng bir necha
kundan keyingina to'xtatilishi mumkin. Og'irlashgan
allergologik anamnez fonida yuqori sezuvchanlik
reaktsiyalarining yaqqolligi kuchayishi va epinefrinning
odatdagi dozalaridan samara bo'lmasligi mumkin.
Rejali jarrohlik muolajasini o'tkazish zarurati
bo'lganida preparatni umumiy anesteziyani o'tkazishdan 48
soat oldin bekor qilish kerak. Agar pasient preparatni
jarrohlik aralashuvidan oldin qabul qilgan bo'lsa, u
umumiy anesteziya uchun manfiy inotrop ta'siri minimal
darajada bo'lgan dori vositasini tanlashi kerak.
Adashgan nervni qayta faollashuvini vena ichiga atropinni
(1-2 mg) yuborish bilan bartaraf qilish mumkin.
Katexolaminlar zahirasini kamaytiradigan dori
v o s i t a l a r i ( sh u j u m l a D a n r e z e r p i n ) b e t a -
adrenoblokatorlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin,
shuning uchun bunday dori vositalarni birga qabul qilayotgan
pasientlar AB ni yaqqol pasayishi yoki bradikardiyani
aniqlash maqsadida doimiy kuzatuvda bo'lishlari kerak.
Bronxospastik kasalliklari bo'lgan pasientlarga, boshqa
gipotenziv vositalar o'zlashtira olinmaganida va/yoki
s a m a r a s i z b o'l g a n i D a , k a r D i o s el e k t i v b e t a -
adrenoblokatorlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish mumkin.
Yondosh bronxial astma bo'lgan pasientlarda betaadrenoblokatorlarni qabul qilish fonida nafas
yo'llarining qarshiligi kuchayishi mumkin. Belandj
preparatining dozasi oshirilganida bunday pasientlarda
bronxospazmni rivojlanish havfi yuzaga keladi.
Pasientlarda kuchayib boruvchi bradikardiya (YuQS minutiga
50 zarbdan kam), AB yaqqol pasayishi (sistolik AB 100
mm.sm.ust. dan k am), AV-blok ada aniqlanganida
preparatning dozasini kamaytirish yoki davolashni
to'xtatish kerak. Depressiya rivojlanganida Belandj
preparati bilan davolashni to'xtatish tavsiya etiladi.
Og'ir darajadagi aritmiyalar va miokard infarktini
rivojlanish havfi borligi tufayli, davolashni to'satdan
to'xtatish mumkin emas. Preparatni bekor qilish asta-sekin
amalga oshiriladi, preparatning dozasi 2 hafta va undan
ortiq vaqt davomida pasaytiriladi (dozasi 3-4 kun
davomida 25% ga pasaytiriladi).
Qonda va siydikda katexolaminlar, normetanefrin,
vanilinbodom kislotasining kontsentrasiyasini,
antinuklear antitelolarning titrini tekshirishdan oldin
preparatni bekor qilish kerak.
Chekuvchilarda beta-adrenoblokatorlarning samaradorligi
past bo'ladi.
- arterial gipertenziya;
- yurak ishemik kasalligi (stabil stenokardiya);
- surunkali yurak etishmovchiligida preparatni qo'llash
mumkin emas.
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- o'tkir yurak etishmovchiligi yoki surunkali yurak
etishmovchiligini dekompensasiya davri;
- kardiogen shok;
- AV-blokada II yoki III darajasi (yurak ritmini
boshqaruvchisiz);
- sinus tuguni sustligi sindromi;
- bradikardiya (YuQS minutiga 60 zarbdan kam);
- arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm.sm.ust. dan kam);
- og'ir darajadagi bronxial astma yoki o'pkaning surunkali
obstruktiv kasalligini og'ir kechishi;
- periferik qon aylanishini buzilishini kechki bosqichi
yoki Reyno sindromi;
- metabolik asidoz;
- feoxromositoma;
- floktafenin va sultopridni bir vaqtda qabul qilish;
- Mao ingibitorlarini (Mao ingibitorlarining V
turidan tashqari) bir vaqtda qabul qilish;
-18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar;
- laktasiya davrida preparatni qo'llash mumkin emas.
Antasid va diareyaga qarshi vositalar bir vaqtda
qo'llanganida beta-blokatorlarning so'rilishi kamayishi
mumkin.
Antiaritmik vositalar bir vaqtda qo'llanganida AB keskin
pasayishi, YuQS kamayishi, aritmiya va/yoki yurak
etishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Antigipertenziv vositalar bir vaqtda qo'llanganida
antigipertenziv ta'siri kuchayishi mumkin.
Yurak glikozidlari bir vaqtda qo'llanganida yurak
o'tkazuvchanligi buzilishi mumkin.
Simpatomimetiklar (shu jumladan, yo'talga qarshi
vositalar, burun tomchilari, ko'z tomchilarining tarkibiga
kiruvchilar) bir vaqtda qo'llanganida bisoprololning
samaradorligi kamayadi.
Verepamil, diltiazem bir vaqtda qo'llanganida AB keskin
pasayishi, YuQS kamayishi, aritmiya va/yoki yurak
etishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Guanfasin bir vaqtda qo'llanganida yaqqol bradikardiya
bo'lishi, yurak o'tkazuvchanligi buzilishi mumkin.
Insulin, ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bir
vaqtda qo'llanganida insulin yoki boshqa gipoglikemik
vositalarning ta'siri kuchayadi (qon plazmasida
glyukozaning darajasini muntazam nazorat qilish kerak).
Klonidin bir vaqtda qo'llanganida yaqqol bradikardiya,
arterial gipotenziya, yurak o'tkazuvchanligi buzilishi
mumkin.
Bisoprolol qabul qilayotgan pasientlarda Klonidin
to'satdan bekor qilinganida AB keskin oshishi mumkin.
Nifedipin, kaltsiy kanallarining boshqa blokatorlari,
digidropiridin hosilalari bir vaqtda qo'llanganida
bisoprololning antigipertenziv ta'siri kuchayadi.
Rezerpin, alfa-metildopa bir vaqtda qo'llanganida yaqqol
bradikardiya bo'lishi mumkin.
Rifampisin bir vaqtda qo'llanganida bisoprololning T1/2
biroz kamayishi mumkin.
Ergotamin hosilalari (shu jumladan migrenni davolash
uchun ergotamin saqlovchi vositalar) bir vaqtda
qo'llanganida periferik qon aylanishining buzilish
simptomlari kuchayadi.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan bolalar ololmaydigan
o joyda, 25 °С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 ili.
Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Belandj 2,5 mg: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq,
bir tomonidan sindirish uchun chizig'i bo'lgan, oq rangli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Belandj 5,0 mg: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq,
bir tomonidan sindirish uchun chizig'i bo'lgan, och-sariq
rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Belandj 10,0 mg: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq,
bir tomonidan sindirish uchun chizig'i bo'lgan, och-zarg'aldoq
rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Belandj preparati ichga, sutkada 1 marta, ko'p bo'lmagan
miqdordagi suyuqlik bilan, ertalab nonushtadan oldin,
nonushta vaqtida yoki nonushtadan keyin qabul qilinadi.
Tabletkalarni chaynash yoki kukun qilib maydalash mumkin
emas.
Barcha holatlarda qabul qilish tartibi va preparatning
dozasini shifokor har bir pasient uchun individual
ravishda, xususan, YuQS va pasientning ahvolini hisobga
olib tanlaydi.
Arterial gipertenziyada va yurak ishemik kasalligida
preparat 5 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Zarurat
bo'lganida dozasi sutkada 1 marta 10 mg gacha oshiriladi.
Arterial gipertenziya va stenokardiyani davolashda
maksimal sutkalik doza 20 mg tashkil etadi, sutkada 1 marta
qabul qilinadi.
Buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlari (kk minutiga 20 ml
dan kam) yoki jigar funktsiyasini yaqqol buzilishlari bo'lgan
pasientlar uchun maksimal sutkalik doza 10 mg tashkil etadi
sutkada 1 marta qabul qilinadi. Bunday pasientlarga
preparatning dozasini juda ehtiyotkorlik bilan oshirish
kerak. Keksa yoshdagi pasientlarga dozaga tuzatish kiritish
talab etilmaydi.
Simptomlari: aritmiya, qorinchalar ekstrasistoliya, yaqqol
bradikardiya, AV blokada, AB yaqqol pasayishi, o'tkir yurak
etishmovchiligi, gipoglikemiya, akrosianoz, nafas
faoliyatini qiyinlashishi, bronxospazm, bosh aylanishi,
xushni yo'qotish, tirishishlar.
Davolash: dozani oshirib yuborilishi rivojlanganida eng
avvalo preparatni qabul qilishni to'xtatish, me'dani yuvish,
adsorbent vositalarni buyurish, simptomatik davolash
o'tkazish kerak.
Yaqqol ifodalangan bradikardiyada – vena ichiga atropin
yuborish. Agar samarasi etarli bo'lmasa, ijobiy xronotrop
ta'sirga ega bo'lgan vositani ehtiyotkorlik bilan yuborish
mumkin. Ba'zida yurak ritmini sun'iy boshqaruvchisini
vaqtinchalik o'rnatish talab etilishi mumkin.
AB yaqqol pasayganida – plazma o'rnini bosuvchi eritmalar va
vazopressorlarni vena ichiga yuborish mumkin.
Gipoglikemiyada vena ichiga glyukagon yuborish yoki vena ichiga
dekstroza (glyukoza) yuborish ko'rsatilgan bo'lishi mumkin.
AV blokadada: pasientlar doimiy kuzatuvda bo'lishlari va
epinefrin k Abi beta-adrenomimetiklar bilan
davolanishlari kerak. Zarurat bo'lganida – yurak ritmini
sun'iy boshqaruvchisini o'rnatish kerak.
Syue kechishi zo'rayganida – vena ichiga diuretiklar, ijobiy
inotrop samaralarga ega bo'lgan preparatlar, shuningdek
vazodilatatorlarni yuborish kerak.
Bronxospazmda – bronxodilatatorlar, shu jumladan beta2-
adrenomimetiklar va/yoki aminofillinni buyurish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BELANDJ tabletkalari 5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BELANDJ tabletkalari 5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BELANDJ tabletkalari 5mg N30 dori vositasi Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd tomonidan Makedoniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BELANDJ tabletkalari 5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BELANDJ tabletkalari 5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BISOKAR tabletkalari 5mg N30
BISOKAR tabletkalari 2,5mg N10
BELANDJ tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: бисопролола фумарат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd
  • Vakil: VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BELANDJ tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd
BELANDJ tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: бисопролола фумарат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd
  • Vakil: VEGAPHARM
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9