QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DEKARIS
(DECARIS)
Preparatning savdo nomi: Dekaris
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): levamizol
Chiqarilish shakli: tabletkalar 50 mg va 150 mg. 50 mg li tabletkalar. 2 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
150 mg li tabletkalar. 1 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Tarkibi:
Faol modda:
Bir 50 mg li Dekaris tabletkasi 50 mg levamizol (59 mg levamizol gidroxloridi ko‘rinishida) saqlaydi.
50 mg li tabletkalar uchun yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy saxarini, povidon, talk, abrikos xushbo‘yi, magniy stearati, “Solnechnыy zakat jeltыy” bo‘yovchisi (Ye 110).
Bir 150 mg li Dekaris tabletkasi 150 mg levamizol (177 mg levamizol gidroxloridi ko‘rinishida) saqlaydi.
150 mg li tabletkalar uchun yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, saxaroza, talk, povidon, magniy stearati.
Ta‘rifi: 50 mg li tabletkalar – Dumaloq, yassi, och-zarg‘aldoq rangli, kuchsiz abrikos hidli, faskali va bir tomonida to‘rtga bo‘luvchi riskali tabletkalar. Sindirilganida och-zarg‘aldoq rangli. Tabletkaning diametri taxminan 7 mm.
150 mg li tabletkalar – Dumaloq, yassi, deyarli oq rangli, faskali va bir tomonida “DECARIS 150” gravirovkali tabletkalar. Tabletkaning diametri taxminan 9 mm.
Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.
ATX kodi: R02SE01.
Farmakologik xususiyatlari
Dekarisning ta‘sir qiluvchi moddasi – levamizol antigelmint vositadir. Nematodalarning gangliysimon tuzilmalariga ta‘sir qilib, Dekaris gelmintlarning mushaklar membranasining qutbsizlantiruvchi nerv-mushak falajini chaqiradi, suksinatdegidrogenazani bloklaydi, fumaratdegidrogenaza faolligini susaytirib, gelmintlarning bioenergetik jarayonlarini kechishini buzadi. Shunday qilib, falajlangan nematodalar organizmdan ichakning normal peristaltikasi yordamida preparat qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida chiqariladi.
Farmakokinetikasi
Levamizol 50 mg dozada ichga qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi, preparat qabul qilinganidan keyin o‘rtacha 1,5-2 soat o‘tgach aniqlanadi. Levamizol jigarda jadal metabolizmga uchraydi, uning asosiy metabolitlari – p-gidroksi-levamizol va uning glyukuronididir.
Organizmdan yarimchiqarilish davri 3-6 soatni tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning 5% dan kamrog‘i ahlat bilan, 0,2% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Ascaris lumbricoides, Necator Americanus va Ancylostoma duodenale gelmintlar bilan kasallanish.
Qo‘llash usuli va dozalari
50 mg li tabletkalar:
3 yoshdan 6 yoshgacha (10-20 kg) bo‘lgan bolalar – 25-50 mg (1/2-1 tabletka); 6 yoshdan 10 yoshgacha (20-30 kg) – 50-75 mg (1-1,5 tabletka); 10 yoshdan 14 yoshgacha (30-40 kg) – 75-100 mg (1,5-2 tabletka) bir marta buyuriladi.
Preparatni ovqatdan keyin, oz miqdordagi suv bilan, kechqurun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Surgi vositalarni qabul qilish yoki maxsus parhezning zarurati yo‘q. Zarurati bo‘lganida preparatni qabul qilishni 7-14 kundan keyin takrorlash mumkin.
150 mg li tabletkalar:
Kattalarga 150 mg dan bir tabletka bir marta buyuriladi.
Preparatni ovqatdan keyin, oz miqdordagi suv bilan, kechqurun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Surgi vositalarni qabul qilish yoki maxsus parhezning zarurati yo‘q. Zarurati bo‘lganida preparatni qabul qilishni 7-14 kundan keyin takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, bosh aylanishi, yurak urishini his qilish, tirishishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘riqlari, diareya kabi dispepsik ko‘rinishlar.
Preparat qabul qilinganidan keyin 2-5 hafta o‘tgach MNT tomonidan ko‘rinishlar (ensefalopatiyalar) rivojlanishi, shuningdek allergik reaksiyalar (teri toshmasi), tirishishlar to‘g‘risida xabarlar bor. Ko‘pchilik pasientlarda bu holat qaytuvchi bo‘lgan va glyukokortikoidlar bilan davolashni erta boshlash holatni yaxshilagan.
Bu simptomlarni Dekarisni qabul qilish bilan bog‘liqligi unchalik ishonarli emas. Katta dozalar qo‘llanganida yoki uzoq muddatli davolashda leykopeniya, agranulositoz, tremor kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik; dori vositalari chaqirgan agranulositoz (anamnezdagi); 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; laktasiya davri.
150 mg li tabletkalarni bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik
Homilador ayollarga preparatni faqat kutilayotgan foyda, preparatni qo‘llash oqibatidagi xavfdan ustun bo‘lgandagina buyurish mumkin.
Laktasiya davri
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni himoya qilish uchun, ona uchun preparatni qabul qilish qanchalik zarurligiga qarab, emizishni to‘xtatish yoki preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerakligini hal qilish lozim.
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, suyak ko‘migida qon yaratilishi susayganida ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilinganida disulfiramsimon holatlar kuzatiladi.
Dekaris qon yaratilishiga ta‘sir qiluvchi preparatlar bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Preparat kumarinsimon antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, protrombin vaqtini uzayishi mumkin, shuning uchun peroral antikoagulyantning dozasini to‘g‘rilash kerak. Dekaris fenitoinning qondagi darajasini oshiradi, shuning uchun ular bir vaqtda qo‘llanganida qonda fenitoinning darajasini nazorat qilish kerak. Dekarisni tetraxlormetan, tetraxloretilen, xenopodiy moyi, xloroform yoki efir kabi lipofil preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki uning zaharliligi oshishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qabul qilish vaqtida va undan keyin 24 soat davomida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilish mumkin emas. Antigelmint vosita sifatida qo‘llanuvchi levamizolning nerv tizimini susaytirishi isbotlanmagan.
Preparatni avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat qabul qilinganida o‘tkinchi kuchsiz bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, butun davolash kursi davomida avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Levamizolning katta dozalari (600 mg dan yuqori) yuborilganida zaharlanishning quyidagi belgilari ta‘riflangan: ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, tirishishlar, ich ketishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ongni chalkashishi.
Davolash
Doza tasodifan oshirib yuborilganida – agarda preparat qabul qilinganidan keyin ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa – me‘dani yuvish mumkin. Hayotiy ko‘rsatkichlarning monitoringi va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Antixolinesteraza ta‘sir belgilari bo‘lsa, atropin yuborish mumkin.
Saqlash sharoiti
+25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.