125 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DONORMIL
DONORMYL
Preparatning savdo nomi: Donormil
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): doksilamin
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 15 mg.
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda: 15 mg doksilamin suksinati,
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati,
qobig‘ini tarkibi: gipromelloza, Sepispres AR 7001 pigment dispersiyasi*, makrogol 6000, tozalangan suv.
* Sepispres AR 7001 pigment dispersiyasining tarkibi: gipromelloza 2-4%, titan dioksidi S177891 25-31%, propilenglikol 30-40%, tozalangan suv 100% gacha.
Ta‘rifi: oq rangli, qobiq bilan qoplangan, ikkala tomonida o‘yiqchasi bo‘lgan, to‘g‘ri burchakli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli ta‘sirga ega antigistamin preparatlar. Aminoalkil efirlari.
ATX kodi: R06AA09.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Doksilamin suksinati sedativ va atropinga o‘xshash samaralarga ega bo‘lgan etanolaminlar sinfining N1-reseptorlar blokatori hisoblanadi. Uning uyquga ketish uchun kerak bo‘lgan vaqtni kamaytirishi, shuningdek uyquning davomiyligi va sifatini yaxshilashi namoyish qilingan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Doksilamin suksinati qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga (Cmax) qabul qilinganidan so‘ng o‘rtacha 2 soat (Tmax) o‘tgach erishiladi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri (T½) o‘rtacha 10 soatni tashkil etadi.
Doksilamin suksinati jigarda metil guruhini yo‘qotish va N-asetil guruhini qo‘shish yo‘li bilan qisman metabolizmga uchraydi.
Molekulaning parchalanishida xosil bo‘luvchi turli metabolitlari, miqdori jihatidan ahamiyatli emas, chunki dozaning 60% siydikda o‘zgarmagan doksilamin shaklida aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
Vaqti-vaqti bilan yuz beruvchi/o‘tkinchi uyqusizlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat faqat kattalar uchun mo‘ljallangan.
Tavsiya qilingan doza kuniga ½-1 tabletkani tashkil qiladi. Tabletka uyqudan 15-30 minut oldin qabul qilinadi. Shifokorning tavsiyasi bo‘yicha doza ikki tabletkagacha oshirilishi mumkin.
Keksa yoshli shaxslarda va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan hollarda dozani pasaytirish tavsiya etiladi.
Davolashning davomiyligi 2 kundan 5 kungacha; agarda uyqusizlik davom etsa, davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Antixolinergik samaralar: qabziyat, og‘izni qurishi, ko‘rishni buzilishi, yurakni tez urishi.
Kunduzgi uyquchanlik: bunday samara rivojlanganida dozani pasaytirish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Alkogol ko‘pchilik N1-antigistamin vositalarning sedativ samarasini kuchaytiradi. Ongni o‘zgarishi avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda xavf tug‘dirishi mumkin. Alkogolli ichimliklar iste‘mol qilish va tarkibida alkogol saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.
Donormil bilan quyidagi majmualarni hisobga olish kerak:
Maxsus ko‘rsatmalar
Uyqusizlikning sabablari ko‘p sonli omillar bo‘lishi mumkin, ular dori vositalarni qabul qilishni talab qilishi shart emas.
Preparat tarkibida laktoza saqlashi tufayli, uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza va galaktozaning so‘rilishini buzilish sindromi, laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin emas.
Barcha uyqu yoki sedativ vositalari kabi, doksilamin suksinati ilgari mavjud bo‘lgan tungi apnoe sindromini (nafas to‘xtashlari soni va davomiyligini oshishi) zo‘raytirishi mumkin.
N1-antigistamin vositalarni sedasiya va/yoki vertigo rivojlanish xavfi borligi tufayli keksa yoshli shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, ular ko‘pincha bu guruh pasientlari uchun jiddiy bo‘lgan yiqilishlar (masalan, odamlar tunda turganda) xavfini oshirishi mumkin.
Barcha dori vositalari kabi, doksilamin suksinati organizmda taxminan besh yarim chiqarilish davri davomida qoladi. Keksa yoshli shaxslarda yoki buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bilan xastalangan pasientlarda yarim chiqarilish davri ahamiyatli darajada oshishi mumkin. Ko‘p marta qo‘llanganida preparat yoki uning metabolitlari muvozanat konsentrasiyasiga ancha kechroq va ancha yuqoriroq darajaga erishadi. Ushbu dori vositasining samaradorligi va xavfsizligi faqat muvozanat konsentrasiyasiga erishilgandan keyingina baholanishi mumkin. Dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan keksa yoshli shaxslarda, plazmada doksilamin suksinatining konsentrasiyasini oshishi va plazma klirensini pasayishi kuzatilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda dozani pasaytirish tomonga to‘g‘rilash tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Dori vositasi homiladorlikning kechki muddatlarida qo‘llanganida, yangi tug‘ilgan chaqaloqni kuzatishda preparatning atropinga o‘xshash va sedativ xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Laktasiya
Doksilaminni ko‘krak sutiga chiqarilishi noma‘lum. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sedasiya yoki qo‘zg‘alishni kuchayishi mumkinligini xisobga olib, emizish davrida dori vositasini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat qabul qilinganida avtotransportni boshqaruvchi va mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslarda kunduzgi uyquchanlik paydo bo‘lishi xavfiga e‘tibor berish kerak.
Avtotransportni boshqarishda yoki mexanizmlar bilan ishlashda Donormilni boshqa sedativ dori vositalari bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak (yoki bunday majmuani e‘tiborga olish kerak).
Uyquning davomiyligi yetarli bo‘lmaganida diqqatni pasayish xavfi oshadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
O‘tkir zaharlanishning birinchi belgilari uyquchanlik va antixolinergik samaralarining belgilari isoblanadi: qo‘zg‘aluvchanlik, qorachiqlarni kengayishi, akkomodasiya falaji, og‘izni qurishi, yuz va bo‘yinni qizarishi, gipertermiya, sinusli taxikardiya. Deliriy, gallyusinasiyalar va atetoz harakatlar ko‘pincha bolalarda kuzatiladi, ba‘zida ular og‘ir zaharlanishning kam kuzatiladigan asorati – tirishishlarni darakchisi hisoblanadi. Xatto agar tirishishlar paydo bo‘lmasada, doksilamin bilan o‘tkir zaharlanish ba‘zida rabdomiolizni chaqiradi, u o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan asoratlanishi mumkin. Mushaklarni bunday buzilishi tarqalgan xisoblanadi, bu kreatinfosfokinazaning faolligini o‘lchash orqali sistematik skrining o‘tkazishni talab qiladi.
Davolash simptomatik. Davolash erta boshlanganida faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash (kattalarga 50 g, bolalarga 1 g/kg) tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan 10 yoki 30 tabletka,15 mg dan polietilen qopqoqli polipropilen tubada.
1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.