×
×
  • DIAZOLIN REMEDY tabletkalari 50mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DIAZOLIN REMEDY tabletkalari 50mg N30

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
ATX kodi:
- R06AX15
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
64 400 s`om dan
ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
13 000 s`om dan
KETOTIFEN tabletkalari 1mg N30 ГНЦЛС ОЗ, ООО Belarusiya
3 900 s`om dan
ERIUS sirop 60ml 0,5mg/ml Bayer Consumer Care AG Germaniya
68 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DIAZOLIN REMEDY tabletkalari 50mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIAZOLIN®

DIAZOLINUM

 

Preparatning savdo nomi: Diazolin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mebgidrolin (mebhydrolin)

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda 100 mg yoki 50 mg mebgidrolin;

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (200), kartoshka kraxmali, quyimolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon, saxaroza, kalsiy stearati.

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, yassi yuzali riski va faskali, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun gistaminga qarshi vositalar.

ATX kodi: R06A X15

Farmakologik xususiyatlari

Mebgidrolin antigistamin preparatlariga kiradi, gistamin N1-reseptorlarining blokatoridir. Mebgidrolin gistaminning, bronxlar, ichakning silliq mushaklariga nisbatan spazmogen samarasini, shuningdek uning tomirlarni o‘tkazuvchanligiga ta‘sirini susaytiradi. Birinchi avlod gistaminga qarshi preparatlaridan (dimedrol, suprastin va boshqalar) farqli ravishda, kamroq sedativ va uyquni chaqiruvchi samaralarga ega. Kuchsiz ifodalangan m-xolinobloklovchi va og‘riqni qoldiruvchi xususiyatlarga ega.

Ovqat xazm qilish yo‘llaridan tez so‘riladi. Biokirishaolishligi 40-60% chegarasida o‘zgaradi. Terapevtik samara 15-30 minutdan keyin rivojlanadi, maksimal ta‘sir 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Samarasining davomiyligi 2 sutkaga yetishi mumkin. Preparat deyarli gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi, jigarda metil guruhini qo‘shilishi orqali metabolizmga uchraydi, jigar fermentlarini induksiyalaydi, organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Mavsumiy va allergik rinitni, pollinozni, eshakemini, ovqat va dori allergiyasini, hashoratlar chaqqanidan keyingi teri reaksiyalarini, terining qichishishi bilan kechuvchi (ekzema, neyrodermit) dermatozlarni oldini olish va davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga kattalar va 3 yoshdan boshlab bolalarda qo‘llanadi. Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga 100-200 mg dan sutkada 1-2 marta buyuriladi. Yuqori bir martalik doza 300 mg, yuqori sutkalik – 600 mg.

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – sutkada 25 mg dan 1-3 marta, 7 yoshdan 12 yoshgacha – sutkada 50 mg dan 1-3 marta. Davolashning davomiyligini shifokor preparatning klinik samarasi va o‘zlashtirishiga qarab belgilaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: Diazolin® me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatlarini ta‘sirlashi mumkin, bu ba‘zida dispeptik holatlar (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, epigastriy sohasida og‘riqlar) bilan namoyon bo‘ladi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, paresteziyalar, yuqori toliqish, uyquchanlik, ko‘rishni noaniqligi, reaksiyalar tezligini pasayishi.

Boshqalar: og‘izni qurishi, siyishni buzilishi, allergik reaksiyalar. Juda kam granulositopeniya va agranulositoz paydo bo‘lishi mumkin.

Bolalarda ba‘zida paradoksol reaksiyalar: yuqori qo‘zg‘alish, tremor, uyquni buzilishi kuzatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayishi bosqichi, me‘da-ichak yo‘llarining yallig‘lanishi kasalliklari, pilorostenoz.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Diazolin® uyquni chaqiruvchi, sedativ va boshqa markaziy nerv tizimini susaytiruvchi preparatlarning, shuningdek alkogolning ta‘sirini potensiyalaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Diazolin® og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni yopiq burchakli glaukomada, tutqanoqda, yurak ritmining buzilishlarida, prostata bezining gipertrofiyada buyurish tavsiya qilinmaydi.

Diazolin® bilan davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish davrida preparatni agarda shifokorning fikri bo‘yicha ona uchun kutilayotgan foyda homila/bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.

Bolalar. Preparat 3 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Preparat qo‘llanganida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilganida muvofiq bo‘limda ta‘riflangan nojo‘ya ko‘rinishlarning paydo bo‘lishini xavfi oshadi. Bunday hollarda preparat bilan davolash to‘xtatiladi, simptomatik davolash, zarurati bo‘lganida – umumiy detoksikasiya tadbirlari (me‘dani yuvish, jadallashtirilgan diurez) o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 2 blisterdan qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DIAZOLIN REMEDY tabletkalari 50mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DIAZOLIN REMEDY tabletkalari 50mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DIAZOLIN REMEDY tabletkalari 50mg N30 dori vositasi Remedy, СП ООО Узбекско-Британское tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DIAZOLIN REMEDY tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DIAZOLIN REMEDY tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 1 700 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 1%
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 20ml 1%
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 40ml 2,4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 50ml 2,4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
BOROMENTOL maz 10g
OMIZOL kapsulalar 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Omeprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
OMIZOL kapsulalar 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Omeprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
BRONXOSOL sirop 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ambroksol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
REMVEKS eritma 4,55g N10
OKSOLIN maz 10 g 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SALISILOVO SINKOVAYA pasta 25g
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
TETRASIKLIN kapsulalar 250 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 600 so'mdan Batafsil
TETRASIKLIN kapsulalar 100 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
STREPTOSIDOVAYA maz 25g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 600 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 90ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SENADEKSIN REMEDY tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 1 792 so'mdan Batafsil
AMPISILLIN REMEDY kapsulalar 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMPISILLIN REMEDY kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METILURASILOVAYA maz 15g 10%
AMOKSISILLIN poroshok 100 ml 125 mg/5 ml
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
DIAZOLIN DLYA DETEY granuli 9g
DIAZOLIN draje 100mg N20
DIAZOLIN draje 100mg N10
DIAZOLIN draje 100mg N20
DIAZOLIN draje 100mg N10
DIAZOLIN draje 50mg N10
DIAZOLIN 0,05 draje N10
DIAZOLIN draje 50mg N10
DIAZOLIN draje 50mg N20
DIAZOLIN 0,1 draje N10
DIAZOLIN 0,1 draje N10
DIAZOLIN 0,05 draje N10
DIAZOLIN 0,05 draje N10
DIAZOLIN 0,1 draje N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9