Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
56 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BUPIVAKAIN GRINDEKS
BUPIVACAINE GRINDEX
Preparatning savdo nomi: Bupivakain Grindeks
Ta‘sir etuvchi modda (XMN): bupivakain (bupivacainum)
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 5 mg bupivakain gidroxloridi;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, 0,1 M xlorid kislotasi eritmasi yoki rN 4,0-6,5 gacha bo‘lgan 0,1 M natriy gidroksidi eritmasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy anestetiklar. Amidlar.
ATX kodi: N01V V01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Bupivakain uzoq vaqt davomida og‘riqsizlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan amid turidagi anestetikdir. Katta dozalarda jarrohlik anesteziyasini, kichik dozalarda esa, kamroq ifodalangan harakatlanish blokadasi bilan sensorli blokadani (og‘riqsizlantirishni) keltirib chiqaradi. Mahalliy anesteziyani boshlanishi va davomiyligi yuborilish joyiga bog‘liq. Boshqa mahalliy anestetiklar kabi bupivakain ham natriy ionlarini nerv membranasi orqali o‘tishini oldini olib impulslar tarqalishini qaytar blokadasini keltirib chiqaradi. Amid turidagi mahalliy anestetiklar hujayra membranalarining natriyli kanallariga ta‘sir ko‘rsatadi deb hisoblanadi. Mahalliy anestetiklar miya va miokardning qo‘zg‘aluvchi membranalarini ham blokada qilishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Bupivakain yog‘larda juda yaxshi eriydi.
Bupivakainga nisbatan uning metabolitlari kamroq farmakologik faollikka ega.
Plazmada bupivakainning konsentrasiyasi dozaga, yuborish usuliga va in‘eksiya joyida qon tomirlari soniga bog‘liq.
Bupivakainning yarim chiqarilish davri epidural bo‘shliqdan umumiy va ikki fazali so‘rilishdan keyin, muvofiq ravishda 7 minut va 6 soatni tashkil etadi. Sekin so‘rilish fazasi bupivakainni chiqarilishi tezligini cheklovchi omil bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli bupivakainning yarim chiqarilishi davri vena ichiga in‘eksiyadan keyingi davriga nisbatan uzoqroq bo‘lib ko‘rinadi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 96% ni tashkil etadi.
Vena ichiga in‘eksiyadan keyin plazmadan umumiy klirensi minutiga 0,58 l ni, muvozanat holatida taqsimlanish hajmi 73 l ni, eliminasiya yarim davri 2,7 soatni, jigar ekstraksiyasi ko‘rsatkichi 0,4 ni tashkil etadi.
Bupivakain 4‑gidroksi-bupivakainga aromatik gidroksidlash yo‘li bilan va 2,6-pipekoloksilidinga (RRX) N-dealkillash yo‘li bilan jigarda metabolizmga uchraydi, sitoxrom R4503A4 sitoxromi har ikkala jarayonning mediatori bo‘lib hisoblanadi. Plazmada RRX va 4‑gidroksi-bupivakain konsentrasiyalari bupivakainni uzoq vaqt davomida yuborilishidan keyin va yuborish vaqtida faol moddaga nisbatan unchalik katta emas.
Bupivakainning taxminan 5-6% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Bupivakain bog‘lanmagan modda bilan muvozanat nisbatiga erishgan holda yo‘ldosh orqali oson o‘tadi. Homila organizmida plazma oqsillari bilan bog‘lanishi ona organizmidagiga nisbatan pastroq bo‘lganligi sababli, homila plazmasida umumiy konsentrasiyasi kamroq bo‘ladi, ayni vaqtda homila va ona organizmida bog‘lanmagan fraksiyaning konsentrasiyasi bir xil bo‘ladi.
Bupivakain bola uchun xavfsiz bo‘lgan juda kam miqdorda ona suti bilan ajralib chiqadi.
Farmakokinetikasi 1 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda va kattalarda bir xil.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Yuborish yo‘li – mushak ichiga, teri ostiga yoki epidural tarzda yuborish – anesteziya turiga bog‘liq.
Pasientga ma‘lum bir dozani buyurishda shifokorda tajriba va pasientning jismoniy holati to‘g‘risida bilimlar bo‘lishi zarur. Uzluksiz infuziya yoki takroriy in‘eksiyalar usuli bilan nervlarni uzoq vaqt davomida blokadasini o‘tkazishda plazmada preparatning toksik konsentrasiyasi xavfini va nervni lokal shikastlanishi xavfini hisobga olish lozim.
Ko‘yida keltirilgan dozalar tavsiyaviy xarakterga ega, chunki dozani tanlashda pasientning barcha individual o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarur.
Kattalar uchun tavsiya etiladigan dozalar
Blokada
turi |
Konsentra–siyasi,
mg/ml |
Miqdori,
ml |
Dozasi,
mg |
Anesteziya boshlanishi,
min |
Anesteziya davomiyligi,
soat |
JARROHLIK ANESTEZIYASI | |||||
Lyumbal epidural blokada | 5,0 | 10-20 | 50-100 | 15-30 | 2-3 |
Kesarev kesish operasiyasi | 5,0 | 10-20 | 50-100 | 15-30 | 2-3 |
Torakal epidural blokada | 5,0
|
5-10
|
25-50
|
10-15
|
2-3
|
Kaudal epidural
blokada |
5,0 | 20-30 | 100-150 | 15-30 | 2-3 |
Katta nervlar
blokadasi (masalan, pl. brachialis, femoralis, n. sciatic) |
5,0 | 10-35 | 50-175 | 15-30 | 4-8 |
Zonal blokada (masalan, mayda nervlar blokadasi va infiltrasiya) |
5,0 |
£ 30 |
£ 150 |
1-10 |
3-8 |
TUG‘RUQ JARAYONINI OG‘RIQSIZLANTIRISH | |||||
Lyumbal blokada (in‘eksiya) | 5,0 | 6-12 | 30-60 | ||
Kaudal blokada (in‘eksiya) | 5,0 | 10-20 | 50-100 | ||
O‘TKIR OG‘RIQNI BARTARAF ETISH | |||||
Intraartikulyar blokada (masalan, tizza artrosko-piyasidan keyin) | 2,5-5,0 | £ 40 (0,25%)
£ 20 (0,5%)
|
£ 100 | 5-10 | proseduradan keyin 2-4 soat |
Izoh
Doza tarkibida test-dozani saqlaydi.
Jadvalda eslatib o‘tilgan dozalar odatda muvaffaqiyatli blokadani ta‘minlaydi. Anesteziya vaqti va davomiyligi bo‘yicha farqlar bo‘lishi mumkin. Raqamlar zarur bo‘lgan o‘rtacha dozalar amplitudasini aks ettiradi. Mahalliy anestetiklarning katta dozalarini qo‘llashdan saqlanish kerak. Odatda katta nervlarning barcha nerv tugunlarini to‘liq blokada qilish uchun preparatning katta konsentrasiyasi zarur. Anesteziya yoki og‘riqni yengillashtirish uchun (masalan tug‘ruq jarayonini og‘riqsizlantirish uchun) bupivakain eritmasining kichikroq konsentrasiyasi zarur. Preparatning yuborilgan hajmi anesteziya darajasini belgilaydi.
Tasodifan qon tomir ichiga yuborilishini oldini olish uchun in‘eksiya oldidan va in‘eksiya vaqtida sinchkovlik bilan aspirasiyani o‘tkazish tavsiya etiladi. Umumiy dozani asta-sekin, minutiga 25-50 mg tezlikda yoki takroriy dozalar ko‘rinishida pasientning hayot uchun muhim funksiyalari doimiy nazorat qilingan va u bilan verbal kontakt amalga oshirilgan holda yuboriladi. Epidural anesteziya o‘tkazilganida bupivakainning adrenalinni saqlaydigan 3-5 ml eritmasi bilan test-doza o‘tkazilishi zarur. Yurak urishining qisqa muddatli tezlashishi tasodifan vena ichiga in‘eksiya yuborilganligi haqida, spinal blokada simptomlari esa, tasodifan intratekal in‘eksiya qilinganidan dalolat beradi. Minimal toksik ta‘sirlar paydo bo‘lganida keyingi yuborilishlar darhol to‘xtatiladi. Tajriba shundan dalolat beradiki, o‘rtacha katta yoshdagi pasient 24 soat davomida yuborilgan 400 mg bupivakain ta‘sirini yaxshi o‘zlashtiradi.
Bolalar (yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar va 1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar) uchun tavsiya etiladigan dozalar
Mahalliy va periferik blokada
6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda maksimal bir martalik doza 1,5 mg/kg ni tashkil etadi.
6 oylikdan katta bolalarda maksimal bir martalik doza 2-2,5 mg/kg ni tashkil etadi.
Epidural in‘eksiyalarda tana vazni 2 kg dan 50 kg gacha bo‘lgan bolalarda adrenalin bilan kombinasiyada maksimal doza 2 mg/kg ni tashkil etadi.
Uzluksiz epidural infuziya
3 oylikkacha bo‘lgan bolalarda maksimal doza 0,2 mg/kg/soat (< 4,8 mg/kg/24 soat) ni tashkil etadi.
3 oylikdan katta bolalarda maksimal doza 0,4 mg/kg/soat (< 9,6 mg/kg/24 soat) ni tashkil etadi.
Ko‘rsatilgan dozalar pediatriya amaliyotida qo‘llash uchun asosiy dozalar sifatida qaralishi kerak. Individual og‘ishlar bo‘lishi mumkin.
Bolalarga doza tana vaznining 1 kg ga (2 mg/kg gacha) hisoblab chiqariladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Bupivakainni noxush nojo‘ya ta‘sirlari boshqa uzoq ta‘sir qiluvchi mahalliy anestetiklarning bunday nojo‘ya ta‘sirlariga o‘xshash bo‘ladi. Mahalliy anestetik namoyon qiladigan nojo‘ya ta‘sirlarni, igna punksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan bevosita ta‘sirlar (masalan, nervni shikastlanishi) yoki bilvosita ta‘sirlar (masalan, epidural abssess) keltirib chiqargan nervlarni blokada qilish oqibatidagi fiziologik ta‘sirlaridan (masalan, arterial bosimni pasayishi, bradikardiya) farqlash qiyin.
Bundan keyin sanab o‘tilgan nojo‘ya ta‘sirlar a‘zolar tizimi guruhlariga muvofiq tasniflangan; uchrash tez-tezligi ko‘rsatilganida quyidagi tasniflashdan foydalaniladi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥ 1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10 000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), jumladan alohida hollar.
Immun tizimmi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda – allergik reaksiyalar, anafilaktik reaksiyalar/shok.
Metabolizm va ovqatlanishni buzilishi
Juda kam hollarda – gipoglikemiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez – paresteziya, bosh aylanishi.
Kam hollarda – toksiklik belgilari va markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan simptomlar (tirishishlar, og‘iz sohasida paresteziya, tilni uvishishi, eshitishni kuchayishi, ko‘rishni buzilishi, hushdan ketish, titroq, quloqni bitib qolishi, quloqlarni shang‘illashi, dizartriya).
Juda kam hollarda – nevropatiya, periferik nervlarni shikastlanishi, araxnoidit.
Ko‘z kasalliklari
Juda kam hollarda – diplopiya.
Yurak faoliyatini buzilishi
Tez-tez – bradikardiya.
Juda kam hollarda – yurakni to‘xtab qolishi, aritmiya.
Qon tomirlar tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez – gipotenziya.
Tez-tez – gipertenziya.
Respirator kasalliklar va ko‘krak qafasi kasalliklari
Juda kam hollarda – nafas olishni susayishi.
Me‘da-ichak yo‘llarida buzilishlar
Juda tez-tez – ko‘ngil aynishi.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari faoliyatini buzilishlari
Tez-tez – siydik tutilishi.
Keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya reaksiya paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Bupivakainga (amid turidagi boshqa mahalliy anestetiklarga) va/yoki preparatning komponentlaridan istalgan boshqa birontasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Vena ichiga regional anesteziya (Bir bo‘yicha blokada) o‘tkazilishi mumkin emas (bupivakainni qon oqimiga tasodifan o‘tib ketishi o‘tkir tizimli toksik reaksiyalar rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bupivakainni boshqa mahalliy anestetiklarni yoki amid turidagi mahalliy anestetiklarga tuzilishi jihatdan yaqin bo‘lgan moddalarni, masalan, lidokain va meksiletin kabi ayrim antiaritmik preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki tizimli toksik ta‘sir kuchayishi mumkin. Bupivakain va III sinf antiaritmik preparatlarni (masalan, amiodaronni) o‘zaro ta‘siriga doir maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan, biroq ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Maxsus ko‘rsatmalar
Bupivakain epidural anesteziya va nervlarni periferik blokada qilish uchun qo‘llanilganida yurakni to‘satdan to‘xtab qolishi va o‘lim xavfi mavjud. Ayrim hollarda reanimasiyaga erishish qiyin bo‘ladi yoki tegishli tayyorgarlik va davolashga qaramay, reanimasiya qilib bo‘lmaydi.
Barcha mahalliy anestetiklarga o‘xshash bo‘lgani kabi, bupivakain tasodifan tomir ichiga yuborilganida qonda preparat konsentrasiyasi oshib ketishi mumkinligi oqibatida markaziy nerv va yurak-qon tomir tizimlariga toksik ta‘sir ko‘rsatishi (ventrikulyar aritmiya, ventrikulyar fibrillyasiya, to‘satdan yurak-qon tomir kollapsi va o‘lim yuz berishi) mumkin.
Nervlarni blokada qilish faqat jihozlangan operasiya xonasida tajribali mutaxassis nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Nervlarni blokada qilish chog‘ida mahalliy anestetik yuborilishidan oldin vena ichiga kanyulya yuboriladi. Shifokor preparatni tasodifan qon tomir xavzasiga yubormaslik uchun ehtiyotkorlikka rioya qilishi («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang), tegishli anesteziyani o‘tkazish uchun o‘qigan (o‘rgatilgan) bo‘lishi, shuningdek kasallik tashhisini va nojo‘ya ta‘sirlarni, tizimli toksiklik belgilari va boshqa asoratlarni davolashni bilishi kerak («Dozani oshirib yuborilishi» bo‘limiga qarang).
Periferik nervlarni keng qamrovli blokadasida yirik qon tomirlariga yondosh bo‘lgan qon bilan yaxshi ta‘minlangan joyiga mahalliy anestetikning katta hajmini yuborish talab etilishi mumkin. Bunday hollarda qon tomir ichiga yuborish va/yoki tizimli so‘rilish xavfi oshadi, bu esa qonda preparatning yuqori konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Keksa yoshdagi, shuningdek salomatligi susaygan pasientlarda, masalan jigar va buyrak disfunksiyasi rivojlanayotgan pasientlarda anesteziya o‘ta ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak. Bunday hollarda pasientlarni, ularning o‘zlaridagi mavjud barcha kasalliklar haqida shifokorni xabardor qilishlari uchun ogohlantirishlari kerak.
Yurakning qisman yoki to‘liq blokadasida ham alohida e‘tibor talab qilinadi, chunki miokardning o‘tkazuvchanligi susayishi mumkin. III sinf antiaritmik preparatlarni (masalan, amiodaronni) qabul qilayotgan pasientlar yurak faoliyatida asoratlar rivojlanishi xavfi mumkinligi tufayli, EKG nazoratini amalga oshirish bilan birga shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Gipovolemiya bo‘lgan pasientlarda faqat gipovolemiya tuzatilganidan keyin bupivakainni yuborish mumkin.
Epidural anesteziya o‘tkazilganida gipotoniya va bradikardiya rivojlanishi mumkin. Gipotoniya koronar va serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlar tomonidan yomon o‘zlashtiriladi. Gipotoniyani oldini olish uchun dastlab vazopressor vosita (5-10 mg efedrin vena ichiga, zarurat bo‘lganida takroran) yuboriladi. Bolalarda efedrin, yoshiga va tana vazniga mos keladigan dozada qo‘llaniladi.
Markaziy nervlarni spinal va epidural blokadasi, ayniqsa gipovolemiya holatida yurak-qon tomiri tizimini susayishini keltirib chiqarishi mumkin. Epidural anesteziya yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
Bosh va bo‘yin sohasida mahalliy anesteziyada, qo‘llanilayotgan mahalliy anestetikdan qat‘iy nazar, ko‘pincha nojo‘ya ta‘sirlar rivojlanishi mumkin. Bupivakainni arteriyaga tasodifan tushishi hatto past dozalar qo‘llanilganida ham, og‘ir nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
Retrobulbar yuborilishi ba‘zan, bosh chanog‘ining subaraxnoidal bo‘shlig‘igacha yetib borib qisqa muddatli ko‘rlik, yurak-qon tomiri kollapsi, nafas olishni to‘xtab qolishi, tirishishlar va boshqalarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu simptomlarni darhol tashhislash va davolash zarur.
Retro- va peribulbar blokadada shikastlanish va/yoki toksik ta‘sir oqibatida ko‘z mushaklarining persistent disfunksiyasi xavfi bo‘lishi mumkin. Bunday reaksiyalarning jiddiyligi shikastlanish og‘irligiga, mahalliy anestetikning konsentrasiyasi va ta‘sir etish davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun boshqa mahalliy anestetiklarda bo‘lgani kabi, preparatning minimal samarali konsentrasiyasi va dozasini qo‘llash zarur. Vazokonstriktorlar to‘qimalar reaksiyasini kuchaytirishi mumkin, shu sababli ulardan faqat zarurat bo‘lganidagina foydalanish lozim.
Paraservikal blokada gohida homilada bradikardiya/taxikardiyani keltirib chiqarishi mumkin, shu boisdan, homilaning yurak qisqarishlari sonini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur.
Bupivakainni intraartikulyar yuborilganida taxmin qilinayotgan yirik bo‘g‘im ichi shikastlanishi yuz berganida yoki jarrohlik aralashuvidan keyin katta ochiq yuza hosil bo‘lganida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi lozim, chunki plazmada preparatning yuqori konsentrasiyasi xavfi mavjud.
Bupivakainni eruvchanligi rN > 6,5 bo‘lganida pasayadi. Buni ishqoriy eritmalar bilan birgalikda qo‘llanilganida hisobga olish zarur.
Homiladorlik va laktasiya davri
Bupivakainni homilador va reproduktiv yoshdagi ayollarda qo‘llash yuzasidan katta tajriba mavjud. Reproduktiv jarayonga spesifik ta‘siri aniqlanmagan (malformasiyalarning sonini oshishi aniqlanmagan).
Homilada mahalliy anestetiklar keltirib chiqargan noxush nojo‘ya reaksiyalar (masalan, bradikardiya) ko‘pincha bachadonning paraservikal blokadasida yuzaga keladi. Ehtimol, ularni homilagacha yetib borgan anestetikning yuqori konsentrasiyasi keltirib chiqarsa kerak.
Boshqa mahalliy anestetiklarda bo‘lgani kabi, bupmvakain ona sutiga, ammo katta bo‘lmagan miqdorda, singib o‘tishi mumkin, shu boisdan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ta‘siri kutilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Mahalliy anestetiklar hatto MNT ga yaqqol toksik ta‘sirisiz, mental faoliyatga va koordinasiyaga biroz ta‘sir qilishi mumkin, bu harakat faolligini va hushyorlikni qisqa muddatga susaytirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Tizimli toksik reaksiyalar eng avvalo MNT da va yurak-qon tomir tizimida namoyon bo‘ladi. Bunday reaksiyalar tasodifan qon tomir ichiga in‘eksiyada, doza oshirib yuborilganida yoki dorini qon aylanishi yaxshi bo‘lgan joylardan o‘ta tez so‘rilishida yuzaga keladigan qonda preparatning yuqori konsentrasiyasi tufayli yuz beradi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). MNT reaksiyalari amid turidagi uzoq ta‘sir etuvchi barcha anestetiklarda bir xil bo‘ladi, yurak-qon tomir tizimi tomonidan reaksiyalar esa, ko‘proq darajada yuborilgan dori vositasining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Mahalliy anestetikning tasodifan qon tomir ichiga in‘eksiyasi bir lahzada (bir necha sekund yoki minut davomida) tizimli toksik reaksiyani keltirib chiqarishi mumkin. Doza oshirib yuborilganida tizimli toksiklik mahalliy anestetikning qondagi konsentrasiyasi sekinroq oshib borishi tufayli kechroq (in‘eksiyadan keyin 15-60 minut o‘tgach) paydo bo‘ladi.
Markaziy nerv tizimi
Preparatni MNT ga toksik ta‘siri simptomlarning asta-sekin kuchayib borishi bilan namoyon bo‘ladi. Dastlabki simptomlar og‘iz atrofida paresteziya va tilni uvushishi, quloqni bitib qolishi, eshitishni kuchayishi, quloqlarni shang‘illashi va ko‘rishni buzilishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ancha jiddiy buzilishlar tirishishlar oldidan paydo bo‘ladigan dizartriya, mushaklarni tortishishi yoki titroq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ushbu nojo‘ya reaksiyalarni nevrotik xatti xarakatlar bilan adashtirmaslik kerak. Keyinchalik hushdan ketish va katta tutqanoq xuruji yuz berishi mumkin bo‘lib, u bir necha sekunddan to bir necha minutgacha davom etishi mumkin. Tirishishlardan keyin mushak faoliyatini kuchayishi va nafas olishni susayishi tufayli, tezda gipoksiya va giperkapniya yuz beradi. Og‘ir hollarda nafasni to‘xtab qolishi yuz berishi mumkin. Asidoz, gipokaliemiya va gipoksiya toksik reaksiyani yanada kuchaytiradi.
Toksik reaksiyani kamayishi dori vositasini MNT dan chiqarilish tezligiga, shuningdek uning metabolizmiga bog‘liq. Agar preparatning oz miqdori yuborilgan bo‘lsa, toksik ta‘siri tezda kamayishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimi
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan toksik reaksiyalarni faqat dozani oshirib yuborilishining og‘ir hollarida kuzatish mumkin, odatda ulardan oldin MNT da toksiklik belgilari kuzatiladi. Agar pasient sedativ dori vositalari bilan og‘ir falajlangan yoki umumiy narkoz ostida bo‘lsa, prodromal holatda MNT simptomlari sezilmay qolishi mumkin. Toksik reaksiyalar gipotenziya, bradikardiya, aritmiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, va hatto MNTning prodromal simptomlarisiz yurak to‘xtab qolishi yuz berishi mumkin.
Agar blokada umumiy narkoz ostida o‘tkazilgan bo‘lsa, bolalarda erta toksik reaksiyalarni aniqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Davolash
O‘tkir tizimli toksiklik belgilari paydo bo‘lganida preparat in‘eksiyasini darhol to‘xtatish lozim.
Tirishishlarda davolashni o‘tkazish zarur. Barcha preparatlar va reanimasiya jihozlari darhol foydalanish uchun tayyor turish kerak. Kislorod kelishini ta‘minlash, tirishishlarni bartaraf etish va qon oqimini qo‘llab-quvvatlash davolashning maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Zarurat bo‘lganida kislorodni olib kelish va maska orqali nafas oldirish lozim.
Agar tirishishlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib, 15-20 sekund davomida to‘xtamasa, vena ichiga 100-150 mg tiopentonni yuborish lozim, vena ichiga shuningdek 5-10 mg diazepamni yuborish mumkin, biroq u ancha sekin ta‘sir ko‘rsatadi. Uzoq davom etadigan tirishishlarda pasientga kislorod kelishini va nafas olishni qo‘llab-quvvatlash uchun miorelaksantlarni (masalan, suksametoniyni) qo‘llash mumkin, biroq buning uchun endotraxeal intubasiya va nafas olishni nazorat qilish zarur.
Agar yurak-qon tomir tizimi faoliyatini xavfli susayishi (gipotenziya, bradikardiya) kuzatilsa, vena ichiga 5-10 mg efedrin yuboriladi va zarurat bo‘lganida efedrin yuborilishi 2-3 minut o‘tgach takrorlanadi. Bradikardiyani davolash uchun masalan atropinni qo‘llash lozim. Qon aylanishi to‘xtab qolganida darhol kardiopulmonar reanimasiya boshlanishi kerak.
Preparatning hayot faoliyatini ta‘minlash uchun kislorodning optimal miqdori, nafas olish va qon aylanishi, shuningdek asidozni davolash muhim.
Chiqarilish shakli
5 mg/ml in‘eksiya uchun eritma.
10 ml dan eritma I gidrolitik sinfga mansub rangsiz shishadan tayyorlangan va sindirish chizig‘i yoki nuqtasi bo‘lgan ampulada. 5 ampuladan polivinilxlorid plyonkadan tayyorlangan qoplamasiz uyali o‘ramda (poddonda) joylangan.
Bitta uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish shartlari
Resept bo‘yicha.