×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DE NOL 0,12 tabletkalari N56

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Висмута трикалия дицитрат
Qadoqda soni:
- 56
Ishlab chiqaruvchi:
- Р-ФАРМ, АО/ОРТАТ, АО
ATX kodi:
- A02BX05
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N30 Борисовский Завод МП ОАО Belarusiya
6 800 s`om dan
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N30 Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) Rossiya
6 800 s`om dan
OMID 20 kapsulalar 20mg N30 LLC Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Maxtar Bio-Genics Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DE NOL 0,12 tabletkalari N56 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

De-Nol®

De-Nol®

 

Qayd etish raqami: B-250-95 №06899     21/04/2009

Savdo nomi: De-Nol®

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: vismut trikaliy disitrati – 304,6 mg

Bi2O3 vismut oksidiga – qayta hisoblanganda – 120 mg

Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, povidon K30, kaliy poliakrillati, makrogol 6000, magniy stearati.

Qobig‘i: Opadray OY-S-7366 – gipromelloza va makragol 6000 dan tarkib topgan.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomoni qavariq, kremsimon-oq rangli qobiq bilan qoplangan, bir tomonida o‘yilgan «gbr 152» yozuvli va tomonlar uzuq-uzuq va burchaklari dumaloq kvadrat shakldagi grafik rasmli, hidsiz yoki biroz ammiak hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: ichak antiseptigi va burishtiruvchi vosita

ATX kodi: A02VX05

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Helicobacter pylori nisbatan bakterisid faollikka ega me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yaralariga qarshi vosita. Shuningdek, yallig‘lanishga qarshi va burishtiruvchi ta‘sirga ega. Me‘daning kislotali muhitida erimaydigan vismut oksixloridi va sitrat cho‘kmaga tushadi, yara va eroziyalar yuzasida himoya plyonkasi shaklida oqsil substratli xelat birikma hosil bo‘ladi. Ye prostaglandinlar sintezini shilliq va gidrokarbonat sekresiyasini oshirib, sitoprotektor mexanizmlarni faolligini rag‘batlantiradi, pepsin, xlorid kislotasi, fermentlar va o‘t kislotasi tuzlarini me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavati ta‘sirini chidamliligini oshiradi. Nuqson zonasida epidermal o‘sish omilini to‘planishiga olib keladi. Pepsin va pepsinogen faolligini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Vismut subsitrati me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi. Asosan ahlat bilan chiqariladi. Plazmaga tushgan vismutning qisman miqdori organizmdan buyrak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, shu jumladan Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan.

Zo‘rayish bosqichidagi surunkali gastrit va gastroduodenit, shu jumladan Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan.

Asosan diareya simptomlari bilan birga kechadigan ta‘sirlangan ichak sindromi.

Me‘da-ichak yo‘llarining organik kasalliklariga bog‘liq bo‘lmagan, funksional dispepsiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi, homiladorlik, laktasiya, preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparatni 120 mg li 1 tabletkadan sutkada 4 marta ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin va kechqurun yoki 120 mg li 2 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi.

4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni sutkada 8 mg/kg hisobidan buyuriladi. Bolaning tana vazniga bog‘liq holda sutkada 1-3 tabletkadan buyuriladi (muvofiq kuniga 1-3 qabul qilish uchun). Bunda sutkalik doza hisoblanadigan dozaga (sutkada 8 mg/kg) bir muncha yaqin bo‘lishi lozim.

Tabletkani ovqatdan 30 minut oldin ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Davolash kursi davomiyligi 4-8 xaftani tashkil qiladi. Keyingi 8 xafta davomida vismut saqlovchi preparatlarni qabul qilish mumkin emas.

Helicobacter pylori ni eradikasiyasi uchun De-Nol preparatini antixelikobakter faollikka ega bo‘lgan, boshqa antibakterial vositalar bilan majmuada qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Nojo‘ya ta‘siri

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘p tez-tez ich kelishi, qabziyatlar paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlar sog‘liq uchun xavfli emas va vaqtinchalik xarakterga ega.

Allergik reaksiyalar:teri toshmasi, terini qichishishi.

Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida – markaziy nerv tizimiga vismutni to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lgan ensefalopatiya rivojlanishi.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgandan dozadan yuqori dozalarni davomli qabul qilish orqali chaqirilgan, preparatni dozasini oshirib yuborilishi, buyraklar faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Ushbu simptomlar De-Nolni bekor qilganda to‘liq qaytadi.

Preparat bilan zaharlanish belgilari paydo bo‘lganida me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir va tuzli surgi vositalarini qabul qilish zarur. Keyinchalik davolash simptomatik bo‘lishi kerak. Qon plazmasida vismutni miqdorini oshishi bilan birga kechadigan buyrak faoliyatini buzilishi holida kompleks hosil qiluvchilar – dimerkaptoqahrabo va dimerkaptopropansulfon kislotasini yuborish mumkin. Buyrak faoliyati yaqqol buzilishi holida gemodializ ko‘rsatilgan.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

De-Nolni qabul qilishdan oldin va keyin yarim soat davomida boshqa dori vositalarini ichga qo‘llash, shuningdek ovqat va suyuqlik, xususan antasidlar, sut, meva va meva sharbatlarini qabul qilish mumkin emas. Bu ularni bir vaqtda qabul qilish De-Nolning samarasiga ta‘sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni 8 haftadan ortiq qo‘llash mumkin emas. Shuningdek, davolash vaqtida kattalar va bolalar uchun belgilangan sutkalik dozadan oshirish tavsiya etilmaydi. De-Nol bilan davolash davrida vismut saqlovchi boshqa preparatlarni qo‘llash mumkin emas. Tavsiya etilgan dozalarda preparat bilan davolash kursi tugaganida qon plazmasida ta‘sir etuvchi moddaning konsentrasiyasi 3-58 mkg/l dan oshmaydi, zaharlanish esa
100 mkg/l dan ortiq konsentrasiyalarda kuzatiladi.

De-Nolni qabul qilishda vismut sulfidini hosil bo‘lish oqibatida ahlat to‘q rangga bo‘yalishi mumkin. Ba‘zida tilni qisman to‘q rangga bo‘yalishi aniqlanadi.

Chiqarilish shakli

8 tabletkadan alyumin folgali blisterda, 7 yoki 14 blisterlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratdan saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.

 

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DE NOL 0,12 tabletkalari N56 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DE NOL 0,12 tabletkalari N56 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DE NOL 0,12 tabletkalari N56 dori vositasi Р-ФАРМ, АО/ОРТАТ, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DE NOL 0,12 tabletkalari N56 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DE NOL 0,12 tabletkalari N56 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ULKAVIS tabletkalari 120mg N112
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Висмута трикалия дицитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
ULKAVIS tabletkalari 120mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Висмута трикалия дицитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
ULKAVIS tabletkalari 120mg N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Висмута трикалия дицитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9