×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ELIDEL krem 15g 1%

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Пимекролимус
Ishlab chiqaruvchi:
- МЕДА Мануфакчуринг
ATX kodi:
- D11AH02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 134 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

PROTOPIK maz 10g 0,1% Leo Pharma A/S, Дания произведено: Astellas Pharma Tech Co. Ltd., Япония вып. контроль качества: Astellas Ireland Co. Ltd, Ирландия Yaponiya
GERPEVIR maz 15g 2,5% Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
20 000 s`om dan
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 1% Lekinterkaps, ООО O'zbekiston
1 100 s`om dan
ERBINOL krem 20g 1% World Medicine Ilaç San. ve Tic. А.Ş. Turkiya
55 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ELIDEL krem 15g 1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ELIDEL®

ELIDEL®

 

Preparatning savdo nomi: Elidel®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pimekrolimus (pimecrolimus)

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem.

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg pimekrolimus saqlaydi;

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, suvsiz limon kislotasi, benzil spirti, natriy setostearilsulfati, mono- va digliseridlar, setil spirti, stearil spirti, propilenglikol, olein spirti, o‘rtacha zanjirli trigliseridlar, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oqish gomogen krem.

Farmakoterapevtik guruhi: boshqa dermatologik vositalar.

ATX kodi: D11 AN02.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Pimerkolimus askomisin makrolaktamning hosilasi bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega va yallig‘lanish mediatorlari sitokinlarning hosil bo‘lishi va T-limfositlar va semiz xujayralardan ajralib chiqishining selektiv ingibitoridir.

Pimerkolimus ahamiyatli darajada makrofillin-12 bilan spesifik bog‘lanadi va kalsinevrinning kalsiyga bog‘liq fosfotazasini ingibisiya qiladi. Natijada ilgari ajralib chiqqan sitokinlarning transkripsiyasini bloklab, u T-limfositlarning faolligini bostiradi.

Pimerkolimus yuqori yallig‘lanishga qarshi faollikka ega bo‘lib, tizimli immun reaksiyalariga juda kam ta‘sir qiladi.

Farmakokinetikasi

Pimerkolimus sirtga teriga qo‘llanganidan keyin, uning qondagi darajalari juda past, shuning uchun pimerkolimusning metabolizmini aniqlash mumkin emas.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan in vitro sharoitda tadqiqotlar, pimerkolimusning 99,6% oqsillar bilan bog‘langan holatda bo‘lishini ko‘rsatdi. Pimerkolimusning plazmadagi eng katta fraksiyasi turli lipoproteidlar bilan bog‘langan holatda bo‘ladi.

Odamlar terisida in vitro sharoitda preparatning metabolizmi kuzatilmagan.

 

Qo‘llanilishi

2 yosh va undan katta yoshdagi yengil va o‘rtacha atopik dermatiti bo‘lgan pasientlarni, mahalliy kortikosteroidlar bilan davolashning iloji bo‘lmagan yoki ma‘qul bo‘lmagan hollarda davolash. Bu quyidagilarda bo‘lishi mumkin:

  • mahalliy kortikosteroidlarni o‘zlashtiraolmaslik;
  • mahalliy kortikosteroidlarning samarasi yetarli bo‘lmagan holatlar;
  • kortikosteroidlarni uzoq vaqt davomida vaqti-vaqti bilan qo‘llanishi lozim bo‘lmagan hollarda, yuz yoki bo‘yinga qo‘llash zarurati tug‘ilgan holat.

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolash davomiyligi kasallikning bosqichi va og‘irligiga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi.

Elidelni atopik ekzemaning belgilari va simptomlarini qisqa muddatli davolash va uzoq vaqt davomida vaqti-vaqti bilan kasallikni zo‘rayishini oldini olish uchun qo‘llash mumkin.

Davolashni atopik dermatitning ilk belgilari va simptomlari paydo bo‘lganida boshlash lozim. Elidelni faqat atopik dermatit bilan shikastlangan teri sohalariga surtish kerak. Elidelni kasallik zo‘raygan paytda eng qisqa vaqt davomida qo‘llash lozim. Pasient yoki uni parvarish qilayotgan shaxs, simptomlar yo‘qolishi bilan Elidelni qo‘llashni to‘xtatishlari kerak. Davolash vaqti-vaqti bilan, qisqa muddatli va uzoq davom etmaydigan darajada bo‘lishi lozim. Elidelni shikastlangan sohalarga yupqa qilib kuniga ikki marta surtish lozim.

Tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlari Elidelni 12 oygacha bo‘lgan vaqt mobaynida vaqti-vaqti bilan qo‘llash mumkinligini ta‘kidlaydi.

Agar 6 haftadan keyin ahvolni yaxshilanishi kuzatilmasa, yoki ahvol yomonlashgan hollarda, Elidelni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Bunday hollarda atopik dermatit tashhisini qaytadan baholash va bundan keyingi terapevtik chora-tadbirlarni qayta ko‘rish lozim.

Kattalar. Elidelning yupqa qavatini terining shikastlangan sohalariga yupqa qavat qilib kuniga ikki marta qo‘yiladi va yengil harakatlar bilan ishqalab, teriga butunlay singdirib yuboriladi. Terining har bitta shikastlangan sohasini kasallik belgilari va simptomlari yo‘qolgunicha Elidel bilan ishlov berish, shundan keyingina davolashni to‘xtatish lozim.

Elidelni, shilliq qavatlardan tashqari, terining barcha sohalariga, shu jumladan boshga, yuzga, bo‘yinga va shuningdek intertriginoz sohalariga (chov burmalari sohalari va genitaliyaga) qo‘llash mumkin. Elidelni tarang boylangan bog‘lovlar bilan qo‘llash mumkin emas.

Atopik dermatitni (ekzemani) uzoq muddat davomida davolashda, kasallikni tarqalishi va keyinchalik zo‘rayishini oldini olish maqsadida, Elidel bilan davolashni atopik dermatitning birinchi belgilari va simptomlari paydo bo‘lishi bilan boshlash lozim. Elidelni kuniga ikki marta qo‘llash kerak. Elidelni qo‘llagandan keyin darhol yumshatuvchi vositalarni surtish lozim.

Katta yoshdagi pasientlar. 65 yosh va undan oshgan pasientlarda atopik dermatit (ekzema) kam hollardagi uchraydi. Elidelni o‘rganish bo‘yicha klinik tadqiqotlar, bu yoshdagilarning davolashga bo‘lgan javobi kichik yoshli pasientlarning javobidan farq qilishini aniqlash uchun ushbu yoshdagi pasientlarning yetarli sonini qamrab olmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda tez-tez: krem surilgan joyda achishish hissi.

Tez-tez: teri infeksiyalari (follikulit), surtilgan joydagi reaksiyalar (ta‘sirlanish, toshmalar, eritema).

Tez-tez emas: kontagiozli mollyusk, furunkul, impetigo, gerpes simpleks, o‘rab oluvchi gerpes, gerpetik dermatit, teri papillomalari va ahvolni yomonlashishi, krem surtilgan joydagi reaksiyalar (toshmalar, og‘riq, paresteziya, terini qipiqlanishi, quruqligi, shishlar).

Kam hollardagi: alkogolni o‘zlashtiraolmaslik (ko‘pchilik holatlarda qonni oqib kelish hissi, toshma, eshakemi, angionevrotik shish), allergik reaksiyalar (toshma, eshakemi, angionevrotik shishlar), teri rangini o‘zgarishi (gipopigmentasiya, giperpigmentasiya).

Juda kam hollardagi: anafilaktik reaksiyalar.

Postmarketing va klinik tadqiqotlarda limfadenopatiyani rivojlanish hollari to‘g‘risida xabar berilgan, biroq Elidel bilan davolanish bilan bog‘liq sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Pimerkolimusga, boshqa makrolaktamlarga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Elidelning boshqa dorivor vositalar bilan o‘zaro ta‘siri muntazam ravishda baholanmagan. Pimekrolimus faqat CYP 450 3A4 tomonidan metabolizmga uchraydi. Preparatni kam so‘rilish darajasini hisobga olinsa, Elidelning tizimli qo‘llaniladigan preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirining ehtimoli juda kam.

Bu ma‘lumotlar, Elidel antibiotiklar, antigistamin preparatlar va glyukokortikoidlar (peroral, nazal yoki ingalyasion) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.

Preparatni kam so‘rilish darajasini hisobga olinsa, vaksinasiya paytida Elidelning tizimli o‘zaro ta‘sirining ehtimoli juda kam. Biroq bunday tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun kasallikning keng tarqalgan va disseminasiyalangan shakllariga chalingan pasientlarda vaksinasiyani preparat qo‘lanilmaydigan davrlarda o‘tkazish tavsiya etiladi.

V va A spektridagi ultrabinafshali nurlanish, PUVA-terapiya (psoralen va A spektridagi ultrabinafsha nurlanish), azatioprin va siklosporin A kabi atopik ekzema paytida buyuriladigan immunosupressiv preparatlarni bir vaqtda qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Elidel bilan davolanish vaqtida terining ultrabinafsha nurlari bilan haddan tashqari ko‘p nurlanishidan (solyariylarni qo‘llagan holda, V va A spektridagi ultrabinafsha nurlanish terapiyasi va PUVA-terapiyadan) saqlanish lozim.

Pimekrolimusli krem qo‘llangan pasientlarda alkogol iste‘mol qilingandan keyinoq toshmalar, terini qizarishi, achishish hissi, qichishish yoki shishning kam uchraydigan holatlari kuzatilgan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Elidelni nasliy yoki orttirilgan immun tanqisligi bo‘lgan yoki immunosupressiv preparatlar bilan davolanayotgan bemorlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Terining mahalliy immun javobiga va terining xavfli kasalliklarining kelib chiqishiga uzoq vaqt davomida ta‘sir qilishi noma‘lum. Elidelni potensial xavfli o‘smali shikastlanishlariga yoki terining o‘smadan oldingi kasalliklar bilan shikastlangan sohalariga surtish mumkin emas.

Elidelni terining o‘tkir virusli infeksiyalari (oddiy gerpes, suvchechak) bilan shikastlangan sohalariga qo‘llash mumkin emas.

Elidelning samaradorligi va xavfsizligi klinik infeksiyalangan atopik dermatitlarni davolashda baholanmagan. Elidel bilan davolashdan oldin terining infeksiya bilan zararlangan qismlari davolangan bo‘lishi lozim.

Atopik dermatiti bo‘lgan pasientlar yuza joylashgan teri infeksiyalariga, shu jumladan gerpetik ekzemaga (Kaposhining gerpetik shaklli ekzemasiga) moyil bo‘lishlari tufayli, Elidel bilan davolash oddiy gerpes virusini yuqishi yoki gerpetik shaklli ekzemani ro‘y berish xavfini oshiradi, bunday hollarda Elidel bilan davolashni virusli infeksiya yo‘qolgunicha to‘xtatish lozim.

O‘tkir atopik dermatiti bo‘lgan pasientlarda Elidel bilan davolanish vaqtida bakterial teri infeksiyalarini (impetigo) yuz berish xavfi yuqori bo‘ladi.

Elidelni qo‘llanishi qo‘llash joyida issiqlik va/yoki achishish xissi kabi ahamiyatsiz tranzitor reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Agar preparat qo‘yilgan joydagi reaksiyalar haddan tashqari kuchayib ketsa, bu haqida pasientlar shifokorga xabar berishlari kerak.

Preparatni ko‘zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar preparat tasodifan shilliq qavatiga va ko‘zga tushgan bo‘lsa, uni yaxshilab artib tashlash va suv bilan yuvish kerak.

Shifokor pasientga quyosh nuridan himoyalanishning quyoshda bo‘lish vaqtini kamaytirish, himoya vositalarini qo‘llash, terini kiyim bilan yopish kabi tegishli himoya choralarini tavsiya qilishi kerak.

Elidel tarkibida setil va stearil spirti saqlaydi, ular mahalliy teri reaksiyalarini chaqirishi mumkin. Elidelda shuningdek terini ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan propilenglikol saqlaydi.

Elidel faol modda sifatida kalsinevrin ingibitori bo‘lgan pimekrolimus saqlaydi. Pasientlarda transplantasiyadan keyin va uzoq vaqt davomida immunosupressorlar qo‘llanganidan so‘ng kalsinevrin ingibitori tizimli qo‘llanganda limfomalarni va terining xavfli o‘sma kasalliklarini yuz berish xavfi yuqori bo‘ladi.

Pimekrolimusli kremlarni qo‘llagan pasientlarda xavfli o‘sma kasalliklarni, shu jumladan limfomalarning teri va boshqa shakllarining hamda terining xavfli o‘smalarini yuz berish hollari to‘g‘risidagi xabar berilgan. Biroq Elidel bilan davolangan atopik dermatiti bo‘lgan pasientlarda, pimekrolimusning qon tizimida unchalik yuqori darajasi aniqlanmagan.

Elidel kremining klinik tadqiqotlarida 0,9% hollarda limfoadenopatiya aniqlangan. Odatda ular turli infeksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan va antibiotiklar bilan davolash o‘tkazilganidan keyin yo‘qolgan, lekin ularning ko‘pchiligining etiologiyasi ma‘lum bo‘lgan yoki o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketgan. Shuning uchun Elidelni qo‘llayotgan pasientlarda limfoadenopatiyaning belgilari paydo bo‘lganida, ushbu jarayonning etiologiyasini aniqlash kerak. Limfoadenopatiya paydo bo‘lishining aniq etiologiyasi bo‘lmaganida yoki o‘tkir infeksion mononukleoz paydo bo‘lganida, bu preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak. Limfoadenopatiyasi paydo bo‘lgan pasientlarni, limfoadenopatiyani yo‘qolishini tasdiqlash maqsadida monitoringini o‘tkazish kerak.

Preparatni okklyuzion bog‘lovlar ostida qo‘llash mumkin emas.

Tizimli ta‘sirini potensial yuqori xavfi bo‘lgan pasientlar guruhi.

Elidelni qo‘llash yuzasidan tadqiqotlar Neterton sindromi bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilmagan. Pimekrolimusning tizimli so‘rilishi yuqori bo‘lganligi tufayli, Neterton sindromi bo‘lgan pasientlarda Elidelni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Eritrodermiyasi bo‘lgan bemorlarda Elidelni qo‘llashning xavfsizligi baholanmaganligi tufayli, bu guruhdagi bemorlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Terining o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari bo‘lgan yoki terining jarohatlanishi bo‘lgan pasientlarda uning tizimli konsentrasiyasi yuqori bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Elidelni homilador ayollarda qo‘llash yuzasidan yetarli ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda preparatni teri sirtiga qo‘llab o‘tkazilgan tadqiqotlar homilaning embrional/ona qornidagi rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita salbiy ta‘sir qilishini ko‘rsatmadi. Hayvonlarda peroral qo‘llash bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni ko‘rsatdi. Krem mahalliy qo‘llanganida preparat minimal darajada so‘rilishi tufayli, odam uchun mumkin bo‘lgan xavf cheklangan hisoblanadi. Biroq Elidelni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.

Elidelni laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Emizikli onalar Elidelni qo‘llashlari mumkin, biroq uni chaqaloqning og‘iz bo‘shlig‘iga bexosdan tushib qolishini oldini olish uchun, uni ko‘krak sohasiga qo‘llash mumkin emas.

Bolalar. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Elidelni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bolalar (2-11 yosh) va o‘smirlar (12-17 yosh) uchun mo‘ljallangan dozalar va qo‘llash usuli, katta pasientlarga berilgan tavsiyalardan farq qilmaydi.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri. Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga Elidelning ta‘siri aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. 

Chiqarilish shakli

Krem 1% 15 g tubada № 1.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin, muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Tuba ochilganidan keyin preparat 12 oy davomida ishlatilishi kerak.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ELIDEL krem 15g 1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ELIDEL krem 15g 1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ELIDEL krem 15g 1% dori vositasi МЕДА Мануфакчуринг tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ELIDEL krem 15g 1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ELIDEL krem 15g 1% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ELIDEL krem 15g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Пимекролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDA Farma GmbH & Co. KG, Германия произведено: MEDA Manufacturing
Narh: 134 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9