×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Eraton Kids tomchilari 120ml

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Farmakoterapevtik guruh:
- Kaltsiy va fosfor almashinuvining regulyatori.
Faol modda:
кальций, холекальциферол (витамин Д3), Цинк, Витамин K
Ishlab chiqaruvchi:
- «GRICAR CHEMICAL S.r.l.»,
Vakil:
- Synergy Pharmco MChJ
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 7 ta dorixonasida topildi

ico 134 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Saqlash shartlari namlik va yorug'likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang. Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati (oy) qadoqlash va flakonlarda ko'rsatilgan. Yaroqlilik muddati o'tgandan keyin foydalanmang!
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
120 ml li shishada sirop, foydalanish yo'riqnomasi bilan karton qutiga solingan
Оrganizmda (suyak, tish, tirnoq, soch, mushaklarda) kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soluvchi kombinatsiyalangan preparat. Kalsiy rezorbsiyasini pasaytiradi va suyak zichligini oshiradi, bu organizmda kalsiy va D3 vitaminining etishmasligini qoplaydi. Tishni minerallashtirish uchun zarur kompanent xisoblanadi. Kalsiy suyak to'qimasini shakllantirishda ishtirok etadi, rezorbsiyani kamaytiradi va suyak zichligini oshiradi, tayanch-harakat apparatini kasalliklarini oldini oladi, suyak tizimi va bo'g'imlarning mustahkamlanishiga yordam beradi.

  Xolekalseferol (D3 vitamini) ichakda kalsiyning so'rilishini va buyrak naychalarida fosforning reabsorbtsiyasini oshiradi. Kalsiy va D3 vitaminidan foydalanish suyak rezorbsiyasini kuchaytiradi, paratiroid gormoni ishlab chiqarishning ko'payishini oldini oladi.
D3 vitamini ingichka ichakda so‘riladi.Kaltsiy D vitaminiga bog'liq bo'lgan faol mexanizm orqali ingichka ichakning proksimal qismida ionlangan holda so'riladi.
Ruxning biologik roli uning biriktiruvchi to'qima, suyak va tog`ay to'qimalarning tuzilishini tiklashdagi ishtirok etadi. Sink suyak to'qimasida kalsiyni ushlab turadigan va uni yuvishga imkon bermaydigan kollagen matritsasini (kollagen tarmog'ini) shakllantirish uchun mo'ljallangan. Osteozonlarga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
K2 vitamini osteokalsinni (kollagen bo'lmagan suyak matritsasi) faollashtirishni ta'minlaydi. Faollashtirilgan osteokalsin qon zardobida kaltsiyni bog'laydi va uni suyak to'qimalariga birlashtiradi. Bu suyakni mustaxkamligini ta`minlaydi.
 

1 ml tarkibida:

Liposomal kalsiy                         158 mg

(sof kalsiy)                                    60 mg

Vitamin D3                                  200ME

Rux glukonat                                 75 mg

(sof rux)                                        10 mg

Tanadagi kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soluvchi kombinasiyashlangan biologik faol qoshimcha. D3 vitamini va Ruxning qo'shimcha manbaidir.

Faol moddalarning xususiyatlari:

Kalsiy hayotiy ahamiyatga ega va inson tanasida eng ko'p uchraydigan elementlardan biri bo'lib, u tana vaznining 2 foizini tashkil qiladi. Kalsiy suyak to'qimasining tarkibiy materialidir, bu mineralning taxminan 99% suyaklar va tishlarda saqlanadi va faqat 1% tana suyuqliklarida (hujayradan tashqari suyuqlik, shu jumladan qon plazmasi). Bundan tashqari, kalsiy tananing boshqa tizimlarida, shu jumladan suyak-mushak va asab tiziminida ishtirok etadi. Sog'lom ovqatlanish va jismoniy faollik bilan birga yetarli miqdorda kalsiyni iste'mol qilish osteoporoz xavfini kamaytirishi mumkin. Kalsiy nerv impulslarini uzatishda, mushaklarning qisqarishida, yurak ritmini tartibga solishda, shuningdek qon ivish jarayonida ishtirok etadi, protrombinning trombinga aylanishini faollashtiradi va fibrinogenning fibringa aylanishini tezlashtiradi, bu trombositlar agregatsiyasiga yordam beradi. Liposomal shakl yaxshi so'rilishini ta'minlaydi va oshqozon-ichak trakti bilan bog'liq nojo’ya ta’sirlar xavfini kamaytiradi.

Xolekalsiferol (D3 vitamini) - kalsiy va fosfor metabolizmining regulyatori. Ichakdagi kalsiyning so'rilishini va buyrak tubulalarida fosforning qayta so'rilishini kuchaytiradi. Bolalarda suyak to'qimalari va tishlarning shakllanishiga yordam beradi, suyak tuzilishini saqlaydi va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi. Kalsiy almashinuvi uchun mas'ul bo'lgan paratiroid bezlarining ishlashi uchun zarurdir. Immun tizimi va metabolizm holatini yaxshilaydigan limfokinlar va ATF sintezi jarayonlarida ishtirok etadi. D3 vitamini qonda glyukoza miqdorini tartibga solish uchun muhim bo'lgan insulin ishlab chiqarishni rag'batlantiradi, shuningdek serotonin sintezini kuchaytiradi – bu yaxshi kayfiyat va farovonlikni saqlashga yordam beradi. Oziq-ovqat mahsulotlarida D3 vitaminining yetishmasligi, shuningdek quyosh nurlari ta'sirining yo'qligi, uning so'rilishining buzilishi, katsiy ionlarining yetishmasligiga bola tanasining intensiv o'sishi davrida raxit rivojlanishiga, kattalarda esa osteomalaziyaga olib keladi.

Ruxning biriktiruvchi to'qima, suyak va tog`ay to'qimalarining tuzilishini tiklashda ishtirok etadi. Rux suyak to'qimasida kalsiyni ushlab turadigan va uni yuvilishini oldini oladigan kollagen matrikni (kollagen to’rini') shakllantirish uchun mo'ljallangan. Suyak o’sish zonalariga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Ovqat hazm qilish tizimidan: ich qotishi yoki diareya, meteorizm, ko'ngil aynish, qorin og'rig'i. Moddalar almashinuvidan: kamdan-kam hollarda giperkalsemiya va giperkalsuriya. Kamdan kam hollarda allergik reaksiyalar.

-terapevtik va profilaktika vositasi sifatida ishlatiladi:

- tanadagi kalsiy va D3 vitamini yetishmovchiligini oziq-ovqat bilan yetarli darajada iste'mol qilinmasligi sababli to'ldirish uchun;

- homiladorlik paytida va emizikli davrida, shuningdek bolalar va o'smirlarning intensiv o'sish davrida tananing kalsiy va D3 vitaminiga bo'lgan ehtiyojining ortishida.

- osteoporoz (shu jumladan menopauza, senil, steroid, idiopatik) va uning asoratlarini (suyak sinishi) oldini olish va kompleks davolash uchun.


:Tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, og'ir buyrak yetishmovchiligi, D vitamini gipervitaminozi, giperkalsemiya (qonda kalsiy kontsentrasiyasining oshishi), giperkalsiuriya (siydikda kalsiyning ko'payishi), nefrolitiaz.


Qorong'i va salqin joyda 25C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang. Yaroqlilik muddati 3 yil

0 - 1 yoshgacha, kuniga 10-15 tomchidan 2 mahal;

1 - 3 yoshgacha, kuniga 15-20 tomchidan 2 mahal;

4 - 6 yoshgacha, kuniga 20-25 tomchidan 2 mahal;

6 - 12 yoshgacha, kuniga 25-30 tomchidan 2 mahal;

12 yoshdan kattalarga, kuniga 30-40 tomchidan 2 mahal.

anoreksiya, tashnalik, poliuriya, ishtahani yo'qotish, zaiflik, ko'ngil aynishi, qusish, giperkaltsiuriya, giperkalsemiya.

buyrak etishmovchiligi, granulomatoz, yurak glikozidlari va tiazid diuretiklarini bila birga qabul qilish.

 

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Eraton Kids tomchilari 120ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Eraton Kids tomchilari 120ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Eraton Kids tomchilari 120ml dori vositasi «GRICAR CHEMICAL S.r.l.», tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Eraton Kids tomchilari 120ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Eraton Kids tomchilari 120ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9