QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DETRIFORS
DETRIFORS
Preparatning savdo nomi: Detrifors
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kolekalsiferol (cholecalciferol)
Dori shakli: kapsulalar 1000 XB
Tarkibi:
Jelatin qobiq bilan qoplangan bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: kolekalsiferol – 1000 XB;
yordamchi moddalar: saflor moyi – 98,90 mg, gliserin – 24,17 mg, jelatin – 52,37 mg, tozalangan suv – 9,46 mg.
Ta‘rifi: biroz sarg‘ish tusli moyli tiniq moddani ichiga olgan, oval shakldagi yumshoq, jelatinli, och-sarg‘ish rangli tiniq kapsulalar. O‘ziga xos hid bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaruvchi vosita.
ATX kodi: [A11CS05]
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
D3 vitamini – organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchisi bo‘lib, kalsiyni ichakda so‘rilishini va fosforni buyrak kanalchalarida reabsorbsiyasini kuchaytiradi. Suyak to‘qimasini shakllantirishda ishtirok etadi: bolalarda suyak skeleti va tishlarni shakllanishiga, suyaklarning minerallashuviga yordam beradi, ossifikasiya jarayonini kuchaytiradi, suyaklar strukturasini tiklaydi. Qonda kalsiy ionlarining fiziologik konsentrasiyalarida ishtirokini ta‘minlagan holda elektrolit almashinuvini tartibga soladi, bu skelet mushaklari tonusini, miokard faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, nerv qo‘zg‘alishi o‘tkazilishiga yordam beradi, qon ivishi jarayonini tartibga soladi.
D3 vitamini qalqonsimon oldi bezlarning normal faoliyati uchun zarur bo‘lib, lipidlar metabolizmida, arterial bosim darajasini tartibga solishda, hujayralar differensirovkasini rag‘batlantirishda, hujayra proliferasiyasini ingibisiya qilishda, immunologik reaksiyalarni amalga oshirishda ishtirok etadi. D vitamini tug‘ma immunitetga ham, orttirilgan immunitetga ham ta‘sir ko‘rsatadi: mikroblarga qarshi himoyasini (shu jumladan katalisidin va defenzin-β2 antimikrob peptidlar sintezini) va virusga qarshi immunitetni faollashtiradi; yallig‘lanish va autoimmun reaksiyalarni so‘ndiradi.
D vitamini bosh miya va kongnitiv faoliyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. D vitaminiga reseptorlar barcha MNT bo‘ylab keng ekspressiyaga uchraydi, u neyronal differensirovkada va nerv hujayralarning yetilishida ishtirok etadi.
D vitaminini oziq-ovqatda yetishmasligi, uning so‘rilishini buzilishi skelet kasalliklari (raxit, osteomalyasiya, osteoporoz, mushak og‘riqlari va zaifligi), shuningdek keng tarqalgan skeletdan tashqari kasalliklarning ko‘p qismi rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. D vitamini tanqisligi buyrak, me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari, qandli diabet, o‘pkaning surunkali kasalliklari, arterial gipertenziya, kongnitiv faoliyat pasayishi bilan bog‘liq. D vitaminining tanqisligi ko‘pincha o‘sma kasalliklarida (ko‘krak bezi, ichak va prostata rakida) aniqlanadi.
D vitaminining tanqisligi ko‘pincha ayollarda homiladorlik, laktasiya va menopauza davrida, shuningdek keksa yoshdagi insonlarda, ayniqsa sifatsiz yoki muvozanatlashtirilmagan oziqa rasioniga, past jismoniy faollikka ega insonlarda, shuningdek past tabiiy insolyasiya mavjud bo‘lgan mamlakatlar va hududlarda uchraydi. Keksa yoshdagi insonlarda terida D vitaminini hosil qilish qobiliyatining 4 marta pasayishi kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin kolekalsiferol ingichka ichakdan so‘riladi, limfa tizimiga keladi, jigarga va umumiy qon oqimiga kelib tushadi. Qonda alfa2-globulinlar va qisman albuminlar bilan bog‘lanadi, jigar, suyak to‘qimasi, skelet mushaklari, buyraklar, buyrak usti bezlari, miokard, yog‘ to‘qimalariga o‘tadi. Smax to‘qimalarda yuborilganidan keyin 4-5 soat o‘tgach erishiladi, so‘ngra uzoq muddat doimiy darajada saqlangan holda bir muncha pasayadi. Qutbli metabolitlar shaklida, ko‘proq hujayralar, mikrosomlar, mitoxondriylar va yadrolar membranalarida joylashadi. Jigarda to‘planadi. Jigarda va buyraklarda biotransformasiyasi natijasida faol metabolitlar hosil bo‘ladi. Kolekalsiferolning va uning almashinuvi mahsulotlarining ko‘p qismi safro bilan ichakka ajraladi, unda ular enterogepatik sirkulyasiya tizimini yaratgan holda yana so‘rilishi yoki axlat bilan chiqarilishi mumkin. Yarim chiqarilishi davri T1/2 bir necha kunni tashkil etadi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Ko‘krak sutiga ajratiladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda. Ovqatlanish vaqtida ichga qabul qilinadi.
D3 vitamini gipovitaminozida – sutkada 1000-3000 XB (1-3 kapsula). Qabul qilish kursi shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi.
Yuqori xavf guruhidagi pasientlarda D vitamini tanqisligini oldini olish uchun – sutkada 1000-3000 XB (1-3 kapsula). Qabul qilish kursi shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi.
Osteoporozni oldini olish va davolash uchun – bir kunda 1000-3000 XB (1-3 kapsula). Qabul qilish kursi shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi.
Gipokalsiemik tetaniyani oldini olish uchun – kattalarda sutkada 1000-3000 XB (1-3 kapsula). Qabul qilish kursi shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi.
D vitamini yetishmovchiligidan kelib chiqadigan osteomalyasiyani davolash uchun – bir kunda 1000-3000 XB (1-3 kapsula). Qabul qilish kursi shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi.
Gipoparatireozni davolash uchun – sutkada 2000-3000 XB (2-3 kapsula). Qabul qilish kursi shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
D vitaminiga va preparat komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
D vitamini gipervitaminozi, gipervitaminoz simptomlari:
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: disfunksional buzilishlar (qabziyat yoki ich ketishi, qorin shishi, ko‘ngil aynishi, qusish), ishtahani yo‘qolishi;
Elektrolit almashinuvi tomonidan: giperkalsiemiya, giperkalsiuriya, giperfosfatemiya;
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, jizzakilik;
Suyak-mushak tizimi tomonidan: mialgiyalar, artralgiyalar (mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riqlar);
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydikni ortiqcha ajratilishi (poliuriya), buyrak funksiyasini buzilishi;
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni oshishi, aritmiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan:
qonda D vitamini va ionlashgan kalsiy miqdori darajasi nazorat qilingan holda;
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dozani oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida D3 vitamini boshqa manbalardan qo‘shimcha ravishda kelishini hisobga olish lozim. D3 vitaminini saqlaydigan vitamin-mineral komplekslar va D vitaminining boshqa analoglari bilan bir vaqtda qo‘llanilishi gipervitaminoz rivojlanishi xavfini oshiradi.
D vitaminini tiazid diuretiklari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida giperkalsiemiya rivojlanishi xavfi ortadi.
Alyuminiy va magniyni saqlovchi antasidlar bilan bir vaqtda qo‘llanilishi fonida D vitamini bilan uzoq muddatli davolash qonda ularning konsentrasiyalarini va intoksikasiya yuzaga kelishi (ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi mavjud bo‘lganida) xavfini oshiradi. D vitamini fosfor saqlovchi preparatlar absorbsiyasini va giperfosfatemiya xavfini oshiradi. Natriy ftoridi bilan bir vaqtda qo‘llanilganida qabul qilishlar orasidagi interval kamida 2 soatni; tetrasiklinlarning peroral shakllari bilan esa kamida 3 soatni tashkil etishi kerak.
D vitaminini yurak glikozidlari bilan birgalikda qo‘llanilganida giperkalsiemiya rivojlanishidan kelib chiqadigan yurak glikozidlarining toksik ta‘siri kuchayishi mumkin (yurak ritmi buzilishining rivojlanishi xavfi ortadi).
Difenin va xolestiramin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida D vitamini samaradorligi pasayadi.
Barbituratlar (shu jumladan fenobarbital), fenitoin va primidon ta‘siri ostida D vitaminiga bo‘lgan ehtiyoj metabolizm tezligi ortishi hisobiga sezilarli ravishda oshishi mumkin.
D vitaminini tirishishlarga qarshi preparatlar, rifampisin, kolestiramin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida kolekalsiferolning davolash ta‘siri kamayib borgani holda uning absorbsiyasi pasayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning yo‘riqnomada tavsiya etilgan dozalarini oshirmaslik kerak. Preparatni uzluksiz uzoq muddat (bir necha oy) davomida qabul qilinganida surunkali D3 gipervitaminozni va giperfosfatemiyani (ayniqsa tiazid diuretiklar bilan birgalikda) istisno qilish uchun qon zardobida kalsiy va fosfor konsentrasiyasini davriy aniqlash tavsiya etiladi. D vitaminiga sezuvchanlik har xil odamlarda individual ekanligini va D vitaminini davolash dozalarida qabul qilish qator shaxslarda gipervitaminoz holatini keltirib chiqarishi mumkinligini hisobga olish lozim.
Giperkalsiemiyada yoki buyrak funksiyasini buzilishi belgilari paydo bo‘lganida, dozani pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish zarur. Agar siydikda kalsiy darajasi 24 soatda 7,5 mol (24 soatda 300 mg) dan oshsa, shuningdek dozani pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish
zarur.
Keksa yoshda D vitaminini ichakda so‘rilishining kamayishi, terining D3 provitaminini sintezlash qobiliyati pasayishi, insolyasiya vaqtini kamayishi, buyrak yetishmovchiligi yuzaga kelishi tez-tezligini ortishi oqibatida D vitaminiga ehtiyoj ortishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi. Homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya davrida D3 vitamini dozasi sutkada 600 XB dan oshmasligi kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Avtomobilni boshqarishga va mexanizmlar bilan ishlashga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi simptomlari: ishtahaning pasayishi, qabziyat, diareya (ich ketishi), ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘im og‘riqlari, xolsizlik, jizzakilik, kuchli chanqash, pollakiuriya (tez-tez siyish), tana vaznini pasayishi, giperkalsiemiya, giperkalsiuriya.
Dozani surunkali oshirib yuborilishi simptomlari (kattalar uchun 20-60 ming XB/sutka dozalarda bir necha hafta yoki oy davomida qabul qilinganida): yumshoq to‘qimalarda, buyraklarda, tomirlarda, yurakda, o‘pkada kalsiyni to‘planishi (kalsinoz), arterial gipertenziya, a‘zolar funksiyasini buzilishi (buyrak va yurak yetishmovchiligi).
Davolash: preparat qo‘llanilishini bekor qilish, kalsiy miqdori past bo‘lgan parhezga amal qilish, ko‘p miqdorda suyuqlikni qabul qilish, glyukokortikosteroidlarni buyurish, simptomatik davolash (Ye vitamini, magniy, kaliy preparatlari, askorbin kislotasi, retinol, tiamin), og‘ir hollarda – ko‘p miqdorda fiziologik eritmani, furosemidni, elektrolitlarni vena ichiga yuborish, gemodializ o‘tkazishni ichiga oladi.
Chiqarilish shakli
30 yoki 60 kapsuladan polietilendan tayyorlangan buraladigan qopqoqli va folgadan tayyorlangan himoya qiluvchi klapanli polietilen flakonda. Flakonga etiketka yopishtiriladi va polietilen plyonka bilan qoplab qo‘yiladi.
1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda quruq joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.