49 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash50 400 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DEKLOSID
DECLOSID
Preparatning savdo nomi: Deklosid
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): beklametazon dipropionati, klotrimazol, gentamisin sulfati, klioxinol.
Dori shakli: krem
Tarkibi:
1 g preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
suvsiz beklametazon dipropionati 0,25 mg;
klotrimazol 10 mg;
gentamisin sulfati 1 mg;
klioxinol 20 mg.
yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, sariq suyuq parafin, setostearil spirti, setomakrogol 1000, propilenglikol, benzil spirti, xlorokrezol, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy gidrofosfat digidrati, tozalangan suv.
Ta‘rifi: yot zarrachalar bo‘lmagan och-jigarrang rangli bir xil krem.
Farmakoterapevtik guruhi: dermatologiyada qo‘llanadigan vosita (mahalliy ta‘sir etuvchi yallig‘lanishga qarshi vosita).
ATX kodi: D07CC04
Farmakologik xususiyatlari
Deklosid – teri kasalliklarini davolashda sirtga qo‘llanadigan majmuaviy preparat. Preparatning ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar – beklametazon dipropionati, klotrimazol, gentamisin sulfati va klioxinol bilan bog‘liq.
Beklometazon dipropionati – sintetik glyukokortikoid bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ, qichishishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Klotrimazol – imidazol hosilasi hisoblanadi. Zamburug‘larning xujayra membranalari tarkibiga kiruvchi ergosterinning sintezini buzishi xisobiga antifungal ta‘sir ko‘rsatadi, bu uning xususiyatlarini o‘zgarishini chaqiradi va xujayrani parchalanishiga olib keladi. Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis, Candida albicans, Malassezia furfur (Pityrosporum obiculare) larga nisbatan faoldir. Klotrimazol, shuningdek Corynebacterium minutissimum, Strep. Spp. Staph. Spp. Trichomonas vaginalis larga nisbatan ham faoldir.
Gentamisin sulfati – suvda eruvchan, aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotikdir, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Bakteriyalarning xujayra membranasi orqali faol o‘tib, bakteriyalarning ribosomalari bilan qaytmas bog‘lanadi va shu bilan qo‘zg‘atuvchida oqsil sintezini susaytiradi. Grammanfiy bakteriyalar: Pseudomonas aeruginosa, E. Coli, Aerobacter aerogenes, Klebsiella spp., Proteus vulgaris; grammusbat bakteriyalar: Streptoccocus spp., Staphylococcus spp larga nisbatan faoldir.
Klioxinol antibakterial, antiseptik va zambrug‘larga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Mahalliy ta‘siri elementar yod tomonidan to‘qima oqsillarini cho‘ktirish xususiyati bilan bog‘liq.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Deklosid kremining katta bo‘lmagan midori terining shikastlangan yuzasiga yupqa qavat qilib sutkada 2 marta qo‘yiladi. Davolash davomiyligi 2-4 haftani tashkil qiladi. Uzoq muddat davolashdan so‘ng, atrofik o‘zgarishlar yuz terisida tananing boshqa yuzalariga nisbatan ko‘proq paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak, bunday holda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Mahalliy reaksiyalar: preparat qo‘yilgan joyda terini qizarishi, achishish va sanchilish hissi bo‘lishi mumkin (terini ta‘sirlanishi rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak).
Bo‘lishi mumkin: allergik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat oftalmologiyada qo‘llanmaydi. Ko‘z sohasi terisiga qo‘yish mumkin emas.
Preparatni shikastlangan teriga va ochiq jarohatlarga qo‘yishdan saqlanish kerak.
Chidamli bakterial yoki zamburug‘li mikroflora rivojlanganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak.
Aminoglikozid antibiotiklari bilan kesishgan rezistentlik rivojlanishi mumkin.
Uzoq muddat davomida davolanganda, preparatni asta-sekin bekor qilish kerak.
Homiladorlik va emizishda qo‘llanishi. Homiladorlikda Deklosid preparatini, ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina, qo‘llash mumkin.
Preparatning komponentlarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi aniqlanmagan, shuning uchun Deklosid preparati laktasiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi. Bolalarga preparat 7 yoshdan boshlab faqat qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va shifokorning nazorati ostida buyuriladi, chunki beklometazon bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin. Deklosid katta yuzalarga qo‘llanganida, sirtga qo‘llanadigan boshqa GKS kabi, gipotalomo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining faoliyati bostirilishi mumkin, o‘sish gormonini ekskresiyasi pasayishi, shuningdek bosh miya qon bosimini oshishi kuzatilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: glyukokortikoidlar katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida giperkortisizm simptomlari (giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatini qaytuvchi susayishi, Kushing sindromining belgilari) rivojlanishi mumkin.
Davolash: siptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun Diklosid kremi 30 g dan alyumin tubada. 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.