×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BOLNOL RELAKS gel 30g N1

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Метилсалицилат, Диклофенак, льняное масло, Ментол
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:
- GANGA HEALTHCARE M.CH.J
ATX kodi:
- M01AB55
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 190 ta dorixonasida topildi

ico 18 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 30 500 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 24 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
30 g laminasiyalangan tubada.

Har bir Tuba qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan karton qutida.

Sirtga qo'llash uchun nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita.

Diklofenak yaqqol yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi yallig'lanish o'chog'ida sog-1 va sog-2 larni noselektiv susaytirish, araxidon kislotasining metabolizmini buzilishi va prostaglandinlar biosintezini susayishi bilan bog'liq. Yallig'lanish jarayonida bolnol Relaks gelini qo'llash og'riq sindromi va to'qimalarni shishini kamayishi yoki bartaraf bo'lishiga olib keladi.

Zig'ir moyi asosiy komponenti alfa-linolen kislotasi (to'yinmagan yog'kislotasini etil spirti) bo'lib, yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.

Diklofenak va metilsalisilat mahalliy qo'llanganida, ular tez so'riladi va teri osti yog'qavati, mushak to'qimasi, bo'g'im kapsulasi va bo'g'im bo'shlig'iga kirib, bo'g'imlarda og'riq va yallig'lanishni bartaraf qilib, ertalabki tanglik va bo'g'imlar shishini kamaytirib, harakatlar hajmini oshishiga olib keladi.

Mentol – teriga surtilganida qon tomirlarni kengaytirib, sovush va og'riqni kamayishi hissini chaqiradi, shuningdek kuchsiz antiseptik hususiyatlarga ega.

Har bir tyubik quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

diklofenak dietilamin   1%;

zig'ir moyi  3%;

metil salisilat  10%;

mentol  5%;

yordamchi moddalar: natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, izopropil spirti, polisorbat-80, propilenglikol, karbomer 934R, benzil spirti, tozalangan suv.


Сиртга қўллаш учун ностероид яллиғланишга қарши восита.

Диклофенак яққол яллиғланишга қарши ва оғриқ қолдирувчи таъсир кўрсатади. Таъсир механизми яллиғланиш ўчоғида ЦОГ-1 ва ЦОГ-2 ларни носелектив сусайтириш, арахидон кислотасининг метаболизмини бузилиши ва простагландинлар биосинтезини сусайиши билан боғлиқ. Яллиғланиш жараёнида Болнол Релакс гелини қўллаш оғриқ синдроми ва тўқималарни шишини камайиши ёки бартараф бўлишига олиб келади.

Зиғир мойи асосий компоненти альфа-линолен кислотаси (тўйинмаган ёғ кислотасини этил спирти) бўлиб, яллиғланишга қарши таъсирга эга.

Диклофенак ва метилсалицилат маҳаллий қўлланганида, улар тез сўрилади ва тери ости ёғ қавати, мушак тўқимаси, бўғим капсуласи ва бўғим бўшлиғига кириб, бўғимларда оғриқ ва яллиғланишни бартараф қилиб, эрталабки танглик ва бўғимлар шишини камайтириб, ҳаракатлар ҳажмини ошишига олиб келади.

Ментол – терига суртилганида қон томирларни кенгайтириб, совуш ва оғриқни камайиши ҳиссини чақиради, шунингдек кучсиз антисептик ҳусусиятларга эга.
Bolnol Relaks gelining teri orqali so'riladigan miqdori u qo'yilgan maydonga proportsional, shuningdek preparatning yig'indi dozasi va terining gidratasiyasi darajasiga bog'liq. Preparat sirtga qo'llanganida 6% dan ko'p bo'lmagan diklofenak so'riladi.

Metabolizmi asosan gidroksidlanish yo'li orqali bir necha hosilalarining hosil bo'lishi bilan amalga oshiriladi, ulardan ikkitasi farmakologik faol, lekin diklofenakka qaraganda ahamiyatli darajada kam. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Qon plazmasidagi diklofenakning umumiy tizimli klirensi o'rtacha 263±56 ml/min, yarim chiqarilishning yakuniy davri esa – 1-3 soatni tashkil qiladi.

Bolnol Relaks kam hollarda nojo'ya reaktsiyalar chaqiradi. Ba'zida gel qo'yilgan sohada qizarish, qichishish yoki achishish hissi, papulalar, vezikulalar, terini ko'chishi paydo bo'ladi. Alohida pasientlarda fotosensibilizasiya aniqlanishi mumkin.

Juda kam hollarda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari aniqlanadi (toshma, eshakemi, bronxial astma, angionevrotik shish).

Bolnol Relaks gelini ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanib, faqat shikastlanmagan teriga surtish kerak. Qo'yilganidan keyin okklyuzion bog'lov qo'yish mumkin emas. Preparatni ko'zga va shilliq qavatlariga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

Bolnol Relaks jigar porfiriyasida (zo'rayish bosqichida), me'da-ichak yo'llari (miy) ning eroziv–yarali shikastlanishlarida, jigar va buyraklar faoliyatining og'ir buzilishlarida, surunkali yurak etishmovchiligida, bronxial astmada, keksa yoshdagi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

 

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Bolnol Relaks gelini homiladorlikning III uch oyligida qo'llash mumkin emas. Homiladorlikning I va II uch oyliklarida qo'llash, faqat ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holda mumkin.

Diklofenak va uning metabolitlari ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.

Pediatriyada qo'llanishi

Preparat 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Bolnol Relaks geli avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.

Paylarni cho'zilishidagi shish va og'riqni, bel, bo'g'imlar va mushaklardagi og'riqni kamaytiradi.

Tayanch-harakat apparatining og'riq va yallig'lanish bilan kechuvchi quyidagi kasalliklarida qo'llanadi:

•       yumshoq to'qimalar va bo'g'imlarning posttravmatik yallig'lanishi (cho'zilishlar, zo'riqishlar va lat eyishlar oqibatidagi, sportdagi jarohatlar);

•       yumshoq to'qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, periartikulyar to'qimalarning shikastlanishi va boshqalar);

•       mushaklar va bo'g'imlarning kasalliklari bilan bog'liq bo'lgan og'riq sindromi va shish (revmatoid artrid, osteoartroz, radikulitlar, lyumbago, ishias va boshqalar);

•       Dyupley sindromi umurtqalararo diskni ko'chishi.

•       teri qoplamalarining butunligini buzilishi;

•       homiladorlikning III uch oyligi;

•       laktasiya davri (emizish);

•       12 yoshgacha bo'lgan bolalar;

•       preparatning komponentlariga, atsetilsalisil kislotasiga yoki boshqa NYAQV yuqori sezuvchanlik;

•       pasientlarda aspirin qo'zg'atgan astmatik holatlarda qo'llash mumkin emas.

O'zaro ta'sirining paydo bo'lish ehtimoli kam, chunki bolnol Relaks geli sirtga qo'llanganida tizimli so'rilishi juda kam. Preparatni boshqa NYAQV bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Bolnol Relaks geli fotosensibilizasiyani chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Bolnol Relaks gelini mahalliy kosmetik vositalar bilan birga qo'llash mumkin emas.

25ºС dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati-3 yil. 


oq rangli yumshoq gel. 
Bolnol Relaks gel faqat sirtga qo'llash uchun mo'ljallangan. Terining shikastlangan sohalariga kuniga 3-4 marta surtiladi va gel yo'qolgunicha ishqalanadi. Surtmani qo'llash maydoniga qarab gelning optimal miqdori olinadi va ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Dozani oshirib yuborilishini ehtimoli kam, chunki sirtga qo'llanganida diklofenakning tizimli so'rilishi juda kam. Preparat tasodifan ichga qabul qilinganida diklofenakning peroral shakllari uchun xarakterli bo'lgan nojo'ya samaralarni chaqirishi mumkin. Tizimli nojo'ya samaralari paydo bo'lgan holda me'dani yuvish va adsorbentni qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash simptomatik.

BOLNOL RELAKS gel 30g N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BOLNOL

BOLNOL

 

Preparatning savdo nomi: Bolnol

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol. diklofenak natriy

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: parasetamol – 500 mg, diklofenak natriy – 50 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, povidon K-30, ikki asosli kalsiy fosfati, gliserol, magniy stearati, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, kapsula shaklidagi bir tomonida o‘yiqchasi bo‘lgan, boshqa tomoni silliq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

ATX kodi: M01AB55

 

Farmakologik xususiyatlari

Bolnol – bu og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi majmuaviy preparatdir.

Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq. Parasetamolning isitmani tushiruvchi ta‘siri, termoregulyasiyaning gipotalamik markazlariga bevosita ta‘siri bilan bog‘liq, buning natijasida qon tomirlarini kengayishi va kuchli terlash tufayli, tanadan issiqlikni ajralib chiqishi kuchayadi.

Diklofenak natriy nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir. Ta‘sir mexanizmi siklooksigenazani nospesifik susaytirilishi, prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilinishi, shuningdek leykositlarda erkin araxidonlar konsentrasiyasini pasaytirishi bilan bog‘liq. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, trombositlarning agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddat qo‘llanganida desensibilizasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Parasetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 30-90 minut o‘tgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha to‘qimalariga kiradi, yo‘ldoshga oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to‘planganida jigarni nekrozga uchratishi mumkin. Asosan metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5-3 soat oralig‘ida. Jigar faoliyati buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to‘planishiga yordam beradi.

Diklofenak natriy – bir marta ichga qabul qilinganidan so‘ng, ichakdan tez va to‘liq so‘riladi, faol moddaning taxminan 50% jigardan birinchi o‘tishda metabolizmga uchraydi. 50 mg dozada preparatning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan so‘ng kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat preparatni so‘rilishini sekinlashtiradi, ammo so‘rilayotgan faol moddaning miqdori o‘zgarmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 99,7% ni tashkil qiladi; bunda preparatning ko‘p qismi (99,4%) albuminlar bilan bog‘lanadi. Sinovial suyuqligiga bo‘g‘im bo‘shlig‘iga yaxshi kiradi, u yerda faol moddaning maksimal konsentrasiyasiga plazmadagiga qaraganda 2-4 soat kech erishiladi. Sinovial suyuqligidan yarimchiqarilish davri 3-6 soatni tashkil qiladi. Preparatning 60% metabolitlari ko‘rinishda buyraklar orqali, qolgan qismi safro orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati yaqqol buzilgan (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bemorlarda, safro bilan chiqariladigan metabolitlarining solishtirma og‘irligi oshadi, shuning uchun ularning qondagi konsentrasiyasining oshishi kuzatilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Revmatoid artrid, osteoartrit, bel og‘rig‘i va tendinit, tendosinovit, bursit, paylarni cho‘zilishi va suyaklarni chiqishi kabi, boshqa o‘tkir skelet – mushak buzilishlari; ankilozlovchi spondilit; ortopedik, stomatologik va boshqa kichik jarrohlik operasiyalaridagi og‘riq va yallig‘lanishni susaytirish; yuvenil surunkali artrit; operasiyadan keyingi og‘riq; bosh og‘rig‘i; tanadagi og‘riqlar; isitmani pasaytirishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni chaynamasdan, butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni ovqat qabul qilinganidan keyin qabul qilish kerak.

Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

12 yoshdan oshgan tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.

Navbatdagi har bir qabullar oralig‘i kamida – 4 soat.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastriya sohasida og‘riqlar va spazmlar), meteroizm, ishtahaning pasayishi. Kam hollarda: qon ketishi, perforasiya bilan asoratlangan me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, aftozli stomatit, ezofagit. Alohida hollarda nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik. Kam hollarda: his qilish yoki ko‘rishni buzilishi (yoyilgan ko‘rish, diplopiya), quloqlarda shovqin, ta‘sirchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, xavotirlik hissi, ruhiy buzilishlar;

Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi. Bullyoz toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochlarni to‘kilishi, fotosensibilizasiya bo‘lishi mumkin;

Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik yoki sariqliksiz);

Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda: trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya;

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, ko‘krak qafasi sohasida og‘riqlar, arterial gipertenziyani paydo bo‘lishining yakka hollari, yurak yetishmovchiligi aniqlangan;

Allergik va immunopatologik reaksiyalar: kam hollarda: bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezdagi aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalariga angionevrotik shish va bronxospastik reaksiyalar («aspirin astmasi»), bronxial astma xurujlari;
  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospesifik yarali kolit);
  • homiladorlik, laktasiya;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • qon yaratish faoliyatining buzilishi;
  • ko‘ruv nervining kasalliklari, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi;
  • buyraklar va jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari, rangli ko‘rishni buzilishi, tug‘ma glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qonda kaliy  miqdori oshishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishi rivojlanishi mumkin. Preparat litiy, digoksin va siklosporinning qondagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular bilan birga qo‘llanganida, bu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Metotreksat bilan davolashni boshlashdan 24 soat oldin yoki davolash to‘xtatilganidan keyin preparat buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunda uning zaharli ta‘sirining rivojlanish xavfi oshadi.

Jigar mikrosomal fermentlarini induksiya qiluvchi dorilar (barbituratlar va ayrim tutqanoqqa qarshi vositalar, shu jumladan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), spirt saqlovchi dori vositalari, rifampisin bilan birga qabul qilinganida preparatning gepatotoksik ta‘siri kuchayadi. Fenotiazinlar bilan birga qo‘llanganida haddan ziyod gipotermiya, azidotimidin bilan – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning zaharliligini oshiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, «halqali» va tiazidli diuretiklarning diuretik va natriyuretik ta‘sirini susaytiradi. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlari tezlashadi va kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga, shuningdek jigar, buyraklar, qon hosil qilish a‘zolari faoliyatining yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Yuqori dozalarda preparat trombositlar agregasiyasini susaytirishi mumkin, shuning uchun gemostazining buzilishi bo‘lgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak. Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek bevosita jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan keyin ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida preparat gepatotoksik ta‘sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Bemorlar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori diqqat va tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab qiluvchi ishlarni bajarishdan (masalan, avtomobilni haydash) saqlanishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari:  Allergik reaksiyalar, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alishlar, bosh aylanishi.

Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

 10 tabletkadan alyumin folga va PVX blisterda. 10 blisterdan qo‘llashbo‘yicha yo‘richnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BOLNOL RELAKS gel 30g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BOLNOL RELAKS gel 30g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BOLNOL RELAKS gel 30g N1 dori vositasi Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BOLNOL RELAKS gel 30g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BOLNOL RELAKS gel 30g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KYUPEN gel 20g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метилсалицилат, Диклофенак, льняное масло, Ментол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN gel 30g N1
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
D' END gel 10mg
MEDINAK PLYUS gel 30g N1
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
ZEFAM AKTIV gel 30g
ZEDPAR gel 30g
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ISHAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Narh: 13 400 so'mdan Batafsil
DIARKAL tabletkalari N30
VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100
VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
BOLNOL AS tabletkalari N100
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
BOLNOL tabletkalari N100
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1
BOLNOL DIET suspenziya 60 ml N1
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
BOLNOL tabletkalari N10
BOLNOL AS tabletkalari N100
BOLNOL tabletkalari N100
BOLNOL EKSTRA tabletkalari 500 mg+65 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9