×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N3

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- Laboratorio Farmacologico Milanese S.r.l
ATX kodi:
- D07AC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KLOTRIMAZOL maz 25g 1% Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ O'zbekiston
4 500 s`om dan
GIDROKORTIZON maz 10g 1% Нижфарм, АО Rossiya
7 000 s`om dan
LIVAMIKOL BXFZ maz 30g Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
11 200 s`om dan
FENISTIL gel 30g N1 ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
48 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BETAZON

BETAZON

 

Preparatning savdo nomi: Betazon

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): betametazon natriy fosfati

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1,0 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: betametazon natriy fosfati – 5,263 mg (bu 4 mg betametazonga ekvivalent);

yordamchi moddalar: fenol, natriy sitrat digidrati, suvsiz limon kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz o‘ziga xos (fenol) hidli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: tizimli kortikosteroid – glyukokortikoid

ATX kodi: N02AV01

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Betazon xuddi shu xajmda olingan prednizolonga nisbatan taxminan 8-10 marta kuchli yallig‘lanishga qarshi va antirektiv xususiyatlarga ega sintetik kortikosteroid hisoblanadi.

Betazon kortikosteroidlar uchun xos bo‘lgan nojo‘ya samaralar chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

Betazon tezkor va kuchli reaksiya maqsadida qo‘llashga qulay bo‘lgan mushak ichiga va vena ichiga in‘eksiyalarga tayyor eritmada betametazon natriy fosfati saqlaydi.

Alohida hollarda Betazon ampulalari shikastlangan to‘qimaning ichiga, bo‘g‘im ichiga, endoplevral, kon‘yunktiva ostiga va aerozol ko‘rinishida yuborilishi mumkin. Shunday qilib, Betazon kortizon asosidagi yaxshi o‘zlashtiriladigan yuqori faol steril eritmaga xos barcha afzalliklarga ega.

Qo‘llanilishi

Og‘ir holatlar: shok (jarrohlik va jarohat, kuyish oqibatidagi); jiddiy anafilaktik va allergik reaksiyalar (hiqildoqni shishi, preparatlarga allergiya va qon quyilgandan keyingi holat); astmatik ko‘rinishlar; bosh miya shishi; miokard infarkti; tez avj oluvchi qon kasalliklari; kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolash oqibatidagi buyrak usti bezi faoliyatini susayishida Uoterxaus-Frideriksen sindromi, Addison kasalligi, Simmonds kasalligi bo‘lgan pasientlarda buyrak usti bezi yetishmovchiligini zo‘rayishi; yumshoq to‘qimalarni shikastlanishi – tennis tirsak va yelka bo‘g‘imi periarteriitida qo‘llanadi (mahalliy in‘eksiya).

Betazon shok va astmatik ko‘rinishlarda davolashning boshqa shakllarini o‘rnini bosmaydi, lekin ularning samaradorligini ahamiyatli darajada oshirishi mumkin.

Peroral davolashni almashtirish: agar pasientning sog‘lig‘i – qusish, doimiy diareya, yuz-jag‘ jarroxligi tufayli peroral davolashni o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, kortikosteroidlar bilan davolash ko‘rsatilgan.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kortikosteroidlar bilan in‘eksion davolash kasallikning og‘irlik darajasi va pasientning individul reaksiyasiga mos dozalarda olib borilishi kerak. Odatdagi bir martalik doza 4 mg ni tashkil etadi, u zaruratga qarab kutilgan samaraga erishilmaguncha takroran yuboriladi. Ayrim hollarda bir martalik in‘eksiyaning dozasi 10-15 mg va undan ko‘proqni tashkil qilishi mumkin; bu doza 24 soat davomida 3-4 marta yuborilishi mumkin.

Zarurati bo‘lgan hollarda preparatni bevosita standart infuzion eritmalarga qo‘shish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kuchli kortizonlar bilan uzoq vaqt davolaganda quyidagi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin:

Suv-tuz muvozanatini o‘zgarishlari, xususan gipokaliemiya, u kam hollarda bo‘lsada gipertoniya va yurak yetishmovchiligini, ayniqsa xavf guruhidagi pasientlarda chaqirishi mumkin;

Osteoporoz, aseptik nekroz, ayniqsa son suyagi boshchasi va mushak tizimi nekrozi, miopatiya, suyaklarning mo‘rtligi kabi mushak va skelet tomonidan o‘zgarishlar;

Me‘da-ichak tomonidan asoratlar, ular yara kasalligini chaqirishi yoki zo‘rayishini chaqirishi mumkin; noma‘lum tez-tezlikdagi o‘tkir pankreatit;

Bitish jarayonini sekinlashishi kabi teri o‘zgarishlari, terini yupqalishishi va mustahkamligini kamayishi;

Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va bosh miya ichki bosimini oshishi, ruhiy beqarorlik kabi nevrologik o‘zgarishlar;

Muntazam bo‘lmagan hayz, gipergormonal sekresiya, Kushing sindromi, bolalarda o‘sish muammolari kabi endokrin buzilishlar;

Gipofiz va buyrak usti bezi funksiyasini buzilishi, ayniqsa katta yuklamalar vaqtida, uglevodlarga tolerantlikni pasayishi, yashirin qandli diabetni to‘satdan namoyon bo‘lishi va diabeti bo‘lgan pasientlarda gipoglikemik preparatlarga ehtiyoj;

Glaukoma, orqa subkapsulyar katarakta va ko‘z ichki bosimini oshishi kabi ko‘z asoratlari;

Manfiy azot muvozanati, shuning uchun uzoq vaqt davolaganda oqsilni iste‘mol qilishni muvofiq ravishda oshirish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Tizimli infeksiyalar, agar spesifik infeksiyaga qarshi davolash o‘tkazilmayotgan bo‘lsa. Susaytirilgan vaksinalar bilan immunizasiya; glyukokortikosteroidlarni, ayniqsa yuqori dozada qabul qilayotgan pasientlarda nevrologik asoratlarni paydo bo‘lishi ehtimoli va antitelalarning reaksiyalarini yetishmovchiligi tufayli. Betametazonni bevosita paylarga yuborish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Steroidlar og‘ir miasteniyada xolinergik preparatlarning, o‘t qopi rentgenografiyasida kontrast moddalarning, salisilatlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning ta‘sirini pasaytirishi mumkin.

Gipoprotrombinemiyasi bo‘lgan pasientlarda asetilsalisil kislotasi bilan birga qo‘llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Fenitoin, fenobarbital, efedrin va rifampisin tomonidan steroidlarning samaralari pasaytirilishi mumkin.

Betametazon bilan birga qo‘llanilganda antikoagulyantning dozasini kamaytirish zarur bo‘lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Glyukokortikoidlar bilan davolanayotgan pasientlarda klinik holatning jiddiyligiga qarab muntazam dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.

Glyukokortikoidlar infeksiyaning belgilarini niqoblashi va immun himoyani pasayishi tufayli, ularni qo‘llash vaqtida infeksiya paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda antibiotiklar bilan tegishli davolash zaruratini baholash kerak.

Faol tuberkulyoz bo‘lgan holatlarda, kasallik tez kechganida yoki tarqalganida betametazonni qo‘llash cheklanishi kerak, bunday hollarda glyukokortikoid tegishli tuberkulyozga qarshi davolash bilan birga qo‘llanadi. Agar glyukokortikoidlar yashirin tuberkulyozi bo‘lgan pasientlarga yoki tuberkulinga ijobiy reaksiyasi bo‘lgan pasientlarga yuborilsa, ular sinchkovlik bilan nazorat qilinishi kerak, chunki kasallik qo‘zg‘ashi mumkin. Uzoq vaqt davolagan hollarda pasientlar ximioprofilaktika olishlari kerak.

Glyukokortikoidlar chaqirgan ikkilamchi buyrak yetishmovchiligini dozani asta-sekin kamaytirib, minimumga yetkazish mumkin. Nisbiy yetishmovchilikning bu tipi davolash to‘xtatilgandan keyin bir yilgacha davom etishi mumkin. Shunday qilib, agar bu vaqt davomida biron-bir stress holat yuzaga kelsa, gormonal davolashni takroran boshlash kerak.

Mineralokortikoidlar sekresiyasi izdan chiqqan bo‘lishi mumkinligi tufayli, natriy xloridini va/yoki mineralokortikoidlarni yuborishni birlashtirish kerak.

Organizmda suyuqlikni tutilishi mumkinligi tufayli, kortikosteroidlarni buyurganda yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga alohida e‘tibor berish kerak.

Yuqori dozalarda uzoq vaqt davolaganda, agar suv-tuz muvozanati o‘zgargan bo‘lsa,  pasientlar natriy va kaliyni iste‘mol qilishni muvofiqlashtirishlari kerak.

Barcha glyukokortikoidlar kalsiyni chiqarilishini kuchaytiradi. Kortikoidlar bilan davolash diabet, osteoporoz, gipertoniya, glaukoma va tutqanoqda holatni yomonlashtirishi mumkin.

Davolash vaqtida turli tipdagi psixotik holatlar namoyon bo‘lishi mumkin: eyforiya, uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgarishi, og‘ir depressiya yoki psixoz simptomlari.

Glyukokortikoidlarni qo‘llaganda mavjud bo‘lgan emosional beqarorlik yoki psixotik holat yomonlashishi mumkin.

Shuningdek steroidlar chaqirgan miopatiyasi yoki me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan pasientlarga e‘tibor berish kerak.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qonda kortikosteroidlarning darajasi oshishi mumkin; jigarda metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlar kabi.

Gipotireozda yoki jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda glyukokortikoidlarga reaksiya oshishi mumkin.

Ko‘zning oddiy gerpesi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki shox parda teshilishi mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlarda, ayniqsa uzoq vaqt davolaganda ham osteoporoz, diabet va gipertoniyani yomonlashishi, infeksiyalarga yuqori beriluvchanlik, terini yupqalashishi kabi nojo‘ya samaralarning tez-tezligini oshishi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalar har doim simptomlarni nazorat qilish imkonini beruvchi minimal bo‘lishi kerak va ular avval qabul qilinayotgan doza va davolash davomiyligiga muvofiq bir necha xafta yoki oy davomida asta-sekin kamaytirilishi kerak.

Quyidagi kasalliklar bo‘lganida glyukokortikoidlarni ehtiyotkorlik bilan yuborish kerak: perforasiya xavfi bilan kechuvchi nospesifik yarali kolit, abssess va siydik chiqarish yo‘llarining umumiy infeksiyalari, divertikulit, yaqinda o‘rnatilgan ichak anastomozi, faol yoki yashrin me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya, osteoporoz va miasteniya gravis.

Betametazon natriy fosfati metilprednizolon natriy suksinatidan kimyoviy jihatdan farq qiluvchi molekuladan iborat ekanligiga qaramay, chunki ikkala molekulalar bir farmakologik sinfga mansub, AQSHda o‘tkazilgan septik shokda metilprednizolon natriy suksinatining samaradorligi bo‘yicha klinik tadqiqot davolashning boshida zardobdagi kreatininni darajasi yuqori bo‘lgan pasientlarda, shuningdek davolash boshlangandan keyin ikkilamchi infeksiya rivojlangan pasientlarda o‘limni yuqori darajasini namoyish qilgan.

Bolalar

Uzoq vaqt davolangan pasientlarda bolalar va o‘smirlarni o‘sishi va rivojlanishini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Davolash minimal dozalar va muddatlar bilan cheklanishi kerak. Gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi faoliyatini susayishini va o‘sishni sekinlashishini minimumga yetkazish uchun bir martalik dozani kunora yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik

Preparatni homilador ayollarga faqat, agar bu juda zarur bo‘lsa va sinchkov tibbiy kuzatuv ostida yuborish kerak.

Emizish

Kortikosteroidlar ko‘krak suti bilan ajralishi tufayli, yuqori dozada davolanayotgan pasientlarda emizishda foyda va xavf baholanishi kerak.

Sportchilar uchun tavsiyalar

Preparatni terapevtik zaruratisiz qo‘llash doping hisoblanadi va dopigga testni ijobiy natijasiga olib kelishi mumkin.

Preparat faqat shifokor kuzatuvi ostida olib borilishi kerak.

Transport vositalari va uskunalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat transport vositalari va uskunalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, uyquni buzilishi, eyforiya, qo‘zg‘alish. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganda  osteoporoz, organizmda suyuqlik ushlab qolinishi, AB oshishi va  giperkortisizmni oshqa belgilari, jumladan Isenko-Kushing sindromi, ikkilamchi buyrak usti bezining yetishmovchiligi.

Davolash: preparatni asta sekinlik bilan bekor qilish fonida hayotga muhim funksiyalarni ushlab turish, elektrolit balansiga tuzatish kiritish, antasidlar, fenotiazinlar, litiy preparatlari; Isenko-Kushing sindromida aminoglutetimid buyuriladi.

Chiqarilish shakli

1,0 ml dan I tipdagi ampulalarda.

3 tiniq shisha ampulalar PVX li poddonga qadoqlanadi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Yaroqlilik muddati

36 oy.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N3 dori vositasi Laboratorio Farmacologico Milanese S.r.l tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 4mg/ml N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9