×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ENBREL eritma 1ml 0,05/ml N4

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Irlandiya / Buyuk Britaniya
Faol modda:
Этанерцепт
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- Пфайзер Айрлэнд Фармасьютикалз/ Вайет Фармасьютика
ATX kodi:
- L04AB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IMMUNOKIND tabletkalari N150 Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG Germaniya
55 000 s`om dan
T LAYF liofilizat 1mg N5 Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
180 000 s`om dan
ELAFRA tabletkalari 20mg N30 S.C. Rompharm Company S.R.L., Румыния произведено: Haupt Pharma Munster GmbH Germaniya
222 300 s`om dan
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N10 ПОЛИСАН НТФФ, ООО Rossiya
47 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ENBREL eritma 1ml 0,05/ml N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ENBREL®

Enbrel

 

Preparatning savdo nomi: Enbrel®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): etanersept

Dori shakli: teri ostiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

Tarkibi:

Liofilizatli bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: etanersept 25,0 mg;

yordamchi moddalar: 40,0 mg mannitol, 10,0 mg saxaroza, 1,2 mg trometamol (rN 7,4 ko‘rsatkichigacha trometamol va trometamol gidroxloridining aralashmasi ko‘rinishida).

Erituvchili bir shpris quyidagilarni saqlaydi: in‘eksiya uchun suv 1,0 ml gacha.

Ta‘rifi: oq liofillizasiya qilingan kukun yoki g‘ovak massa.

Farmakoterapevtik guruxi: o‘sma nekrozining α-faktori (O‘NF-ά) ingibitori.

ATX kodi: L04AB01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

O‘sma nekrozining faktori (TNF-α, O‘NF) revmatoid artritdagi yallig‘lanish jarayonini kuchaytiruvchi asosiy sitokin hisoblanadi. O‘NF konsentrasiyasini oshishi, shuningdek psoriatik artriti bo‘lgan bemorlarning sinovial qobiqlarida va sinovial to‘qimalarida, shuningdek ankilozlovchi spondiliti bo‘lgan bemorlarning qon plazmasi va sinovial to‘qimalarida ham aniqlangan. Etanersept O‘NF ni xujayra yuzasidagi, uning reseptorlari bilan bog‘lanishini raqobatli ingibitoridir, va, shunday qilib, O‘NF ning biologik faolligini ingibisiya qiladi. O‘NF va limfotoksin yallig‘lanishni keltirib chiqaruvchi sitokinlarga kiradi, ular xujayra yuzasidagi o‘sma nekrozi omilining ikki aniq farqlanadigan reseptorlari (O‘NFR): 55-kilodalton (r55) va 75-kilodalton (r75) bilan bog‘lanadi. Ikkala O‘NFR organizmda membrana bilan bog‘langan va erkin shakllarda mavjud bo‘ladi. Eruvchan O‘NFR O‘NF ning biologik faolligini boshqaradi.

O‘NF va limfotoksin asosan gomotrimerlar sifatida mavjud bo‘ladi, ularning biologik faolligi, xujayra yuzasida joylashgan O‘NFR ning kesishgan birikishiga bog‘liq. Etanersept kabi dimerli eruvchan reseptorlar, monomer reseptorlarga qaraganda O‘NF ga yuqori yaqinlikka ega va, shuning uchun O‘NF ni ularning xujayra reseptorlari bilan bog‘lanishini ancha kuchliroq raqobatli ingibitori hisoblanadi. Bundan tashqari, immunoglobulinning Fc-fragmentini dimerli reseptorning strukturasidagi bog‘lanish elementi sifatida ishlatilishi, qon zardobidan yarim chiqarilish davrini uzaytiradi.

Revmatoid artrit va ankilozlovchi spondilitda bo‘g‘imlardagi patologik o‘zgarishlarning ahamiyatli qismi, shuningdek psoriatik blyashkalar ko‘rinishidagi teridagi o‘zgarishlar, O‘NF nazorat qiluvchi tizimga jalb qilingan yallig‘lanishga qarshi molekulalar xisobiga paydo bo‘ladi. Etanersepning ta‘sir mexanizmi, ehtimol, O‘NF ni xujayra yuzasidagi O‘NF reseptorlari bilan bog‘lanishini raqobatli ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, etanersept O‘NF orqali O‘NFR ning biologik faolsizlanishiga yordam berib, xujayra javobini bartaraf etadi. Etanersept shuningdek pastga yo‘nalgan signal o‘tkazuvchi qo‘shimcha molekulalar (masalan, sitokinlar, adgeziya molekulyasiyalashi yoki proteinazalar) tomonidan nazorat qilinuvchi biologik javoblarni modullashi mumkin. Bu javoblar O‘NF ni rag‘batlantirishi yoki nazorat qilishi mumkin.

Psoriatik artriti bo‘lgan bemorlarda Enbrel® jismoniy faollikni yaxshilaydi va periferik bo‘g‘imlarning shikastlanishi ehtimolini pasaytiradi.

Enbrel® preparati bilan davolash to‘xtatilgandan keyin bir oy davomida kasallik zo‘rayishi mumkin. Davolash to‘xtatilgandan keyin 24 oy davomida preparatni takroran buyurish samaradorligi davolashni to‘xtatmagan bemorlardagi bilan bir xil.

Farmakokinetikasi

Etanersept teri ostiga in‘eksiya joyidan sekin so‘riladi, Enbrel® preparatining bir martalik dozasidan keyin taxminan 48 soat o‘tgach maksimal konsentrasiyasiga erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 76% ni tashkil qiladi. Enbrel® preparatining dozasi haftada ikki marta yuborilganida, bir marta yuborilganida kuzatiladiganga qaraganda ikki marta yuqoriroq muvozanat konsentrasiyasiga erishiladi. 25 mg Enbrel® preparati teri ostiga bir marta yuborilganidan keyin qon plazmasidagi etanerseptning o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi 1,65±0,66 mkg/ml, “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) – 235±96,6 mkg·soat/ml bo‘lgan. Dozalar chegarasida klirensning ko‘rinarli to‘yinishi kuzatilmagan.

Etanerseptning konsentrasiyasini vaqtga bog‘liqligi bioeksponensial egri chiziq bilan ta‘riflanadi. Taqsimlanish xajmining o‘rtacha qiymati 7,6 l ni tashkil qiladi, ayni vaqtning o‘zida muvozanat holatida taqsimlanish hajmi 10,4 l ni  tashkil qiladi.

Etanersept organizmdan sekin chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 70 soatni tashkil qiladi. Revmatoid artriti bo‘lgan bemorlarda klirensi taxminan soatiga  0,066 l, bu sog‘lom ko‘ngilliklardagi uning soatiga 0,11 l bo‘lgan qiymatidan biroz past. Etanerseptning farmakokinetik xarakteristikasi revmatoid artriti, ankilozlovchi spondiloartriti va psoriazi bo‘lgan bemorlarda o‘xshash.

Enbrel® preparatining 50 mg haftada bir marta yuborilgan dozasi, haftada ikki marta deyarli bir vaqtda yuborilgan 25 mg dozaga bioekvivalent. Pasientlarda va sog‘lom ko‘ngillilarda nishonlangan etanersept yuborilgandan keyin radiofaol nishon buyraklar orqali chiqarilganligiga qaramasdan, o‘tkir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, etanerseptning qon plazmasida konsentrasiyasini oshishi kuzatilmagan. O‘tkir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, etanerseptning konsentrasiyasini oshishi kuzatilmaydi.

Erkaklar va ayollarda etanerseptning farmakokinetikasida aniq farqlar yo‘q.

Keksa pasientlpar

65 yoshdan 87 yoshgacha bo‘lgan guruh pasientlarida etanerseptning klirensi va taxminiy taqsimlanish hajmi 65 dan yosh pasientlardagi bilan o‘xshash.

Bolalar

Yuvenil idiopatik poliartriti bo‘lgan bolalar

Qon zardobidagi konsentrasiyalar profili revmatoid artriti bo‘lgan katta pasientlardagi bilan o‘xshash. Modellash, katta yoshdagi (10-17 yosh) bolalar va katta pasientlarda qon zardobidagi etanerseptning darajasini taxminan bir xil, kichik yoshdagi bolalarda esa u ahamiyatli past bo‘lishini taxmin qilish imkoniyatini beradi.

Psoriaz

Psoriaz va yuvenil idiopatik poliartriti bo‘lgan, haftada bir marta 0,8 mg/kg (maksimal doza haftada 50 mg) va haftada 2 marta 0,4 mg (maksimal doza haftada 50 mg) Enbrel® ni muvofiq 48 va 12 hafta davomida qabul qilgan 4 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qon zardobida etanerseptning muvozanat konsentrasiyasi bir xil (1,6-2,1 mkg/ml) bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichning qiymati, haftada 2 marta 25 mg dozada Enbrel® yuborilgan psoriazi bo‘lgan katta pasientlardagi bilan muvofiq keladi.

Qo‘llanilishi

Revmatoid artrit

Metotreksat bilan majmuada Enbrel®, kattalarga og‘irlik darajasi o‘rtacha va yuqori bo‘lgan faol revmatoid artritda, bazis yallig‘lanishga qarshi preparatlarga (BYAQP), shu jumladan metotreksatga javob noadekvat bo‘lganida buyuriladi.

Enebrel®, metotreksat samarasiz bo‘lganida yoki o‘zlashtira olinmaganida monoterapiya ko‘rinishida buyurilishi mumkin.

Enbrel® kattalarda ilgari metotreksat bilan davolanmagan og‘ir, faol va avj olib boruvchi revmatoid artritni davolash uchun ko‘rsatilgan.

Yuvenil idiopatik poliartrit

2-17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarda metotreksatning samaradorligi yoki o‘zlashtirilishi yetarli bo‘lmaganida faol yuvenil idiopatik poliartritni (seropozitiv va seronegativ) davolashda qo‘llanadi.

2 yoshdan oshgan bolalar va o‘smirlarda metotreksatning samaradorligi yoki o‘zlashtirilishi yetarli bo‘lmaganida tarqalgan oligoartritni davolashda qo‘llanadi.

12 yoshdan oshgan o‘smirlarda metotreksatning samaradorligi yoki o‘zlashtirilishi yetarli bo‘lmaganida psoriatik artritni davolashda qo‘llanadi.

12 yoshdan oshgan o‘smirlarda standart davolashning samaradorligi yoki o‘zlashtirilishi yetarli bo‘lmaganida entezitlar bilan assosiasiyalangan artritni davolashda qo‘llanadi.

Psoriatik artrit

Kattalardagi BYAQP bilan davolashga adekvat javob bo‘lmagan faol va avj olib boruvchi boruvchi psoriatik artritni davolashda qo‘llanadi.

Spondiloartritning aksial shakli

Ankilozlovchi spondilit

Kattalarda an‘anaviy davolash ahamiyatli yaxshilanishga olib kelmagan og‘ir faol ankilozlovchi spondilitni davolashda qo‘llanadi.

Spondiloartritning aksial shaklining rentgenologik oldi bosqichi

Standart davolashga noadekvat javob yoki rezistentligi bo‘lgan, shuningdek S-reaktiv oqsil (SRO) konsentrasiyasini oshishi va/yoki MRT-skanerlash ma‘lumotlari bilan tasdiqlangan kasallik faolligining ob‘ektiv belgilari bo‘lgan spondiloartritning aksial shaklining rentgenologik oldi bosqichi bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarni davolash uchun ko‘rsatilgan.

Psoriaz

Siklosporin, metotreksat yoki PUVA-terapiyani o‘z ichiga oluvchi boshqa tizimli davolashni o‘tkazish mumkin bo‘lmagan holatlar yoki o‘zlashtira olmaslik holatlari bo‘lgan o‘rtacha va og‘ir og‘irlik darajasidagi psoriaz bilan xastalangan kattalarni davolashda qo‘llanadi.

O‘zlashtira olmaslik yoki boshqa tizimli yoki fototerapiyaga yetarli javob bo‘lmaganida og‘ir darajali surunkali psoriazi bo‘lgan 6 yosh va undan katta yoshdagi bolalarni davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Teri ostiga yuboriladi.

Enbrel® preparati bilan davolash revmatoid artrit, yuvenil idiopatik poliartrit, psoriatik artrit, ankilozlovchi spondilit va psoriazni diagnostika qilish va davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokor tomonidan buyurilishi va nazorat qilinishi kerak.

Enbrel® eritma tayyorlash uchun liofilizat dori shaklida, 25 mg dozada tana vazni 62,5 kg dan kam pasientlarga, shu jumladan bolalarga tavsiya etiladi.

Tiklangan eritmani tayyorlash va preparatni yuborishdan oldin ushbu bo‘limning oxirida keltirilgan, uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani diqqat bilan o‘rganish kerak.

Kattalar

Revmatoid artrit

Tavsiya etilgan doza 25 mg Enbrel® preparatini 3-4 kunlik interval bilan haftada ikki marta qo‘llashni tashkil qiladi. Muqobil doza – 50 mg haftada bir marta, u 50 mg bir martalik teri ostiga in‘eksiya yoki deyarli bir vaqtda yuborilgan 25 mg preparatning ikkita in‘eksiyasi ko‘rinishida yuborilishi mumkin.

Preparatni 25 mg dozada xaftada bir marta qo‘llash samarasizroq bo‘lishi va sekinroq samara berishi mumkin.

Psoriatik artrit

Tavsiya etilgan doza – 25 mg Enbrel® preparatini 3-4 kunlik interval bilan haftada ikki marta qo‘llashni tashkil qiladi. Muqobil doza – 50 mg haftada bir marta, u 50 mg bir martalik teri ostiga in‘eksiya yoki deyarli bir vaqtda yuborilgan 25 mg preparatning ikkita in‘eksiyasi ko‘rinishida yuborilishi mumkin.

Ankilozlovchi spondilit

Tavsiya etilgan doza – 25 mg Enbrel® preparatini 3-4 kunlik interval bilan haftada ikki marta qo‘llashni tashkil qiladi. Muqobil doza – 50 mg haftada bir marta, u 50 mg bir martalik teri ostiga in‘eksiya yoki deyarli bir vaqtda yuborilgan 25 mg preparatning ikkita in‘eksiyasi ko‘rinishida yuborilishi mumkin.

Spondiloartritning aksial shaklining rentgelogik oldi bosqichi

Tavsiya etilgan doza – 25 mg Enbrel® preparatini 3-4 kunlik interval bilan haftada ikki marta qo‘llashni tashkil qiladi. Muqobil doza – 50 mg haftada bir marta, u 50 mg bir martalik teri ostiga in‘eksiya yoki deyarli bir vaqtda yuborilgan 25 mg preparatning ikkita in‘eksiyasi ko‘rinishida yuborilishi mumkin.

Psoriaz

Tavsiya etilgan doza – 25 mg Enbrel® preparatini 3-4 kunlik interval bilan haftada ikki marta qo‘llashni tashkil qiladi. Muqobil doza – 50 mg haftada bir marta, u 50 mg bir martalik teri ostiga in‘eksiya yoki deyarli bir vaqtda yuborilgan 25 mg preparatning ikkita in‘eksiyasi ko‘rinishida yuborilishi mumkin.

Muqobil sifatida Enbrel® ni 50 mg dan haftada ikki marta 12 haftadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida buyurish mumkin. Davolashni davom ettirishning zarurati bo‘lganida Enbrel® ni 25 mg dozada haftada ikki marta yoki 50 mg haftada bir marta buyurilishi mumkin. Davolashni remissiyaga erishilguncha o‘tkazish va, odatda 24 haftadan oshmasligi kerak. Agar 12 hafta davolashdan keyin simptomlarning ijobiy dinamikasi kuzatilmasa, preparatni yuborishni to‘xtatish kerak. Ayrim hollarda davolash davomiyligi 24 haftadan ko‘proqni tashkil qilishi mumkin.

Katta pasientlarda shifokorning baholashi va pasientning individual xususiyatlariga qarab, davolashni uzluksiz yoki tanaffuslar bilan amalga oshirish mumkin.

Enbrel® preparatini takroran buyurish zarurati bo‘lganida yuqorida ko‘rsatilgan davolash davomiyligiga rioya qilish kerak. 25 mg dozani xaftada bir marta yoki 50 mg dozani xaftada bir marta buyurish tavsiya etiladi.

Keksa pasientlar (65 yosh va katta)

Doza yoki qo‘llash usuliga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q.

Bolalar

Bolalarda Enbrel® preparatining dozasi pasientning tana vazniga qarab hisoblanadi. Tana vazni 62,5 kg bo‘lgan bolalarda Enbrel® ni 25 mg dan kamroq dozani yuborish imkonini beruvchi teri ostiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat dori shaklida qo‘llash kerak.

Tana vazni 62,5 kg va undan yuqori bo‘lgan bolalarda Enbrel® ni bir marta qo‘llanadigan shprislar yoki shpris-ruchkalar ko‘rinishidagi teri ostiga yuborish uchun eritma dori shaklida qo‘llashlari mumkin.

Yuvenil idiopatik poliartrit (2 yosh va undan katta bolalar)

Doza tana vazniga 0,4 mg/kg hisobidan belgilanadi (maksimal bir martalik doza 25 mg). Preparat haftada ikki marta 3-4 kunlik interval bilan yuboriladi. Agar 4 xafta davolagandan keyin simptomlarning ijobiy dinamikasi kuzatilmasa, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Tana vazniga 0,8 mg/kg (maksimal bir martalik doza 50 mg) dozani xaftada bir marta yuborish mumkin.

 

 

Tarqalgan oligoartrit (2 yoshdan oshgan bolalar)

Doza tana vazniga 0,4 mg/kg hisobidan belgilanadi (maksimal bir martalik doza 25 mg). Preparat haftada ikki marta 3-4 kunlik interval bilan yuboriladi. Agar 4 xafta davolagandan keyin simptomlarning ijobiy dinamikasi kuzatilmasa, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Tana vazniga 0,8 mg/kg (maksimal bir martalik doza 50 mg) dozani xaftada bir marta yuborish mumkin.

Psoriatik artrit (12 yoshdan o‘smirlar)

Doza tana vazniga 0,4 mg/kg hisobidan belgilanadi (maksimal bir martalik doza 25 mg). Preparat haftada ikki marta 3-4 kunlik interval bilan yuboriladi. Agar 4 xafta davolagandan keyin simptomlarning ijobiy dinamikasi kuzatilmasa, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Tana vazniga 0,8 mg/kg (maksimal bir martalik doza 50 mg) dozani xaftada bir marta yuborish mumkin.

Entezitlar bilan assosiasiyalangan artrit (12 yoshdan oshgan o‘smirlar)

Doza tana vazniga 0,4 mg/kg hisobidan belgilanadi (maksimal bir martalik doza 25 mg). Preparat haftada ikki marta 3-4 kunlik interval bilan yuboriladi. Agar 4 xafta davolagandan keyin simptomlarning ijobiy dinamikasi kuzatilmasa, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Tana vazniga 0,8 mg/kg (maksimal bir martalik doza 50 mg) dozani xaftada bir marta yuborish mumkin.

Psoriaz (6 yosh va undan katta bolalar)

Doza tana vazniga 0,8 mg/kg hisobidan belgilanadi (maksimal bir martalik doza 50 mg). Preparat haftada bir marta yuboriladi, davolash davomiyligi 24 haftadan kamroqni tashkil qiladi. Agar 12 hafta davolashdan keyin simptomlarning ijobiy dinamikasi kuzatilmasa, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Enbrel® preparatini takroran buyurish zarurati bo‘lganida, yuqorida ko‘rsatilgan davolash davomiyligiga rioya qilish kerak. Preparatning dozasi – 0,8 mg/kg (maksimal bir martalik doza 50 mg) haftada bir marta.

Dozani qo‘llash buyurilgan vaqtdan o‘tkazib yuborilgan hollarda, preparatni, buni eslashingiz bilanoq yuborish kerak, lekin keyingi in‘eksiya bir kundan keyin amalga oshirilishi kerak. Aks holda unutilgan dozani o‘tkazib yuborish va navbatdagi in‘eksiyani o‘z vaqtida amalga oshirish kerak.

Buyrak va jigar funksiyasini buzilishi: dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q.

ENBREL® PREPARATINING TERI OSTIGA YUBORISH UCHUN ERITMASINI TAYYORLASH VA YUBORISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

Yuborish

Siz Enbrel® preparatini qanday to‘g‘ri tayyorlash va yuborishni tushunganingizga ishonch hosil qilmaguningizcha, uni ishlatishga urinmang.

In‘eksiyani amalga oshiradigan pasientlar yoki ularning ota-onalari/vasiylari in‘eksiyani qanday to‘g‘ri amalga oshirish kerakligi haqida xabardor qilingan bo‘lishlari kerak. Agar keyinchalik in‘eksiyalar pasientlarning o‘zi yoki ota-onalari/vasiylari tomonidan amalga oshiriladigan bo‘lsa, birinchi yuborishni malakali tibbiyot xodimi nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

In‘eksiya uchun bu preparatni boshqa preparatlar bilan bir shpris yoki flakonda aralashtirmang!

Enbrel® preparatini, shu jumladan tiklangan eritmani saqlash bo‘yicha yo‘riqnomani “Saqlash sharoiti” bo‘limida keltirilgan.

Preparatni yuborishga tayyorgarlik

  • Qo‘llarni yaxshilab yuving.
  • Toza, yaxshi yoritilgan, tekis ishchi yuzasini tanlang.
  • Preparatning bitta dozasini yuborish uchun plastik o‘ram quyida sanab o‘tilgan predmetlarni saqlashi kerak. (Agar plastik o‘ramda biron-bir predmet yetishmasa, uni ishlatmang va farmasevt bilan bog‘laning). Faqat sanab o‘tilgan predmetlarni ishlating. Boshqa shprislarni ISHLATMANG.

Enbrel® preparati liofilizatini saqlovchi 1 flakon

Tiniq, rangsiz erituvchi (in‘eksiya uchun suv) saqlovchi 1 shpris

1 in‘eksion igna

flakon uchun 1 ta adapter

2 ta spirtli salfetkalar

Flakon va shprisning markirovkasidagi yaroqlilik muddati (oy va yil) ni tekshiring. Ko‘rsatilgan muddat o‘tgach ularni ishlatish mumkin emas.

In‘eksiya uchun Enbrel® preparatining dozasini tayyorlash

  • Plastik flakon ichidagilarini oling.
  • Flakondan plastik qalpoqchani olib tashlang (1 rasmga qarang). Flakon bo‘yni atrofidagi alyumin xalqani yoki rezina tiqinni ECHMANG.

1 rasm

 

 

  • Toza spirtli salfetka yordamida Enbrel® preparatini saqlovchi flakondagi rezina tiqinni arting. Ishlov berilgandan keyin unga qo‘l bilan tegmang va biron-bir yuza bilan kontaktiga yo‘l qo‘ymang.
  • Flakonni toza yassi yuzaga vertikal holatda joylashtiring.
  • Flakon uchun adapter saqlovchi o‘ramdan qog‘oz qoplamani olib tashlang.
  • Adapterni plastik o‘ramdan chiqarmasdan, uni Enbrel® preparatini saqlovchi flakonga, adapterning uchini flakonning qopqoqchasidagi ko‘tarilgan halqaning o‘rtasida joylashtiring (2 rasmga qarang).
  • Bir qo‘l bilan flakonni yassi yuzada zich ushlang. Boshqa qo‘l bilan adapter saqlovchi o‘ramni QAT‘IY PASTGA qaratib adapterning uchi flakon qopqoqchasidan o‘tganligi va ADAPTERNING HALQASI JOYIGA TUSHGANLIGINI HIS QILMAGUNCHA va ESHITMAGUNINGIZGACHA adapter saqlovchi o‘ramni bosing (3 rasmga qarang). Adapterga burchak ostida BOSMANG (4 rasmga qarang). Adapter uchini flakonning qopqoqchasi orqali to‘liq o‘tishi muhimdir.

2 rasm.

3 rasm
2 rasm
4 rasm

TO‘G‘RI
NOTO‘G‘RI
  • Flakonni bir qo‘lda ushlab, flakon uchun adapterdan plastik o‘ramni olib tashlang (5 rasmga qarang).

5 rasm

  • Erituvchi saqlovchi shprisdan qalpoqchaning perforasiya joyidan himoya qalpoqchasini sindirib oling. Buni qalpoqcha perforasiya joyidan sinmaguncha qalpoqchani yuqoriga va pastga navbatma-navbat bukib, amalga oshiring (6 rasmga qarang). Shprisda qolgan qalpoqchaning oq qismini CHIQARIB TASHLAMANG.

6 rasm

  • Agar perforasiya chizig‘i bo‘ylab qalpoqchaning uchi singan bo‘lsa, shprisni ishlatmang. Boshqa o‘ramni oling.
  • Bir qo‘lda shprisning shisha silindridan ushlab (ammo oq qalpoqchadan emas) va boshqa qo‘lda flakon uchun adapterni (flakonni o‘zini emas) ushlab, uchlikni teshikka joylashtirib va to‘liq birikkuncha soat strelkasi bo‘ylab burab, shprisni flakon uchun adapter bilan biriktiring (7 rasmga qarang).

7 rasm

Erituvchini qo‘shish

  • Flakonni yassi yuzada vertikal holatda ushlab turib, barcha erituvchi flakonga o‘tmaguncha porshenga JUDA SEKIN bosing. Bu ko‘pik (ko‘pgina pufaklar) hosil bo‘lishini kamaytirishga yordam beradi (8 rasmga qarang).
  • Erituvchi Enbrel® preparatiga qo‘shilgandan keyin porshen mustaqil ravishda ko‘tarilishi mumkin. Bu normal holat va havo bosimi bilan bog‘liq.

8 rasm

  • Shprisni olmasdan, kukun erishi uchun flakonni ehtiyotkorlik bilan aylantiring (9 rasmga qarang). Flakonni CHAYQATMANG. Kukun to‘liq erigunigacha kuting (ordatda bu 10 minutdan kamroqni talab etadi). Eritma tiniq va rangsiz, qumoq, cho‘kma yoki zarrachalarsiz bo‘lishi kerak. Flakonda biroz oq ko‘pik qolishi mumkin, bu normal holat hisoblanadi.

Agar flakondagi kukun 10 minut davomida erimasa, Enbrel® preparatini ISHLATMANG. Preparat saqlovchi yangi plastik o‘ramni oling.

9 rasm

Enbrel® preparatining eritmasini flakondan qanday olinadi

  • Shprisni flakon va flakon uchun adepterdan olmasdan, flakonni tubini yuqoriga qaratib, flakonni ko‘z sathigacha ko‘taring. Porshen shprisga to‘liq kirishi uchun uni bosing (10 rasmga qarang).

10 rasm

  • So‘ngra suyuqlikni shprisga tortish uchun shpris porshenini asta-sekin torting (11 rasmga qarang). Katta pasientlar uchun eritmaning barchasini torting, agar davolovchi shifokoringiz Sizga boshqa dozalashni tavsiya etmagan bo‘lsa. Bolalar uchun – bolaning shifokori ko‘rsatganidek eritmaning faqat bir qismini torting. Siz Enbrel® preparatining talab etiladigan dozasini tortib bo‘lganingizdan keyin shprisda havo qolishi mumkin. Bu haqida xavotirlanmang, chunki Siz shprisdan havoni keyinroq chiqarib yuborasiz.

11 rasm

  • Flakonni tubini yuqoriga qaratib, shprisni adapterdan soat strelkasiga qarshi burab yeching (12 rasmga qarang).

12 rasm

  • To‘ldirilgan shprisni toza tekis yuzaga qo‘ying. Shprisning uchi hech narsaga tegmayotganligiga ishonch hosil qiling. Ehtiyot bo‘ling va porshenga bosmang (Izoh: bu harakatlar tugaganidan keyin, flakonda oz miqdorda suyuqlik qolishi mumkin – bu normal holat hisoblanadi).

Ignani shprisga qanday kiydiriladi

  • Igna uning sterilligini saqlab qolish uchun plastik konteynerga joylangan.
  • Plastik konteynerni ochish uchun, uni bir qo‘l bilan qisqa keng uchidan ushlang. Boshqa qo‘l bilan konteynerning uzunroq qismini ushlang.
  • Plombani sindirish uchun, u sinmaguncha uzunroq qismini pastga, so‘ngra yuqoriga torting (13 rasmga qarang).

13 rasm

  • Plomba sindirilgandan keyin plastik konteynerning qisqa keng qismini olib tashlang.
  • Igna o‘ramning uzun qismida qoladi.
  • Igna va konteynerni bir qo‘lda ushlab, shprisni oling va shprisning uchini ignaning teshigiga kiriting.
  • Shprisni igna bilan to‘liq birikmaguncha, soat strelkasi bo‘ylab aylantirib, shprisni igna bilan biriktiring (14 rasmga qarang).

14 rasm

  • Qalpoqchadan tortib, ignadan qaloqchani olib tashlang; ignaga tegmaslikka harakat qiling va biron-bir narsa bilan kontaktiga yo‘l qo‘ymang (15 rasmga qarang). Ignani shikastlamaslik uchun qalpoqchani olganda, uni bukmaslikka va buramaslikka harakat qiling.

15 rasm

  • Shprisni vertikal holatda ushlab turib, shprisdan havo to‘liq chiqib ketmaguncha porshenga asta-sekin bosib, havo pufaklarini chiqarib tashlang (16 rasmga qarang).

16 rasm

In‘eksiya joyini tanlash

  • Enbrel® preparatini yuborish uchun uchta joy tavsiya etiladi: (1) sonning o‘rta uchdan birini oldingi yuzasi; (2) qorinning old devoridagi kindik atrofining 5 sm o‘lchamli sohasidan tashqari soha; (3) yelkaning tashqi yuzasi (17 rasmga qarang). Agar Siz in‘eksiyani o‘zingizga mustaqil qilayotgan bo‘lsangiz, yelkaning tashqi yuzasini tanlamasmaslik kerak.

17 rasm

  • Har bir in‘eksiyani yangi joyga qilish kerak. Har bir yangi in‘eksiya joylari avvalgi in‘eksiya joyidan kamida 3 sm masofada bo‘lishi kerak. Og‘riqli, terini qizarishi, qontalashi yoki zichlashishi bo‘lgan joylarga preparatni YUBORMANG. Chandiqlar yoki cho‘zilishlar bo‘lgan sohalarga ham yubormang. (avvalgi in‘eksiyalar joyini yozib borish foydali bo‘lishi mumkin).
  • Agar Siz yoki bolangiz psoriaz bilan kasallangan bo‘lsa, preparatni terining yuzasi ko‘tarilgan, zichlashgan joylariga, qizargan yoki qipiqlanishli o‘choqlarga (“psoriatik blyashkalar”) yubormaslikka harakat qiling.

 

 

In‘eksiya joyini tayyorlash va Enbrel® preparati eritmasini yuborish

  • Enbrel® preparati yuboriladigan terining sohasini toza spirtli salfetka bilan aylanma harakatlar bilan arting. In‘eksiya bajarilmaguncha bu sohaga TEGMANG.
  • Terining ishlov berilgan sohasi to‘liq quriganidan keyin, bir qo‘l bilan teri burmasini hosil qiling va uni ushlab turing. Ikkinchi qo‘l bilan shprisni qalam kabi ushlang. Terining tozalangan sohasiga tegib ketmaslikka harakat qiling.
  • Tezkor qisqa harakat bilan ignani 45o dan 90o gacha burchak ostida teriga yo‘naltiring (18-rasmga qarang). Vaqti kelib Siz, bola uchun eng qulay burchakni topib olasiz. Ignani teriga haddan tashqari sekin yoki kuch bilan kiritmaslikka harakat qiling.

18-rasm

  • Igna teriga to‘liq kirganidan keyin, Siz tutib turgan teri burmasini qo‘yib yuboring. Shprisning holatini barqarorlashtirish uchun erkin qo‘l bilan uning asosidan ushlab turing. So‘ngra, eritmaning hammasini sekin doimiy tezlikda yuborish uchun porshenni bosing (19-rasmga qarang).

19-rasm

  • Shpris bo‘shaganidan keyin, ignani teridan chiqarib oling; ignani Siz qaysi burchak ostida kiritgan bo‘lsangiz, o‘sha burchak ostida ushlab turishga harakat qiling.
  • In‘eksiya joyiga 10 sekundga paxta tampon bilan bosing. In‘eksiya joyidan biroz qon ketishi mumkin. In‘eksiya joyini ISHQALAMANG. Bog‘lam qo‘yish mumkin.

Ishlatilgan materiallarni utilizasiya qilish

  • Shpris va ignani HECh QACHON takroran ishlatmang. Shifokoringiz, tibbiy hamshira yoki farmasevtning tavsiyalariga rioya qilib, igna va shprislarni utilizasiya qiling.

Agar Sizda savollar bo‘lsa, iltimos Enbrel® preparatini bilan ishlovchi shifokor yoki hamshiraga murojaat eting.

In‘eksiyalar orasidagi davrda Enbrel preparati eritmasini saqlanishi

Enbrel® preparatining eritmasini suyultirgandan keyin darhol ishlatish tavsiya etiladi. Agar eritma darhol ishlatilmagan hollarda uni sovutgichda (2oS-8oS) 6 soat davomida saqlash mumkin. Agar eritma 6 soat davomida ishlatilmasa, uni yo‘qotish kerak.

Sovutgichda saqlagandan keyin eritma hona haroratigacha isishini kutish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalari yuz berish tezligiga qarab, quyidagi tarzda guruhlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); yakka hollar (tez-tezligini aniqlash mumkin emas).

Infeksion va parazitar kasalliklar: juda tez-tez – infeksiyalar (shu jumladan yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari, bronxitlar, sistitlar, teri infeksiyalari); tez-tez emas – jiddiy infeksiyalar (shu jumladan pnevmoniya, flegmona, septik artrit, sepsis va parazitar infeksiyalar); kam hollarda – mikobakterial infeksiyalar, shu jumladan tuberkulyoz, opportunistik infeksiyalarni (shu jumladan invaziv zamburug‘li, protozoyli, bakterial va atipik mikobakterial infeksiyalar, virusli kasalliklar va Legionella tomonidan chaqirilgan kasalliklar); yakka hollarda –  Listeria tomonidan chaqirilgan kasalliklar, V gepatitini faollashuvi.

Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar (shu jumladan kistalar va poliplar): tez-tez emas – melanomaga mansub bo‘lmagan teri raki (MMBTR); kam hollarda – limfoma, melanoma; yakka hollarda – leykemiya, Merkel karsinomasi.

Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – trombositopeniya; kam hollarda – anemiya, leykopeniya, neytropeniya, pansitopeniya; juda kam hollarda – aplastik anemiya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – allergik reaksiyalar (“Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar” kichik bo‘limiga qarang), autoantitelalarni hosil bo‘lishi; tez-tez emas – tizimli vaskulit (shu jumladan ANCA-assosiasiyalangan vaskulit); kam hollarda – jiddiy allergik/anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan bronxospazm), sarkoidoz; yakka hollar – makrofaglarni faollashish sindromi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – tirishishlar, tarqalgan sklerozda kuzatiluvchi yoki ko‘ruv nervining nevriti va ko‘ndalang mielit kabi lokal demielinizasiya xolati bilan o‘xshash bo‘lgan markaziy nerv tizimi (MNT) ning demielinizasiyasining ko‘rinishlari (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang); juda kam hollarda – periferik demienizasiyalanuvchi kasalliklar (shu jumladan Giyen-Barr sindromi, surunkali yallig‘lanishli demielinizasiyalovchi polineyropatiya, demielinizasiyalovchi polineyropatiya, multifokal motor neyropatiya).

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – uveit, sklerit.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – o‘pkaning intertisial kasalliklari (shu jumladan pnevmonit va o‘pka fibrozi).

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – “jigar” fermentlari faolligini oshishi, autoimmun gepatit.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: tez-tez – teri qichishishi; tez-tez emas – angionevrotik shish, eshakemi, toshma, psoriazsimon toshma, psoriaz (kasallikning debyuti yoki yomonlashishi va asosan oyoq va qo‘l kaftlarining pustulyoz shikastlanishi); kam hollarda – vaskulitning teri shakllari, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema; juda kam hollarda – toksik epidermal nekroliz.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: kam hollarda – nimo‘tkir qizil yugurikning teri ko‘rinishlari, diskoid qizil yugurik, yuguriksimon sindrom.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: juda tez-tez – in‘eksiyadan keyingi mahalliy reaksiyalar (shu jumladan qon ketishi, teri osti gematomalarni xosil bo‘lishi, eritema, teri qichishishi, og‘riq, shish); tez-tez – isitma.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – surunkali yurak yetishmovchiligining (SYUE) kechishini yomonlashishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Qo‘shimcha ma‘lumot

Kattalardagi nojo‘ya reaksiyalar

Revmatoid artriti bo‘lgan bemorlardagi nazoratlangan klinik tadqiqotlar davomida nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishi tufayli preparatni bekor qilish tez-tezligi, Enbrel® va plasebo qabul qilgan pasientlarda bir xil bo‘lgan. Enbrel® preparati bilan davolash fonida eng tarqalgan reaksiyalar preparat yuborilgan joyda bo‘lgan. Bu reaksiyalarning tez-tezligi preparatni qo‘llashning birinchi oyida cho‘qqiga erishgan, so‘ngra asta-sekin pasaygan. Klinik tadqiqotlarda bu reaksiyalar asosan o‘tuvchan bo‘lgan va o‘rtacha 4 kun davom etgan. Yuborish joyida reaksiyalar rivojlangan ayrim pasientlarda shuningdek avvalgi yuborilgan joylarda ham reaksiyalar kuzatilgan. Enbrel® preparatining postregistrasion kuzatuvi vaqtida in‘eksiya joyida qon ketishini rivojlanishi va gematomalarni hosil bo‘lishi kuzatilgan.

Bolalardagi nojo‘ya reaksiyalar

Umuman olganda bolalardagi nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi va turi katta pasientlarda kuzatilgan bilan o‘xshash bo‘lgan. Infeksiyalar eng ko‘p uchragan nojo‘ya reaksiya bo‘lgan. 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yuvenil idiopatik poliartriti bo‘lgan bolalardagi klinik tadqiqotlarda kuzatilgan infeksiyalar yengil va o‘rtacha darajadagi yaqqollikda bo‘lgan, ularning turlari esa ambulator bemorlarda orasida kuzatiladiganlardan farq qilmagan. Og‘ir noxush ko‘rinishlar xaqidagi xabarlar aseptik meningit simptomlari bilan suvchechakni, ular asoratlarsiz tuzalgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang), appendisit, gastroenterit, depressiya/shaxsning buzilishlari, terining yaralari, ezofagit/gastrit, A guruhi streptokokklar chaqirgan septik shok, qandli diabetning 1 tipi va yumshoq to‘qimalar va operasiyadan keyingi jarohatlarning infeksiyalarini o‘z ichiga olgan.

Ushbu pasientlarda makrofaglarning faollashishi sindromi haqida 4 ta xabar qayd qilingan.

Enbrel® preparati bilan davolanayotgan yuvenil idiopatik poliartriti bo‘lgan pasientlarda ichakning yallig‘lanish kasalliklari holatlari, shu jumladan davolash qayta tiklanganda simptomatikani takroran rivojlanishining kam sonli kuzatuvlari haqida xabar berilgan. Aniq sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan, chunki ichakning yallig‘lanish kasalliklari holatlari davolanmagan yuvenil idiopatik artriti bo‘lgan pasientlarda ham kuzatilgan.

Bolalardagi nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi va turi katta pasientlarda kuzatilganlariga o‘xshash bo‘lgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Etanersept yoki prepapratning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.

Sepsis yoki sepsisni rivojlanish xavfi.

Faol infeksiya, shu jumladan surunkali yoki chegaralangan infeksiyalar.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yuvenil idiopatik poliartritni (seropozitiv va seronegativ) va tarqalgan oligoartritni davolash uchun Enbrel® preparatini qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda psoriazni davolash uchun Enbrel® preparatini qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan.

12 yoshdan kichik bolalarda psoriatik artrit va entezitlar bilan assosiasiyalangan artritni davolash uchun Enbrel® preparatini qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan.

Ehtiyotkorlik bilan

Demielinizasiyaga olib keluvchi kasalliklar, surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUE), immuntanqisligi xolatlari, infeksiyalarni rivojlanishiga yoki faollashishiga moyilligi bo‘lgan kasalliklar (qandli diabet, gepatitlar), o‘rtacha og‘irlikda va og‘ir kechuvchi alkogolli gepatit, S gepatiti, qon diskraziyasi, nerv kasalliklari (tarqalgan skleroz, ko‘ruv nervi nevriti, ko‘ndalang mielit) da ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Anakinra

Enbrel® va anakinra bilan majmuaviy davolash fonida, faqat Enbrel® yoki anakinra yuborilgan pasientlar bilan solishtirganda jiddiy infeksiyalar va neytropeniya rivojlanishining tez-tezligini ahamiyatli oshishi kuzatilgan.

Enbrel® preparati va anakinrani birga qo‘llash klinik afzallikni namoyon qilmagan va shuning uchun tavsiya etilmaydi.

Abatasept

Enbrel® preparati va abataseptni bir vaqtda qo‘llash jiddiy noxush ko‘rinishlar tez-tezligini oshishi bilan birga kechgan. Dori preparatlarining ushbu majmuasi klinik afzalliklarni namoyish qilmagan va shuning uchun tavsiya etilmaydi.

Sulfasalazin

Sulfasalazin bilan davolash fonida Enbrel® yuborilgan pasientlarda, faqat Enbrel® yoki faqat sulfasalazin qabul qilgan pasientlar bilan solishtirganda, leykositlarning o‘rtacha sonini ahamiyatli pasayishi ta‘riflangan.

O‘zaro ta‘sirning yo‘qligi

Revmatoid artriti bo‘lgan pasientlarda Enbrel® preparati glyukokortikosteroidlar, salisilatlar (sulfasalazindan tashqari), nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), analgetiklar yoki metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganida noxush o‘zaro ta‘sirlar kuzatilmagan.

Metotreksat

Metotreksat etanerseptning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi. Odamda Enbrel® preparatini metotreksatning farmakokinetikasiga ta‘siri o‘rganilmagan.

Digoksin

Etanerseptning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Varfarin

Etanerseptning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Vaksinasiya

Enbrel® preparati bilan davolash fonida tirik vaksinalarni yuborish mumkin emas. Enbrel® ni qabul qilayotgan pasientlarga tirik vaksina orqali infeksiyani ikkilamchi o‘tishi xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Enbrel® preparati bilan davolashni boshlashgacha bolalar va o‘smirlar, agar iloji bo‘lsa barcha emlashlarning amaldagi milliy kalendariga muvofiq barcha kerakli emlashlarni olishlari tavsiya etiladi. Enbrel® qabul qilayotgan psoriatik artriti bo‘lgan ko‘pchilik pasientlarda pnevmokokkli polisaxarid vaksinaga V-xujayrali immun javobni oshishi kuzatilgan, lekin titrlar umuman olganda biroz past bo‘lgan, titrni 2-marta oshishi Enbrel® qabul qilmayotgan pasientlarga nisbatan kamroq sondagi pasientlarda kuzatilgan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Enbrel® preparatini qabul qilish to‘xtatilgandan keyin kasallik simptomlari qaytalanishi mumkin.

Infeksiyalar

Bemorlar Enbrel® preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin, davolash davomida va davolash kursi tugatilganidan keyin, etanerseptning taxminan 70 soatga (7-300 soat) teng yarim chiqarilish davrining o‘rtacha davomiyligini hisobga olib, infeksiyalar mavjudligiga tekshirilishlari kerak.

Enbrel® preparati qo‘llanilganda sepsis, tuberkulyoz, parazitar infeksiyalar (sodda organizmlar chaqirgan) va og‘ir infeksiyalar, shu jumladan oppotrunistik, shu jumladan invaziv zamburug‘li infeksiyalar (shu jumladan herpes zoster chaqirgan) xaqida xabar berilgan. Eng ko‘p qayd etilgan invaziv zamburug‘li infeksiyalar Candida, Pneumocystis, Aspergillus va Histoplasma tomonidan chaqirilgan. Sanab o‘tilgan infeksiyalarni, ayniqsa zamburug‘li va boshqa opportunistik infeksiyalarni noto‘g‘ri diagnostika qilish tegishli davolashni buyurishni kechikishiga va ayrim hollarda o‘limga olib kelgan. Ko‘pgina hollarda pasientlar boshqa dori vositalari, shu jumladan immunodepressantlar bilan davolanganlar. Bemorlarni tekshirganda ularda opportunistik infeksiyalarni, masalan, endemik mikozlarni rivojlanishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak. Enbrel® preparati bilan davolash fonida yangi infeksiyalar rivojlangan pasientlar, sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Agar pasientda og‘ir infeksiya rivojlansa, Enbrel® preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Anamnezida tez-tez yoki surunkali infeksiyalari yoki infeksiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yondosh kasalligi (masalan, avj olib boruvchi yoki yomon nazorat qilinuvchi diabet) bo‘lgan pasientlarda Enbrel® preparatini qo‘llash ehtiyotkorlikni talab etadi.

Surunkali infeksiyalari bo‘lgan pasientlarda Enbrel® preparatining xavfsizligi va samaradorligi baholanmagan.

Tuberkulyoz

Enbrel® preparati bilan davolash fonida faol tuburkulyoz, shu jumladan miliar tuberkulyoz va o‘pkadan tashqarida joylashgan tuberkulyoz holatlari haqida xabar berilgan. Revmatoid artriti bo‘lgan bemorlar orasida, ehtimol tuberkulyoz infeksiyasini rivojlanish tez-tezligini oshishi kuzatilishi mumkin.

Tuberkulyoz infeksiyasini rivojlanishi latent infeksiyani qayta faollashuvi, shuningdek yangi infeksiyani rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Davolashni boshlashdan oldin barcha pasientlar faol yoki latent tuberkulyozning mavjudligi yuzasidan tekshirilgan bo‘lishlari kerak. Letent tuberkulyozning profilaktikasini Enbrel® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin o‘tkazish kerak. Tekshirish tuberkulyoz bilan kasallanishga nisbatan anamnezni batafsil o‘rganishni yoki o‘tmishda tuberkulyozi bo‘lgan bemorlar bilan muloqot bo‘lgani va avvalgi yoki joriy immunosupressiv davolash xaqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Barcha pasientlarda quyidagilarni: tuberkulinli teri sinamasi va o‘pka rentgenografiyasini albatta o‘z ichiga olgan mahalliy talablarga muvofiq skrining tekshiruvlari o‘tkazilishi kerak. Tuberkulinli sinama, ayniqsa og‘ir bemorlarda yoki immunitetni buzilishi bo‘lgan pasientlarda soxtamanfiy bo‘lishi mumkinligini ko‘zda tutish kerak. Shuningdek Enbrel® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin tuberkulyoz infeksiyasining belgilari aniqlanmagan pasientlarda tuberkulyoz rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak. Davolovchi shifokor bemorning holatini tuberkulyoz belgilarini paydo bo‘lishi yuzasidan, shu jumladan tuberkulyoz infeksiyasining mavjudligi yuzasidan test natijalari dastlab manfiy bo‘lgan pasientlarda nazorat qilishi kerak.

Pasientda faol tuberkulyoz bo‘lganida, Enbrel® preparatini qo‘llash mumkin emas. Nofaol tuberkulyoz bo‘lganida, Enbrel® preparati bilan davolashni boshlash oldidan mahalliy tavsiyalarga muvofiq tuberkulezga qarshi standart davolashni buyurish kerak. Bunday hollarda Enbrel® preparati bilan davolashning foyda va xavf nisbati sinchiklab taxlil qilingan bo‘lishi kerak.

Barcha bemorlar Enbrel® preparati bilan davolash fonida yoki undan keyin tuberkulyoz uchun xos bo‘lgan shikoyatlar yoki simptomlar (masalan, davomli yo‘tal, tana vaznini kamayishi, subfebrilitet) paydo bo‘ganida shifokorga murojaat qilish kerakligi xaqida xabardor qilingan bo‘lishlari kerak.

V gepatiti virusini faollashishi

O‘NF ingibitorlarini, shu jumladan Enbrel® ni qabul qilgan infeksiya tashuvchi-bemorlarda V gepatiti virusining faollashish xollari xaqida xabar berilgan. Bu holatlarning ko‘pchiligi V gepatiti virusini qayta faollashigiga olib kelishi mumkin bo‘lgan immun tizimini susaytiruvchi boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda kuzatilgan. V gepatiti bilan kasallanishning yuqori xavf guruxiga kiruvchi bemorlarga, Enbrel® preparatini qo‘llashdan oldin muvofiq diagnostik izlanish o‘tkazish kerak. V gepatiti virusini tashuvchi-bemorlarda Enbrel® preparatini qo‘llaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. V gepatiti belgilari yuzasidan pasientlarning holatini nazorat qilish kerak. Ularda bu kasallikning simptomlari paydo bo‘lganida spesifik davolashni o‘tkazish imkonini ko‘rib chiqish kerak.

S gepatitini faollashishi

Enbrel® preparati bilan davolangan pasientlarda S gepatitini zo‘rayishi holatlari qayd etilgan, lekin etanerseptni qo‘llash bilan sabab-oqibat bog‘liqligi isbotlanmagan. Shunga qaramay, anamnezida S gepatiti bo‘lgan pasientlarda Enbrel® preparatini qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Allergik reaksiyalar

Enbrel® preparatini qabul qilish, ko‘pincha allergik reaksiyalar bilan kechadi. Har qanday og‘ir allergik reaksiyalar yoki anafilaktik reaksiyalarda, Enbrel® preparatini qabul qilishni darhol to‘xtatish va muvofiq davolashni boshlash kerak.

Immunosupressiya

O‘NF ingibitorlari, shu jumladan Enbrel® preparati bilan davolaganda odam organizmining infeksiyalar va xavfli o‘smalarga qarshi ximoya mexanizmlari susayishi mumkin, chunki O‘NF yallig‘lanish jarayonlarida ishtirok etadi va xujayra immun javobini modulyasiya qiladi. Lekin revmatoid artriti bo‘lgan katta bemorlarda, Enbrel® preparati bilan davolash fonida kechikkan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarning susayishi, immunoglobulinning darajasini pasayishi yoki effektor-xujayralar populyasiyasi sonini o‘zgarish xollari aniqlanmagan.

Yuvenil idiopatik artriti bo‘lgan bolalarda, kam xollarda suvchechak va aseptik meningit simptomlari rivojlangan, ular asoratlarsiz tuzalgan. Suvchechakli bemorlar bilan muloqatda bo‘lgan pasientlarda, Enbrel® preparatini qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish va Varicella Zoster virusiga qarshi immunoglobulin bilan profilaktik davolashni buyurish kerak.

Immunosupressiyasi bo‘lgan bemorlarda Enbrel® preparati bilan davolashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan.

Xavfli va limfoproliferativ kasalliklar

Postmarketing davrida (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang) turli xavfli o‘smalar (sut bezi va o‘pka karsinomasi, shuningdek limfoma) xaqida xisobotlar olingan.

Qator klinik tadqiqotlarda limfoma, ko‘pincha O‘NF ni qabul qilgan pasientlarda, ularni qabul qilmagan pasientlarga qaraganda ko‘proq diagnostika qilingan. Boshqa tomondan, bu holatlar kam kuzatilgan bo‘lib, plasebo-guruhidagi bemorlarni kuzatish davri esa, O‘NF ingibitorlari bilan davolangan pasientlarga qaraganda qisqaroq bo‘lgan. O‘NF ingibitorlari bilan davolash fonida leykemiyani rivojlanishi haqida xabarlar mavjud. Faol yallig‘lanish bilan xarakterlanuvchi uzoq muddat davom etuvchi kasallik hisoblangan revmatoid artriti bo‘lgan pasientlarda limfoma va leykemiyaning paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi, bu o‘z-o‘zidan xavfni baxolashni qiyinlashtiradi. Revmatoid artriti bo‘lgan pasientlarda etanerseptning klinik tadqiqotlarining keyingi tahlillari etanerseptni qo‘llash fonida onkologik kasalliklar rivojlanishi xavfini oshishini isbotlamadi ham, inkor etmadi ham. Zamonaviy ma‘lumotlarga muvofiq, O‘NF ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda limfomalar yoki boshqa xavfli o‘smalarning yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfini istisno qilib bo‘lmaydi.

O‘NF ingibitorlari, shu jumladan Enbrel® preparati bilan davolangan bolalar va o‘smirlarda xavfli o‘smalar (holatlarning yarmida Xodjkin va noxodjkin limfomasi) rivojlanishi haqida xabarlar mavjud, ularning ayrimlari o‘lim bilan yakunlangan. Ko‘pchilik pasientlar immunodepressantlar bilan yondosh davolangan. Boshqa holatlarda turli xavfli o‘smalar, shu jumladan immunosupressiya bilan bog‘liq bo‘lgan kam uchraydigan o‘sma variantlari kuzatilgan. Preparatni qo‘llaganda xavfli o‘smalarni rivojlanishi xavfini e‘tiborga olish kerak.

Teri raki

O‘NF ingibitorlari, shu jumladan Enbrel® bilan davolangan bemorlarda melanoma va melanomaga taalluqli bo‘lmagan teri raki (MMBTR) qayd etilgan. Ko‘pincha MMBTR psoriaz bo‘lgan bemorlarda diagnostika qilinadi. Merkel karsinomasi rivojlanishi haqida xabarlar mavjud.

Xavf guruxiga kiruvchi barcha pasientlar uchun, vaqti-vaqti bilan teri qoplamalarini tekshirish tavsiya etiladi.

Autoimmun antitelolarni hosil bo‘lishi

Enbrel® preparati bilan davolash autoimmun antitelolarni hosil bo‘lishi bilan birga kechishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Bu antitelolar neytralizasiya qiluvchi hisoblanmaydi va odatda tez yo‘qoladi. Antitelolarning hosil bo‘lishi va preparatning klinik samaradorligi, shuningdek nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishini tez-tezligi orasida korrelyasiya aniqlanmagan.

Pasientlarda, shu jumladan revmatoid faktori musbat bo‘lgan revmatoid artritli bemorlarda, qizil yugurikning nimo‘tkir shakli yoki qizil yugurikning diskoid shakli bilan o‘xshash qizil yuguriksimon sindromi yoki toshma bilan birga kechuvchi qo‘shimcha autoantitelalarni shakllanishini yakka hollari aniqlangan (klinik tadqiqot va biopsiyaning ma‘lumotlari).

Gematologik reaksiyalar

Enbrel® qabul qilgan pasientlarda pansitopeniyaning kam hollari va aplastik anemiyaning juda kam holatlari, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan xollari xaqida xabar berilgan. Anamnezida qon kasalliklari bo‘lgan pasientlarga Enbrel® preparatini buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Barcha pasientlar, ularning qarindoshlari/qarovchilar, agar Enbrel® preparatini qabul qilish vaqtida pasientlarda infeksiyalar uchun xos bo‘lgan belgilar va simptomlar yoki gematologik buzilishlar (masalan, davomli isitma, angina, ko‘karishlar, qon ketishi, oqarish) rivojlansa, ular darhol tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerakligi xaqida xabardor qilingan bo‘lishlari kerak. Bunday pasientlarda shoshilinch tekshiruv, shu jumladan qonning to‘liq tahlilini o‘tkazish tavsiya etiladi. Gematologik kasallik diagnozi tasdiqlanganida, Enbrel® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Markaziy nerv tizimini shikastlanishi

Etanersept bilan davolangan pasientlarda demielinizasiyalovchi MNT kasalliklarini rivojlanishi haqidagi bir necha hollari mavjud. Shuningdek periferik demielinizasiyalovchi polineyropatiya (shu jumladan Giyen-Barr sindromi) rivojlanishi haqida juda kam xabarlar mavjud. Tarqalgan sklerozi bo‘lgan bemorlarda Enbrel® preparatini qo‘llash yuzasidan tekshiruvlari o‘tkazilmagan, lekin bu kasallikda boshqa O‘NF ingibitorlarini qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar uni zo‘rayishi mumkinligini namoyish qilgan. Enbrel® preparati bilan davolashni buyurishdan oldin “xavf/afzallik” nisbatini, demielinizasiyaga olib keluvchi kasallikni oldingi yoki yaqindagi huruji bo‘lgan pasientlarda yoki demielinizasiyaga olib keluvchi kasalliklarni rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lganlarda nevrologik statusni sinchiklab baholash tavsiya etiladi.

Surunkali yurak yetishmovchiligini (SYUE) zo‘rayishi

SYUE bo‘lgan pasientlarda Enbrel® preparatini qo‘llash yuzasidan ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Qator tadqiqotlarning ma‘lumotlari, Enbrel® qabul qilayotgan pasientlarda SYUE kechishini yomonlashishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.

Majmuaviy davolash

Enbrel® va metotreksatning majmuasi xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda kutilmagan natijalarni namoyish qilmagan. Bu ko‘rsatgichni uzoq muddatli o‘rganish davom etmoqda. Metotreksat bilan majmuada buyurilgan Enbrel® preparatini xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar, Enbrel® preparati va metotreksat alohida qo‘llangan hisobotlardagi bilan o‘xshash bo‘lgan. Enbrel® preparatini boshqa bazisli yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan majmuada qo‘llashning uzoq muddatli xavfsizligi o‘rganilmagan.

Enbrel® preparatini psoriazni boshqa tizimli davolash yoki fototerapiya bilan majmuada qo‘llanishini o‘rganish yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilmagan.

Vegener granulyomatozi

Enbrel® qabul qilayotgan pasientlarda, nazorat guruhiga qaraganda teridan tashqarida joylashgan har xil tur xavfli o‘smalarning rivojlanish tez-tezligini xavfi ahamiyatli yuqori. Shuning uchun, Enbrel® Vegener granulyomatozi bo‘lgan pasientlarni davolash uchun tavsiya etilmaydi.

Alkogolli gepatit

Alkogolli gepatitni davolash uchun etanerseptni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlardagi gipoglikemiya

Diabetga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda, Enbrel® preparati bilan davolash fonida gipoglikemiya holatlari haqida xabar berilgan, bu ularning dozasini kamaytirishni talab etgan.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida Enbrel® preparatini qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Mavjud ma‘lumotlar homila rivojlanishidagi tug‘ma nuqsonlar tez-tezligini oshishini namoyish qilmagan. Bundan tashqari bolalarni bachadon ichida yoki postnatal o‘sishining tanqisligi yoki postnatal rivojlanishni sekinlashishi tez-tezligini oshishini namoyish qilinmag

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ENBREL eritma 1ml 0,05/ml N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ENBREL eritma 1ml 0,05/ml N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ENBREL eritma 1ml 0,05/ml N4 dori vositasi Пфайзер Айрлэнд Фармасьютикалз/ Вайет Фармасьютика tomonidan Irlandiya / Buyuk Britaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ENBREL eritma 1ml 0,05/ml N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ENBREL eritma 1ml 0,05/ml N4 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ENBREL 0,025 liofilizat N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya / Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Этанерцепт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер МФГ.Бельгия Н.В./Вайет Фармасьютикалз
Другие формы препарата
ENBREL 0,025 liofilizat N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya / Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Этанерцепт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер МФГ.Бельгия Н.В./Вайет Фармасьютикалз
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9