×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BIFOLAK MAGNIY kapsulalar 0,5g N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Бифидобактерии, витамин B6, Лактобактерии ацидофильные, Лактобактерии плантарум, магния цитрат, Молочно-кислые стрептококки, Лактобактерии булгарикус, Пропионовокислые бактерии
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- BIOTACT DEUTSCHLAND
Vakil:
- ООО BIOTACT, TM BIOTACT DEUTSCHLAND (Германия)
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 152 ta dorixonasida topildi

ico 46 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 57 900 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

Bolalar uchun

Kattalar uchun

Tarkibi 1 kapsula 0,5 g:

bk.

1 kaps.

*KTIM

*RYUCh

2 kaps.

*KTIM

*RYUCh

Magniy (magniy sitrat)

mg

60

60-310

350

120

310-350

350

B1 vitamini (tiamin)

mg

0,4

0,4-0,9

-

0,8

1,0-1,2

-

B2 vitamini (riboflavin)

mg

0,6

0,4-1,0

-

1,2

1,1-1,4

-

B6 vitamini (piridoksin)

mg

4

0,5-1,2

30-60

8

1,4-1,6

80-100

B9 vitamini (foliy kislotasi)

mkg

120

90-210

300-600

240

210

800-1000

Sinbiotik-kompleks:

Probiotik bakteriyalarning 8 turi: ≥ 10 milliard KHQB

(Bifidobacterium bifidum 175, Bifidobacterium adolescentis 109, Bifidobacterium bifidum 108, Lactobacillus plantarum 174a, Lactobacillus acidophilus 212, Lactobacillus bulgaricus 210, Propionibacterium avidum 261, Streptococcus thermophilus 237)

Prebiotiklar: inulin, maltodekstrin


Yordamchi moddalar: mikrokristalli sellyuloza, fruktoza, glyukoza va boshqalar.

*KTIM - DGE (The German Nutrition Society) tomonidan tavsiya etilgan bolalar uchun kunlik iste'mol miqdori.

*RYUCh - FNB (Food and Nutrition Board) tomonidan ruxsat etilgan kunlik iste'molning yuqori chegarasi.

“–“ ko'rsatilgan nutrient (vitamin, mineral va b.) ga FNB ning ruhsat etilgan yuqori chegarasi belgilanmagan.

Vitamin va minerallar miqdori FNB tomonidan belgilangan ruxsat etilgan me’yorlarning yuqori chegaralaridan oshmaydi.

Mahsulot tarkibida Yevropa standartlariga muvofiq, oziq-ovqatdagi allergiya chaqiruvchi moddalar – glyuten, soya, laktoza mavjud emas (Regulation (EU) No 1169/2011, Annex II). Shuningdek, mahsulot tarkibida hayvon oqsillari mavjud emas. Mahsulot bolalarga, homilador, emizikli ayollarga, vegeterianlar (veganlar), qandli diabetli shaxslarga ham tavsiya etiladi.



BIFOLAK® MAGNIY tarkibida magniy organik, oson o’zlashtiriladigan magniy sitrati ko’rinishida mavjud. U neyronlarning qo'zg'aluvchanligini pasaytiradi, impulslarning neyromuskulyar uzatilishini normallashtiradi va ko'plab fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi. Magniy yurak, asab tizimi, oshqozon-ichak yo’llarining sog'lom ishlashiga va suyaklarning shakllanishiga yordam beradi. U yurak oziqlanishini yaxshilaydi, qon tomirlarini kengaytiradi, yurakni ortiqcha zo’riqishdan himoya qiladi, tromb shakllanishiga to'sqinlik qiladi hamda infarkt va insult xavfini kamaytiradi. Magniy stressga qarshi kuchli mikroelementdir: u asab tizimini tinchlantiradi, asab qo'zg'aluvchanligini pasaytiradi, uyquni yaxshilaydi, stressdan keyin energiyani tiklanishiga yordam beradi, depressiyani kamaytiradi va organizm hujayralarini, ayniqsa, yurak va miya hujayralarini stressning salbiy ta'siridan himoya qiladi. 

BIFOLAK®MAGNIY tarkibiga kiruvchi B6 vitamini oshqozon-ichak yo’llarida (OIY) magniyning so'rilishini va uning hujayralarga singishini yaxshilaydi. Shuningdek, u qondagi qand miqdorini normal darajada ushlab turadigan insulin ishlab chiqarilishida hamda his-tuyg’u va kayfiyatni tartibga soluvchi serotonin va dofamin neyromediatorlarining sintezida ishtirok etadi. B1, B2, B6, B9 vitaminlari magniy bilan birgalikda mushaklarni bo'shashtiradi, spazmlarni kamaytiradi, jismoniy mashg'ulotdan keyin tiklanishni tezlashtiradi, yurak-qon tomir va asab tizimlarining, shuningdek, jigarning normal ishlashini ta'minlaydi. Ular energiya ishlab chiqarilishida, yog' va oqsil almashinuvida muhim rol o'ynaydi, uyquni yaxshilashga yordam beradi. B1 vitamini miya va yurakning to'g'ri rivojlanishi va ishlashi uchun zarurdir. B2 vitamini organizmga yog'ni o’zlashtirish va parchalashga yordam beradi, antioksidant ta’sirga ega. B9 vitamini (foliy kislotasi) homiladorlik paytida homilaning to'g'ri shakllanishi, balog'at yoshidagi bolalar va o'spirinlarning o'sishi va rivojlanishi hamda ayollarning salomatligini saqlash uchun zarurdir. BIFOLAK®MAGNIY tarkibiga kiruvchi probiotiklar magniy va B1, B2, B6, B9 vitaminlarining maksimal darajada so'rilishini ta'minlaydi. Milliardlab bifido- va laktobakteriyalar ichak mikroflorasining tez tiklanishiga yordam beradi, oshqozon-ichak yo’llari faoliyatini, moddalar almashinuvi jarayonlarini yaxshilaydi va immunitetni mustahkamlaydi. Probiotik bakteriyalar organizmni ichakdagi zararli moddalar va mikroorganizmlardan tozalashga yordam beradi, organizmning umumiy holatiga va surunkali kasalliklar kechishining yengillashishiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Prebiotiklar probiotik bakteriyalarning o’sishini faollashtiradi va ularning ijobiy ta'sirini kuchaytiradi.

Bifolac®-Magniy tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan odamlarda kuzatilishi mumkin.
Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi bo'lib hisoblanmaydi. Mahsulot Yevropaning ISO-9001 va ISO-22000 sertifikatlariga ega korxonada ishlab chiqarilgan.

•    stress va toliqishni bartaraf etish uchun

•    asab tizimini bo'shashtirish, uyquni yaxshilash uchun

•    mushaklarni bo'shashtirish, spazmlarni, tortishishlarni bartaraf etish uchun

•    yurak faoliyatini, arterial qon bosimini normallashtirish uchun

•    qon oqimini yaxshilash, infarkt va insultning oldini olish uchun

•    qandli diabet va semirishda yurak-qon tomir va asab tizimlarini qo'llab-quvvatlash uchun

•    ich qotishida ich kelishini normallashtirish uchun

•    bolalarda qo'zg'aluvchanlikni, giperfaollikni kamaytirish uchun

•    bachadon tonusini kamaytirish va homiladorlik asoratlarining oldini olish uchun

•    homilaning to'g'ri shakllanishi va rivojlanishi uchun

•    hayz paytida, menopauzada ayol o’zini yaxshi his qilishi uchun

•    oral kontratseptivlarni qabul qilishda magniy yetishmovchiligini to'ldirish uchun

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.








Havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo'lmagan va +5 °С dan +25 °С gacha bo'lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

•    6 yoshdan oshgan bolalarga – kuniga 2 kapsula;

•    kattalarga – kuniga 2-3 kapsula.

Ovqatdan keyin iste’mol qilinsin. Qabul qilish davomiyligi: 20-30 kun. Samarasini mustahkamlash uchun 2 kurs qabul qilish tavsiya etiladi. Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual tavsiya etilishi mumkin. Yosh bolalar uchun qabul qilishdan oldin kapsulani ochib ichidagi ququnni 20-50 ml sovitilgan suyuqlikda (qaynagan suv, sut, bolalar ovqati) aralashtirilsin. 40 °C dan yuqori haroratda bakteriyalar halok bo'lishi mumkin. Hosil qilingan aralashmani yaxshilab aralashtirib, bir martada qabul qilinsin (bolaga ichirilsin). Preparat qo'shib tayyorlangan aralashmani keyingi safar foydalanish uchun qoldirish mumkin emas. Kukun suyuqlikda to'liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlarning xususiyatlariga bog'liq bo'lgan tabiiy va normal holatdir.


Homiladorlik davrida BIFOLAC®-MAGNIY qabul qilish shifokor bilan maslahatlashganidan keyin tavsiya etiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BIFOLAK MAGNIY kapsulalar 0,5g N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BIFOLAK MAGNIY kapsulalar 0,5g N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BIFOLAK MAGNIY kapsulalar 0,5g N30 dori vositasi BIOTACT DEUTSCHLAND tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BIFOLAK MAGNIY kapsulalar 0,5g N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BIFOLAK MAGNIY kapsulalar 0,5g N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 46 600 so'mdan Batafsil
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
Narh: 73 990 so'mdan Batafsil
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
Narh: 47 600 so'mdan Batafsil
Narh: 39 900 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9