×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EMFETAL tabletkalari N60

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bolgariya
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Limited, Великобритания произведено: Kendy Ltd
ATX kodi:
- A11A
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 146 ta dorixonasida topildi

ico 91 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 136 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 95 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
45 000 s`om dan
VITABRIN inyeksiya uchun eritma 3ml N5 Protech Biosystems Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
EMFETAL tabletkalari N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

EMFETAL

EMFETAL

 

Preparatning savdo nomi: Emfetal

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): vitaminlar va minerallar kompleksi

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Vitaminlar

A vitamini (retinol asetati shaklida)                          400 mkg

V1 vitamini (tiamin gidroxloridi shaklida)               1,1 mg

V2 vitamini (riboflavin)                                                0,8 mg

V5 vitamini (kalsiy pantotenati shaklida)                4,5 mg

V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi shaklida)       1,5 mg

V9 vitamini (folat kislotasi)                                         200 mkg

V12 vitamini (sianokobalamin)                                       1,5 mkg

S vitamini (natriy askorbati shaklida)                                   45 mg

D3 vitamini (xolekalsiferol)                                      5 mkg

Ye vitamini (DL-α-tokoferol asetati shaklida)            10 mg

RR vitamini (nikotinamid)                                             13,5 mg

N vitamini (biotin)                                                         75 mkg

Makro- va mikroelementlar

kalsiy (kalsiy karbonati shaklida)                            160 mg

magniy (magniy oksidi shaklida)                                    45 mg

temir (temir fumarati shaklida)                                     13,5 mg

rux (rux oksidi shaklida)                                                  7,5 mg

marganes (marganes sulfati shaklida)                          0,90 mg

mis (mis sulfati shaklida)                                             0,45 mg

yod (kaliy yodidi shaklida)                                             100 mkg

molibden (natriy molibdati shaklida)                          22,5 mkg

selen (natriy seleniti shaklida)                                    20 mkg

xrom (xrom xloridi shaklida)                                          12,5 mkg

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, kollidon K25, krospovidon.

qobig‘ini tarkibi: gipromelloza, fraksiyalangan kokos moyi, maltodekstrin, polidekstroza, talk.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: vitamin-minerallar kompleksi.

ATX kodi: A11AA

 

Farmakologik hususiyatlari

Emfetal – homiladorlar va emizikli ayollar uchun majmuaviy preparat. Preparatning ta‘siri tarkibiga kiruvchi vitaminlar va mineral moddalarning samaralari bilan bog‘liq.

Vitaminlar moddalar almashuvida katalizatorlar va biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni boshqaruvchilari kabi ishtirok etadi.

Mineral moddalar odam organizmida almashinuv jarayonlarining hayotiy zarur elementlari hisoblanadi. Organizmning xujayra va to‘qimalarning tuzishda, ferment to‘qimalarining faoliyatida ishtirok etadi.

A vitamini oksidlanishi-qaytarilishi reaksiyalarida, oqsillarning sintezini boshqarishda ishtirok etadi, me‘yoriy moddalar almashinuviga, xujayra va subxujayra membranalarining faoliyatiga yordam beradi, yangi xujayralarning o‘sishi uchun zarur, qarish jarayonini sekinlashtiradi.

V1 vitamini organizmning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradigan xujayra energetiki, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshiradi, detoksikasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek nerv to‘qimasining metabolizmini yaxshilaydi. Tiamin karbonsuvlar va energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydigan qator fermetlarning kofermentlarini tuzishida, ayniqsa nerv va mushak to‘qimalarining ishtirok etadi. Tiaminning yetishmovchiligi beri-beri (spesifik polinevrit) va Vernike (polinevrik psixoz) sindromlarining rivojlanishiga olib keladi.

V2 vitamini xujayralarning nafasi va ko‘rish jarayonlarining muhim katalizator hisoblanadi. Riboflavin oksidlanish-qaytarilishi jarayonlarini boshqarib, oqsil, yog‘ va karbonsuvlar almashinuvida ishtirok etadi, DNK ni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobinning sintezida ishtirok etadi, to‘qimalarning regenerasiyasi jarayonlariga (shuningdek terining xujayralari), xujayralardagi trofik buzilishlarni to‘g‘rilashga yordam beradi.

V5  vitamini A kofermenti tarkibiga kiradi (oqsil bo‘lmagan tabiatli organik birikma, fermentlarni faolligining namoyon bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan). Asetillanishi va oksidlanishi jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Karbonsuvlar va yog‘ almashinuvida va asetilxolinning sintezida ishtirok etadi.

Vvitamini aqliy va mehnat qobiliyatini oshiradi, qonda glyukozaning darajasini boshqaradi, qalqonsimon bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning ishini me‘yorlashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv to‘qimalarini mustahkamlaydi, antidepressant hisoblanadi.

V9 vitamini o‘sish jarayonlarini me‘yoriy kechishi uchun, to‘qimalarning rivojlanishi va proliferasiyasi, xususan qon yaratish va embriogenez uchun kerak, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshiradi, me‘dada xlorid kislotasining ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

V12 vitamini immunomodullovchi, allergiyaga qarshi, antiaterosklerotik ta‘sirlarga ega, arterial bosimni me‘yorlashtiradi, nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi, reproduktiv faoliyatni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalarning sintezida ishtirok etadi, jigar, nerv tizimi faoliyatiga yaxshi ta‘sir ko‘rsatadi, qon ivishi jarayonlarini, karbonsuvlar va lipidlarning almashinuvini faollashtiradi.

S vitamini kuchli tiklovchi xususiyatlarga ega, xususan atrof-muhitning zararli moddalarini zararsizlantiradigan fermentlarini tiklaydi. Kollogenning sintezi uchun (tomirlarni, paylarni, bo‘g‘im va suyaklarning strukturasini komponentlaridan biri), xolesterinning o‘t kislotalariga aylanishi uchun kerak, ular yog‘larning hazm bo‘lishi uchun xizmat qiladi, shuningdek peristaltikani kuchaytiradi.

D3 vitamini kalsiyning ingichka ichakdan so‘rilishini kalsiy-bog‘lovchi oqsillarning sintezini rag‘batlantirib oshiradi, kalsiyni buyrak naychalarida qayta so‘rilishini oshiradi. D3 vitamini suyak to‘qimasini I tur kollageni va oqsillar matrisasini oshirish yo‘lini remodellashish jarayonlarini, osteoblastlarning sintezini faollashtirishi orqali faollashtiradi. Qalqonsimon, paraqalqonsimon, jinsiy bezlarning funksional xolatiga, skelet suyaklarining kalsifikasiyani ta‘minlab ta‘sir qiladi.

Ye vitamini antioksidant modda hisoblanadi, u xujayralarni shikastlanish va qarshidan himoya qiladi, erkin radikallarning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushak faoliyatini va jinsiy bezlarning faoliyatini rag‘batlantiradi. Xujayralararo moddalarni, biriktiruvchi to‘qima tolasini, tomirlarning silliq mushaklarini, ovqat hazm qilish yo‘llarining shakllanishida ishtirok etadi.

RR vitamini xujayra nafasida va oqsillarning almashinuvida ishtirok etuvchi, yuqori nerv faoliyatini va ovqat hazm qilish a‘zolarining faoliyatini boshqaruvi fermentlarning tarkibiga kiradi.

N vitamini aminokislotalar va yog‘ kislotalarning almashinuvini boshqaruvchi fermentlarning tarkibiga kiradi.

Kalsiy suyak to‘qimasining asosini tashkil qiladi, qator muhim fermentlarning faoliyatini faollashtiradi, organizmda ion muvozanatini tutib turishda ishtirok etadi, nerv-mushak va yurak-tomir tizimlarida yuz beradigan jarayonlarga ta‘sir qiladi.

Magniy oqsil va karbonsuvlar almashinuvini nazorat qiladi, tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega (spazmlarni yo‘q qiladi), o‘t-safro chiqarilishini yaxshilaydi, shuningdek asabiylikni pasaytiradi. DNK va RNK sintezida ishtirok etadi, tomirlarning devorlarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Magniy kalsiy, fosfor, kaliy, V,S,Ye guruhi vitaminlarining o‘zlashtirishiga, nerv va mushaklarning faoliyatiga, qandning energiyaga aylanishiga yordam beradi.

Temir- eritropoezni rag‘batlantiruvchi mikroelement. Gemoglobin, mioglobin, turli fermentlarning tarkibiga kiradi: kislorodni qayta bog‘laydi va qator oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi. Qon yaratish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Temir tuzlar ko‘rinishida qo‘llanganida uning organizmdagi tanqisligini tezda to‘ldiradi.

Rux odam organizmida 80 dan ortiq fermentlarning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi, u eritrositlarni va qonning shaklli elementlarini hosil bo‘lishi uchun kerak. Ko‘rish jarayonining fotokimyoviy reaksiyalarida, ichki sekresiya bezlarining faoliyatida ishtirok etadi.

Marganes yog‘larning me‘yoriy metabolizmi uchun, suyak va biriktiruvchi to‘qimalarning tuzilishi uchun, xolesterin va nukleotidlarning (DNK) sintezi uchun kerak.

Mis organizmda anabolik jarayonlarga yordam beradi, ayrim fermentlarni (sitoxromaksidaza, tirozinaza va boshqalar) faoliyatida, teri, soch va ko‘z, gemoglobin pigmentlarini sintezida ishtirok etadi, ichki sekresiya bezlarining faoliyatiga ta‘sir qiladi.

Yod qalqonsimon bezining gormoni-tiroksinning hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Qalqonsimon bezning gormonlari organizmning energik jarayonlarini issiqlikni hosil bo‘lishi, o‘sishi va rivojlanishini boshqaradi.

Molibden moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi, jigarda temirni metabolizmiga yordam beradi va organizmda yuz beradigan qator fermentativ reaksiyalarning zarur kofaktori hisoblanadi. Metabolizmni va organizmdan siydik kislotasini chiqarilishini tezlashtiradi.

Selen qarish jarayonlarni sekinlashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi. Tabiiy antioksidant bo‘lib- xujayralarni rakdan himoya qiladi. Ye vitamining o‘zlashtirilishiga yordam beradi.

Xrom qandlarning va boshqa karbonsuvlarning qayta ishlanishini, insulin almashinuvini nazorat qiladi.

Qo‘llanilishi

  • homiladorlikka tayyorgarlik davri;
  • homiladorlik toksikozni oldini olish;
  • vitaminlar va minerallarning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan homilaning tug‘ma rivojlanishini tug‘ma nuqsonlarini oldini olish;
  • homiladorlarda anemiyani bartaraf qilish va davolash;
  • ayollarda homiladorlik va laktasiya davridagi vitaminlar va minerallar tanqisligini oldini olish va davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Emfetalni ichga kuniga 2 marta ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.

Preparatni qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Emfetalni antasidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida preparatning tarkibiga kiruvchi temirning so‘rilishi kamayadi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi V6 vitamini levodopaning samarasini kamaytiradi.

Tarkibiga mineral moyi va xolestiramin kiruvchi surgi dori vositalari A, D, E vitaminlarining so‘rishini kamaytiradi.

Ftorurasil, vinblastin, bleomisin, sisplatin A, V1, va V6 vitaminlarini o‘zlashtirilishini buzadi.

Penisillamin, izoniazid V1 vitamining samarasini, uning chiqarilishi oshirib kamaytiradi.

Izoniazid peredoksinning samarasini kamaytiradi.

Ye vitamini yurak glikozidlari, glyukokortikosteroidlarni, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi.

Emfetalni boshqa polivitamin kompleksi bilan bir vaqtda qo‘llash, dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun, tavsiya qilinadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya etilgan dozalarni oshirmaslik kerak.

Siydikni sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibida riboflovinning borligi bilan bog‘liq.

Axlatni to‘q rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibida temirning borligi bilan bog‘liq.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

15 tabletkadan blisterda. 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EMFETAL tabletkalari N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EMFETAL tabletkalari N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EMFETAL tabletkalari N60 dori vositasi World Medicine Limited, Великобритания произведено: Kendy Ltd tomonidan Bolgariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EMFETAL tabletkalari N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EMFETAL tabletkalari N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YODOFOL tabletkalari 200mkg/400mkg N60
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
PROTEKTA tabletkalari N20
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
YODOFOL tabletkalari 200mkg/400mkg N90
YODOFOL tabletkalari 200mkg/400mkg N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9