QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BENZILPENISILLIN
BENZYLPENICILLIN
Preparatning savdo nomi: Benzilpenisillin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): benzilpenisillin
Dori shakli: in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi:
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
1000000 TB benzilpenisillin natriy tuzi
Ta‘rifi: oq mayda kristallik kukun o‘ziga xos kuchsiz hidli.
Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (penisillinlar guruhi).
ATX kodi: J01CE01
Farmakologik xususiyatlari
Biosintetik penisillinlar guruhining antibiotikidir. Mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini susaytirishi hisobiga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.
Grammusbat bakteriyalar: Staphylococcus spp., Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae), Corynebacterium diphtheriae, Bacillus anthracis; grammanfiy bakteriyalar: Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae; anaerob spora hosil qiluvchi tayoqchalar, shuningdek Actinomyces spp., Spirochaetaceae ga nisbatan faol.
Penisillinazani ishlab chiqaruvchi Staphylococcus spp. shtammlari benzilpenisillinning ta‘siriga chidamlidir.
Benzilpenisillinning natriyli tuzi kaliyli tuziga nisbatan ta‘sirining uzoq davomliligi bilan xarakterlanadi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng in‘eksiya qilingan joydan tez so‘riladi. Organizmning to‘qimalari va suyuqliklarida keng taqsimlanadi. Benzilpenisillin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali yaxshi o‘tadi. Bosh miya pardalari yallig‘lanishida gematoensefalik to‘siq orqali yaxshi o‘tadi. Yarim chiqarilish davri (T½) – 30 minutni tashkil qiladi. Siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Benzilpenisillinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan kasalliklar: krupoz va o‘choqli pnevmoniya, plevra empiemasi, sepsis, septisemiya, piemiya, o‘tkir va o‘tkir osti septik endokardit, meningit, o‘tkir surunkali osteomielit, siydik chiqarish va o‘t yo‘llarining infeksiyalari, angina; teri, yumshoq to‘qimalar va shilliq qavatlarning yiringli infeksiyalari, saramas, difteriya (bo‘g‘ma), qizilcha, kuydirgi (sibirskaya yazva), aktinomikozni davolashda, akusherlik-ginekologiya amaliyotidagi yiringliyallig‘lanish kasalliklar, LOR–kasalliklari, ko‘z kasalliklarini davolashda, gonoreya, blennoreya, sifilisda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Infeksiyalarni o‘rtacha og‘irlikda kechishida mushak ichiga va vena ichiga 250000-500000 TB dozada yuboriladi; sutkalik dozalar 1000000–2000000 TB ni tashkil qiladi.
Og‘ir infeksiyalarda (sepsis, septik endokardit, meningit) sutkada 10000000–20000000 TB gacha; gazli gangrenada 40000000–60000000 TB gacha yuboriladi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tana vaznining har kg ga 50000–100000 TB sutkalik dozalarda, 1 yoshdan oshgan bolalarga 50000 TB/(kg/sut) dan buyuriladi. Og‘ir infeksiyalarda (meningit, sepsis, o‘tkir pnevmoniyaning og‘ir shakllarida) sutkalik dozani 200000–300000 TB/kg gacha; hayotiy zarurat tug‘ilganda 500000 TB/kg gacha oshirish mumkin.
Sutkalik doza 46 marta qabul qilishga taqsimlanadi.
Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun 1000000–2000000 TB 510 ml in‘eksiya uchun suvda yoki natriy xloridining izotonik eritmasida eritiladi, mushak ichiga in‘eksiyalar bilan birga sutkada 1-2 marta yuboriladi; vena ichiga tomchilab yuborish uchun 2000000–5000000 TB 100–200 ml natriy xloridining izotonik eritmasida yoki 510% li glyukoza eritmasida eritiladi.
Endolyumbal yuborish uchun kasallikning xarakteriga qarab, kattalarga 5000–10000 TB, bolalarga 2000 dan 5000 TB gacha yuboriladi. Preparat 1 ml ga 1000 TB hisobida eritiladi.
Teri ostiga infiltratlarni sanchib in‘eksiya qilish uchun qo‘llaniladi (100000-
200000 TB 1 mg 0,25-0,5% novokain eritmasida eritiladi).
Eritmalar, ularga boshqa dorilarni qo‘shishga yo‘l qo‘yilmay, tayyorlanishi bilan darhol qo‘llaniladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar: tana haroratini oshishi, eshakemi, teri toshmasi, shilliq qavatlarda toshma, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, eozinofiliya, angionevrotik shish bo‘lishi mumkin. O‘limga olib keluvchi anafilaktik shok holatlari kuzatilgan.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lishi mumkin.
Kimyoterapevtik ta‘siri bilan bog‘liq samaralari: qin kandidozi, og‘iz bo‘shlig‘ining kandidozi kuzatilishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: benzilpenisillin yuqori dozalarda, ayniqsa endolyumbal qo‘llanganda neyrotoksik reaksiyalar: ko‘ngil aynishi, qusish, reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi, meningizm simptomlari, tirishishlar, koma rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Benzilpenisillin va boshqa penisillin va sefalosporinlar guruhidagi preparatlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Tutqanoq bilan xastalangan pasientlarga endolyumbal yuborish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Probenesid benzilpenisillinning buyrak naychalari orqali sekresiyasini pasaytiradi, natijada uning qon plazmasidagi konsentrasiyasi oshadi, yarim chiqarilish davri uzayadi.
Bakteriostatik ta‘sir etuvchi antibiotiklar (tetrasiklin) bilan bir vaqtda qo‘llanganda benzilpenisillinning bakterisid ta‘siri pasayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda, yurak yetishmovchiligida, allergik reaksiyalarga moyillikda (ayniqsa dori vositalariga allergiya bo‘lganida), sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlikda (kesishgan allergiya rivojlanishi mumkinligi tufayli) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Agar preparatni qo‘llashni boshlagandan keyin 3-5 kundan keyin samara kuzatilmasa, boshqa antibiotiklarni qo‘llash yoki majmuaviy davolashga o‘tish kerak.
Zamburug‘li superinfeksiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, benzilpenisillin bilan davolashda zamburug‘larga qarshi preparatlarni buyurish maqsadida muvofiqdir.
Benzilpenisillin subterapevtik dozalarda qo‘llanilishi yoki davolashni muddatidan avval to‘xtatish ko‘pincha qo‘zg‘atuvchilarning rezistent shtammlarini rivojlanishiga olib kelishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlikda faqat kutilayotgan foyda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlardan ustun bo‘lsagina qo‘llash mumkin.
Laktasiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini xal qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
10 ta kukunli flakon kontur-uyali o‘ramlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.