×
×
  • DENTOKIND A  tabletkalari N150

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DENTOKIND A tabletkalari N150

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Qadoqda soni:
- 150
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Gustav Klein GmbH & Co. KG
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 105 ta dorixonasida topildi

ico 79 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 98 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 88 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

MONTILAST tabletkalari 10mg N10 Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd. O'zbekiston
DERMACOMPLEX kapsulalar 0,5g N20 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
70 000 s`om dan
MIGRAFEN-400 tabletkalari N100 Avantika Medex PVT.LTD Hindiston
30 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DENTOKIND A tabletkalari N150 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DENTOKIND

DENTOKIND

 

Preparatning savdo nomi: Dentokind

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka (100 mg) quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 15 mg Belladonna trit. D6, 15 mg Chamomilla trit. D6, 15 mg Ferrum phosphoricum trit. D6, 15 mg Hepar sulfuris trit. D12, 15 mg Pulsatilla trit. D6;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, talk, magniy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq, ikki tomoni yassi, chetlari kesilgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruxi: gomeopatik vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Gomeopatik davolash usuli kasallikni tushunish ma‘nosida va dori substansiyalarini qo‘llanishida an‘anaviy tibbiyotdan ahamiyatli farq qiladi. Gomeopatik vositalar organizmning shaxsiy himoya kuchlarini rag‘barlantiradi, hamda o‘zini-o‘zi davolash qobiliyatini faollashtiradi. Gomeopatik vositalarga organizmning javobi yuqori shaxsiy. Shu sabablarga ko‘ra doza-spesifik samarani, shuningdek farmakodinamik va farmakokinetik ma‘lumotlarni aniqlashning imkoniyati yo‘q.

Qo‘llanilishi

Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, shuningdek qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, otalgiya (quloqlarda og‘riq), milklarda og‘riq, yengil isitma va ich ketishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida 1 tabletkadan har bir soatda, lekin kuniga 6 tabletkadan ko‘p emas.

Simptomlar kamayganidan keyin 1 tabletkadan kuniga 3 marta.

1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida 2 tabletkadan har bir soatda, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas.

Simptomlar kamaygandan keyin 2 tabletkadan kuniga 3 marta.

Dentokindni ovqat va ichimliklar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tabletkalarni og‘izda asta-sekin erishiga yo‘l qo‘yib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish ma‘qulroq. Emizikli bolalarni davolashda tabletkalarni ozgina miqdordagi suv bilan eritish mumkin.

Agar Siz dori vositasini qabulini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, bolaga preparatni ikki martalik dozasini bermang.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Agar farzandingizda preparatni qabulidan keyin nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokoringizni xabardor qiling.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga va uning hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Agar Siz, farzandingiz Dentokindga yetarlicha javob bermayotgan bo‘lsa yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling.

Preparat laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar shifokoringiz, Sizga farzandingizni ayrim saxarozalarni o‘zlashtiraolmasligini aytgan bo‘lsa, shifokor bilan dori vositasini qo‘llashdan oldin maslaxatlashing.

Preparat yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Xozirgi vaqtgacha noma‘lum.

 

Chiqarilish shakli

100 mg dan tabletkalar, 150 tabletkalar shisha flakonlarda; 1 flakondan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Alohida sharoit talab qilmaydi.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DENTOKIND A tabletkalari N150 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DENTOKIND A tabletkalari N150 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DENTOKIND A tabletkalari N150 dori vositasi Dr.Gustav Klein GmbH & Co. KG tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DENTOKIND A tabletkalari N150 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DENTOKIND A tabletkalari N150 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9