×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EXINAKS kapsulalar N30

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Tailand
Faol modda:
эхинацея пурпурная
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: MegaLifesciences Ltd
ATX kodi:
- L03AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
PROGRAF kapsulalar 0,5mg N50 Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd Irlandiya
151 200 s`om dan
POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10 Петровакс Фарм НПО, ООО Rossiya
226 000 s`om dan
NAZOFERON sprey 5ml 100000ME/ml Фармак, ПАО Ukraina
37 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
EXINAKS kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

EXINAKS

ECHINAX

Preparatning savdo nomi: Exinaks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): presslangan exinasea sharbatining kukuni

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

presslangan exinasea sharbatining kukuni                   140 mg;

6300 mg yangi exinasea o‘simligi (Echinacea purpurea) ga ekvivalent.

yordamchi moddalar: soya moyi, gidratlangan o‘simlik moyi, kolloid kremniy dioksidi, lesitin (35% RS), jelatin, gliserin, tozalangan suv, titan dioksidi, FD&C Red №40, brilliant ko‘ki.

Ta‘rifi: ovalsimon, tiniq bo‘lmagan binafsha rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyator vosita.

ATX kodi: L03AX

Farmakologik hususiyatlari

To‘q qizil exinaseyani ildizpoyasi va ildizi polisaxaridlar (inulin, levulyoza, betain), flavanoidlar, yog‘ va efir moylari, glikozidlar, fitosterinlar, smola, mikroelementlar (magniy, kaliy, temir, alyuminiy) saqlaydi.

Exinaseya preparatlari neytrofillar va makrofaglarning fagositar faolligini oshishiga yordam beradi, plazmatik hujayralarda V-limfositlarning transformasiyasini va interleykin-1 sintezini rag‘batlantiradi, T-xelperlarning faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvi jarayonlarini normallashtiradi, markaziy nerv tizimining faoliyatini stimullaydi, antibakterial, viruslarga qarshi va yallig‘lanishga qarshi hususiyatlarga ega.

Qo‘llanilishi

Shamollashda va nafas yo‘llarining surunkali infeksiyalarida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun qo‘llanadigan immunostimulyator vositadir.

Qo‘llash usuli va dozasi

1 kapsuladan kuniga 2-3 marta yoki shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.

Preparatni sakkiz haftadan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi. Shunday qilib, agar exinasea bilan davolash sakkiz hafta davomida natija bermasa va kasallikning simptomlari yaqqolligicha qolgan bo‘lsa, faolroq davolashga o‘tish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning afzalligi bo‘lib uni o‘simliklardan olinishidir, bu ba‘zi dori vositalariga xos bo‘lgan bosh aylanishi kabi nojo‘ya samaralarni deyarli xolisligidan dalolat beradi. Simptomlar aniqlanganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, masalan teri reaksiyalari kuzatilgan.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning har qanday komponentiga, shuningdek Asteraceae oilasiga mansub bo‘lgan o‘simliklarga, jumladan arnika gullari, moychechak gullari, dastorbosh, ambroziya, qo‘qongul va xrizantema gullariga yuqori sezuvchanlikda;
  • tuberkulyoz, leykoz, kollagenoz, tarqoq skleroz, OITS, OITV kabi avj olib boruvchi tizimli kasalliklarda;
  • boshqa autoimmun kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya

Ma‘lumotlar yo‘q. Umumiy tibbiyot amaliyotida qabul qilinganidek homiladorlik va laktasiya davrida tibbiy maslahatsiz preparatni qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Exinaseyaning tavsiya etilgan dozalari yoki qo‘llash davomiyligi oshirib yuborilganida me‘da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilish simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish), nerv qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi, uyquni buzilishi rivojlanishi mumkin.

Dozasi oshirib yuborilganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va simptomatik va samarasini tutib turuvchi davolashni boshlash kerak.

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan alyumin folga va PVX kontur uyali o‘ramda. 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi.

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EXINAKS kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EXINAKS kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EXINAKS kapsulalar N30 dori vositasi Mega Lifesciences (Australia) Pty. Ltd, Австралия произведено: MegaLifesciences Ltd tomonidan Tailand mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EXINAKS kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EXINAKS kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9