×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BISILLIN 3600000YeD poroshok

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
- Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
ATX kodi:
- J01CE30
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIPRAKSOL eritma 100ml 0,2% Jurabek Laboratories СП ООО O'zbekiston
5 600 s`om dan
MOLOKS-IN tabletkalari 400 mg N5 MEDISTRO PRIVATE LIMITED., ОАЭ произведено: CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd Pokiston
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
20 000 s`om dan
AUGMENTIN poroshok 70ml 228mg/5ml GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: SmithKline Beecham Limited Buyuk Britaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BISILLIN 3600000YeD poroshok qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BISILLIN-3

BICILLIN-3

 

Perparatning savdo nomi: BISILLIN3

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): benzilpenisillin natriy, benzilpenisillin benzatin, benzilpenisillin prokain

Dori shakli: in‘eksiya uchun suspenziya uchun kukun

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: bisillin-3, kukun 600 000 TB (200 000 TB steril benzilpenisillin benzatinni (Bisillin-1), 200 000 TB steril benzilpenisillinni natriyli tuzi, 200 000 TB steril benzilpenisillinni novakoinli tuzini aralashmasi).

Ta‘rifi: oq yoki och sariq tusli bo‘lgan oq rangli kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun antibakterial dori vositalari.       β-laktamaza ta‘siriga sezgir penisillinlarni majmuasi.

ATX kodi: J01CE30.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparat mikroorganizmlarning hujayra qobig‘idagi mukopeptidlar sintezini ingibisiya qilish yo‘li bilan bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Bisillinga sezgir grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus spp. (penisillinaza ishlab chiqaradiganlardan tashqari), Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae), Corynebacterium diphtheriae, Bacillus anthracis; grammanfiy: Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Actinomyces israelii, shuningdek Treponema spp., anaerob spora hosil qiluvchi tayoqchalar. Preparatni ta‘siriga ko‘pchilik grammanfiy bakteriyalar, mikobakteriyalar, zamburug‘lar, viruslar, soddalar chidamli.

Farmakokinetikasi

Bisillin – benzilpenisillinning ta‘siri uzaytirilgan shakli. Preparat mushak ichiga yuborilganda mushak to‘qimasida depo hosil qiladi. In‘eksiyadan so‘ng birinchi soatlarda qonda benzilpenisillinni yuqori darajasi hosil bo‘ladi. Bisillin organizmni to‘qima va suyuqliklarida yaxshi taqsimlanadi. Preparat jigar, buyrak, o‘pka, shilliq qavatlarda yuqori konsentrasiyalarda aniqlanadi, fibrinoz to‘qimasiga o‘tish qobiliyatiga ega. Bisillin asosan siydik bilan biologik faol shaklda (50-70%), oz miqdorlarda – so‘lak, ter, sut, safro bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Dori vositasini qonda doimiy konsentrasiyasida uzoq muddat tutib turish zarur bo‘lgan hollarda, preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksiyalarda:

  • nafas yo‘llari i LOR-a‘zolarini infeksiyasi: streptokokkli faringitlar va tonzillitlar;
  • siydik-jinsiy tizimi infeksiyalari: sifilis;
  • saramasli yallig‘lanish;
  • revmatizmni zo‘rayishida qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat faqat kattalarga buyurilsin!

Yuborishdan oldin pasientdan anamnezidagi preparatni va mahalliy anestetik vositani o‘zlashtiraolishligi to‘g‘risida anamnezni yig‘ish zarur!

Bisillin-3 faqat mushak ichiga yuboriladi! Preparatni vena ichiga taqiqlanadi!

Preparat kattalarga 600 000 TB dozada 6 kunda 1 marta yuboriladi. Odatda davolash davomiyligi kasallikni og‘irlik darajasiga qarab 3 oydan 12 oygachani tashkil etadi.

Suspenziyani tayyorlash va yuborish qoidasi. Suspenziya, bevosita qo‘llashdan oldin aseptik sharoitda tayyorlanadi. Flakonga 5-6 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasi yoki steril in‘eksiya uchun suv yoki 0,25-0,5% novokain eritmasini qo‘shish, gomogen suspenziya hosil bo‘lguncha aralashtirish va dumba mushagini yuqori tashqi kvadrantiga chuqur yuborish kerak (2 in‘eksiyani turli dumbaga yuborilsin).

Bisillin-3 suspenziyasini yuborishdan oldin ignani qon tomirlarga tushmaganligiga ishonch hosil qilish zarur. Agar qon paydo bo‘lsa, ignani chiqarib olish va in‘eksiyani boshqa joyga qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, jumladan teri toshmalari, qichishish, isitma, etni uvishishi, artralgiya, shishlar, eshakemi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, eksfoliativ dermatit, kontaktli dermatit, anafilaktik yoki anafilaktoid reaksiyalar, shuningdek bronxial astma, trombositopenik purpura,    me‘da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlar, angionevrotik Kvinke shishi, anafilaktik shok, u o‘z vaqtida va sifatsiz tibbiy yordam ko‘rsatilganda o‘lim holatiga olib kelishi mumkin; zardob kasalligi, yuborish joyida reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Nafas a‘zolari tomonidan: bronxospazm, laringospazm.

Markaziy va periferik nerv tizimlari tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, stomatit, glossit, tilni qora rangga bo‘yalishi, diareya, soxta membranoz kolit, gepatit, safroni dimlanishi.

Siydik – jinsiy tizimi tomonidan : interstisial nefrit.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni o‘zgarib turishi, miokardning nasos funksiyasini buzilishi, taxikardiya.

Qon va limfatik tizim tomonidan: eozinofiliya, Kumbs testini ijobiy natijalari, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya, agranulositoz.

Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida reaksiyalar bo‘lishi mumkin, jumladan og‘riq.

Boshqalar: zaiflashgan pasientlar, chaqaloqlar, keksa yoshdagi pasientlarda davolash uzoq muddat davom etganda preparatga chidamli mikrofloralar chaqirgan superinfeksiya (achitqisimon zamburug‘lar, grammusbat mikroorganizmlar) paydo bo‘lishi mumkin. Sifilis yuzasidan davolash kursini o‘tkazayotgan pasientlarda, shuningdek bakteriolizga nisbatan ikkilamchi Yarish-Gerksgeymer reaksiyalarini paydo bo‘lib ular uchun quyidagi simptomlar: tana haroratini oshishi, etni uvishishi, mialgiya, bosh og‘rig‘i, teri simptomlarini zo‘rayishi, taxikardiya, arterial bosimni o‘zgarishi bilan bo‘lgan vazodilyatasiya xarakterlidir.

Yurak-qon tomir sifilisida yoki lokal shikastlanishlarning jiddiy xavfi yuqori bo‘lgan holatlarda, masalan, ko‘ruv nervini atrofiyasida reaksiyalar xavfli bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

β-laktam antibiotiklar (penisillin, sefalosporin, karbapenemga) va novokainga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

Bronxial astma, eshakemi, pichan isitmasi va og‘ir allergik reaksiyalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bakterisid antibiotiklar (shu jumladan sefalosporin, sikloserin, vankomisin, rifampisin, aminoglikozidlar) bilan bir vaqtda qo‘llanganda sinergik ta‘sir kuzatiladi; bakteriostatik antibiotiklar (shu jumladan makrolid, xloramfenikol, linkozamid, tetrasiklin) bilan – antagonistik.

Bisillin-3 peroral kontraseptivlar va etinilestradiolning samaradorligini pasaytiradi (shiddatli qon ketishini rivojlanish xavfi). Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Benzilpenisillin metotreksatning klirensini pasaytiradi va toksikligini oshiradi.

Allopurinol bilan bir vaqtda qo‘llanganda allergik reaksiyalarning (teri toshmalari) rivojlanish xavfini oshiradi.

Farmakokinetik o‘zaro ta‘siri. Bir vaqtda qo‘llanganda diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, NYAQV lar penisillin kalavachalar sekresiyasini kamaytiradi va konsentrasiyasini oshiradi.

Benzilpenisillinni yallig‘lanishga qarshi, revmatizmga qarshi va isitma tushiruvchi vositalar (indometasin, fenilbutazon, salisilatlar bilan yuqori dozalarda) bilan bir vaqtda qo‘llanganda organizmdan chiqarilish jarayonining raqobatli ingibisiya qilinishi mumkinligini inobatga olish kerak. Aspirin, probenesid, tiazid diuretiklar, furosemid, etakrin kislotalar bilan birga qo‘llanganda qon plazmasida benzilpenisillinni konsentrasiyasini oshirib yarim chiqarilish davrini uzaytiradi, natijada buyrak kanalchalarini sekresiyasiga ta‘sir etish yo‘li bilan uning toksik ta‘siri rivolanishi xavfini oshiradi.

Xloramfenikol, eritromisin, tetrasiklin, sulfanilamidlar bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak.

Metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganda oxirgining chiqarilishini kamaytiradi va uning toksiklik xavfini oshiradi.

Penisillinlar diagnostik testlaryb, masalan, mis kuporosi yordami bilan siydikda glyukozani aniqlash, to‘g‘ri antiglobulin testi (Kumbs testi), siydikda zardob oqsillari yoki oqsilni aniqlash uchun ba‘zi testlarni o‘zgartirishi mumkin. Shuningdek penisillinlar bakteriyalar ishlatiladigan test najijalari, masalan, Bacillus subtilis mikroorganizmi ishlatiladigan fenilketonuriyaga Gatri testini ham o‘zgartirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bisillin-3 bilan davolashdan oldin pasientning anamnezidan uning preparatni va mahalliy anestetiklarni o‘zlashtiraolishligini aniqlash zarur. Oldin qo‘llangan preparat guruhlariga (β-laktamlar va/yoki novokain) reaksiyalar kuzatilmaganligiga oydinlik kiritish zarur. Allergik reaksiyalarga moyilligi bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Allergik reaksiyalar belgilari namoyon bo‘lganida Bisillin-3 ni bekor qilish va muvofiq davolashni buyurish kerak.

Nojo‘ya reaksiyalarni oldini olish maqsadida preparatni faqat mushak ichiga yuborishligiga rioya qilish kerak.

Sefalosporinlarga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma‘lum pasientlarda kesishgan allergiya kuzatilishi mumkinligini e‘tiborga olish lozim.

Penisillin bilan davolanayotgan pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlikni (anafilaktik reaksiya) og‘ir va ba‘zida o‘lim holatlari kuzatilgan. Bunday reaksiyalar ko‘pincha anamnezida og‘ir allergik reaksiyalar ma‘lum bo‘lgan pasientlarda paydo bo‘ladi.

Anafilaktik reaksiyalarning simptomlarini davolash uchun: darhol adrenalinni, steroidlarni (vena ichiga) yuborish va nafas yetishmovchiligini shoshilinch davolash zarur bo‘lishi mumkin.

Pichan isitmasi, eshakemi va boshqa allergik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda preparatni alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

β-laktamlarni yuqori dozalarda qabul qil pasientlarda neytropeniya keng tarqalgan, va 10 va undan ortiq kun davomida davoni qabul qilgan pasientlarda kasallanish aniqlangan. Uzoq muddat davomida yuqori dozalar bilan davolashda leykositlarni monitoringi tavsiya etiladi

Terida eritematoz toshmalarini oshish xavfi bilan bog‘liq o‘tkir limfoleykoz yoki infeksion mononukleozi bo‘lgan pasientlarni davolash uchun preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda mushak ichi deposidan ta‘sir etuvchi moddaning so‘rilishini kamayishi mumkinligini e‘tiborga olish lozim.

Buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlarida penisillinning yuqori dozalarini neyrotoksik ta‘siri sababli serebral buzilishlar, tirishishlar va komani keltirib chiqarishi mumkin. Og‘ir kardiopatiya, gipovolemiya, tutqanoq, buyrak yoki jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar preparatni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatni yuqori dozalari bilan uzoq muddat davolash davomida jigar, buyrak va gematologik holatlarni nazorat qilib turish kerak.

Preparat uzoq muddat qo‘llanganda turg‘un mikroorganizmlar yoki zamburug‘lar koloniyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Superinfeksiya paydo bo‘lishi mumkin, bunday pasientlar uchun sinchkov kuzatuv talab etiladi.

Soxtamembranoz koltga xos og‘ir diareya paydo bo‘lganda (ko‘pchilik hollarda Clostridium difficile chaqirgan) preparatni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq choralarni ko‘rish tavsiya etiladi. Peristaltikani susaytiruvchi vositalarni qo‘llash mumkin emas. Sifilisga gumon qilingan tanosil kasalliklarida davolashni boshlashdan oldin va uni to‘xtatilgandan keyin 4 oy davomida serologik tekshirishlarni o‘tkazish zarur.

Preparat birinchi marta qo‘llanganda Yarish-Gerksgeymer reaksiyalarini bostirish va yengillashtirish uchun 50 mg prednizolonni yoki uni ekvivalentini yuborish tavsiya etiladi.

Sifilisni yurak-qon tomir tizimi, qon tomirlar va bosh miya qobig‘i shikastlanishlari bilan namoyon bo‘luvchi bosqichidagi bemorlarda Yarish-Gerksgeymer reaksiyasini sutkada prednizolonni 50 mg dan yoki 1-2 hafta davomida unga ekvivalent steroidni qo‘llash yo‘li bilan oldini olish mumkin. In‘eksiya yoki infuziya uchun yangi tayyorlangan eritmalarni darhol ishlatish kerak. Hatto benzilpenisillinning natriyli tuzining suv eritmasi sovutgichda saqlanganda parchalanish mahsulotlariga va metabolitlarga parchalanadi.

Teriga penisillin tushishidan saqlanish kerak, chunki sensibilizasiya paydo bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi

Qo‘llash mumkin emas.

Bolalar.

Dori vositasini bolalarga qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan.             18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish reaksiya tezligiga ta‘sir xususiyati.

Psixomotor reaksiya tezligini talab etiladigan faoliyatdan (transportni boshqarish, potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash) saqlanish tavsiya etiladi, jumladan nerv tizimi tomonidan mumkin bo‘lgan noxush reaksiyalar (bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin) kuzatilishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Markaziy nerv tizimiga toksik ta‘siri, xususan: reflektor qo‘zg‘alish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynashi, qusish, tirishishlar, mialgiya, artralgiya, meningizm simtomlari, koma kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborishni to‘xtatish kerak.

Davolash: simptomatik, bunga gemodializ, peritoneal dializ kiradi, ayniqsa e‘tiborni suv-elektrolitlar muvozanatini tiklashga qaratish kerak.

Nomutanosibligi

Bisillin-3 suspenziyasini boshqa in‘eksion eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Ringer eritmasini yoki boshqa natriy va glyukoza saqlovchi eritmalarini erituvchi sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat metall ionlari va simpatomimmetik aminlar bilan nomutanosib.

Chiqarilish shakli

600 000 TB dan shisha trubkali, rezina tiqin bilan germetik berkitilgan va yashil rangli plastik qoplamali alyumin qalpoqcha bilan siqilgan flakonda. Guruhli o‘ramlash uchun 40 flakondan 5-10 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutilarga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 25 °S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BISILLIN 3600000YeD poroshok dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BISILLIN 3600000YeD poroshok dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BISILLIN 3600000YeD poroshok dori vositasi Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BISILLIN 3600000YeD poroshok dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BISILLIN 3600000YeD poroshok dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9