×
×
  • ESVORDI PLYUS tabletkalari N28

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ESVORDI PLYUS tabletkalari N28

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- English Pharmaceutical Industries
ATX kodi:
- J05AX15
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OKSOLIN maz 10g 0,25% Алтайвитамины, ЗАО Rossiya
5 000 s`om dan
ULKARIL tabletkalari 400mg N25 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
60 000 s`om dan
VALTREKS tabletkalari 500mg N10 Glaxo Wellcome S.A., Испания упаковщик: Glaxo SmithKline Pharmaceuticals S.A. Polsha
188 500 s`om dan
GROPRINOSIN tabletkalari 500mg N50 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Gedeon Richter Poland Ltd Polsha
183 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ESVORDI PLYUS tabletkalari N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ESVORDI

ESVORDI

 

Preparatning savdo nomi: Esvordi

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sofosbuvir

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sofosbuvir 400 mg

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (Avicel 102), mikrokristall sellyuloza (Avicel 200), povidon (PVP K-30), izopropil spirti, natriy kraxmal glikolyati, tozalangan talk, magniy stearati, Opa-ShaynMV zichlashtirilgan qavat, izopropil spirti, metilenxlorid, oq Opa-Shayn plyonka qobiq.

Ta‘rifi: oq rangli, uzunchoq, bir tomonida «YeR» yozuvi bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita

ATX kodi: J05AX15

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Ta‘sir mexanizmi

Sofosbuvir virus replikasiyasi uchun zarur bo‘lgan HCV NS5B RNK-bog‘liq RNK-polimerazaning pan-genotipik ingibitori hisoblanadi. Sofosbuvir nukleotid olddori bo‘lib, xujayra ichida metabolizmlanish natijasida farmakologik faol uridin trifosfat (GS-461203) hosil qiladi, uridin trifosfat NS5B polimeraza yordamida S gepatiti virusining RNK ga birikib uni nobud qiladi (sintez zanjirining terminatori hisoblanadi. Biokimyoviy tahlilda GS-461203 0,7 dan 2,6 mkM diapazonda 50% ingibisiya qiluvchi ko‘rsatkich (IC50) bilan HCV, 1b, 2a, 3a va 4a genotiplaridan NS5B rekombinant polimeraza faolligini ingibisiya qiladi. GS-461203 (sofosbuvirning faol metaboliti) odamda DNK va RNK-polimeraza ingibitori hisoblanmaydi, shuningdek mitoxondrial RNK-polimerazaning ingibitori hisoblanmaydi.

Viruslarga qarshi faollik

SGV replikonlari tahlillarida 1a, 1b, 2a, 3a va 4a genotiplari replikonining to‘liq uzunligiga qarshi sofosbuvirning samarali konsentrasiyasi ko‘rsatkichi (YeS50) muvofiq ravishda 0,04, 0,11, 0,05, 0,05 va 0,04 mkM ni tashkil qilgan va 2b, 5a yoki 6a genotiplaridan NS5B ximer 1b replikonlariga qarshi sofosbuvirning YeS50 ko‘rsatkichi 0,014 dan 0,015 mkM gacha bo‘lgan. Klinik izolyatlardan NS5B ximer replikonlariga qarshi sofosbuvirning o‘rtacha ± SD YeS50 1 a genotip uchun (n=67) 0,068±0,024 mkM, 1b genotip uchun (n=29) 0,11 ±0,029 mkM, 2 genotip uchun (n=15) 0,035±0,018 mkM va 3a genotip uchun (n=106) 0,085±0,034 mkM bo‘lgan. Bu tahlillarda sofosbuvirning kamroq tarqalgan 4, 5 va 6 genotiplarga qarshi viruslarga qarshi faolligi 1, 2 va 3 genotiplarda kuzatiladigan faolligiga o‘xshash bo‘lgan.

Qarshi ta‘siri

Xujayra kulturasida

Sofosbuvirga sezuvchanligi pasaytirilgan HCV replikonlari bir necha genotiplari, shu jumladan 1b, 2a, 2b, 3a, 4a, 5a va 6a uchun xujayra kulturalarida ajratib olingan. Viruslarni sofosbuvirga sezuvchanligini pasayishi tekshiralayotgan genotiplarning barcha replikonlarida NS5B ni S282T ga almashinishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Sofosbuvirga 2 dan 18 martagacha sezuvchanlikni pasayishini namoyon qiluvchi 8 genotiplardan replikonlarda S282T ga almashinishga qaratilgan mutagenez, yovvoyi tipga qaraganda virusning replikasiya xususiyatini 89% dan 99% gacha kamaytirgan. Biokimyoviy tahlillarda, S282T ga almashinishni namoyon qiluvchi 1b, 2a, 3a va 4a genotiplardan olingan rekombinant NS5B polimeraza, tegishli yovvoyi tiplarga nisbatan, GS-461203 ga sezuvchanlikni pasayishini namoyish qilgan.

Kesishgan rezistentlik

S282T ga almashinishga qarshilik bilan assosiasiyani namoyon etuvchi HCV replikonlari anti-HCV agentlarning boshqa sinflariga to‘liq sezgir bo‘lgan. Sofosbuvir boshqa nukleozid ingibitorlariga chidamlilik bilan bog‘liq bo‘lgan NS5Bni L159F va L320F ga almashinishiga qarshi faollikni saqlab qolgan. Sofosbuvir NS5B nukleozid ingibitorlari, NS3 proteaza ingibitorlari va NS5A ingibitorlari kabi bevosita ta‘sirga ega viruslarga qarshi preparatlarga chidamlilik bilan bog‘liq almashinishlarga nisbatan to‘liq faol bo‘lgan.

Sitotoksiklik

Sofosbuvir jigar, prostata bezi, limfoid yoki biriktiruvchi to‘qimadan olingan xujayralar liniyalari yoki jigardan, aylanib yuruvchi limfoid xujayralar yoki suyak ko‘migidan ajratib olingan odamning birlamchi xujayralarida past sitotoksiklikni yoki sitotoksiklik yo‘qligini namoyish qilgan.

Farmakokinetikasi

Sofosbuvir metabolizmga uchrovchi nukleozid olddori hisoblanadi. Faol metaboliti gepatositlarda hosil bo‘ladi va plazmada kuzatilmaydi. Asosiy metaboliti (>90%) GS-331007 faol emas. U faol metabolitni hosil bo‘lishining ketma-ket va parallel yo‘llari orqali hosil bo‘ladi.

So‘rilishi

Sofosbuvir va asosiy aylanib yuruvchi metaboliti GS-331007 ning farmakokinetik xususiyatlari sog‘lom katta yoshdagi ko‘ngillilarda va surunkali S gepatiti bo‘lgan pasientlarda aniqlangan. Sofosbuvir peroral qabul qilingandan keyin tez so‘rilgan va plazmada cho‘qqi konsentrasiyasi dozaning darajasidan qat‘iy nazar yuborilgandan ~ 0,5-2 keyin erishiladi. Qon plazmasidagi GS-331007 ning cho‘qqi konsentrasiyasi doza yuborilgandan 2 soatdan 4 soatgacha diapazonda kuzatilgan. SSG-infeksiyaning 1 dan 6 genotipigacha bo‘lgan sub‘ektlarda (n=986) aholining farmakokinetik tahlili asosida sofosbuvir va GS-331007 uchun barqaror AUC0-24 muvofiq ravishda 1,010 ng • soat/ml va 7,200 ng • soat/ml bo‘lgan. Sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan (n=284) SSG infeksiyalangan sub‘ektlarga nisbatan sofosbuvir va GS-331007 uchun AUC0-24 muvofiq ravishda 57% yuqori va 39% ga past bo‘lgan.

Ovqatni ta‘siri

Yog‘larni ko‘p miqdorda saqlovchi standartlashtirilgan ovqat bilan sofosbuvirning bir martalik dozasini yuborishga nisbatan sofosbuvirni so‘rilish tezligini sekinlashtirgan. Sofosbuvirning so‘rilishi tezligi cho‘qqi konsentrasiyasiga biroz ta‘siri bilan taxminan 1,8 marta oshgan. Yog‘larni ko‘p miqdorda saqlovchi ovqat borligida GS-331007 ning ta‘siri o‘zgarmagan.

Taqsimlanishi

Sofosbuvir transporterlarni jigarda o‘zlashtirilishi, organik polipeptid anionlar (OATP) 1B1 yoki 1B3 yoki organinik kationlar (OKT) uchun substrat hisoblanmaydi. Faol kanalchalar sekresiyasi sharoitida, jigar transporterlari, shu jumladan tashuvchining organik anioni (OAT) 1 yoki 3, OKT 2, MRP2, P G.P., BCRP yoki Mate1 uchun GS-331007 substrat hisoblanmaydi. Sofosbuvir va GS-331007P G.P., BCRP, MRP2, BSEP, OATP1B1, OATP1B3 va OCT1 transporterlarning ingibitori hisoblanmaydi. GS-331007OAT1, OCT2 va Mate1 ingibitori hisoblanmaydi.

Sofosbuvir odam plazma oqsillari bilan taxminan 85% bog‘lanadi (in vitro sharoitdagi ma‘lumotlardan tashqari) va bog‘lanish dori vositasining 1 mkg/ml dan 20 mkg/ml gacha dozalar diapazonida konsentrasiyasiga bog‘liq emas. Odam qon plazmasida GS-331007 ni bog‘lanishi minimal darajada bo‘lgan. Sog‘lom odamlarda [14S] – sofosbuvirning 400 mg bir martalik dozasidan keyin 14S-radiofaollik bo‘yicha plazma va qonning nisbati taxminan 0,7 ni tashkil qilgan.

Biotransformasiyasi

Sofosbuvir trifosfat nukleozidning farmakologik faol analogi GS-461203 hosil bo‘lishi bilan jigarda faol metabolizmga uchraydi. Faollashishning metabolik yo‘li odam katepsini A (SATA) yoki karboksilesteraza I (CES1) tomonidan katalizasiya qilinuvchi karboksil fragmaentini ketma-ket gidrolizi va keyinchalik biosintezning pirimidin nukleotidni fosforlanishi bilan kechuvchi nukleotid-bog‘loqchi oqsil 1 (HINT1) triadasining gistidinni fosforamidat parchalanishini o‘z ichiga oladi. Defosforlanish natijasida samarali fosforlanishga ega bo‘lmagan va in vitro sharoitda anti-HCV faollik yetishmovchiligiga bo‘lgan GS-331007 metabolitining nukleozidlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Sofosbuvir va GS-331007UGT1A1 yoki CYP3A4, CYP1A2, CYP2B6, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19 va CYP2D6 fermentlarining substrati yoki ingibitorlari hisoblanmaydi.

[14S] – sofosbuvirning 400 mg bir martalik dozasidan keyin, sofosbuvir va GS-331007 tizimli ta‘sirning muvofiq ravishda dori vositalari bilan bog‘langan taxminan 4% va >90% (sofosbuvir va uning metabolitlarining AUC ga to‘g‘rilash bilan molekulyar massasi yig‘indisi) ga to‘g‘ri kelgan.

Chiqarilishi

[14S] – sofosbuvirning 400 mg bir martalik dozasidan keyin dozaning umumiy o‘rtacha chiqarilishi 92% dan yuqori bo‘lgan, siydikda, axlatda va chiqarilayotgan nafasda muvofiq ravishda taxminan 80%, 14% va 2,5% ni tashkil etgan. Sofosbuvir dozasining ko‘p qismi GS-331007 (78%), ayni vaqtda 3,5% sofosbuvir ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Bu ma‘lumotlar buyrak klirensi faol chiqarishning katta qismi bilan GS-331007 ni chiqarilishining asosiy yo‘li hisoblanadi. Sofosbuvir va GS-331007 ning yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 0,4 va 27 soatni tashkil etadi.

To‘g‘ri proporsionallik/teskari proporsionallik

Sofosbuvir va uning birlamchi metaboliti GS-331007 dozasining proporsionalligi sog‘lom sub‘ektlarda baholangan. Sofosbuvir vaGS-331007 ning AUCs 200 mg dan 400 mg gacha dozalar diapazonida proporsionallikka yaqin.

Alohida populyasiyalardagi farmakokinetikasi

Jins va irq

Turli jins yoki irq vakillari orasida Sofosbuvir va GS-331007 ning farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlar kuzatilmaydi.

Keksa odamlar

Aholining SSG infeksiyalangan sub‘ektlarini farmakokinetik tahlili, tahlil qilingan yoshda (19 yoshdan 75 yoshgacha) yosh sofosbuvir va GS-331007 ning samarasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatgan. Sofosbuvirning klinik tadqiqotlariga 65 yosh va undan katta 65 nafar ob‘ektlar kiritilgan. 65 yoshdan oshgan sub‘ektlarda kuzatiladigan reaksiyalar tez-tezligi yoshroq tekshiriluvchilar guruhlariga o‘xshash bo‘lgan.

Buyrak yetishmovchiligi

Sofosbuvirning farmakokinetikasi HCV manfiy yengil (KFT≥50 va
<80 ml/min/1,73 m2), o‘rtacha (KFT≥30 va <50 ml/min/1,73 m2), og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KFT<30 ml/min/1,73 m2) bo‘lgan sub‘ektlarda va gemodializni talab etuvchi ESRD bo‘lgan pasientlarda sofosbuvirning 400 mg bir martalik dozasidan keyin o‘rganilgan. Buyrak faoliyati normal (KFT>80 ml/min/1,73 m2) bo‘lgan pasientlarga nisbatan sofosbuvirning AUC0-inf yengil, o‘rtacha va og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida muvofiq ravishda 61%, 107% va 171% ga yuqori bo‘lgan, ayni vaqtda GS-331007 AUC0-inf muvofiq ravishda 55%, 88% va 451% ni tashkil qilgan. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan sub‘ektlarga nisbatan SBE bo‘lgan pasientlarda sofosbuvir gemodializdan 1 soatdan keyin yuborilganda sofosbuvirning AUC0-inf 28% ga yuqori bo‘lgan. SBE bo‘lgan pasientlarda GS-331007 AUC0-inf ishonchli ravishda aniqlab bo‘lmagan. Shunga qaramasdan, ma‘lumotlar agar Esvordi gemodializ o‘tkazishdan 1 soat oldin yoki keyin yuborilgan bo‘lsa, normal sub‘ektlarga nisbatan buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida GS-331007 muvofiq ravishda 10 marta va 20 marta tasdiqlanganligini ko‘rsatadi.

Gemodializ asosiy aylanib yuruvchi metabolit GS-331007 ni samarali (chiqarilish koeffisenti 53%) chiqarishi mumkin. 4-soatlik gemodializ seansi yuborilgan dozaning taxminan 18% ni chiqaradi. Buyrak yetishmovchiligining yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak yetishmovchiligining og‘ir darajasi yoki surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Esvordining xavfsizligi baholanmagan («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Jigar yetishmovchiligi

Sofosbuvirning farmakokinetikasi jigar yetishmovchiligining o‘rtacha va og‘ir darajasi (SRT V va S sinfi) bo‘lgan SSG infeksiyalangan pasientlarda 400 mg 7 kun davomida qabul qilgan pasientlarda o‘rganilgan. Jigar faoliyati normal bo‘lgan sub‘ektlarga nisbatan o‘rtacha va og‘ir jigar yetishmovchiligida sofosbuvirning AUC0-24 126% va 143% yuqori bo‘lgan, ayni vaqtda GS-331007 ning AUC0-24 muvofiq ravishda 18% va 9% ga yuqori bo‘lgan. Aholining SSG infeksiyalangan sub‘ektlarini farmakokinetik tahlili jigar sirrozi sofosbuvir va GS-331007 ning ta‘siriga klinik ahamiyatli samaraga ega emasligini ko‘rsatdi. Yengil, o‘rtacha va og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun sofosbuvirning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etilmaydi («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang).

Pediatrik populyasiya

Pediatriyada sofosbuvir va GS-331007 ning farmakokinetikasi aniqlanmagan («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang).

Farmakokinetik/farmakodinamik nisbat

Tezkor virusologik javob nuqtai nazardan samaradorlik sofosbuvir, shuningdek GS-331007 ta‘siri korrelyasiya qilinishi ko‘rsatilgan. Shunga qaramasdan, ushbu shaxslardan hech biri 400 mg terapevtik dozada samaradorlikning umumiy surrogat markeri (SVR12) bo‘lmagan.

Qo‘llanilishi

Sofosbuvir viruslarga qarshi majmuaviy davolashning komponenti sifatida S gepatitining surunkali infeksiyasi (SSG) ni davolash uchun ko‘rsatilgan.

  • Sofosbuvirning samaradorligi SGV-infeksiyasining 1, 2, 3 yoki 4 genotipi bo‘lgan pasientlarda, shu jumladan Milan mezoni bilan kechuvchi gepatosellyulyar karsinomasi (jigar transplantasiyasini kutayotgan) bo‘lgan shaxslarda va OITV/SGV-1 koinfeksiyasi bo‘lgan shxslarda namoyish etilgan.

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashni surunkali S gepatiti bo‘lgan pasientlarni davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokor boshlashi kerak.

Kattalar

Tavsiya etilgan doza ovqat vaqtida sutkada bir marta peroral 400 mg ni tashkil qiladi.

Esvordi preparatini boshqa dori preparatlari bilan majmuada qo‘llash kerak. Esvordini monoterapiya sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Esvordi bilan birga qo‘llanadigan preparatlarning tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qarang. Esvordi bilan majmuada qo‘llash tavsiya etilgan dori vositalari va majmuaviy davolash davomiyligi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval. Esvordi preparati bilan birga qo‘llash tavsiya etilgan dori vositalari va majmuaviy davolash davomiyligi

Pasientlar guruhlari* Davolash sxemasi Davomiyligi
1, 4, 5 yoki 6 genotipdagi SSG bo‘lgan pasientlar Esvordi + ribavirin + peginterferon alfa 12 haftaa,b
Esvordi + ribavirin

Faqat peginterferon alfani qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan pasientlarda (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

24 hafta
2 genotipdagi SSG bo‘lgan pasientlar Esvordi + ribavirin 12 haftab
3 genotipdagi SSG bo‘lgan pasientlar Esvordi + ribavirin + peginterferon alfa 12 haftab
Esvordi + ribavirin 24 hafta
Jigar transplantasiyasini kutayotgan SSG bo‘lgan pasientlar Esvordi + ribavirin Jigar transplantasiyasigachav

 

* shu jumladan yondosh odam immun tanqisligi virusi (OITV) infeksiyasi bo‘lgan pasientlar.

a. 1 genotip S gepatiti virusi bilan infeksiyalangan va davolash tajribasiga ega pasientlarda Esvordini ribavirin va peginterferon alfa bilan majmuaviy davolash haqida ma‘lumotlar yo‘q.

b. Davolashni 12 haftadan ortiq va 24 haftagacha uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak, ayniqsa avvalgi interferon bilan davolashga kamroq kuzatilgan javob bilan bog‘liq (yaqqol fibroz yoki sirroz, dastlabki virusli yuklamani yuqoriligi, negroid irq, IL28B no-CC genotipi, peginterferon alfa va ribavirin bilan avvalgi davolashga javobni yo‘qligi) bir yoki bir nechta omillarga ega kichik guruhlarda.

v. Quyida “Pasientlarning alohida guruhlari – jigar transplantasiyasini kutayotgan pasientlar” bo‘limiga qarang.

Esvordi preparati bilan majmuaviy davolash o‘tkazilganda ribavirinning dozasi pasientning tana vazniga qarab belgilanadi (<75 kg – 1000 mg va ≥75 kg – 1200 mg), ikki marta qabul qilishda ovqatlanish vaqtida peroral qabul qilinadi.

S gepatiti virusini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sirga ega viruslarga qarshi boshqa preparatlar bilan majmuaviy davolaganda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limida keltirilgan.

Dozaga tuzatish kiritish

Esvordi preparatining dozasini kamaytirish tavsiya etilmaydi.

Agar sofosbuvirni peginterferon alfa bilan majmuaviy qabul qilganda pasientda bu preparat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan jiddiy nojo‘ya ta‘sir yuz bersa, peginterferon alfaning dozasini pasaytirish yoki qabul qilishni bekor qilish kerak. Peginterferon alfaning dozasini kamaytirish yoki qabul qilishni to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma‘lumot preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida taqdim etilgan.

Agar pasientda ribavirin bilan potensial bog‘liq jiddiy nojo‘ya ta‘sir yuz bersa, nojo‘ya ta‘sir yo‘qolguncha yoki og‘irlik darajasi pasayguncha ribavirinning dozasini kamaytirish yoki qabul qilishni to‘xtatish kerak. 2-jadvalda gemoglobin konsentrasiyasi va pasientning yuragini holatiga qarab, dozaga tuzatish kiritish va preparatni qabul qilishni to‘xtatish yuzasidan tavsiyalar keltirilgan.

 

2-jadval. Esvordi preparati bilan birga qo‘llanadigan ribavirinning dozasiga tuzatish kiritish bo‘yicha tavsiyalar

Laborator tekshiruvlar ma‘lumotlari Ribavirinning dozasini sutkada 600 mg gacha kamaytirish: Ribavirinni qo‘llashni to‘xtatish:
Yurak kasalligi bo‘lmagan pasientlardagi gemoglobin ko‘rsatkichi <10 g/dl <8,5 g/dl
Uzoq vaqt yurak kasalligi bo‘lgan pasientlardagi gemoglobin Preparatni qo‘llashning har qanday 4-haftasi davomida gemoglobin darajasini  ≥2 g/dl ga kamayishi 4 hafta davomida kamaytirilgan dozani qabul qilishga qaramay <12 g/dl

Laborator tekshiruvlar natijalarini o‘zgarishi yoki klinik ko‘rinishlarni paydo bo‘lishi tufayli, ribavirinni bekor qilingandan keyin ribavirinni sutkada 600 mg dozada qabul qilishni takroran boshlashga urinish, keyinchalik dozasini sutkada 800 mg gacha oshirish kerak. Biroq keyinchalik ribavirinni boshlang‘ich dozada (sutkada 1000 mg dan 1200 mg gacha) qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Qabul qilishni to‘xtatish

Esvordi preparati bilan birga qo‘llanadigan dori vositalaridan birini qabul qilish to‘xtatilgan holatlarda Esvordini qabul qilishni ham bekor qilish kerak.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak faoliyatini yengil yoki o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda Esvordi preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak faoliyatini og‘ir darajada buzilishi (hisoblangan kalavalar filtrasiyasi tezligi (hKFT)
˂30 ml/min/1,73 m2) yoki buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan pasientlarda Esvordi preparatining va uning asoslangan dozasini xavfsizligini baholash o‘tkazilmagan.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatini yengil, o‘rtacha yoki og‘ir darajada buzilishi (Child‑Pugh‑Turcotte tasnifi bo‘yicha A, V yoki S sinfi) bo‘lgan pasientlarda Esvordi preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Dekompesasiyalangan sirrozi bo‘lgan pasientlarda Esvordi preparatining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Jigar transplantasiyasini kutayotgan pasientlar

Jigar transplantasiyasini kutayotgan pasientlarda Esvordi preparatini qabul qilish davomiyligi har bir konkret pasient uchun kutilayotgan foyda va xavfni baholashga asoslanishi kerak (“Farmakodinamikasi” bo‘limiga qarang).

Pediatrik pasientlar

Bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda Esvordi preparatining xavfsizligi va samaradorligi haqidagi ma‘lumotlar mavjud emas.

Qo‘llash usuli

Tabletkalar ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Faol moddaning achchiq ta‘mligi tufayli, tabletkalarni butunligicha, chaynamasdan yoki qismlarga bo‘lmasdan qabul qilish kerakligi to‘g‘risida pasientlarni ogohlantirish kerak. Ovqatlanish vaqtida qabul qilinsin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ribavirin bilan birga qo‘llanadigan sofosbuvir uchun kuzatiladigan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samaralar toliqish va bosh og‘rig‘i bo‘lgan. Peginterferon alfa va ribavirin bilan birga qo‘llanadigan sofosbuvir uchun kuzatiladigan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samaralar toliqish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, uyqusizlik va anemiya bo‘lgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Sofosbuvir Ribavirin yoki Peginterferon alfa/Ribavirin bilan birga qo‘llanganida bu agentlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar majmuaviy davolashga ham taalluqli. Ribavirin yoki Peginterferon alfa/Ribavirin bilan majmuaviy davolashni homilador ayollarda yoki homiladorlik rejalashtirgan ayollarda va ayol-sheriklari homilador bo‘lgan erkaklarda Ribavirin bilan bog‘liq homilaning tug‘ma nuqsonlari va o‘limi tufayli qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha foyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflardan yuqori bo‘lgandagina boshqa viruslarga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin. Sofosbuvirni telaprevir yoki boseprevir bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Ichakda glikoproteinlarning kuchli induktorlari hisoblangan preparatlar (rifamisin, dalachoy, karbamasepin va fenitoin) bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Nomutanosiblik

Qo‘llab bo‘lmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik: Ribavirin homilaning tug‘ma nuqsonlari va o‘limini chaqirishi mumkin, shuningdek hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar interferonlar abortiv samaralarga ega ekanligini ko‘rsatdi; pasientlar va erkak-pasientlarning ayol-sheriklariga homilador bo‘lishdan saqlanish tavsiya etiladi. Pasientlarda davolashni boshlashdan oldin homiladorlikka test manfiy bo‘lishi kerak, kontrasepsiyaning kamida ikkita samarali usullarini qo‘llashlari va har oy homiladorlikka test o‘tkazishlari kerak.

Fertillik, homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik toifasi X: Ribavirin va Peginterferon alfa/Ribavirin bilan birga qo‘llash.

Bu majmuani qabul qilganda pasientlar va erkak pasientlarning ayol-sheriklari homiladorlikdan saqlanish uchun alohida ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak. Tug‘ruq yoshidagi ayollar va ularning erkak-sheriklari, agar ular Ribavirin bilan davolash vaqtida va davolash yakunlangandan keyin 6 oy davomida kontrasepsiyaning samarali ikkita usullarini qo‘llamasalar Ribavirinni qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik toifasi V: Sofosbuvir bilan monoterapiya

Sofosbuvirni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha adekvat va yaxshi nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Laktasiya davri: Odam ko‘krak sutida Sofosbuvir va uning metabolitlari mavjudligi noma‘lum. Emizikli bolalarda preparatga bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush reaksiyalar tufayli, ona uchun davolashni muhimligini e‘tiborga olib, emizishni to‘xtatish yoki Ribavirin saqlovchi preparatlar bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Bolalarda qo‘llanishi

18 yoshdan kichik bolalarda Sofosbuvirning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Transport vositalari va mashinalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Esvordi transport vositalari va mashinalarni boshqarish qobiliyatiga o‘rtaga ta‘sir qiladi. Sofosbuvirni peginterferon alfa va ribavirin bilan birga qo‘llash vaqtida toliqish va diqqatni buzilishlari, bosh aylanishi va ko‘rishni noaniqligi qayd etilganligi haqida pasientlar ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Qayd etilgan eng yuqori doza 59 nafar sog‘lom ko‘ngillilarga yuborilgan sofosbuvirning supraterapevtik dozasi 1200 mg bo‘lgan. Ushbu tadqiqotda dozaning bunday darajasida kuzatiladigan hech qanday noxush samaralar aniqlanmagan, nojo‘ya reaksiyalar esa plasebo guruhi va 400 mg sofosbuvir bilan davolanganlar guruhida tez-tezligi va og‘irlik darajasi bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan.

Esvordining dozasini oshirib yuborilishining oldini olish uchun maxsus antidoti yo‘q. Doza oshirib yuborilgan holatda pasient toksiklik belgilari yuzasidan tekshirilishi kerak. Sofarning dozasini oshirib yuborilishini davolash umumiy yordamchi choralar, shu jumladan hayotiy muhim faoliyatlar monitoringi, shuningdek pasientning klinik holatini kuzatishdan iborat. Gemodializ aylanib yuruvchi asosiy metaboliti GS-331007 samarali (chiqarish koeffisenti 53%) chiqarishi mumkin. 4-soatlik gemodializ seansi yuborilgan dozaning 18% chiqaradi.

Chiqarilish shakli

400 mg dan qobiq bilan qoplangan tabletkalar №28 (flakonlar).

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ESVORDI PLYUS tabletkalari N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ESVORDI PLYUS tabletkalari N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ESVORDI PLYUS tabletkalari N28 dori vositasi English Pharmaceutical Industries tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ESVORDI PLYUS tabletkalari N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ESVORDI PLYUS tabletkalari N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ENOFER tabletkalari N30
ENOFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
ENOFER sirop 120ml
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
ENOFER tabletkalari N20
ESVORDI tabletkalari 400mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: English Pharmaceutical Industries
KABERNEKS tabletkalari 0,5mg N8
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: English Pharmaceutical Industries
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9